94
Novopodryadchiklar (yangi ijarachilar) ham mavjud edi. Ular ko‘pincha boshqa
feodallardan qochib kelgan
dehqonlar edi. Yangi ijarachi dehqonlar davlat majburiyatlaridan, ba’zi feodal majburiyatlaridan ham ozod qilingan edi.
Ular odatda votchinnik yoki pomeshchikdan yor-dam yoki pul qarz olib turar va qarzlarini to‘lab bo‘lganlaridan so‘ng
bosh-qa feodallarga o‘tib ishlash huquqiga ega bo‘lar edilar. Agar novo-podryadchik bir yerda ko‘p yil yashab qolsa, u
starojiletsga aylanardi.
Qaram kishilarning yana bir guruhini
serebrenniklar tashkil etgan. Bular feodallardan «serebro» (kumush),
ya’ni qarzga
pul olib, unga ishlab berishlari lozim bo‘lgan dehqonlar edi. Foizlar juda yuqori bo‘lganligi uchun ularning
qarzlarini to‘lashi juda og‘ir bo‘lgan. Serebrennik qarzini to‘lamagunicha xo‘jayinidan keta olmasdi.
Qaram kishilarning alohida guruhini
polovniklar tashkil etardi. Ular buyuk knyaz yerlarida o‘z ot-ulovlari
bilan ishlab, hosilning yarmini xo‘jayiniga berishi lozim bo‘lgan yeri yo‘q kambag‘al dehqonlar edi.
XV asr oxirida
bobillar paydo bo‘ldi. Ular feodallardan
turar joy, ba’zan yer olib ishlaydigan dehqonlar edi.
Ularning yerlaridan soliq olinmasdi. Ular qishloq jamoasiga bog‘liq dehqonlar edi.
Bu davrda xoloplarning ba’zilari feodallarga aylangan, ba’zilari yerga biriktirildi, ba’zilari erkinlikka
chiqarildi. Albatta, xoloplar ham saqla
O‘rta asrlarda Hindiston huquqining asosiy belgilari.nib qoldi. O‘zini
xoloplikka sotish uchrab turardi. Xoloplar va dehqonlar orasidagi farq juda kamaygan edi. Shaharlarda knyaz
hokimiyati vakillari, savdogarlar va hunarmandlar yashardi.
Moskva davlati ilk feodal monarxiyasi bo‘lib qolaverdi.
Dastlab syuzerenitet-
vassallitet munosabatlari mavjud edi. Keyinchalik markaz va joylar o‘rtasidagi munosabatlar
immunitet yorliqlariga va shartnomalarga asoslanardi. Udel knyazlari buyuk knyazlardan
xizmatlar evaziga yorliqlar olib unga bo‘ysunardi.
Davlat boshlig‘i buyuk knyaz hisoblangan. U katta huquqlarga ega bo‘lib, qonunlar
chiqarar, davlat boshqaruviga rahbarlik qilar, sud vako-latlariga ega edi. Uning hokimiyati vaqt o‘tishi bilan kuchayib
bordi.
Davlatning muhim organi
Boyarlar dumasi hisoblangan. U Qadimgi Rusdagi Kengashdan o‘sib chiqqan.
Boyarlar dumasining vakolatlari bu-yuk knyaz vakolatlariga mos tushgan. Lekin bu holat hech qayerda
rasmiylashtirilmagan edi. Buyuk knyaz Boyarlar dumasi bilan hisob-lashishi shart emas edi. Biroq, uning barcha
qarorlari boyarlar tomonidan ma'qullanmasa, hayotga tadbiq qilinmasdi. Vaqt o‘tishi bilan buyuk knyaz Boyarlar
dumasini o‘ziga bo‘ysundirdi.
Feodallar syezdlari ham xuddi ilgarigidek chaqirilib turardi. Ilgarigi saroy-votchina boshqaruvi o‘rniga asta-
sekin yangi
prikaz (mahkama) boshqaruvi vujudga keladi. Avvalo saroy-votchina boshqaruvi murak-kablashtirilib,
saroy chinlari doimiy xizmatga aylantirildi. XV asrning II yarmidan mahkama tizimi
kelib chiqa boshlab, XVI asrning
II yarmida rasmiylashtirildi. Shu vaqtdan boshlab «prikaz» atamasi ham o‘rnatildi.
Rus davlati uyezdlarga bo‘linib, ular stanlarga, stanlar volostlarga bo‘lindi. Biroq xali bir xildagi ma’muriy-
hududiy birlik to‘liq ishlab chi-qilmagandi. Ba’zi joylarda yerliklar (udellar) ham saqlanib qolgandi. Harbiy okruglar,
gublar, sud okruglari ham saqlanib qoldi.
Rus haqiqati huquqning asosiy manbai bo‘lib qo-laverdi. Odat
huquqi ham
harakatda edi. Markazlash-tirish maqsadida
ustav yorliqlari ham chiqarildi. Bu
davrning eng muhim huquq yodgorligi
1497 yilgi Sudebnik (Qonun-noma) edi. U Rus
davlatining yagona
sud amaliyotini joriy qildi, yangi ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soldi, mayda va o‘rta feodallar – dvoryan-lar va boyarlarning bolalarining maydonga
chiqishini rasmiylashtirdi. Ayniqsa, u dehqonlarni yoppasiga krepostnoylashtirishni boshlab berdi. Chunki unda Yuriy
kuni joriy qilingan edi.
Bu davrda mustaqil jamoa yer egaliklari deyarli yo‘qolib ketgan
edi. Jamoa yerlari votchinniklar va pomeshchiklar qo‘liga o‘tadi, knyazlik
yer egaligi mustahkamlanadi, votchina egasi unga deyarli chek-lanmagan
huquqlarda egalik qiladi.
U votchinaga egalik qilish, undan foydalanish va
uni tasarruf qilish, ya’ni sotish, hadya qilish, meros qilib o‘tkazish
huquqiga ega edi. Shu bilan birga votchina shartli yer egaligi edi. Chunki knyaz o‘zidan ketgan vassalning yerini
qaytarib olishi mumkin edi.
1497 yilgi Qonunnoma shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarga
Rus
haqiqatiga qaraganda kam o‘rin ajratdi.
1497 yilgi Qonunnoma Rus haqiqatiga qaraganda
zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni ancha
aniq ko‘rsatib
beradi.
Bunda kam o‘zgarishlar yuz
berdi. Lekin Qonunnoma meros huquqida ancha umumiy
va aniq normalar o‘rnatgan.
Bu davrda jinoyat huquqi ancha taraqqiy qildi. Bu 1497
yilgi Qonunnomaning
chiqarilishi bilan bog‘liq edi. Unda jinoyatga ancha aniq tushuncha berildi. Davlat yoki
hukmron sinfga tajovuz qiluvchi har qanday harakatlarga jinoyat deb tu-shunilgan. Jinoyat
atamasini qo‘llab Qonunnoma Pskov sud yorlig‘idan farq qiladi. Unda «yomon ish» (lixoe
delo-yomon, yovuz ish) jinoyat deb tushunilgan.
Bu davrda tortishuvchilik jarayoni yanada rivojlan-di va sud ish yuritishining
yangi shakli - qidiruv paydo bo‘ldi. Tortishuv jarayonida ish da’vogarning arznoma deb
Davlat
tuzumi
Huquq
manbalari
Mulk huquqining
tartibga solinishi
Majburiyat
huquqi
Meros
huquqi
Jinoyat
huquqi
Sud
jarayoni