Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

inson faoliyati
ruhiy faoliyat
ijtimoiy ong
ijtimoiy ong shakllari
adabiyot ijtimoiy ong shakli
badiiy adabiyotning polifunksionalligi
Savol va topshiriqlar:
1. “ Ijtimoiy ong” nima? Nima uchun badiiy adabiyotni ijtimoiy ongga 
mansub etamiz? Buni o'zingiz bilgan asarlar misolida tushuntirib bering.
2. Amaliy va ruhiy faoliyatlaming farqli tomoni nimada? Nima uchun 
badiiy adabiyotni insonning ruhiy faoliyati mahsuli deb hisoblaymiz?
3. Badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi o'mi, uning vazifalari nimalardan


iborat? Badiiy adabiyotning ijtimoiy funksiyalarini misollar yordamida 
tushuntiring.
4. A.Qahhoming “Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o ‘tin 
yorishga sarflash kerak emas” degan mashhur gapini qanday tushunasiz?
5. Cho‘lpon “Adabiyot yashasa — millat yashar” deganida nimalarni 
nazarda tutgan deb o‘ylaysiz?
Adabiyotlar:
1. 
Boboyev T.
Adabiyotshunoslik asoslari. — Т., 2002.
2. Cho'lpon.
Adabiyot nadir. Т., —1994. В.35.
3. 
Sarimsoqov В.
Adabiyotning ijtimoiy tabiati//0‘zbek tili va adabiyoti.—1995.— 
№2. —B.46—52.
4. 
Rahimjonov N.
Lirikada siyosiy g‘oya va ijtimoiy ma’no//O kzbek tili va 
adabiyoti.-1996. —№3. - B.54-56.
5. 
Rahimjonov N.
Bugunning qahramoni kim //0‘zbek tili va adabiyoti. —2001. 
№6. B. 8 - 1 2 .
6. Самознание европейской культуры XX века. —М., 1991.
1. Borev Y.B.
Estetika -М ., 1988.
8. Литературный энциклопедический словарь.—М.,1987.


Mafkura tushunchasi. Dunyoqarash va badiiy ijod. Umuminsoniy 
qadriyatlaming ustivorligi. Mafkura va adabiyot munosabati.
O'zbek tilida faol ishlatiluvchi «fikr», «tafakkur», «mafkura» 
so'zlarining o'zakdosh so'zlar ekanligi sizlarga ma’lum. Inson ongida 
olam va odam haqida fikr va tasawurlar mavjudligini, inson tafakkur 
(fikrlash) qobiliyatiga ega oliy mavjudot ekanligini yaxshi bilasiz. Xo'sh, 
insonga xos ikki muhim xususiyatni bildirgan so'zlar bilan o'zakdosh 
bo'lgan «mafkura» so'zi nimani anglatadi? Mafkura deganda ma’lum 
bir jamiyat, davlat, millat va hokazo ijtimoiy guruhlarning siyosiy, 
iqtisodiy va h.k. maqsadlariga mos holda muayyan bir tizim holiga 
keltirilgan fikr va g'oyalar jamini tushunamiz. Demak, mafkura «fikr» 
va «tafakkur» tushunchalariga nisbatan xoslanganroq, maxsus 
tushuncha ekan. Boshqa bir jihati shuki, «fikr» va «tafakkur» alohida 
olingan har bir insonga tabiatan xos narsa, «mafkura» esa avvalo 
ijtimoiy hodisa sifatida maydonga keladi, keyin har bir alohida shaxs 
tomonidan o'zlashtiriladi.
Jamiyatda yashayotgan shaxs (jumladan, ijodkor ham) ma’lum 
bir ijtimoiy guruh vakili, demak, o'zining muayyan ijtimoiy muhitda 
shakllangan qarashlari, orzu-intilishlariga egaki, bular shu guruhning 
qarashlari, orzu-intilishlariga ko'p jihatdan mos. Shunga qaramay, 
ijodkor birinchi galda shaxs, shu bois ham asar mazmunida 
shaxsiylashgan ijtimoiylik aks etadi, shaxsiylik va ijtimoiylik uyg'un 
mujassamlashadi. Aksincha yo'ldan borilsa, ya’ni 
ijodkor shaxsi 
ijtimoiylikda singib yo'qolsa - ijodiylik yo'qoladi, bu holda ijod ham, 
badiiyat hodisasi ham mavjud emas. Negaki, bu holda yozuvchi


voqelikni tayyor qoliplar asosida ko'radi, o‘sha qoliplar asosida 
tasvirlaydi va baholaydi - sxematizm yuzaga keladi. Sirasi, kompyuter 
texnikasi yuksak rivojlangan bizning zamonamizda, ehtimol, 
bunday sxematik asami dasturiy jihatdan yaxshi ta ’minlangan 
kompyuter ham yozishi mumkin. Sho'ro davri adabiyotining fojiasi 
ayni shunda — ijodkor shaxsining ijtimoiylikda singib yo'qolib 
ketganida edi.
Badiiy ijod dunyoqarash bilan bog'liq tarzda kechadi. 
Dunyoqarash deganda konkret insonning dunyo haqidagi bilimlari, 
tushunchalari, g'oyalarini tushunamiz. Badiiy asarda aks etgan badiiy 
voqelik ijodkor tomonidan ko'rilgan ijodiy qayta ishlangan va g'oyaviy- 
hissiy baholangan voqelik ekan, demak, badiiy asar mazmuni ijodkor 
dunyoqarashi bilan bog'liq bo'ladi. Ma’lumki, har bir inson dunyoni 
o'zicha ko'radi, uni o'zicha idrok qiladi va o'zicha baholaydi. Qizig'i 
shundaki, hammamiz ham o'zimiz ko'rgan voqelikni real voqelik 
deb tushunamiz, holbuki, bu — voqelikning ongimizdagi biz 
ko'rolgan va idrok etolgan aksi, xolos, ya’ni individual borliqdir. 
Shunday ekan, bir joyda, bir davrda yashab turgan ikki inson 
ongidagi voqelikning aksi bir xil bo'lolmaydi. Buning yorqin misoli 
sifatida «Kecha va kunduz» bilan «Qutlug' qon» romanlarini olib 
ko'rishimiz mumkin. Ikkala muallif bir davrda yashagani, bir davmi 
qalamga olgani holda, har ikki romanda aks etgan badiiy voqelik bir- 
biridan tubdan farq qiladi. Sababi, har ikki adibning asarida ham 
individual borliq — ulaming ongida akslangan voqelikning badiiy 
modeli o'z aksini topgan. Voqelikning ijodkor ongida qay tarzda 
akslanishi bevosita uning dunyoqarashiga bog'liqdir. Tasavvur qilingki, 
ikkinchi jahon urushi voqealarini ikki qarama-qarshi tomon vakillari 
bo'lmish yozuvchilar aks ettirdi. Bu holda ulardan biri, masalan, 
Berlinda o'z jonini xavfga qo'yib tank ostidan nemis qizalog'ini 
qutqargan sho'ro askarini bo'rttirib ko'rsatishi, ikkinchisi esa vujudi 
intiqom olovida yongan, yovuzlikka yovuzlik bilan javob berishga jazm 
qilgan sho'ro askarini bo'rttirib ko'rsatishi mumkin. Holbuki, urushda


unisi ham, bunisi ham sodir boMgan boMishi mumkinligini hech 
kim inkor qilolmaydi. Ko‘ramizki, voqelikning qaysi jihatlarini 
ko‘rish, qaysilarini bo'rttirgan holda uning mohiyati sifatida taqdim 
qilish ijodkor dunyoqarashi bilan bogMiq ekan.
Haqiqiy san’atkor qaysi ijtimoiy guruhga mansubligidan, qanday 
ijtimoiy maqsadlarga xizmat qilishidan qat’i nazar, u yaratgan badiiy 
asarda umuminsoniy qadriyatlar ustivorlik qiladi. Shu bois ham 
chinakam badiiy asarda ijodkor har vaqt ezgulik, go‘zallik, adolat, 
insoniylik kabi mangu qadriyatlar tomonida turadi. Umuminsoniy 
qadriyatlarga zid g‘oyalami o'ziga singdirgan asarning chinakam badiiy 
qimmatga ega boMishi mumkin emas. Zero, bunday asar o'quvchini 
o‘zidan itaradi (ilon tanasi qancha go'zal ranglar jilosiga ega boMmasin, 
odamni o'ziga jalb qilish o'rniga o'zidan itaradi). Ko'ramizki, badiiy 
adabiyot va san’atdagi go'zallik ma’naviyatdan ajralgan holda yashay 
olmaydi, badiiyat estetik kategoriyagina emas, ma’lum ma’noda etik 
kategoriya ham sanaladi.
Kishilik jamiyati turli qarashlarga ega bo'lgan kishilardan tarkib 
topganidek, turli mafkuraga ega guruhlardan ham tashkil topadi. Bu 
mafkuralarning har biri konkret ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni ko'zda 
tutadi. Mavjud mafkuralar ichida kishilik jamiyati taraqqiyotiga xizmat 
qiladiganlari bilan bir qatorda buning ziddiga ishlaydiganlari ham bo'ladi. 
Shunday ekan, san’at va adabiyot bu mafkuralarning faqat 
umuminsoniy qadriyatlarga muvofiqlarinigina o'ziga singdiradi. Deylik, 
XX asr vabosi sanalmish fashizm mafkurasi insoniyat dushmani 
ekanligi hammaga ayon, shu bois ham haqiqiy san’at asarlarida bu 
mafkura o'zining aksini topmaydi, topganlari esa tor doiralar 
uchungina bo'lib qoladi. Fashistlar Germaniyasidan chinakam 
iste’dodlaming chiqib ketgani, boshqa yurtlarda umr kechirgani ham 
buning yorqin dalilidir. Yovuzlik bilan oshno tutingan mafkura 
insoniyatga, baski, san’atga yot hodisadir. Xalqimizning tinchini 
buzayotgan, yurtimizning taraqqiy sari, chin ma’nodagi hurlik va 
farovonlik sari yo'lida to'g'anoq bo'lishga intilayotgan diniy


ekstremistlarda ham mafkura bor, biroq bu mafkura umuminsoniy 
qadriyatlarga ziddir. Zero, o'zgalarning umriga zomin bo'lish, erkini 
bo'g'ish evaziga bo'lsa-da maqsadga yetishni oqlagan mafkura 
insoniylikdan butkul yiroq tushadi. San’atning injaligini ko'ringki, 
umuminsoniy qadriyatlarga zid mafkuraning badiiyat bobida biror 
arzigulik mahsul berishi mahol — bunday mafkura badiiy qadriyatlar 
yaratishga ojizdir.
Adabiyot va mafkura munosabati qanday bo'lishini quyidagicha 
izohlash mumkin: ijodkor muayyan mafkuraga moyil bo'lgani 
holda uning estetik ideali umuminsoniy qadriyatlar asosiga 
qurilgan, dem akki, bu idealda k o 'h n a zam onlardan beri 
ajdodlarimiz intilib yashayotgan ezgu maqsadlar quyuqlashgan 
ifodasini topgan. Muayyan mafkura ko'zlagan maqsad ancha 
yaqin, unga m a’lum (cheklangan, yaqin kelajakdagi) vaqtda 
yetishiladi. Ya’ni agar asar konkret mafkuranigina targ'ib etishga 
xizmat qilgudek bo'lsa, uning umri o'sha maqsadga yetilgunga 
qadar bo'ladi, xolos. Holbuki, chinakam badiiy asar mangulikka 
bo'ylashm og'i lozim, u vaqt e ’tibori bilan chegaralangan 
maqsadlar doirasida qolib ketolmaydi.
Yuqoridagilardan ko'rinadiki, ijodkoming mafkuraga munosabati 
erkin bo'lmog'i lozim, ya’ni u muayyan mafkura doirasida shaxsligini 
namoyon eta bilmog'i zarurdir. Ikkinchi tomondan, estetik idealda 
konkret mafkuraga nisbatan umuminsoniy qadriyatlar salmoqliroq 
bo'lishi lozim, shundagina badiiy asar o'tkinchi hodisa bo'lib 
qolmaydi, davrga nisbatan daxlsiz bo'lib qoladi. Zero, asar 
mazmunining u yaratilgan konkret ijtimoiy-siyosiy holatga qaratilgan 
aktual qatlami vaqt o'tishi bilan baribir tushib qoladi, asami yuzada 
tutib qoladigan tub estetik qatlam esa umuminsoniy qadriyatlar bilan 
hamohangdir. Mafkura — jamiyatning muayyan yo'nalishda izchil 
rivojlanishida, uning kuchlarini birlashtirib, aniq maqsad sari 
yo'naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham mustaqillikka 
erishgan O'zbekiston sharoitida milliy mafkurani ishlab chiqish va


ommalashtirish masalasi davlat siyosati maqomidagi tadbir, kun 
tartibidagi eng dolzarb masalaga aylanadi. Zero, milliy mafkura 
0 ‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratish, dunyo sahnasida buyuk 
ajdodlarimiz va buyuk kelajagimizga munosib o‘rinni egallashimizda 
hal qiluvchi omillardan biridir. Shunday ekan,milliy mafkurani ishlab 
chiqish va ommalashtirish ishida faol qatnashishga badiiy adabiyot 
ham burchlidir. Taassufki, sho'ro davrida kommunistik mafkuraga 
xizmat qilgan ijodkorlar va ular yaratgan asarlar taqdiridan o‘zicha 
saboq chiqargan ayrim kishilarda adabiyot va mafkura munosabati 
masalasida biryoqlama xulosalar paydo boMib ulgurdi. Natijada ayrimlar 
«adabiyot mafkuradan xoli boMishi kerak», «adabiyot mafkuraga 
xizmat qilmasligi kerak» qabilidagi sirtdan jozibali va to ‘g‘ridek 
ko‘rinadigan, haqiqatda esa xato fikrlami oldinga suradilar. Bizningcha, 
bu xil fikrlaming paydo bo'lishiga sabab shuki, ular mafkura va 
adabiyot munosabatining «sovetcha» ko'rinishidan boshqacha 
munosabat, to‘g‘ri asosdagi munosabat mavjud boMishi mumkinligini 
tasavvur qilolmaydilar. Holbuki, adabiyot bilan mafkura orasida tabiiy, 
hech bir zo‘rlashsiz — ijodkoming o‘z qarashlari, vijdon amri bilan 
bogMiq munosabat ham boMishi mumkin. Yuqorida aytganimizdek, 
mafkura jamiyatni maqsadga safarbar etadi. Xo‘sh, bugungi kunda 
ishlab chiqilayotgan milliy mafkura qanday maqsadni ko‘zlaydi? 
MaMumingizki, bu mafkura bizni Buyuk 0 ‘zbekistonni yaratish 
maqsadiga boshlaydi. 0 ‘sha qurilajak buyuk kelajakda insonning erkin, 
hur va farovon yashashi, o ‘zidagi aqliy, mhiy va jismoniy 
imkoniyatlami toMa ro‘yobga chiqarishi, komillik sari intilishiga sharoit 
yaratiladi. Zero, siyosiyroq tilda 0 ‘zbekistonni iqtisodiy jihatdan yuksak 
rivojlangan huquqiy demokratik davlatga aylantiramiz degani, sodda 
tilga aylantirilsa, shunday jarang topadi. Xo‘sh, bu maqsad qaysi 
jihatlari bilan kishini qoniqtirmasligi mumkin? Yoki qaysi jihatlari 
bilan u badiiy adabiyot va san’atning chin mohiyati boMmish 
umuminsoniy qadriyatlarga, ezgulik, insonparvarlik tamoyillariga zid 
ekan? Bizningcha, jamiyatimiz ko‘zlayotgan maqsad hech bir


san’atkomi vijdoniga, idealiga zid borishga majbur qilmaydi. Aksincha, 
bular o‘zini chinakam san’atkor va shu yurt farzandi deb bilgan 
har bir ijodkoming ideali bo'lishga arzigulik emasmi?! Shunday, 
bugungi kunda jamiyatimiz, uning ilg'or vakillari ko'zlagan maqsad 
umuminsoniy qadriyatlarga, ezgulik va insonparvarlik tamoyillariga 
har jihatdan mosdir. Shu bois ham biz milliy mafkurani shakllantirish 
va ommalashtirish ishida badiiy adabiyot faol bo'lishi kerak, bunga u 
burchli, deya baralla aytamiz.
Masalaning ikkinchi muhim tomoni — adabiyot shu burchni 
qay yo'sin o'tashi. Adabiyotni mafkuradan xoli ko'rishni istovchilar, 
bizningcha, ayni shu masalada to'g'ri tasavvurga ega emaslar. 
Nazarimizda, ular «xizmat qilish» bilan «yugurdaklik qilish», 
«shotirlik qilish» tushunchalarini farqlay bilmaydilar. Endi o'rtaga 
bir savol tashlaylik: sho'ro davrida o'zini kommunistik mafkura 
xizmatchisi deb bilgan ijodkorlar haqiqatan ham mafkuraga xizmat 
qilganmi yoki o'sha mafkura soyasida davru davron surgan 
nomenklaturaga yugurdaklik qilganmi? Bu savolga javob berish uchun 
ijodkor bilan mafkura munosabati qanday bo'lmog'i lozim, degan 
masalani oydinlashtirib olaylik. Avvalo, chinakam san’atkor 
jamiyatning ilg'orida bo'lishi zarur va tabiiy ham, chunki u ideal 
qo'ynida yashaydi. Ayni paytda, san’atkoming ideali g'oyibdan kelgan 
narsa emas: u, bir tomondan, asrlardan beri ajdodlar sinovidan 
o'tib kelgan o'lmas qadriyatlami, ikkinchi tomondan, o'sha san’atkor 
yashayotgan muhit sharoitida yetilgan eng ilg'or orzu-intilishlarni 
o'zida mujassam etadi. Aytmoqchimizki, san’atkoming estetik idealiga 
o'z davrining ilg'or ijtimoiy maqsadi ham singib ketadi. Faqat bir 
sharti borki, o'sha ijtimoiy maqsad san’atkor uchun shu darajada 
shaxsiylanib ketishi zarurki, endi u o'sha maqsadga o'z-o'zining 
maqsadi deb qarasin — ijtimoiylik va shaxsiylik chegaralari yo'q bo'lib 
ketsin. Mana shu shartni uddalagan ijodkor endi hech kimning 
xizmatchisi emas, aniqrog'i, u endi o'z idealining xizmatchisi, xolos. 
Istiqlolning otashin kuychisi Cho'lponni eslang. O'z davrining eng


ilg'or ijtimoiy maqsadi — yurt ozodligi Cho'lpon ongida shu darajada 
shaxsiylandiki, endi u shoiming shaxsiy dardiga, orzusiga, hayotining 
mazmuniga — IDEALIga aylandi. Shu bois ham mustabid boltasi 
ostida turib istiqlol ruhida she’rlar bitishga Cho'lponni birov majbur 
qilgan emas, ERK mafkurasini yurtdoshlar diliga singdirishga intilgan 
shoir birovga xizmat qilishni o'ylamagan.
Davrining ilg'or ijtimoiy maqsadini estetik idealiga singdirgan 
san’atkor voqelikni o'sha ideal nuqtai nazaridan baholaydi. Baski, 
u mavjud voqelikdagi o'sha maqsadga muvofiq jihatlami ma’qullagani 
holda nomuvofiqlarini qoralaydi. Faqat shu holdagina uni mafkuraga 
xizmat qildi, deyish mumkin bo'ladi. Aks holda, agar ijodkor 
mafkuraning ko'r-ko'rona targ'ibotchisi bo'lsa, mavjud voqelikni 
ideal nuqtai nazaridan xolisona badiiy tadqiq qilish va g'oyaviy- 
hissiy baholash o'rniga faqat voizlikni kasb qilsa, qilar ishi 
mafkurani madh etishu o'z nazdida uning himoyachisiga aylanib 
qolsa - bilingki, u mafkuraning foydasi emas, aksincha, zarariga 
ishlayotgan bo'lib chiqadi. Deylik, istiqlol dardini o'z vaqtida 
Cho'lpon, Fitrat, A.Qodiriylar yonib kuylagan edilar, ularning 
yurt ozodligi mavzusidagi asarlari chinakam dardning mahsuli ediki, 
shu bois ham ular yurak qoni bilan bitilgan. O 'quvchini 
to'lqinlantiradigan yuksak tushunchalar haqida asar yaratish uchun 
kishida ma’naviy huquq bo'lmog'i kerak, bu huquqni esa ijtimoiy 
dardning chinakamiga shaxsiylanganligigina berishi mumkin. Zero, 
buyuklarimiz guldek hayotini garovga qo'yib, yurak qoni bilan yozgan 
VATAN, ERK, OZODLIK kabi mavzularda qalam tebratganda 
yengil-yelpi, chinakamiga hissiy idrok qilinmagan o'y-fikrlar, 
kechinmalarni yozish oq qog'oz oldida ham, o'quvchilar oldida 
ham guhohdan o'zga emas.
Unutmaslik kerakki, milliy mafkuraga xizmat qilish degani istiqlol, 
vatan va hokazolar haqidagina yozish degani emas. Chinakam 
san’atkor nima haqida yozishidan qat’i nazar, — u ma’naviy 
muammolami badiiy tadqiq etadimi, o'zining qalb qa’rlariga nigoh


tashlaydimi, ishq-muhabbat haqida yozadimi... - o‘zi badiiy tasvir 
va tadqiq predm eti sifatida olgan narsani um um insoniy 
qadriyatlar, ezgulik, insoniylik nuqtai nazarlaridan yoritar va 
b ah o lar ekan, u m illiy m afk u ram izn in g sh ak llan ish ig a, 
mustahkamlanishiga, jamiyat a ’zolari shuuriga singishiga xizmat 
qilayotgan boMadi. Z e ro , y u q o rid a t a ’k id lag an im izd ek , 
jam iy atim izn in g shakllanayotgan m afkurasi um um insoniy 
qadriyatlarga har jihatdan muvofiqdir.
Tayanch so‘z va iboralar:

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə