Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

Badiiy bashorat.
Badiiy adabiyotning bashoratchilik funksiyasi 
xalq og'zaki ijodidagi ertaklardayoq namoyon bo'ladi. Xususan, 
ertaklardagi “uchar gilam”lar, “oynai jahonnamo”lar aviatsiya va 
televideniye paydo bo'lishidan ancha ilgari bashorat qilingan edi. 
Insonning bugungi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ertadan 
bashorat qilish yozma adabiyotda, xususan, fantastik va ilmiy-fantastik 
asarlarda ham kuzatiladi. Masalan, J.Vemning “Yerdan Oyga” 
(1865), “Oy atrofida” (1869) asarlarida insonning Oyga sayohati, 
“20000 le suv ostida” (1870) romanida uning dengiz qa’rlarida 
sayohat qilishi tasvirlangan. Holbuki, mazkur asarlar yozilgan paytda 
insoniyat hali bularga qodir emasdi.
Badiiy adabiyot “kecha” yoki “bugun”ning badiiy tahlili asosida 
kishilik jamiyatining «erta»si haqida fikr aytishga intiladi. Zero,


jamiyatdagi joriy holat, undagi rivojlanish tamoyillarining badiiy 
tadqiqi bunga yetarli asos beradi. M asalan, nemis adibi 
L.Feyxtvangemi olaylik. Adib 1933 yilda, Germaniyada fashistlar 
diktaturasi o‘matilgach, xorijga chiqib ketgan. Ya’ni Feyxtvanger 
fashistlarni hokimiyat tepasiga keltirgan shart-sharoitlarni, siyosiy 
jarayonni hamda buning natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy 
holatni juda yaxshi bilgan. Yozuvchi o'zining “Soxta Neron”(1936) 
romanida ayni shu jarayonlarni metaforik tarzda badiiy tadqiq etadi va 
mustabid tuzumning muqarrar halokatini bashorat qiladi, buni badiiy 
asoslab beradi. Shunga o'xshash, A.Qodiriy “O'tgan kunlar”da 
yurtimizning yaqin o'tmishini badiiy tahlil qilib, “qipchoq — 
qorachopon” mojarolari Chor istibdodiga yo'l ochganidek, yurtning 
“q iziriar va “oq”larga bo'linishi “qizil istibdod”ga yo'l ochishini 
bashorat qilgan, yurtdoshlarini bundan ogoh qilishga intilgan edi.
Estetik funksiya.
Badiiy adabiyot insonda go'zallik tuyg'usini rivojlantiradi, 
badiiy didni tarbiyalaydi.
Tayanch so‘z va iboralar:

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə