96
ishlarni,
shuningdek, mahalliy sudlarning qaror va hukmlari ustidan appelyatsion ishlarni ko‘rardilar. Keyinchalik
barcha sud mahkamalari yagona sud mahkamasiga birlashtirildi.
1549 yilda rasman
Elchilik mahkamasi tuzilgan. U tashqi siyosatni yuritgan. Bungacha tashqi siyosiy ishlar
bilan Boyarlar dumasining Javob komissiyasi, xazinabon, saroybon kabilar shug‘ullanardi. XVI asrning II yarmida
Xoloplik mahkamasi tashkil etildi. XVI asr o‘rtasida
mahalliy boshqaruvda islohotlar o‘tkazildi.
50 yillardan boshlab
zemstvo islohoti ham o‘tkazildi. Boqimandalar sud qilish va soliqlar yig‘ish huquqidan
mahrum qilindi. Bu ishlarni boy shaharliklar va qora so‘qachi dehqonlardan saylab qo‘yiladigan «sara boshliqlar» va
«selovalnik» lar olib boradigan bo‘ldi. Bulardan tashqari zemstvo mahkamalarida ish yurituvchi zemstvo dyaklari ham
saylab qo‘yilardi.
Bu davrning muhim huquqiy yodgorligi 1550 yilgi Sudebnik
(Qonunnoma) edi. Tarixda u podsho Qonunnomasi degan nom olgan. U 1497 yilgi
Qo-
nunnomaning yangi nashri hisoblanib, 1497 yildan 1550 yilgacha
davrdagi Rossiya
qonunchiligida yuz bergan o‘zgarishlarni aks ettirgan. Unda ko‘p yangi normalar
paydo bo‘lgan. 1550 yilgi Qonunnoma namestniklarning huquqiy holatiga katta e’tibor bergan. Qonun hali
boqimandalik tizimini bekor qilmagan bo‘lsada, namestniklarning ba’zi huquqlarini cheklagan. Yangi qonun bo‘yicha
namestniklar birovga mulkiy zarar yetkazganliklari uchun javobgar bo‘ladigan bo‘ldilar. Ilgari bu yo‘q edi.
Namestniklar sudi-dan dvoryanlar va xizmatchi kishilar ozod qilindi. Biroq odam o‘ldirish, bosqinchilik (qaroqchilik),
o‘g‘rilik bo‘yicha ular ilgarigidek namestniklar tomonidan sud qilinardi.
Bu davrning eng yirik qonunchilik yodgorligi
1649 yilgi Sobor qonunlari bo‘ldi.
Uning qabul qilinishiga
bevosita turtki Moskva posad kishilarining 1648 yilgi qo‘zg‘oloni edi. Posad aholisi podshoga murojaat qilib, o‘z
holatlarining yaxshilanishini va siquvlardan himoya qilinishini so‘raydi. Dvoryanlar ham boyarlardan himoya
qilinishini so‘rab podshoga murojaat etadi. Podsho posadliklar qo‘zg‘olonini bostiradi, lekin ular ahvolini biroz
yaxshilashga majbur bo‘ladi va yangi qonun - «Ulojeniya» («Tuzuklar») ishlab chiqish haqida (1648 yil iyulda)
buyruq
beradi. Komissiya tuzilib, unga rais etib boyarin N.N.Odoyevskiy tayinlanadi.
Umuman Sobor qonunlari markazlashgan davlat boshqarmasi va podshoning samoderjaviye hokimiyatini
mustahkamladi, siyosiy tarqoqlik-ning so‘nggi sarqitlariga barham berdi, dehqonlarning krepostniklarga qa-ramligini
batamom rasmiylashtirdi, posad kishilarning ahvolini biroz o‘z-gartirdi. Qonunlar krepostnoylik mazmunida bo‘lib,
dvoryanlar g‘alabasini aks ettirardi. «Tayin yillar» bekor qilindi, qochoq dehqonlarni umr bo‘yi qidirish mumkin bo‘ldi.
Dehqon
va uning oilasigina emas, balki mol-mulki ham feodal mulki bo‘lib qoldi. Sobor qonunlari dehqonni yerga
emas, balki «xo‘jayiniga» mahkamlab, biriktirib qo‘ydi. Qonunlar dvoryanlarga yer mulklarini votchina singari meros
qilib qoldirish huquqini berdi, ammo o‘g‘illarining otasi kabi xizmat qilishlari shart qilib qo‘yildi, cherkov nazorat
ostiga olindi.
Shu maqsadda Monastir mahkamasi ta’sis etildi.
Qonunlarda feodallarning yerga egalik huquqla-rini yanada mustahkamlash
davom etdi. Feodal yer egaligining quyidagi uch asosiy turi mavjud edi:
1. Davlat mulki yoki bevosita podsho mulki. Bunga saroy yerlari,
shuningdek, qora volostlarning yerlari kirdi. Qora volostlarning yerlarini podsho
feodallarga xizmat evaziga taqsimlardi. Boyarlar va dvoryanlar yerga shartli egalik
qilardilar.
Ular davlatga, podshoga sidqidildan xizmat qilib turish sharti bilan yerga egalik qilishlari va undan
foydalanishlari mumkin edi.
2. Votchina yer egaligi. Bu pomestedan farq qilib, uning egasi nafaqat unga egalik qilgan va undan
foydalangan, balki uni tasarruf etishi ham mumkin edi. Votchinalar meros qilib qoldirilgan. Votchinalarning uchta
asosiy ko‘rinishi: a) nasliy (avloddan-avlodga o‘tib kelgan); b) xizmat evaziga olingan (in'om etilgan va boshqalar); v)
sotib olingan votchinalar mavjud edi.
Qonunlarda nasliy votchinalarning soni kamaymasligi haqida g‘am-xo‘rlik qilindi. Shu
munosabat bilan nasliy
votchinalarni sotib olish huquqi nazarda tutilgan. Agar feodal votchinani sotib yuborsa, uning qarindoshlari 40 yil
ichida uni qayta sotib olish huquqiga ega bo‘ldilar.
3. Pomeste yer egaligi. Bu xizmatlar o‘tash, asosan harbiy xizmatlar evaziga berilgan. Pomeste miqdori
xizmat o‘tayotgan shaxsning xizmat mavqeiga bog‘liq edi. Uni meros tariqasida o‘tkazilishi mumkin emasdi. Feodallar
undan faqat xizmat o‘tab turgan davrda foydalanishlari mumkin edi.
Majburiyat huquqi. Bu davrda fuqarolik huquqining garov va topshiriq institutlari yanada rivojlandi.
Meros ilgarigidek vasiyat bo‘yicha va qonuniy tartibda qoldirildi. Merosxo‘rlar meros
qoldiruvchining qarzlari
uchun javob berishlari lozim edi.
1497 yilgi Qonunnoma singari bu davrdagi qonunchilikda ham jinoyat deganda
feodal jamiyat uchun xavfli bo‘lgan «yomon ishlar» tushunilgan. Jinoyatning umumiy
tushunchasi hali ishlab chiqilmagan edi.
1649 yilgi Sobor qonunlarida odil sudlovni adolatli amalga oshirish lozim,
deyilgandi. Albatta, bu quruq gap edi.
6. Rossiyada mutlaq yakka hokimlikning tashkil
topishi va rivojlanishi (XVII asrning ikkinchi
yarmi-XIX asrning o‘rtalari)
Rossiyada mutlaq yakka hokimlikning tashkil topish vaqti va
Huquqning
rivojlanishi
Fuqarolik
huquqi
Jinoyat
huquqi
Rossiyada mutlaq
yakka
hokimiyatchilikni
ng shakllanishi