D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Mol etkazib beruvchilar xaridorlar va hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə27/116
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#133779
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

4.4. Mol etkazib beruvchilar xaridorlar va hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobi

Debitor qarz har doim boshqa tashkilotlarning aktivlariga qilingan da’vo bo‘lib hisoblanadi. Debitor qarzi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy buxgalteriya operatsiyalari bo‘lib tan olish va baholash hisoblanadi. Debitor qarzlarini undirib olish imkoniyati – bu debitor qarzlarini o‘lchash va ularni hisobotiga ta’sir qiluvchi asosiy masaladir. Undirib olish imkoniyati qarz aks ettirilganligiga (tan olish tamoyili) va uning summasiga (baholash tamoyili) ta’sir qiladi. Buxgalteriya hisobi Milliy andozasining 2-soniga binoan xo‘jalik yurituvchi subektga daromadlarning kelib tushish ehtimoli bo‘lsa, ular alohida aks ettiriladi.


Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar quyidagi hollarda vujudga keladi: korxonaning o‘zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro varaqalariga asosan pul undiriladigan bo‘lsa; kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy bo‘lmagan xonalarni ijara haqlari bo‘yicha; mehnat jamoasi a’zolarining buyrug‘i bilan Xalq banki va boshqa joylarga pul o‘tkazish bo‘yicha. Da’volar va korxonaga etkazilgan moddiy zararlarni undirish bo‘yicha hisob-kitoblar 4860 «Da’volar bo‘yicha olishga doir schyotlar», 4730 «Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari» schyotlarida hisobga olinadi.


Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ lizinglar bo‘yicha olinadigan to‘lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti va gonorar bo‘yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobga olinadi. Bu operatsiyalarning hisobi 4800 «Turli debitorlar


116
qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (4810, 4820, 4830, 4840,4850,4860 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi.

Korxonaning turli kreditorlardan bo‘lgan qarzlari tarkibiga moliyalanadigan va operativ lizinglari bo‘yicha to‘lanadigan summalar, to‘lanadigan foizlar, royalti va gonorarlar bo‘yicha qarzlar, da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar, hisobdor shaxslardan bo‘lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday operatsiyalarning hisobi 6900 – «Turli kreditorlarga bo‘lgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va 6990) schyotlarda aks ettiriladi.


4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schyotlar bo‘yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo‘yicha ham shu shaklda 7-qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomasi bo‘yicha jami chiqarilib keyingi oy boshiga qoldiq yoziladi. Kredit oborotlari korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7-qaydnomadan 4000, 4100, 4300, 4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo‘yicha 8 – jurnal-orderga yozib qo‘yiladi.


4100, 4700 schyotlar bo‘yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda ko‘rsatiladi, 4800, 6900 – schyotlar bo‘yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 6100, 6400 – schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob birga ko‘rsatiladi.


Xodimlarning ta’tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo‘shayotgan hollarida, ish haqi berish uchun belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta’tilga chiqish, ishdan bo‘shash, pensiyaga chiqish kunidan keyingi kundan kechiktirilmay berilishi kerak. Bunday to‘lovlar hisoblashish davri orasidagi to‘lovlar deyiladi. Ushbu maqsadlar uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va undan ortiq xodimlar bo‘lsa) to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi.


Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo‘jalik xarajatlarini va xizmat safar xarajatlarini to‘lashda sodir bo‘ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo‘jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag‘larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori


117
cheklangan: xo‘jalik ehtig‘jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog‘liq. Safar xarajatiga pul berishda yo‘lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi.


Xizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug‘i va safar guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so‘ng buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi.


Belgilangan meyor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr xarajatlariga o‘tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga o‘tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o‘tkaziladi.12


Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan me’yoridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani ko‘paytiradi. Belgilangan vazifa bajarilgandan so‘ng uch kun ichida hisobdor shaxs qilingan xarajatlar to‘g‘risida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans hisobotiga ilova qiladi.


Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bo‘lim boshliqlari qilingan xarajatlarni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi aniqlangandan so‘ng avans hisoboti korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Foydalanilmay qolgan summa avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim orderi bilan topshiriladi, ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi bilan beriladi.


Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo‘lib, birovga berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo‘yicha qarzi bo‘lmagan





  1. «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomning 1.5.2 va 2.2.12.- moddalari.

118
holdagina yangi avans beriladi. Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan ushlab qolishi mumkin. SHuni ham bilish kerakki, belgilangan meyordan ortiqcha qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo‘shib daromad solig‘iga tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me’yori eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsentda belgilanadi.


Xizmat safari xarajatlari oldindan ma’lum bo‘lgan hollarda, korxona rahbari isbotlovchi hujjatlar topshirmasdan safar xarajatlarini to‘lashga ruxsat berish huquqiga ega. Bunda safar xarajatlari summasining raschyoti, korxona rahbari va safarga borayotgan xodim tomonidan imzolanib, korxona buxgalteriyasida saqlanadi. Safardan qaytgandan so‘ng talabga muvofiq rasmiylashtirilgan safar guvohnomasi buxgalteriyaga topshiriladi, qilingan xarajatlar summasi to‘g‘risida hisobot topshirilmaydi.


Safar muddati korxona rahbarining buyrug‘i bilan aniqlanadi, safarda bo‘lgan haqiqiy vaqti esa – safar guvohnomasidagi imzolar va muhr bilan tasdiqlangan tartibda safar joyiga kelgan va ketgan kuni to‘g‘risidagi belgi bilan aniqlanadi. Bunda safarga ketgan va safardan kelgan kunlari to‘liq kun hisoblanadi.


Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnali yuritiladi. Barcha hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - «Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv schyot bo‘lib, Debet qoldig‘i hisobdor shaxsining korxonadan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi. Bu schyotning Debetiga kassa chiqim orderiga asosan yangi avans summasi berilganda, kreditga esa – avans hisobotiga asosan sarflangan va kirim kassa orderiga asosan qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi.


Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo‘nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo‘lsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu ortiqcha qilingan xarajat summasi hisobdor shaxsga qaytarilganda 6970 schyoti debetlanib, 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditlanadi. Ushbu


119
jurnal-order kombinatsiyalashgan registr bo‘lib, bir qatorga yozish yo‘li bilan sintetik va analitik hisobni o‘zida mujassamlashtirgan. Bunda har bir hisobdor shaxsga berilgan summa uchun jurnal-orderda bir qator ochilib, unga hisobdor shaxsning avans hisoboti bo‘yicha sarflangan xarajat, qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yozib boriladi. Bunda 7- jurnal-order shaklidan foydalaniladi.


Arifmetik va ma’naviy jihatdan tekshirilgan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan avans hisobotlarini buxgalter, hujjatlarga bog‘lanuvchi schyotlarni qo‘ygan holda, ishlab chiqadi. 7 – jurnal-orderga yozish uchun asos bo‘lib hisobdor shaxsga berilgan avans summasi bo‘yicha – kassa chiqim orderi, sarflangan summa bo‘yicha tasdiqlangan avans hisoboti, qaytarib topshirilgan summa bo‘yicha – kirim kassa orderi, ortiqcha qilingan xarajatlar summasini qaytarish bo‘yicha – kassa chiqim orderi hisoblanadi. Ushbu jurnal orderning shakli yangi schyotlar rejasi talabiga to‘liq javob bermaydi. U qaytadan ishlab chiqilishi kerak.


Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘illansa, xorijiy safar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish zaruriyati tug‘iladi. Xorijiy safar xarajatlari uchun pul O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan me’yor bo‘yicha to‘lanadi. Xorijiy valyutada qilingan safar xarajatlari maqsadli tayinlanishiga qarab 4220 schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga (2010-schyot) yoki davr xarajatlariga (9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan asbob-uskunalarga (0720-schyot), materiallarga (1000-schyot), tovarlarga (2910-schyot) o‘tkaziladi. Schyotlarga xarajatlar xorijiy valyuta va so‘m ekvivalentida yoziladi. Hisobdor shaxslarda qolgan valyuta qaytadan baholanib natija 9620 yoki 9540 - schyotlarga o‘tkaziladi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank krediti korxonalarning qarzga oladigan mablag‘larining muhim manbai bo‘lib hisoblanadi. Bozor munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar ta’sirida ko‘p tarmoqli davlat va tijorat banklari shakllanib, ular korxonalarning tashkiliy - huquqiy shakllaridan qat’iy nazar hisob - kitob, kassa muomalalarini amalga oshirish bo‘yicha xizmat qiladi.


120
Korxonalarning banklar bilan olib boriladigan kredit - hisoblashish munosabatlari ixtiyoriy asosda bo‘lib, ikkila tomonlarning manfaatdorligi asosida tuziladi. Kreditlar xo‘jalik hisobida turgan, mustaqil balansi va o‘z aylanma mablag‘lariga ega bo‘lgan korxonalarga, odatda, yiriklashtirilgan kredit obektlari uchun beriladi.


Hisob - kitob munosabatlari tamoyillari va talablarini inobatga olgan holda obektlar uchun kredit berishdan subektga, aniq yuridik va jismoniy shaxsga yoki iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar majmuini kreditlashga o‘tish amalga oshirilmoqda.


Banklar amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan va tomonlar bilan kelishilgan holda kreditni qaytarib berish, muddatlilik, to‘lovlik va ta’minlanganlik tamoyillariga qat’iy amal qilib beradi. Banklar faoliyatining huquqiy asosini qonuniy va boshqa meyoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi.13


Kredit berish va uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar bank qoidalari va bank bilan kredit oluvchi korxonalar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida tartibga solinadi. Tuzilgan kredit shartnomalarda quyidagilar kelishib olinadi: kredit berish obekti va kreditning muddati, kredit berish sharti, uni berish va qaytarish tartibi, majburiyatlarni ta’minlash sharti, foiz stavkalari, ularni to‘lash tartibi, kredit berish va qaytarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari va mas’uliyati, hujjatlar ro‘yxati va ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlar.

Kredit olishda korxonalar bankka asoslangan ariza va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilib kreditni qaytarilishini ta’minlanishini tasdiqlovchi ta’sis va boshqa hujjatlar topshiradi.


SHartnoma tuzilmasdan bank korxonaning to‘lash qobilyatini sinchiklab tekshiradi. Buning uchun bank korxonadan olgan hujjatlardan va hisobotlardan foydalanadi, kerak bo‘lsa joylarda oldindan tekshiruv o‘tkaziladi. Agar bu hujjatlarning barchasi talabga javob bersa, bank xodimlari korxonaga kredit berishga qaror qiladi. Keyinchalik, xo‘jalik yurituvchi subekt kredit olgandan so‘ng kreditni to‘liq qaytargunga qadar kredit shartnomasida ko‘rsatilgan tartib va




13 O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida» 1996 yil 25 aprel, O‘zbekiston Respublikasi Qonuni «Markaziy bank to‘g‘risida» gi qonunlari 2005y 25 dekabr.

121
muddatlarda bankka buxgalteriya hisoboti va korxonaning xo‘jalik - moliyaviy faoliyati ustidan nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni topshirib turadi.


Muddatiga qarab bank kreditlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi. Kreditning muddatliligi uning qaytarish muddati bilan belgilanadi. CHunonchi, qisqa muddatli kredit bir yildan kam muddatga beriladi, masalan, yuklangan tovarlar uchun beriladigan kredit muddati haqiqiy tovaraylanish muddatiga teng, lekin 30 kundan oshmasligi kerak.


Uzoq muddatli kreditlar bir yildan ortiq muddatga, odatda, yangi texnikani tadbiq etishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, uning qaytadan tiklanishiga, qimmat asbob - uskunalarni sotib olishga va boshqa maqsadli dasturlarni amalga oshirishga olinadi.


Bank kreditlarini olish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida aks ettiriladi. Bu schyotlar passiv bo‘lib, ularning qoldiqlari hisobot davri boshiga qaytarilmagan qarzlar summasini ko‘rsatadi, Debet oboroti - kreditni qaytarilishini, kredit oboroti esa olingan kredit summasini aks ettiradi.


Kreditlar olinganda 6810 va 7810 schyotlar kreditlanib quyidagi schyotlar Debetlanadi: 5010, 5110, 5210, 5510, 6010 schyotlar.


6810 va 7810- schyotlarning debetida kreditlarni qisman yoki to‘liq qaytarilishi aks ettirilib 5110, 5210 va 5510- schyotlar bilan korrespondentlanadi.


Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditdan foydalanganligi uchun to‘lanadigan foiz summasi moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatga o‘tkaziladi. Demak kreditdan foydalanganligi uchun hisoblangan foiz summasiga 9610 «Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti debetlanib, 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti kreditlanadi. Foiz summasi bank muassasalariga o‘tkazib berilganda 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti debetlanib, 5110 «Hisob - kitob» schyoti kreditlanadi.


122
Bank kreditlarining analitik hisobi kredit turlari va kredit bergan banklar va alohida muddatida qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha yuritiladi. Bank kreditlarining hisobi 4- jurnal - orderda olib boriladi.


Hozirgi vaqtda ishchi va xizmatchilarga yakka uy - joy qurish, dalabog‘ uylarini qurish, ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha savdo tashkilotlari bilan hisob - kitob qilish uchun banklardan kredit olish keng rivojlanmoqda.


YUqorida aytib o‘tilgan kreditlar ham qaytarish muddatiga qarab 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida hisobga olinadi. Bu muomalalar bo‘yicha xodimlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» va 4720 «Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyotlarida yuritiladi. Bu schyotlar aktiv bo‘lib, debetida xodimlarga berilgan qarzlar, kreditida ushbu qarzlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Bu muomalalar quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi:


Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha topshiriq - majburiyatni to‘lash uchun bankdan kredit olindi, D-t 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi», K-t 6810 yoki 7810 schyoti.


Ishchi va xizmatchilar kreditga olingan tovarlar bo‘yicha o‘z qarzlarini qaytarganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4710 schyoti.


Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha banklardan olingan qarz qaytarilganda, D-t 6810 yoki 7810, K-t 5110 «Hisob - kitob schyoti» schyoti.


Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi, dalabog‘ qurilishi uchun banklardan kredit olinganda, D-t 5010 yoki 5110, K-t 6810 yoki 7810 schyoti.


Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi va dalabog‘ uylarini qurish uchun kredit berilganda, D-t 4720 «Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi», K-t 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» yoki 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyotlari. Ushbu qarzlar qaytarilganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4720 schyot. Bankdan olingan qarz to‘langanda, D-t 6810 yoki 7810, K-t 5110 schyot.


123
YUqorida aytib o‘tilgan kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilarga foizsiz kreditlar ham berilishi mumkin. Bu kreditlar qurilish, kapital ta’mirlash, uy-joylarini kengaytirish uy-ro‘zg‘orlari bilan ta’minlanish uchun korxonaning bo‘sh mablag‘lari hisobidan beriladi. Bunday kreditlar berilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: D-t 4790 «Xodimlarning boshqa qarzi», K-t 5010 yoki 5110 schyot. Ushbu kreditlar qaytarilganda aksincha rasmiylashtiriladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar boshqa korxona va tashkilotlardan kredit (qarz) olishi mumkin. Qaytarish muddatiga qarab bu kreditlar qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) bo‘lishi mumkin. Korxonaning qarz beruvchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitob muomalalari 6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarida hisobga olinadi.


Bu schyotlar passiv bo‘lib, mamlakat ichidagi va xorijdagi qarz beruvchilardan davlat va xorijiy valyutalarda olingan kreditlar va boshqa jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar holati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.


Bunday qarzlar olingan vaqtda 5110, 5210 - schyotlar debetlanib 6820 va 7820 schyotlari kreditlanadi. Bunday qarzlar qaytarilganda aksincha provodkalar beriladi. Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar, xususan aksiyalar, obligatsiyalar chiqarib sotish yo‘li bilan chetdan mablag‘lar jalb qilish, shuningdek berilgan veksellar bo‘yicha qarzlar bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar 6830 «To‘lanadigan obligatsiyalar», 6840«To‘lanadigan veksellar», 7830 «To‘lanadigan obligatsiyalar» va 7840 «To‘lanadigan veksellar» schyotlarida hisobga olinadi.


Bu schyotlar passiv bo‘lib qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotilsa yoki veksellar berilsa, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 6830 yoki 6840- schyotlar kreditlanadi. Qimmatli qog‘ozlar sotib olinsa yoki berilgan veksellar summasi to‘lansa, aksincha o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarning sotilishi yoki veksellarning berilishi va ularning


124
sotib olinishi yoki veksellar summasining to‘lanishi 7830 va 7840- schyotlarini

qo‘llagan holda shunday rasmiylashtiriladi.


Qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga


9610 «Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti debetlanib, 6920 «Hisoblangan


foizlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu foizlar to‘lansa 6920- schyoti debetlanib 5010,


5110- schyotlari kreditlanadi.


YUqorida keltirilgan schyotlarning analitik hisobi olingan qarzlarning


shakllari, qarz beruvchilar va kreditni qaytarish muddatlari bo‘yicha yuritiladi.


Qisqa muddatli qarzlar ko‘pincha qarz majburiyatlari bo‘yicha olingan tijorat


kredit xarakteriga ega.




Xulosa

Pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri tashkil etish xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, mablag‘lardan maqsadli foydalanish va xo‘jalik mablag‘larini ko‘paytirish hamda majburiyatlarini qoplashga yo‘naltirilishini nazorat qilishdir.


Xo‘jalik operatsiyalari natijasida sodir bo‘ladigan o‘zaro hisoblashishlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri, o‘z vaqtida rasmiylashtirish va ularni schyotlar tizimida ikki yoqlama aks ettirish, shuningdek, olinadigan hamda to‘lanadigan mablag‘larni tan olish usullariga ko‘ra, so‘ndirilishini ta’minlash bo‘yicha nazariy va amaliy takliflar berilgan.





Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə