Chizmachilik



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə32/76
tarix22.03.2024
ölçüsü1,05 Mb.
#182142
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
cxhizmachilik asoslari

117-rasm. 118-rasm.

b)

v)

a)

119-rasm.

Sirtda yotgan A nuqtaning yetishmagan proyeksiyalarini topish uchun, A' nuqta ustidan yasovchi o‘tkaziladi, gorizontal va profil proyeksiyalaridan kelayotgan nurlar kesishib, A'' nuqtani hosil qiladi.
Piramida aksonometriyasini yasash uchun avvalo koordinata o‘qlari yasaladi Ortogonal proyeksiyadagi gorizontal 1' 2' 3' proyeksiyasini o‘qlar bo‘yicha o‘lchab, aksonometrik o‘qlarga qo‘yiladi. O1 nuqtadan vertikal to‘g‘ri chiziq chiqarilib, piramida balandligi o‘lchab S uchi aniqlanadi, uni asos nuqtalari (1, 2, 3) bilan tutashtiriladi (119-v,rasm). Undagi A nuqtani ham koordinata o‘qlari bo‘yicha m, n, h masofalar qo‘yilib topiladi.
Piramidaning yoyilmasini yasash uchun ixtiyoriy S0 nuqta tanlanib, undan biror to‘g‘ri chiziq chiqariladi va unga piramida qirrasining haqiqiy o‘lchami qo‘yiladi. Shu o‘lcham bo‘yicha yoy chiziladi, keyin asosining tamonlari o‘lchab qo‘yilib, 10, 20, 30 nuqtalari hosil qilinadi va ularni S0 nuqta bilan tutashtirib, pastda uchburchak asosi yasaladi. Shunda piramidaning to‘liq yoyilmasi yasaladi. Undagi A nuqta o‘lchamlari bo‘yicha topiladi (119-v,rasm).


5.2. Aylanma sirtlarning ortogonal proyeksiyasi
va yoyilmalarini yasash




Aylanma sirtlar. Sirt yasovchisining qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanishi natijasida hosil bo‘lgan sirt aylanma sirt deyiladi. Sirtlarni hosil qilishda yasovchi chiziq qo‘zg‘almas yo‘naltiruvchi chiziq asosida harakatlanadi va turli sirtlarni hosil qilish mumkin. a) silindrik, b) konus shaklini hosil qiladi. Konus sirtini hosil qilishda yassovchi chiziq qo‘zg‘almas o‘qdagi S nuqtada aylanadi.
Silindr – aylanma sirt bo‘lib, silindrik sirtdan va ikkita asosdan iborat. Qo‘zg‘almas I o‘q atrofida unga parallel to‘g‘ri chiziqni aylantirishdan silindrik sirt hosil bo‘ladi. Uni o‘qqa perpendikulyar tekislik bilan kesilsa, ikkita asosi ular orasidagi masofa esa uning balandligi deyiladi. 120-rasmda to‘g‘ri doiraviy silindrni hosil qilish ko‘rsatilgan. Bundan tashqari eliptik, og‘ma va h.k silindrlar mavjud.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə