Byudjet hisobi



Yüklə 484,59 Kb.
səhifə11/14
tarix10.03.2023
ölçüsü484,59 Kb.
#102197
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

XULOSA


Byudjet tashkilotlarida nazoratni tashkil qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 393-son qarorida taftish va tekshirishni asosiy vazifalari aniqlangan. Byudjet mablag’larini kelib tushishi va sarflanishi, byudjetdan tashqari mablag’lardan foydalanish, davlat mulki bo’lgan mulkdan, daromadlarni taftish hamda tekshirish rejali tartibda, rejadan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarida rejali taftish va tekshirishlar nazorat taftish bosh
boshqarmasi uchun O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri, nazorat taftish
boshqarmasi uchun esa nazorat taftish bosh boshqarmasi boshlig’i tasdiqlagan yillik ishlar rejasi asosida amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarida nazoratni tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha nazorat taftish bosh boshqarmasi va nazorat taftish boshqarmasi taftishchilar ishi ustidan uslubiy rahbarlik hamda nazoratni amalga oshiradi, amaliy yordam ko’rsatadi.
Taftish va tekshiruvlarni o’tkazish muddati, taftish guruhi tarkibi,
har bir taftish va tekshiruvni aniq vazifasidan, taftish qilinayotgan tashkilotning xususiyatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Byudjet tashkilotlarida taftish va tekshiruvlarni o’tkazish muddati – 30 kungacha qilib belgilangan. Birinchi marta belgilangan muddat taftish guruhi rahbari (taftishchi) tomonidan asoslansa, u holda muddati uzaytirilishi mumkin.
Taftishda o’tgan 3 kalendar yili moliyaviy faoliyatini, oldingi taftish o’tgandan keyingi davrni o’z ichiga oladi.
Byudjet tashkilotlari taftish va tekshirilayotganda xarajatlar smetasini bajarilishi taftish qilinadi, bunda kassa va g’aznachilikda ochilgan har bir schyot bo’yicha operatsiyalar bilan bog’liq hujjatlar, o’tgan taftishdan keyingi davrdan hozirgi taftishgacha bo’lgan davr, agar suiiste’molchiliklar aniqlansa, undan ko’proq davrni o’z ichiga olishi mumkin.
Byudjet tashkilotlaridagi mavjud reja, hisobot, statistik ma’lumotlar hamda materiallar batafsil o’rganiladi. Taftish va tekshirishga kirishdan oldin taftish guruhi rahbari o’zining vakolati doirasida tegishli moliya va g’aznachilik organlari rahbarlariga taftish va tekshirish belgilanganligi to’g’risida axborot beradi.
Buxgalteriyani taftish va tekshiruv o’tkazishda guruh rahbari markazlashgan buxgalteriya to’g’risidagi nizom va uning tarkibi, uning shtati, tashkilotning xarajatlar smetasi bo’yicha umumiy summasi bilan tanishib chiqadi. Bundan tashqari, buxgalteriya xodimlari o’rtasida xizmat
vazifalarini taqsimlanishi va hujjatlar aylanishi bilan tanishadi.
Shundan keyin taftish va tekshirishlar ishchi rejasi tuziladi va unda aniq muddatlar va ishning taqsimlanishi amalga oshiriladi. Ishchi reja tuzilayotganda
markazlashgan buxgalteriya ishlari funktsional belgilari bo’yicha taqsimlanishini hisobga olish tavsiya qilinadi.
Taftishchi tekshirish jarayonida moddiy javobgar shaxsining ishtirok etishini ta’minlashi, bajarilgan ishlar xajmini nazorat o’lchovini amalga oshiradi, nusxa va namunalar olinadi hamda ular asosida moddiy javobgar shaxs tekshiriladi.
Alohida e’tibor belgilangan tartibda jinoiy ish ochilgan ishlar bo’yicha taftish va tekshirish o’tkazishga qaratilishi lozim.
Pul mablag’lari va moddiy qiymatliklarning buxgalteriya hisobini
yuritish belgilangan tartibga rioya qilinishi, ularga qoravullikni tashkil etilishi, korxonadagi propusk tizimi holati, korxona hududidan moddiy qiymatliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tekshiriladi;
Buxgalteriya hisoboti va balanslarni hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi, turli xatoliklar hamda qo’shib yozishning oldini olish, topshiriqlarni bajarish ko’rsatkichlari faktlarini buzib ko’rsatilishi tekshiriladi.

Yüklə 484,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə