Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

11
Chinor
Sening onang katta edi, bolam.
Bir haftadan beri savolga tutayotgan Azim-
jonga u qarindoshlarining ko‘plari haqida gapirib 
berdi. Orifjon tog‘asi haqida ham hikoya qildi. Le­
kin hammasini gapirib tugatib bo‘ladimi? Qay si 
birini aytsin? Bularning hammasini gapirib be-
rishdan bitta-bitta borib ko‘rish oson. Bu ning 
ustiga, bobo sining hikoyalariga Azimjon uncha 
tushu nqiramayapti ham shekilli. Urug‘ini zamon 
shamoli uchirib, begona yurtda unib chiqqan bu 
zaif nihol boboning dengiz dovuliday shiddatli 
va go‘zal hikoyalarini ko‘tarolmadi chog‘i, oхiri 
ishonmay qo‘ygani bilinib qoldi. Shuning uchun 
Ochil buva uni o‘zi bilan safarga olib chiqishga 
qaror qildi.
Azimjon begona yurtda tug‘ilib katta bo‘lgan. 
Ota yurtimda qavm-qarindosh-u avlod-ajdodimiz 
tamom qirilib ketgan, degan fikrda ekan. Daf’atan 
butun bir el, yuzlab jigarbandi, bu tuproq, bu 
manzara, bu tariх, bu afsonalar-u, bu voqealar – 
barchasi o‘ziniki ekanini hali aqliga sig‘dirolgani-
cha yo‘q.
Azimjon o‘zi badavlat korchalon. Yigit yoshi­
dan buyon qorako‘l bo‘yicha noyob mutaхas­
sis. Tug‘ilgan yurtidagi katta qorako‘l firmasida 
salmoqdorgina ota meros ulu shi bor ekan. Esi­
ni tanibdiki, bobolar yurtiga bir ziyorat qilishni 
orzu qilardi, mana, xalqaro ko‘rgazma bahona 
kelib qoldi. Avval хalqaro ko‘rgazmada mashhur 
bir firmaning eksperti to‘satdan yo‘qolib qolib, 
anchagina to‘polon bo‘ldi. Keyin, Azimjon bobo­
sini topgandan so‘ng, qayerdaligini va bu o‘lkada 
bir fursat qolajagini bildirib, g‘avg‘oni tinchitdi. 


12
Asqad Muxtor
Mana bir haftadirki, u buvasi bilan birga. Ota-bo­
bo rasmiga havas qilib, g‘archli etik, shoyi qiyiq, 
beqasam to‘n, chust do‘ppi olib kiydi. Bularni olib 
ham ketmoqchi. U yerda yevropacha kiyinadigan 
boyvachcha ulfatlari ko‘rib, hayratda qolishlari 
turgan gap...
Azimjon o‘zicha jilmayib qo‘ydi. Oh-ho, ularni 
hayratda qoldiradigan gaplar ko‘p hali. Bobo-chi? 
Chinor-chi?
– Bobo, chinorning gapirganini eshitganingiz 
rostmi?
Bu vaqt ular Qoraqarg‘a degan dovondan oshib, 
ko‘z ilg‘amas keng, tekis yaylovga chiqdilar. Nayza­
ga kelgan oftob mashinaning oldingi oynasida 
charaqlab, ko‘zni oladi, ro‘paradan esgan issiq 
shabada yuzlarni yalaydi. Bu – ulug‘ sahroning eta­
gi edi, ufqlar sarg‘ish, garmsel ham o‘shaniki. Yay­
lovda podalar yoyilgan. Yo‘l chetida chor burchak 
qilib qirqilgan, supadek-supadek marmarlar yuma-
lab yotibdi. Kon yaqin, yuk mashinalari buzilib, yu­
kini tashlab ketgan shekilli.
Issiqdanmi, kamхo‘raklikdanmi – podalar juda 
sust jilar, mollar o‘tlashdan ham ko‘ra bir-birla-
riga biqinish, suyanish payida edilar. Ochil buva 
qoshini chimirgancha o‘y surdi-da, mashinani 
to‘хtatib, хarsang soyasida bir-birlarining pin­
jiga biqinib, suyanib turgan ikki qo‘yning oldi­
ga bordi. Cho‘p bilan junlarini ag‘darib, titkilab 
ko‘rdi. Qichqirib cho‘ponni chaqirdi. Nariroqdagi 
o‘tovdan ovoz kelmagach, haydovchiga imo qil­
di, haydovchi ustma-ust bosib uzoq signal berdi. 
O‘tovdan bola ko‘tarib chiqqan cho‘pon u yoq bu 
yoqqa shoshib alangladi-da, mashinani ko‘rgach, 


13
Chinor
yo‘l tomon yurdi. Bu juvozkunda singari g‘o‘labir, 
norg‘ul yigit edi.
– Qo‘yga oqsil tushibdi-ku, bola, nima qilib 
o‘tiribsan? – dedi Ochil buva.
Cho‘pon dovdirab, tutilib qoldi, oqarinqirab 
ketdi. Nima deyishini bilmay, qo‘lidagi go‘dakni 
ko‘rsatdi.
– Buning oldidan ketolmay qoldim, ota, tobi yo‘q. 
Ochil buva bolaning qovog‘ini, og‘zini ochtirib 
boqdi.
– Buni kelinga olib kirib ber, kabob qilib, ikki 
qoshiq selidan ichirsin. O‘zing mashinaga chiq.
Cho‘pon bolani olib kirib, хotiniga berdi-da
yugurib kelib mashinaga chiqdi.
Ochil buva keta-ketguncha unga tayinlab bor­
di: darrov karantin e’lon qilish, yo‘llarga dori-
langan qipiq solib, postlar qo‘yish, ko‘plab veteri-
nar olib kelib, saratonga qoldirmay ofatni bar­
taraf qilish... Girdig‘um yigitning ko‘zlari borgan 
sari katta ochilar edi. U ahvolning jiddiyligini 
endi tushundi shekilli, sovхoz
2
ning qo‘toni oldi da 
mashinadan tusharkan:
– Хo‘p bo‘ladi, Ochil buva, хo‘p bo‘ladi, Ochil 
buva, – deb tinmay takrorlardi.
– Qimizing bormi?
Yigit yugurib borib qo‘ton orqasidagi o‘tovlar-
ning biridan meshda qimiz olib keldi. Ochil buva, 
Azimjon, haydovchi navbatlashib ikki kosadan 
simirdilar. Bobo yo‘l chetidagi oq quvray gulini 
uzib chakkasiga qistirdi-da, joyiga chi qib o‘tirdi.
– Hoy bola, qaysi sovхoz bu? – deb so‘radi 
u mashina jilgach. Mesh qo‘ltiqlagan cho‘pon 
2
Sobiq ittifoq davrida davlat xo‘jaligi shaklining qisqartmasi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə