Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə18/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Nodavriy omillar, odatda, tirik organizmlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi: orga­nizm kasallikka chalinishi yoki o‘lishi mumkin. Odam nodavriy omillarni sun’iy vujudga keltirish (kiritish, qo‘llash) yo‘li bilan ulardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanadi. Masalan, kimyo-viy zahar biror organizmga zarar keltiruvchi boshqa organizmlarni (masalan, parazitlarni, kasalliklar keltirib chiqaruvchi bakteriya­larni) yo‘q qiladi. Biroq bu omil­ning uzoq vaqt davomida organizmga ta’sir ko‘rsatib turishi unga nisbatan mos­lashishni vujudga keltira-di: hasharotlar – DDTga, bakteriya va viruslar – dori-darmonlarga moslashadi.
Adaptatsiyaning manbai organizmdagi genetik o‘zgarishlar – muta-siyalar hisoblanadi. Mutatsiyalar organizmga tabiiy va sun’iy omil-lar ta’sir ko‘rsatishi tufayli paydo bo‘ladi.
Abiotik va bio­tik omillar organizmga majmuiy ta’sir ko‘rsatadi. Organizmlar bu omillarga muvaffaqiyatli (masalan, oxirgi 60 mln yil davomida otning bo‘yi past ajdodlaridan bo‘yi 1,6 m bo‘lgan uchqur otga aylanish evolyusiyasi) yoki muvaffaqiyatsiz moslashishi mumkin (ma­salan, mamont­larning ozuqa manbai, ya’ni o‘simliklar etishmasli-gi (yo‘qligi) tufayli muhitga moslasha olmay yoki ularni ibtidoiy odamlar ommaviy ovlashi natijasida qirilib ketishi).
Mamontlar to‘g‘risidagi misolda o‘simlik ozuqasi chek­lovchi yoki me’yorni bel­gilovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.



Чекловчи
экологик омиллар
CHeklovchi omillarning ahamiyatini XIX asr o‘rtalarida nemis olimi YU. Libix asoslab bergan. Uning fikricha, tuproqdagi 10 ta eng asosiy kimyoviy element (uglerod, vodorod, kislorod, azot, kalsiy, kaliy, fosfor, oltingugurt, magniy, temir) o‘simliklarning bir me’-yorda o‘sishini ta’minlaydi. Tuproq unumdorligi esa uning tarkibida mazkur elementlardan qay birining eng kam miqdoriga bog‘liq bo‘lib, ulardan loaqal bittasi yo‘q bo‘lishi yoki etishmasligi o‘simlikning
qurishi yoki hosili kam bo‘lishiga sabab bo‘ladi. YA’ni, tuproqda qaysi element miqdori eng kam bo‘lsa, uning unumdorligini aynan o‘sha ele-ment belgilab beradi (2.9-rasm). Natijada eng kam miqdorli element tuproq unumsizligi va uning ekin ekishga yaroqsizligini belgilaydi-gan omilga aylanadi: hosil (mahsulot) eng kam miqdorli omilga bog‘-liq. Bu YU. Libixning minimum yoki eng kam miqdor qonuni deb atala-di. SHuningdek, tuproqda foydali elementlarning eng maqbul miq-dori, agar ular keragidan ortiq bo‘lsa, hosilni kamaytirishi, ya’ni muayyan omilning eng ko‘p miqdori ham cheklovchi bo‘lishi mumkin.
Demak, muayyan omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi eng maqbul (optimal) daraja deyiladi. Har qanday ekologik omil-ning eng yuqori darajasi, ya’ni eng ko‘p miqdori (eng katta qiymati, maksimumi) va eng qo‘yi darajasi, ya’ni eng kam miqdori (eng kichik qiymati, minimumi) bo‘ladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning eng ko‘p miqdori (maksimumi), eng kam miqdori (minimumi) va eng maqbul darajasi (optimumi) mavjud. Masalan, uy pashshasi 7°S dan (eng kichik, minimum) 50°S gacha (eng katta, maksimum) bo‘lgan haroratda yashashi mumkin. Ular uchun haro-ratning eng maqbul (optimum) darajasi 36-40°S hisoblanadi.

2.9-расм. Ю. Либих бочкаси
Demak, muayyan omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi eng maq-bul (optimal) daraja deyiladi. Har qanday ekologik omilning eng yuqori da-rajasi, ya’ni eng ko‘p miqdori (eng kat-ta qiymati, maksimumi) va eng qo‘yi da-rajasi, ya’ni eng kam miqdori (eng kichik qiymati, minimumi) bo‘ladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning eng ko‘p miqdori (mak-simumi), eng kam miqdori (minimumi) va eng maqbul darajasi (opti-mumi) mavjud. Masalan, uy pashshasi 7°S dan (eng kichik, minimum) 50°S gacha (eng katta, maksimum) bo‘lgan haroratda yashashi mumkin. Ular uchun haroratning eng maqbul (optimum) darajasi 36-40°S hi-soblanadi.

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə