Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə10/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Ko‘k-yashil suvo‘tlar yoki sianobakteriyalar tuzilishi bakteriya hujay­rasiga o‘xshaydi. Ular bir hujayrali, ipsimon va to‘p-to‘p bo‘lib yashaydigan mikroorganizmlar bo‘lib, hujayrasining diametri – 0,5-100 mkm. Ko‘k-yashil suvo‘tlar – fotosintez jarayoni dastlab (3,5 mlrd yil oldin) vujudga kelgan qadimgi mikroorganizmlardir. Ko‘k-yashil suvo‘tlar kislorod ishlab chiqarish qobiliyati bilan Er atmosferasi tarkibida global o‘zgarish sodir qilgan, ya’ni havodagi molekulyar kislorodning «bunyodkori» hamda biosferadagi keyingi o‘zgarishlar «asoschisi» hisoblanadi. SHuningdek, sianobakteriyalar havodagi molekulyar azotni to‘plab, azotli birikmalar hosil qiladi. Ko‘k-yashil suvo‘tlar tuproqda, daraxt po‘stlog‘ida, issiq buloqlarda, chuchuk va sho‘r suvlarda uchraydi, muayyan sharoitda «gullab», suv va suv quvurlarini ifloslantirishi mumkin (1.8-rasm).




1.6-расм. Бактерия

1.7-расм. Архейлар

1.8-расм. Цианобактериялар

2. Eukariotlar – hujayrasida yadrosi bo‘lgan bir va ko‘p hujayra-li organizmlar guruhi (zamburug‘lar, o‘simliklar, bir va ko‘p hujayra-li hayvonlar). Eukariotlar bakteriyalar hujayralaridan simbiogenez natijasida 1,9-1,3 mlrd yil oldin paydo bo‘lgan va tabiatda keng tar-qalgan organizmlar guruhi. Simbiogenezga, ya’ni simbioz yo‘li bilan paydo bo‘lgan organizmga oddiy misol lishaynik hisoblanadi (lishay-nik – suvo‘tlar va zamburug‘lar birgalikda yashashi tufayli kelib chiq-qan organizm). Zamburug‘larning 611 ming, o‘simliklarning 298 ming, bir hujayrali hayvonlarning 36,4 ming va ko‘p hujayrali hayvonlar-ning 7,7 mln turi mavjudligi eukariotlarning naqadar xilma-xilli-gidan darak beradi.
Zamburug‘lar – bir va ko‘p hujayrali, kislorod bilan nafas oladi-gan, faqat tay­yor organik moddalar bilan oziqlanadigan, o‘zida o‘sim-liklar va hayvonlarning ayrim belgilarini birlashtirgan getero-trof organizm­lar guruhi. Zamburug‘larni mikologiya degan fan o‘rga-nadi. Zamburug‘lar­ning to‘rtdan uch qismi o‘simlik chirindisi (o‘lik organik modda) bilan oziqlanadi­­gan saprofitlar, qolganlari esa tirik organizmlarda yashaydigan, ular hisobidan oziqlanadigan para-zitlar hisoblanadi. Ayrim zamburug‘lar o‘simlik, hay­von yoki odamda parazitlik qiladi va kasalliklar keltirib chiqaradi. Ular jinssiz va jinsiy urchiydi, sporalari 20 km balandlikkacha uchib chiqishi mumkin. Kislotali tuproqlarda zamburug‘lar ko‘p bo‘ladi. Zamburug‘-lar tabiatda moddalarning aylanishi hamda tuproqning unumdor qat-lami hosil bo‘lishida faol ishtirok etadi. Ba’zi zamburug‘lardan qimmatli dori-darmonlar tayyorlanadi, ba’zilari oziq-ovqat sifati-da ishlatiladi. YApon olimlari mog‘or zamburug‘idan pishloq tayyorlash va sutni tez ivitishda ishlatiladigan ferment ajratib olgan. Non tayyorlashda achitqi zamburug‘idan foydalaniladi (1.9-, 1.10-rasm).




1.9-расм. Шампинъон

1.10-расм. Қўзиқуйруқ



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə