Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Atmosfera gazlari ekologik omil sifatida



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə27/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Atmosfera gazlari ekologik omil sifatida


Havo muhiti kichik zichlik va ko‘tarish kuchiga, shuningdek ko‘zga tashlanmaydigan tutib (ko‘tarib) turuvchi xususiyatga ega. SHu sababli havo muhitida doimiy yashaydigan organizmlar yo‘q va undagi barcha jonzotlar Er yuzasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Biroq havo muhiti tirik organizmlarga nafaqat fizik (atmosfera bosimi, havo harorati, havo-ning harakat tezligi, nisbiy namlik, issiqlik nurlanishi va sh.k.), balki na­fas olish va fotosintez kabi jarayonlarni ta’minlab, kimyo-viy ta’sir ham ko‘rsatadi. Umuman, havo muhiti tirik organizmda ku-zatiladigan fiziologik jarayonlarning me’yorda kechishini ta’min-lashga xizmat qiladi.
Atmosfera gazlarining (kislorod, azot, argon, karbonat angidrid va sh.k.) ta’mi ham, hidi ham yo‘q, biroq ular o‘ziga xos fizik va kimyo-viy xossalarga ega.
Havo muhitining fizik omillari

Havo muhitining fizik omillariga havo massalarining harakati va atmosfera bosimi taalluqlidir. Bu omillar tirik organizmlar-ning hayotiy faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va turli xil vositalar orqali ta’sir ko‘rsatadi.


Havo massasining harakati sust ko‘chish, ya’ni atmosferada yuqori va pastki havo qatlamining o‘zaro almashinib turishi yoki shamol, ya’ni atmosferada siklon tufayli paydo bo‘la­di­gan havo oqimi – havoning yotiq yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishi ko‘rinishida sodir bo‘ladi.
Havoning sust ko‘chishi jarayonida sporalar, gul changlari, urug‘lar, mik­roorganizmlar va mayda hasharotlar turli hududlarga (joylarga) tarqalib o‘rnashadi. Kurtaklari (urug‘i, sporasi, mevasi) juda kichik o‘lchamli, qanotchali yoki soyabonsimon maxsus moslamalari bilan sha-mol yordamida tarqaladigan o‘simlik va zamburug‘lar ane­moxoralar (masalan, qamish, ilono‘t, oqbosh, bo‘ztikan, qushqo‘nmas urug‘lari) deb ataladi (2.21-rasm). Organizmlarning mazkur majmuiga (massasiga), ya’ni havoda qalqib suzib yuruvchi organizmlarga aeroplankton deyi-ladi.
SHamol sust ko‘chish jarayoniga nisbatan aero­planktonni ancha uzoq masofaga eltadi, bunda iflos­lantiruvchi moddalar ham ko‘chishi mum-kin. SHamol bo‘lmasa, daraxtlarning uchi qimirlamaydi. SHamol o‘sim-lik­larning o‘sishi hamda tashqi ko‘rinishiga (masalan, bayroq shakli-dagi o‘simliklar), hayvonlar, masalan, qushlar faolligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin (2.22-rasm). O‘simliklar changlanishi, ya’ni guldagi etilgan changlarning urug‘chi (onalik) tumshuqchasiga borib tushishi shamol tufayli ro‘y berishi mumkin. SHamol yordamida chang-lanadigan o‘simliklarga anemofillar deyiladi.
Atmosfera havosida qarshilik kamligi tufayli evolyusiya davomi-da quruqlikdagi hayvonlarning aksariyat qismi (70-75 foizi) turli xil usullar bilan havoda uchishga moslashgan (2.23-rasm).
Uchish – barcha qushlar, ko‘rshapalak kabi hay­vonlar uchun o‘lja iz-lash degani hamdir.



Havo ma’lum bir massaga egali-gi, ya’ni 1 m3 havo massasi 760 mm simob ustunida 1,03 kg. ga tengligi tufayli Er yuzasiga, atrofdagi bar-cha narsalarga atmosfera bosimi paydo bo‘ladi.
Atmosfera bosimi katta yoki ki-chikligi dengiz sathidan balandlik va havo harorati darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Atmosfera bosimi nafaqat iqlim yoki ob-havoga, balki hayvon-
lar va odamga ham ta’sir ko‘rsatadi.




2.23-расм. Ҳашаротларнинг ҳаво оқимига мослашиши
1 – чивин; 2 – галлица; 3 – пардақанотли ҳашарот; 4 – хермес; 5 – ток ипак қурти личинкаси


Odatda yuqori bosim yaxshi ob-havo – bulutsiz osmon, quruq havo va kuchli shamol yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Biroq yuqori bosim astma (ko‘ksov) yoki ruhiy kasal odamlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Past bosim, aksincha, salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bulutlilik, yog‘ingarchilik, tuman, shamol bilan birga sodir bo‘ladi va ba’zi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, teridagi qon tomirlari kengayishi va ularga qon quyilishi mumkin. Past bosim umurtqali hayvonlar va odamlarga (ayniqsa, qon bosimi past odamlarga) jiddiy eko­logik ta’sir ko‘rsatadi. SHuningdek, umurtqali hayvonlar dengiz sathidan 6000 m balandlikda yashay olmaydi.



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə