Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

san ’at
amaliy san ’at
foydalilik
moddiy ehtiyoj
badiiy san ’at
ma ’naviy-ruhiy ehtiyoj
estetik faoliyat
sintezlashuv


1
. Estetik faoliyat tushunchasiga izoh bering. Estetik faoliyat va badiiy ijod 
tushunchalarining o‘zaro munosabati qanday?
2. Amaliy va badiiy san’atlaming mushtarak va farqli tomonlarini tushuntiring. 
Xususan, amaliy faoliyat okzi yo‘naltirilgan predmetni o bzgartirishi aytildi. 
Shu jihatdan qarab, haykaltaroshlikning badiiy san’at turi ekanini asoslab 
bering.
3. Badiiy san’at turlarini umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatlar qaysilar?
4. Badiiy adabiyotning o‘ziga xosligini boshqa san’at turlari, masalan, 
musiqa va rangtasvir bilan qiyoslab tushuntirib bering.
5. Badiiy adabiyotni kino san’ati bilan qiyoslang, okxshash va farqli 
tomonlarini ko^rsating. Kino asari tomosha qilinadi, adabiy asar o kqiladi. 
Badiiy asami ikki xil yo‘sinda qabul qilishning farqli tomonlari nimada? 
Insonning ma’naviy-ruhiy yuksalishiga bulardan qaysisi kuchliroq ta ’sir 
ko‘rsatishi mumkin? Nima uchun?
Adabiyotlar:
1.
 
Fitrat.
 
Adabiyot qoidalari. —Т., 1995.
2. 
Forobiy Abu Nasr.
Fozil odamlar shahri.—Т., 1993.

Xudoyberdiyev E.
Adabiyotshunoslikka kirish. —T.,1995.
4. 
Toshmuhamedova L.
Qodiriy teatr va kino san’ati haqida//Okzbek tili va 
adabiyoti.—2001.—№6.—B. 56-59.
5. 
Ортева-и-Гассет.
Дегуманизация искусства.—М.: Радуга, 1991.
6. 
Тен И.
Философия искусства.—М., 1996.
7. 
Потебня А.
Эстетика и поэтика.—М.,1976.
8. 
Ворев Ю.Б.
Эстетика -М ., 1988.
9. 
Минералов Ю.И.
Теория художественной словесности —М., 1999.


BADIIY OBRAZ YA OBRAZLILIK
Obrazli tafakkur (obrazlilik) san’atning spetsifik xususiyati 
sifatida. Badiiy obraz tushunchasi. Badiiy obraz xususiyatlari. Inson 
obrazi va uni yaratish vositalari. Badiiy obraz turlari.
San’atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya’ni tur 
sifatida belgilovchi xususiyatidir. San’atkor badiiy obraz vositasida 
dunyoni anglaydi, o‘zi anglagan mohiyatni va o ‘zining anglanayotgan 
narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu m a’noda obraz adabiyot 
va san’atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida 
fikrlagani uchun ham adabiyot va san’atga xos fikrlash tarzi «obrazli 
tafakkur» deb yuritiladi.
Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafakkur 
tarzining farqi nimada? Bundagi farqni yorqinroq tasavvur etish 
uchun fan va badiiy adabiyotni qiyoslab ko'rish mumkin. Misol 
uchun, bir xil masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni 
olib ko'raylik. A.Oripovning «Avol» she’ri hammangizga tanish, 
unda ikkinchi jahon urushida eridan yosh beva qolgan, umrini 
farzandiga bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashagan ayol haqida 
so'z boradi. Shoir ko'z oldimizda konkret ayolni, uning foje taqdirini 
gavdalantirish orqali um um an urush haqida, uning oqibatlari 
haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar haqida mushohada 
yuritadi. X o'p, xuddi shu she’rdagi masala xususida, masalan, 
tarixchi olim qanday fikr yuritadi: «Ikkinchi ja h o n urushi 
janggohlariga ...-, ...-yillarda tug'ilgan yigitlar to 'la safarbar etildi. 
Urush harakatlarida sho'ro hukum ati insonni tejash yo'lidan 
bormadi, janggohlarda ... nafar jangchi halok bo'ldi. Buning natijasida 
urushdan so'ng jamiyatda erkak va ayollar nisbatida nomutanosiblik


yuzaga keldi, demografik vaziyat tanglashdi. Ko'plab ayollar yolg'iz 
umrguzaronlik qilishga mahkum bo'ldi. Jamiyatda «yolg'iz ayol» toifasi 
yuzaga keldi». Ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farqli 
yo'ldan boradi, uni umumlashtirilgan faktlargina qiziqtiradi. Olim 
konkret inson taqdiri haqida emas, undan o'zin i chetlashtirgan 
(abstraktlashgan) holda um um lashm alar, tushunchalar asosida 
fikr yuritadi. M a’lum b o id ik i, mohiyat e ’tibori bilan shoir va 
olimni o'ylantirayotgan m uam m o bitta. Biroq shoir bitta konkret 
ayol ta q d irin i badiiy tasvirlash (o b razin i y a ra tish ) orqali 
um um lashm aga boradi, baski, obraz uning uchun fikrlash shakli, 
usuli bo'lib qoladi. Ya’ni olim ko'plab faktlarni (konkret hodisalar, 
insonlar va h.k.) o'rganib, ularning umumiy xususiyatlari asosida 
ilmiy xulosalar, um um lashm alar chiqarsa, sa n ’atkor konkret 
faktni individual tasvirlash orqali um um lashm aga intiladi.
«Obraz» termini rus tilidan olingan bo'lib, o'zbekcha taijimada 
«aks» degan m a’noni anglatadi. Masalan, kishining oynadagi aksiga 
nisbatan ham «obraz» deb aytiladi. Biroq, bilasizki, so'zning lug'aviy 
m a’nosi bilan istilohiy ma’nosi farqlanadi: lug'aviy m a’no bilan 
istilohiy m a’no orasida tutash nuqtalar bo'lsa-da, mutaxassis istiloh 
ostida konkret m a’noni tushunmog'i lozim bo'ladi. Shunga ko'ra, biz 
«obraz» deganda adabiyot va san’atning tafakkur shakli bo'lmish 
badiiy obrazni nazarda tutamiz.
Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa va h.k.) badiiy 
asardagi aksi. Biroq badiiy obraz o 'sh a borliqning oddiygina aksi 
emas, yo'q, u borliqning san ’atkor ko'zi bilan ko'rilgan va ideal 
asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Bu aksda borliqning ko'plab 
tanish izlarini topasiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning ayni 
o'zi emas, balki tam om an yangi mavjudlik — badiiy borliqdir.
Fikrimizni oydinlashtirish uchun m usaw ir ijodiga murojaat 
qilaylik. M usawir yaratgan peyzaj — tabiat manzarasi tasviri bilan 
«natura» — asarga asos bo'lgan real manzara orasida juda katta tashqi 
o 'x sh a sh lik n i to p ish im iz va h a tto , «xuddi o 'z i -уа», deya


hayratlanishimiz mumkin. Ehtimol, kim uchundir bu nav hayrat 
m usaw ir ijodiga berilgan yuksak baho bo‘lib ko'rinar, aslida esa bu 
xil baho san’atni tushunmasligimizdan dalolat, xolos. Ya’ni biz 
m usaw ir ayricha bo‘rttirgan bo‘yoqlami, uning kechinmalariga 
«hamohang» ranglar jilosini, bizning nazarim izda ahamiyatsiz 
ko‘ringani uchun e ’tibor bermaganmiz, biroq muallif nazarida muhim 
bo‘lgani uchun bo ‘rttiribroq berilgan chizgini, naturada bo isa-d a, 
asarda aksini topm agan yoki boim asa-da, asarda aks ettirilgan jajji 
detalni, ... ilg‘ay olmagan bo‘lib chiqamiz. Boshqacha aytsak, obrazdagi 
obyektiv ibtidoni ko‘rganimiz holda, undagi subyektiv ibtidoni — 
asarga singdirib yuborilgan muallifni, muallif qalbini ko‘ra olmadik. 
Modomiki badiiy obrazda faqat obyektiv ibtidonigina ko‘rar ekanmiz, 
demak, asami ko'rmagan — badiiyat hodisasidan chetda qolgan bo‘lib 
chiqamiz. Zero, badiiyat ijod va resepsiya (o‘qish, tomosha qilish, 
tinglash) jarayonlaridagina mavjuddir. Bundan ko‘rinadiki, haqiqatda 
badiiy obrazning materiali real voqelikgina emas, ijodkor shaxsiyati 
hamdir. Shu vajdan ham bir xil mavzuni qalamga olgan ikki yozuvchi, 
bitta narsaning suratini chizgan ikki rassom tomonidan yaratilgan 
obrazlar bir xil bo'lmaydi, bo'lolmaydi.
Badiiy obrazning xususiyatlari haqida so'z ketganda, birinchi 
galda, uning individuallashtirilgan umumlashma sifatida namoyon 
bo'lishi xususida to'xtalish zarur. M a’lumki, voqelikdagi har bir 
narsa-hodisada turga xos umumiy xususiyatlar bilan birga uning 
o'zigagina xos xususiyatlar mujassamdir. Yuqorida, obrazli va abstrakt 
tafakkur haqida fikr yuritganimizda, bunga qisqacha to'xtalib o'tdik. 
G ap shundaki, abstrakt tafakkur n arsa-hodisaning um um iy 
xususiyatlariga, obrazli tafakkur esa individual xususiyatlariga 
tayangan holda fikrlaydi. Deylik, fan umuman odam haqida (masalan, 
biolog um um an odamning fiziologik xususiyatlari haqida) so'z 
yuritishi mumkin, biroq san’at hech vaqt um um an odam obrazini 
yarata olmaydi. Shu ma’noda konkretlilik — badiiy obrazning muhim 
spetsifik xususiyatlaridan biri sanaladi. Shu o'rinda yana A.Oripovning


«Ayol» she’riga qaytsak. Hech shubhasiz, she’rdagi ayol obrazi o'zida 
katta badiiy umumlashmani tashiydi va shu bilan birga u o ‘quvchi 
ko‘z o ‘ngida konkret bir inson sifatida gavdalanadi. San’atkor 
umumlashmaga obrazning individual xususiyatlarini bo‘rttirish orqali 
erishadi. Masalan, A.Qahhoming « 0 ‘g‘ri» hikoyasida Qobil boboning 
amin huzuriga kelganini eslang. Yozuvchi amin haqida: «og‘zini 
ochm asdan qattiq kekirdi, keyin baqbaqasini osiltirib kuldi», 
«chinchalog‘ini ikkinchi bo'g'inigacha bumiga tiqib kuldi» qabilidagi 
individual belgilarni bo‘rttiradi. Ayni shu individual belgilarning 
bo‘rttirilishi hisobiga adib katta badiiy umumlashmaga erishadi: zamona 
amaldorlariga xos boMgan qo'l ostidagi fuqaroning taqdiriga befarqlikni 
ko'rsatadi. Ya’ni amin obrazi ko'z oldimizda individual xususiyatlariga 
ega b o 'lg an konkret inson sifatida gavdalanadi, ayni shu 
individuallashtirish hisobiga obraz umumlashmalilik kasb etadi. 
Ko'rinadiki, shu tariqa badiiy obrazda bir paytning o'zida bir-biriga 
^id ikki jihat (individuallik va umumiylik) uyg'un tajassumini topadi. 
Badiiy obraz o'zida aql va hisni uyg'un birlashtiradiki, shu bois uni 
ratsional va emotsional birlik sifatida tushuniladi. Badiiy obrazdagi 
ratsional jihat shuki, uning yordamida ijodkor o'zini qiynagan 
muammolami badiiy idrok etadi. Masalan, Cho'lponni Turkistonning 
tarixiy taraqqiyoti masalalari, yurtining ertasi haqidagi o'ylar 
tashvishlantirgan. O'zini qiynagan m uam m olam i C ho'lpon «Kecha 
va kunduz» romanidagi qator obrazlar vositasida badiiy tadqiq etadi
asardagi obrazlar tizimi vositasida o'zining badiiy fikri (tugal bir 
qarash, tizim holidagi xulosa — konsepsiya)ni shakllantiradi va ayni 
shu obrazlar orqali o'zi anglagan haqiqatni badiiy fikr (konsepsiya) 
tarzida ifoda etadi. Ayni paytda, asarda yaratilgan obrazlarda adibning 
hissiy munosabati ham o 'z aksini topgan. Ijodkom ing hissiy 
munosabati badiiy konsepsiyani shakllantirishda, asar mazmunining 
o'quvchiga yetkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, obrazlar 
tizimidagi har bir konkret obrazning hissiy tonalligi turlicha bo'lib, 
bu narsa birinchi galda muallifning ijodiy niyati bilan bog'liq bo'ladi.


Masalan, «Kecha va kunduz» romanining boshlanishidayoq Cho'lpon 
Zebiga bir turli, Razzoq so'figa yana bir turli, Akbaraliga esa boshqa 
bir turli munosabatda bo'ladi. Voqealar rivojlanib borgani sari 
muallifning ularga hissiy munosabatida ham m a’lum o'zgarishlar 
kuzatiladi. Aytaylik, adibning asar boshlanishidagi Zebiga nisbatan 
shaydolik to'la mehri susayib boradi (adib xarakter mohiyatini xolis 
idrok etib boradi), Razzoq so'figa yoki Akbaraliga nisbatan mazaxli 
nafrat qisman achinishga aylanib boradi (adib ulaming taqdiridagi 
fojelikni kashf etadi). Ya’ni adibning o'zi xarakter mohiyatiga kirgani 
sari qahramonlariga nisbatan hissiy munosabatida o'zgarish yuzaga 
keladi. Hissiy munosabatdagi o'zgarish o'qish jarayonida kitobxonga 
ham o'tadi va ayni shu narsa uning asar mazmunini adib istaganidek 
tushunishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Ko'rinadiki, badiiy obrazdagi 
ratsional va em otsional jih a tla rn in g uyg'unligi asar badiiy 
konsepsiyasini shakllantirilishida ham, ifodalanishida ham birdek 
muhim ahamiyatga ega ekan.
Badiiy obrazning muhim xususiyatlaridan yana biri uning 
metaforikligi sanaladi. Bu o'rinda «metaforiklik»ni keng m a’noda 
tushunish, uni «o'xshashlik»ning o'zi bilangina bog'lab qo'ymaslik 
lozim. Ya’ni «metaforiklik» deganda badiiy obrazning bir narsa 
mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochishga intilishi, san’atga xos 
fikrlash yo'sini tushuniladi. Chinakam san’atkor nigohi mohiyatga 
qaratilgan bo'lib, u voqelikdagi narsa-hodisalaming barchamizga 
ko'rinib turgan tashqi o'xshashligi emas, bizning nigohimizdan 
yashirin ichki o'xshashligiga tayangan holda fikrlaydi. San’atkor biz 
uchun kutilmagan ichki o'xshashlikni inkishof etadiki, natijada o'sha 
biz bilgan narsa-hodisa ko'z oldimizda butkul yangicha bir tarzda 
suratlanadi, o'zining bizga noayon qirralarini namoyon etadi. Masalan, 
m usaw ir ijodi haqida, rangtasvir san’atining o'ziga xosligi haqida 
hammamiz ham m a’lum bir tasawurga egamiz. Shoir (X.Davron) 
esa bu haqda yozadi: «M usawir bo'lm oq ersang Tilingni sug'urib ol 
Va yaradan to'kilgan qon rangiga quloq sol». Albatta, rangtasvirda


ranglar «gapirishi» hammamizga m a’lum, biroq ayni shu fikrning 
«gapirayotgan qon rangi» obrazi orqali berilishi — kashfiyot, metaforik 
fikrlash natijasi va xuddi shu narsa bizni hayratga soladi, shuurimizda 
muqim o ‘rinlashadi. Mohiyatga qaragan san’atkor qobig‘iga o ‘ralib 
yashayotgan odam bilan sassiq ko‘lmakdagi tilla baliqcha yoxud o ‘zida 
cheksiz kuch qudrat sezgani holda maqsaddan mosuvo yashayotgan 
odam bilan bemaqsad uchib yurgan burgut orasida (A.Oripov), 
turg‘unlikning biqiq muhitida yashayotgan ziyoli bilan bir izdan 
beto‘xtov yurayotgan tramvay (A.A’zam) yoxud qatag‘on sharoitida 
ijod qilayotgan shoir bilan vahshiy qoyalar orasida quyoshga oppoq 
gul uzatgancha nafis chayqalayotgan na’matak (Oybek) orasida 
o ‘xshashliklar topadi, birining mohiyatini ikkinchisi orqali ochib 
beradi. Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, obrazli tafakkurda yuksak 
darajadagi assotsiativlik kuzatiladi.
M a’lumki, assotsiativlik umuman inson tafakkuriga xos narsa. 
Zero, tashqi olam ta ’sirida ongimizda biror narsaning aksi paydo 
boMishi hamono u bilan bogMiq assotsiasiyalar ham uyg‘onadi. 
Masalan, «qish» deyilishi bilan xayolimizda assosiativ tarzda «qor», 
«sovuq», «po‘stin», «chana» kabi u bilan bogMiq tushunchalar 
uyg‘o n ad i. O brazli tafak k u rn i yuksak d arajad a asso tsiativ
deyishimizning sababi shundaki, reallikda ko‘rilgan bir narsa 
san’atkor xayolida butunlay boshqa bir narsani, u bilan mutlaqo 
aloqasi boMmagan narsani uyg'otishi mumkin. Shu bois ham
san’atkor yuqoridagicha o ‘xshashliklami topadi va uni badiiy obrazda 
aks etiradiki, natijada o‘sha obraz ham yuksak darajadagi assotsiativlik 
kasb etadi. Badiiy obraz bir m a’noli boMolmaydi, ko‘p m a’nolilik 
uning tabiatiga xos yana bir muhim xususiyatdir. Badiiy obrazning 
ko‘p m a’noliligi, avvalo, uning assotsiativligi bilan bogMiq holda 
izohlanadi. Buni, ayniqsa, assotsiativlik darajasi yuqori boMgan ramziy 
obrazlar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Oybekning 
mashhur «N a’matak» she’rini olaylik. Undagi tabiat manzarasini 
obraz deb olsak, tabiiyki, uning birinchi ma’nosi tabiat manzarasining


o ‘zi. Holbuki, shoir o ‘z vaqtida shu manzarada assotsiativ ravishda 
istibdod tuzumi sharoitidagi ijodkor taqdirini ko‘rgan va shu m a’noni 
obrazda ifodalagan. Ayni paytda, mazkur obrazning m a’no ko‘lami 
shulaming o ‘zi bilangina cheklanmaydi: o ‘quvchi o‘z hayotiy tajribasi, 
she’mi o ‘qish paytidagi ruhiy holati bilan bog‘liq ravishda bu obrazda 
tamomila boshqa mazm unni, o ‘z mazmunini ham topishi mumkin 
bo‘ladi. Aytish kerakki, ko‘p m a’nolilik nafaqat ramziy, balki tom 
m a’nodagi realistik obrazlarga ham xosdir. Faqat bunda endi ko‘p 
ma’nolilikning yuzaga kelish mexanizmi o ‘zgacharoq. G ap shundaki, 
sa n ’atkor badiiy obraz orqali ifodalam oqchi b o ‘lgan fikrni 
oxirigacha tugal aytmaydi (ya’ni, kitobxon og‘ziga chaynab solib 
q o ‘ymaydi), obrazning ayrim chizgilarini punktirlar (uzuq-uzuq 
ch iziq lar) bilan to rtad i. Y a’ni s a n ’atk o r o b razd a m a ’lum
im koniyatlar yaratadi-da, ularni ro ‘yobga chiqarishni o ‘quvchiga 
q o ld irad i. Bu xil im k o n iy atlar, ayniqsa, «obyektiv tasvir» 
yo‘sinidan borilgan, yozuvchi xolis kuzatuvchi mavqeida turgan 
asarlarda kuchli namoyon bo‘ladi. Garchi asarda tasvirlangan narsa 
bitta b o ‘lsa-da, o ‘quvchilarning ijodiy tasavvur im koniyatlari, 
dunyoqarashi farqliligidan konkret obraz ularning ongida turlicha 
akslanadi, turli xulosalarga olib keladi. Shu bois ham o ‘quvchilar 
tasaw urida minglab Otabegu Kumushlar, Qobil boboyu Saidalar, 
Zebiyu M iiyoqublai yabliaydi. Badiiy obrazga xos ayni shu 
xususiyat tufayli ham asarni turli davrlarda turlicha uqish, uning 
zamiridan yangi-yangi m a’nolam i ochish imkoni yaratiladiki, ayni 
shu xususiyat chinakam san ’at asarini boqiylikka daxldor etadi.
Adabiyotshunoslikda «badiiy obraz» atamasi ham keng, ham tor 
m a’nolarda ishlatiladi. Keng m a’noda «badiiy obraz» deganda, 
borliqning san’atkor ko‘zi bilan ko‘rilgan va ijodiy qayta ishlangan 
har qanday aksi (jonivorlar, narsa-buyumlar, hodisalar, tabiat 
obrazlari) nazarda tutilsa, tor m a’noda badiiy asardagi inson obrazi 
tushuniladi. Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy 
adabiyotning asosida inson obrazi turadi, chunki borliqning o ‘zida


inson shu xil mavqe egallaydi. Shunday ekan, borliqni badiiy idrok 
etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning bu yo‘ldagi asosiy vositasi 
inson obrazi bo‘lishi tabiiy hamdir. Mazkur fikrni obrazlar tizimidagi 
darajalanish yaqqol ko'zga tashlanadigan katta epik asarlar misolida 
tushunish va tushuntirish qulayroq. Bu xil asarlarda boshqa (narsa- 
buyumlar, jonivorlar, hodisalar va sh.k.) obrazlarning bari inson 
obrazini yorqinroq tasvirlashga, chuqurroq ochib berishga xizmat 
qiladi. To'g'ri, ayrim asarlar borki, ularda inson obrazi yaratilgan 
emas: masallar, hayvonlar haqidagi ertaklar yoki asarlar, peyzaj 
lirikasi va b. Biroq ularda ham yo majoziy ravishda inson, inson hayoti 
haqida so'z boradi(masallar, hayvonlar haqida ertaklar), yo inson 
qalbi tasvirlanadi (peyzaj lirikasi).
Badiiy adabiyotda inson obrazini to'laqonli yaratish, uni o'quvchi 
ko'z oldida konkret jonlantirish uchun xizmat qiladigan qator 
vositalar mavjud. Bularga muallif xarakteristikasi, portret, badiiy 
psixologizm, personaj nutqi kabi badiiy unsurlar kiradi. Obrazga 
bevosita yozuvchining o'zi tom onidan berilgan ta ’rif «muallif 
xarakteristikasi» deb yuritiladi. Muallif xarakteristikasida obrazning 
fe’l-atvoriga xos asosiy xususiyatlar bayon qilinadi. Odatda, muallif 
xarakteristikasi asarning boshlanish qismlarida yoxud konkret obraz 
asarga kirib kelgan o'rinlarda beriladi. Muallif xarakteristikasi o'quvchida 
personaj haqida yaxlit tasavvur hosil qilib, uning keyingi xatti- 
harakatlarini, gap-so'zlarini anglashida m uhim ahamiyat kasb etadi. 
Personajning so'z bilan chizilgan tashqi qiyofasi - portret ham inson 
obrazini yaratishda m uhim vosita sanaladi. Portret, avvalo, 
personajning o'quvchi ko'z oldida konkret inson sifatida gavdalanishiga 
ko'maklashadi. Ikkinchi tomondan, badiiy asarda portret xarakterologik 
belgilarga ega bo'ladi. Y a’ni yozuvchi personaj siyratiga xos 
xususiyatlami suratida aks ettirishga intiladi. Yozuvchi personaj 
qiyofasini ancha mufassal chizishi (A.Qodiriy yaratgan Kumush, 
Ra’no portretlari) yoki uning qiyofasiga xos ayrim detallami berish 
bilan kifoyalanishi ham mumkin. Chunki portret — vosita, demak,


uning qanday bo'lishi ko'proq muallif niyati, yozuvchining o'ziga 
xos tasvir uslubi, personajning asarda tutgan mavqei kabilar bilan 
bog'liqdir. Masalan, Cho'lpon sevimli qahramoni Zebining qiyofasini 
chizmagan. Adib ko'proq personajning siyratini chizadi, uning xatti- 
harakatlarini jonli tasvirlaydi, gap-so'zlaridagi jonli ohangni 
ifodalashga intiladi, xullas, har bir o'quvchining o 'z Zebisini 
tasavvur etib olishiga imkon yaratadi. Natijada, qahramon qiyofasini 
chizmaslikning o'zi o'ziga xos badiiy usulga aylanadiki, uning yordamida 
adib o'quvchini qahramoniga «yaqinlashtiradi». Ko'ramizki, qahramon 
qiyofasining qanday va qay darajada chizilishi belgili emas, bu o'rinda 
portretning(yoki portret detallarining) inson obrazini to'laqonli 
yaratish va o'quvchining tasavvur eta olishi uchun yetarli bo'lishi 
asosiy mezondir.
Badiiy asarda to'laqonli inson obrazini yaratishdagi muhim 
unsurlardan biri badiiy psixologizm sanaladi. Badiiy psixologizm 
deyilganda, personaj ruhiyatining ochib berilishi, uning xatti- 
h arak atlari, g a p -so 'z la rin in g psixologik jih a td a n asoslanishi 
tushuniladi va u mazkur vazifalami amalga oshirishga xizmat qiluvchi 
qator usul, vositalami o'z ichiga oladi. Yozuvchi personaj ruhiyatini 
bevosita yoki bilvosita tasvirlab berishi mumkin. Personaj o'y- 
kechinmalari, his-tiiyg'ularining «ichki monolog», «ong oqimi» 
tarzida yoki muallif tilidan (o'ziniki bo'lmagan avtor gapi) bayon 
qilinishi psixologik tasviming bevosita shakli hisoblanadi. Asarda 
personaj ruhiyatining uning xatti-harakatlari, gap-so'zlari, yuz-ko'z 
ifodalari (mimikasi), undagi fiziologik o'zgarishlami ko'rsatish orqali 
ochib berilishi bilvosita psixologik tasvirdir. Ruhiy tasviming bu ikki 
ko'rinishi bir-birini to'ldiradi, shu bois ham muayyan personaj 
ruhiyatini tasvirlashda yozuvchi bularning har ikkisidan ham o 'm i 
bilan unumli foydalanadi. Shuningdek, personaj ruhiyatini ochishda 
yozuvchi tabiat tasviridan yoki boshqa biror narsa obrazidan 
foydalanishi mumkin bo'ladi. Masalan, «O'tgan kunlar» romanida 
A.Qodiriy Kumushning turmushga berilish xabarini eshitgan Otabek


ruhiyatini «Xo‘ja M a’oz» qabriston tasviri orqali tasvirlasa, uning 
Kumush hijronida yashagan paytlardagi ruhiy holatini «Navo» 
kuyining sharhida umumlashtirib ifodalaydi.
Adabiy asarda xarakter ruhiyatini ochish, um um an, inson 
obrazini yaratishning m uhim vositalaridan yana biri personaj 
nutqidir. Zamonaviy nasrda dialog salmogMning ortishi bilan birga 
personaj nutqining obraz yaratishdagi mavqei ham kuchaydi. 
M ohir yozuvchi personaj nutqini individuallashtirish orqali uning 
shaxsiyati, dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi ruhiyati 
haqida o ‘quvchiga ko‘p narsalarni yetkaza oladi. Aytish kerakki, 
dialoglarda personaj nutqi muallifning qisqa, lo‘nda sharhlari bilan 
ta ’m inlanadi. Yuqorida aytganimiz personajning yuz-ko‘z ifodasi, 
mimikasi, undagi fiziologik o'zgarishlar haqida m a’lum ot beruvchi 
detallar dialogda juda katta aham iyat kasb etadi. U lar personaj 
nutqini «eshitish» va uning x atti-h arak atin i «ko‘rib turish» 
im konini — sahnaviylik effektini yaratadi, ya’ni inson obrazining 
to ia q o n li, jonli chiqishini ta ’minlaydi.
Adabiyotshunoslikda inson obrazi bilan bog‘liq holda badiiy 
obrazning yana bir muhim xususiyati — uning o ‘z xarakter 
mantiqidan kelib chiqqan holda harakatlanishiga alohida diqqat qilinadi. 
Ehtimol, sizning ham duch kelganingiz bordir: ba’zan kitobxonlar 
asami muhokama qilarkan «falon qahramon oMmaganda yaxshi 
boMardi» yoki «falon bilan piston qahramon bir-biriga yetishsa yaxshi 
boMardi» qabilida fikr yuritishadi, hatto shu xil istaklarni bildirib 
mualliflarga xat yozganlari ham bor. Bu — badiiyatni, ijod jarayonini 
yuzaki, j o ‘n tushunish natijasi. G ap shundaki, badiiy obraz 
yozuvchining quli emas, u o'zining xarakter mantiqiga muvofiq 
harakat qiladi. Albatta, asar personajlari xarakteriga xos asosiy 
xususiyatlar (parametrlari)ni awal boshda yozuvchining o ‘zi belgilaydi. 
Keyin, asar voqealari rivoji davom ida toMa shakllangan va 
mustahkamlangan xarakter endi muallif diktatini qabul qilmaydi, 
o ‘z boshicha harakatlanadi. Adabiyot tarixida buni tasdiqlaydigan


ko'plab misollar bor. Aytaylik, Kumushning o'lim i sahnasini yozib 
bo'lgach, A.Qodiriy kuyib yig'laganligini eslaydilar. Agar ixtiyor 
adibning o'zidagina bo'lganida, Kumushni chin dildan suygan 
A.Qodiriy asariga boshqacha yechim topmasmidi?! Yoki «Kecha va 
kunduz»ning boshlanishidayoq Razzoq so'figa nisbatan nafratini 
yashirmagan C ho'lpon suyukli qahramoni Zebi fojiasining asosiy 
sababchisini boshqacharoq harakatlantirmasmidi?! Ehtimol, ijod 
jarayonida har ikki ulug' adibimiz dilida shu xil istak kechgan bo'lishi 
mumkin, biroq ulaming ikkisi ham xarakter mantiqiga, badiiy 
haqiqatga zid bormaydilar. Va shu bois ham ular yaratgan betakror 
obrazlar adabiyotimizning nodir namunalari bo'lib qoldi.
Adabiyotshunoslikda badiiy obrazlar tasnifi masalasida turlichalik 
mavjud bo'lib, hali bu masalada tugal to'xtamga kelinmagan. Shunday 
bo'lsa-da, adabiy asarlardagi obrazlarni keng qamragan holda ulami 
turli jihatlardan guruhlovchi M.Epshteynning tasnifiga ko'p jihatdan 
qo'shilish mumkin. Mazkur tasnifga ko'ra badiiy obrazlar quyidagi 
jihatlardan tasnif etiladi: 1) predmetlilik darajasiga ko'ra; 2) badiiy 
umumlashtirish darajasiga ko'ra; 3) ifoda va tasvir qatlamlari 
munosabatiga ko'ra.
O brazning predm etlilik darajasi deyilganda, o 'sh a obraz 
tasvirlayotgan narsaning ko'lami nazarda tutiladi. Bu jihatdan badiiy 
reallik to'rtta sathdan tarkib topadi: 1) detal obrazlar; 2) voqea- 
hodisalar obrazi; 3) xarakter va sharoit; 4) dunyo va taqdir obrazi 
(badiiy reallik). Detal obrazlar (tafsilotlar, narsa-buyumlar, portret, 
peyzaj) o'zlarining statik holatdaligi bilan farqlanadi. Detal obrazlardan 
badiiy reallikning ikkinchi qatlami — ichki yoki tashqi harakatdan 
tarkib topuvchi voqea-hodisalar obrazi o'sib chiqadi. Uchinchi 
qatlamni shu harakat ortida turib uni yurgizib turgan «xarakter va 
sharoit» tashkil qiladi. Xarakter va sharoit oldingilarini birlashtirgan 
holda «dunyo va taqdir» obrazini yuzaga keltiradi. Ayon bo'ldiki, badiiy 
reallik go'yo g'ishtchalar singari butunni tashkil qilishga xizmat qiluvchi


unsurlardan tashkil topadi va bu unsurlar o ‘zaro predmetlilik darajasi, 
tasvir ko'lami jihatidan farqlanadi.
Umumlashtirish darajasiga ko'ra ham badiiy obrazning qator 
ko'rinishlari — individual obraz, xarakter, tipik obraz kabilar 
ajratiladi. Biroq, aytish kerakki, ularning orasidagi farq doim ham 
yaqqol ko'zga tashlanavermaydi, ya’ni bu xil bo'linishda muayyan 
darajada shartlilik saqlanib qoladi. Individual obraz deyilganda o'zigagina 
xos bo'lgan fe’l-atvori, gap-so'zlari, betakror xarakter xususiyatlari 
bilan namoyon bo'luvchi obrazlar tushuniladi (m as.,»0'tm ishdan 
ertaklar»dagi Babar, «Mening o'g'rigina bolam» hikoyasidagi Roqiya 
bibi). Xarakter deganda esa muayyan davr va muhit kishilariga xos 
eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga 
xos individual xususiyatlarni o'zida uyg'un mujassam etgan obraz 
nazarda tutiladi. Tipik obraz deyilganda, muayyan ijtimoiy-tarixiy 
sharoit, davr va muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o'zida 
namoyon etgan obraz nazarda tutiladi.
Umumlashtirish darajasiga ko'ra yana badiiy obrazning motiv, 
topos, arxetip deb yuritiluvchi ko'rinishlari ham ajratiladi. Yuqorida 
ko'rib o'tganimiz individual, xarakter va tipik obrazlar bir asar 
doirasi bilan cheklansa, keyingi uchalasi adabiy-madaniy a n ’anaga 
ko'ra muayyan turg'un shaklga aylanib, asardan asarga ko'chib yurish 
xususiyatiga ega.
Motiv (motiv obraz) shakliy va mazmuniy jihatlardan muayyan 
turg'unlik kasb etgan, bir yoki bir necha ijodkoming asarlarida 
qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib 
turuvchi obrazdir. Masalan, Cho'lpon ijodi uchun «yo'l» obrazi motiv 
sanalishi mumkin. Ayni shu obraz uning ham she’riy, ham nasriy 
asarlarida tez-tez takrorlanadi. Yoki C ho'lpon ijodiga xos bo'lgan 
«yulduz», «yo'lchi» motivlari 20-30-yillar she’riyatida, xususan, 
A.Fitrat, Oybek va U.Nosir asarlarida ham uchraydi.
Topos motivga nisbatan kengroq tushuncha bo'lib, u umuman 
milliy madaniyatda, katta bir adabiy davr mobaynida takrorlanuvchi


obraz sanaladi. Shu jih atd an , o ‘zbek m um toz sh e’riyatidagi 
payg‘ambarlar obrazlari, gul va bulbul, sham va parvona kabi qator 
takrorlanuvchi obrazlar topos sanalishi mumkin.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə