Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Harorat va namlikning birgalikdagi ta’siri



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə26/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Harorat va namlikning birgalikdagi ta’siri


Harorat va namlik etakchi iqlim omillari bo‘lib, ular o‘zaro bir-galikda muayyan hudud iqlimining o‘ziga xos «sifati»ni vujudga kel-tiradi: yil davomida havo namligi yoki quruqligining yuqori bo‘lishi haroratning o‘zgarishiga, dengiz yoki materik iqlimi shakllanishiga olib keladi (2.17-rasm).


O‘zbekiston keng­liklarida iqlim omillari turli xil ekologik shart-sharoitlarni vujudga keltirganki, mamlakatimiz florasi va faunasi o‘ziga xos biologik xilma-xilligi bilan ajralib turadi.


Organizmlar hayoti davomiyligi, ya’ni umri uzoqligi tashqi chek-lovchi omillar majmuida asosan harorat va namlik omilining o‘zaro ta’sirida shakllanadi. SHu sababli, masalan, olma yoki pilla qurti g‘umbagi kabi hasharotlar ekogrammasi modelida uchta asosiy ko‘rsat-kich: harorat, nisbiy namlik va o‘lim miqdori o‘z aksini topadi: 1°C dan 40°C gacha bo‘lgan harorat hamda 1 % dan 100 % gacha bo‘lgan nisbiy namlikning tik va yotiq chiziqlar bo‘yicha o‘zaro tu­tash joylarida hosil bo‘lgan egri chiziqlar hayot davomiyligi (o‘lim salmog‘i) bir xil bo‘lgan nuqtalarni birlashtiradi (2.18-rasm).

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, 240S harorat va 70 % nisbiy namlik sharoitida o‘lim juda kam bo‘ladi va organizmlarning eng maqbul miq-dori (optimum) ta’minlanadi. Muayyan joydagi birorta zararli ha-sharot (masalan, chivin, g‘o‘za tunlami) uchun ham shunga o‘xshash ekogram-malar tuzish mumkin. Bu ma’lumotlar bo‘yicha hasharotlar faolligini aniq­lash yoki ularga qarshi kurash tadbirlarini oldindan belgilash imkoniyati paydo bo‘ladi.


Suv muhiti

Suv muhitining ekologik omillaridan biri daryolar, dengizlar va okeanlardagi doimiy harakatdagi suv oqimlari va to‘lqinlar hisob­lanadi. Ular tirik organizmlarga suvning mineral moddalarga to‘yi-nishi va ion tarkibini o‘zgartirib – bilvosita, o‘simlik va hayvon-larning suv oqimiga moslashishini ta’minlab – bevosita ta’sir ko‘r-satadi. Masalan, sekin oqadigan daryolar baliqlarining tanasi yalpoq, tez oqadigan daryolar baliqlariniki yumaloq bo‘ladi; suvo‘tlar suv oqimiga morfologik moslashib, suv muhitidagi turli narsalarga mahkam yopishib o‘sadi.


SHuningdek, okean oqimlari, xususan, Anlantika okeanidagi Gol-fstrim oqimi (2.19-rasm) mazkur okeanning shimoli-sharqiy qismi va G‘arbiy Evropa iqlimiga isituvchi ta’sir ko‘rsatib, o‘ziga xos flora va fauna shakllanishini ta’minlagan.



Suvning ko‘tarilishi va pasayishi, to‘lqinlanishi – kuch bilan qir-g‘oqqa kelib urilishi, to‘lqin balandligi va uzunligi qirg‘oq­bo‘yidagi qoyalar, toshlar, loylar, qumlarga yopishib hayot kechiruvchi organizm-larga (masalan, mollyuska, qisqichbaqa) ta’sir ko‘rsatadi (2.20-rasm).
Murtaklari (urug‘i, sporasi) suv yordamida tarqaladigan o‘simlik va zamburug‘larga gidroxoralar deyiladi.
CHuqurligi sayoz, yaxshi isiydigan, mahsuldorligi yuqori va biogen elementlar miqdori mo‘lligi bilan ajralib turuvchi suv havzalariga evtrof suv havzalari deyiladi.


Suv – suv hayvonlarining erkin harakatlanishiga qarshilik ko‘rsa­­­tuvchi etarlicha quyuq muhit. SHu boisdan suv hayvonlari ko‘pincha suy-ri shaklida bo‘ladi. Suv muhitiga eng mukammal morfologik mosla-shish delfinlarda shakllangan.





Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə