Paxta bo‘yicha uch yillik sirg‘anma o‘rtachani hisoblash
Yillar
|
Paxta yalpi hosili, s
|
Uch yillik bo‘yicha yalpi hosil jami
|
Uch yillik
sirg‘anchiq o‘rtacha
|
2001
|
1400
|
–
|
–
|
2002
|
1078
|
3998
|
1333
|
2003
|
1520
|
3814
|
1271
|
2004
|
1216
|
4451
|
1483
|
2005
|
1715
|
4408
|
1468
|
2006
|
1475
|
4885
|
1628
|
2007
|
1695
|
4798
|
1599
|
2008
|
1628
|
5151
|
1717
|
2009
|
1872
|
–
|
–
|
Dinamika qatorlarini analitik tekislash usuli. Ushbu usul dinamika qatorlarining o‘zgarish tendensiyasini aniqlashda boshqa usullarga nisbatan bir muncha to‘g‘riroq natija beradigan usuldir. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, qatorlar o‘zgarishiga qarab, to‘g‘ri matematik tenglamani topib, haqiqiy darajalarni, vaqt funksiyasi darajasida hisoblashdir. Bu vazifa turli matematik funksiya formulalaridan foydalanish orqali hal qilinadi.
Agar dinamika qatorlari o‘zgarishsiz bo‘lsa yoki mutlaq qo‘shimcha o‘sish bir tekisda bo‘lsa, to‘g‘ri chiziqli quyidagi tenglamadan foydalaniladi:
Bu yerda: Yt – tekislangan qator darajasi;
a0,a1 – parametrlar (kichik kvadratlar usulida
aniqlanadi);
t – davrlar soni.
Agar daraja o‘zgarishi aniq va doimiy bo‘lsa, u holda quyidagi tartibdagi parabola tenglamasi qo‘llaniladi:
6. Mavsumiylikni statistik o‘rganish. Interpolatsiya va ekstropolatsiya usullari to‘g‘risida tushuncha
Dinamika qatorlarining darajalariga mavsumiylik katta ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Mavsumiylik deganda ishlab chiqarishning maxsus sharoitlaridan kelib chiqqan holda davr (yil, chorak, oy va b.) ichida bo‘ladigan o‘zgarishlaro tushuniladi.
Mavsumning dinamika qatorlar darajasiga ta’sirini aniqlash maqsadida mavsumiylik indeksidan foydalaniladi:
Bu yerda: Jm – mavsumiylik indeksi;
Doy – oylar bo‘yicha hisoblangan uch yillik o‘rtacha;
Dum – uch yillik umumiy o‘rtacha.
Mavsumiylik indeksi ishonarli bo‘lishi uchun dinamika qatorning uch yillik ma’lumotlari oylar bo‘yicha olinadi. Demak, mavsumiylik indeksida oylar bo‘yicha hisoblangan uch yillik o‘rtachaning umumiy o‘rtachaga nisbati foizlarda ifodalanadi.
Umuman olganda, mavsumiylik quyidagi tartibda o‘rganiladi:
Dinamika qatorining mutlaq darajalari aniqlanadi;
O‘rtacha arifmetik oddiy usul yordamida qatorning o‘rtacha oylik darajasi aniqlanadi;
Oylar bo‘yicha hisoblangan uch yillik o‘rtachani uch yillik umumiy o‘rtachaga taqqoslab, mavsumiylik ko‘rsatkichi (indeksi) aniqlanadi.
Mavsumiylik ko‘rsatkichlarini hisoblash tartibini xo‘jalikda yetishtirilgan tuxum misolida ko‘rib chiqamiz.
16-jadval
Dostları ilə paylaş: |