5. Dinamika qatorlarini qayta ishlash va tahlil qilish usullari
Dinamika qatorlari har doim ham taqqoslama bo‘lavermaydi, shuning uchun ham, statistik tahlil jarayonida ayrim qiyinchiliklarga duch kelinadi. Boshqacha aytganda, hamma vaqt ham dinamika qatorlari ma’lumotlariga asoslanib, o‘rganilayotgan hodisadagi umumiy qonuniyatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlab bo‘lmaydi. Shu nuqtayi nazardan dinamika qatorlari ma’lumotlarini qayta ishlash orqali ularni taqqoslama holga keltiriladi. Bu vazifani bajarish uchun statistik ma’lumotlarni qayta ishlash usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
Qatorlarni yagona asosga keltirish va ulash (tutashtirish) usuli;
Davrlarni kattalashtirish (davrlar oralig‘ini kengaytirish) usuli;
Sirg‘anchiq o‘rtachani hisoblash usuli;
Qatorlarni analitik tekislash usuli.
Dinamika qatorlarini taqqoslamaligini ta’minlash uchun ularni yagona asosga keltirish kerak. Buning uchun yagona bazaga ega bo‘lgan hodisalarning boshlang‘ich mutlaq ko‘rsatkichlari nisbiy ko‘rsatkichlar bilan almashtirish zarur.
Statistik tadqiqot oldida qo‘yilgan maqsadga ko‘ra baza bo‘lib, dinamika qatorlarining boshlang‘ich o‘rtacha yoki boshqa xil darajasi bo‘lishi mumkin. Boshlang‘ich davr darajasi baza qilib qabul qilinsa, qatordagi har bir keyingi davr darajasi boshlang‘ich davr darajasiga bo‘linib, foizda ifodalanadi va shu tariqa dinamika qatorlari bir xil asosga keltiriladi.
Dinamika qatorlarini ulash usuli orqali taqqoslama holga keltiriladi. Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida dinamika qatorlarini yagona asosga keltirish va ulash usuli yordamida taqqoslama holga keltiramiz. Buni shartli shirkat xo‘jaligidagi g‘alla ekin maydoni misolida ko‘rib chiqamiz.
12-jadval
Dinamika qatorlarini yagona asosga keltirish va ulash tartibi
Ko‘rsatkichlar
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
G‘alla ekin maydoni, ga
Eski chegarada
Yangi chegarada
Taqqoslama qator
|
500
-
600
|
510
-
612
|
550
-
660
|
580
700
700
|
–
750
750
|
–
780
780
|
–
800
800
|
–
850
850
|
Bu jadvaldagi 1 va 2-qatorni taqqoslama holga keltirish uchun 2001-yilgi ikkita daraja nisbati asosida maxsus koeffitsiyent aniqlanadi:
700 : 580 = 1,2
Shundan so‘ng ushbu koeffitsiyent yordamida eski chegaradagi g‘alla maydoni yangi chegara uchun mos ravishda taqqoslama holga keltiriladi:
2002-yil – 500 x 1,2 = 600 ga
2003-yil – 510 x 1,2 = 612 ga
2004-yil – 550 x 1,2 = 660 ga
Natijada yagona taqqoslama qatorga ega bo‘lamiz (jadvalning 3-qatori).
Dinamika qatorlar o‘zgarishining asosiy tendensiyasini aniqlash usullaridan biri davrlar oralig‘ini kengaytirish usuli hisoblanadi. Ayrim hollarda dinamika qatorlar darajalarini dastlab qaraganda ularning o‘zgarish tendensiyalarini ilg‘ab olish qiyin. Bunday hollarda dinamika qatorlari bo‘yicha davr oralig‘ini kattalashtirib olish zarur. Masalan, oylik darajani kvartallik daraja bilan, kvartallik darajani yillik bilan, yillik darajani uch yillik yoki besh yillik darajalar bilan almashtirish lozim. Bunday jarayon davrlar oralig‘ini kengaytirish deb yuritiladi. Buni paxta yalpi hosili misolida ko‘rib chiqamiz (13-jadval).
13-jadval
Dostları ilə paylaş: |