Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə30/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Biogen mikroelementlar fermentlar tarkibiga kirib, cheklovchi omilga aylanadi. O‘simliklarga asosan te­mir, marganets, mis, qalay, bor, kremniy, molibden, xlor, vanadiy va kobalt zarur bo‘ladi.
Agar o‘simliklarga temir, marganets, xlor, van­a­diy etishmasa, fo-tosintez jarayoni to‘liq amalga osh­maydi, temir, bor, kobalt, molib-den etishmasa, azot almashinuvi buziladi.
Mazkur elementlar hayvonlar va odamga ham zarur; ularning etish-masligi yoki turli xil ifloslanish tufayli ortiqcha to‘planishi har xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.



Ўсимликлар ва тупроқ биотаси ҳаётида эдафик омилларнинг тутган ўрни


Edafik omillar (yunoncha edaphos – tuproq) – o‘simliklar o‘sishining tup­roq sharoitlari. Ularning bir ne-cha turlari ajratib ko‘rsatiladi:

  • edafik kimyoviy omillar – tuproq reaksiyasi, tup­roqning tuz re-jimi, tuproqning kimyo­viy tarkibi, almashuvchi ka­tionlarning tarki-bi va almashinish qobiliyati va sh.k.;

  • edafik fizik omillar – tuproqning suv, havo va issiqlik reji-mi, zichligi, qalinligi, donadorligi, tuzilmasi va sh.k.;

  • edafik biologik omillar – tuproqda yashaydigan o‘simlik va hay-von orga­nizmlari.

Tuproq – suv, havo va tirik organizmlarning birgalikdagi ta’siri tufayli litosferaning ustki qismi o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan hamda o‘zaro uzviy bog‘liq sathlardan tashkil topgan o‘ziga xos tabiiy-tarixiy hosila (tuzilma).
Tuproqning namligi, harorati, tuzilmasi va g‘ovakligi, tuproq muhiti reaksiyasi, sho‘rlanishi kabilar eng muhim ekologik omillar sirasiga kiradi.
Tuproqning paydo bo‘lishi, tarkibi va tuzilishi

Tog‘ jinslari va minerallar suv, havo va mikroorganizmlar, iqlim va mexanik kuchlar ta’sirida emirilib, o‘zining birlamchi fizik va kimyoviy xossalarini o‘zgartiradi. Bu jarayonlar nurash deb ataladi. Tuproq nurash po‘stining yuqori qismida hosil bo‘lganligi uchun bu jinslar tub yoki tuproq hosil qiluvchi jinslar deb ataladi. Nurash natijasida emirilgan mahsulotlar o‘z joyida qoladi yoki har xil kuchlar ta’sirida ko‘chib, boshqa joylarga yotqiziladi. O‘z joyida qol-gan jinslar – elyuviy, boshqa joylarda yotqizilgan jinslar – oqiziq-lar deb ataladi.


Oqiziqlar delyuvial, prolyuvial, allyuvial va eol turlarga bo‘lina-di va gilli jinslarning juda katta qatlamlarini hosil qiladi. Bu jinslar turli xil ta’sirlar (joyning relefi, iqlim sharoiti, o‘simliklari, hayvonot dunyosi va sh.k.) majmuida muttasil qayta o‘zga-rishlarga uchrab, ulardan yangi tuzilmalar va minerallar paydo bo‘la-di. Oqibatda botqoq yoki qumli joylardan tubdan farq qiladi­gan, unumdorlik sifatiga ega bo‘lgan, o‘simliklarga hayot bag‘ishlaydigan, hayvonlar va odamlarga oziq beradigan yangi geologik jins – tuproq paydo bo‘ladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 1 sm qalinlikdagi tuproq qatlami paydo bo‘lishi uchun o‘rtacha 100 yil vaqt kerak bo‘ladi.
Tuproqning mexanik tarkibi quyidagilar bilan aniqlanadi:

  • shag‘al – 3-1 mm;

  • qum – 1-0,05 mm;

  • yirik chang – 0,05-0,005 mm;

  • o‘rtacha chang – 0,01-0,005 mm;

  • mayda chang – 0,005-0,001 mm;

  • loyqa – < 0,001 mm.

SHag‘al va qumlar suvni oson, juda yaxshi o‘tkazadi, chang va loyqa juda yomon, kam o‘tkazadi yoki amalda o‘tkazmaydi. Tuproqlarning suv o‘tkazish qobiliyati ularning tuzilishi, mexanik tarkibi va zichligi bilan belgilanadi.
Tuproq qattiq (mineral, organik zarrachalar), suyuq (tuproq erit-masi) va gazsimon (tuproq havosi) tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, makroorganizmlar (o‘simliklar, hayvonlar) va mikroorganizmlarning faol tirik biomassasini o‘z ichiga oladi.
Tuproqda qattiq tarkibiy qism ustunlik qiladi. U mineral va organik bo‘laklardan iborat bo‘ladi.
Tuproqda tub jinsdan qolgan birlamchi minerallar ko‘p bo‘lib, ularning parchalanishidan hosil bo‘ladigan ikkilamchi minerallar (gilli minerallar, karbonatlar, sulfatlar, galoidlar va sh.k.) nis-batan kam bo‘ladi. Suvda oson eriy­digan mineral tuzlarning tuproq-dagi salmog‘i (foizi) uning sho‘r­lanish darajasini belgilaydi.
Tuproqda nobud bo‘lgan organik qoldiqlarning fizik-kimyo­viy par­chalanishi natijasida murakkab organik moddalar gumus (chirin­di) hosil bo‘ladi. Gumus tuproq unumdorligini ta’minlashda eng asosiy o‘rin tutadi. Gumus – bir qancha organik birikmalarning murakkab majmui. Tuproqdagi gumus miqdori chirigan organik birikmalar miqdori bilan belgilanadi. Gumus miqdori tuproq boniteti balliga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq boniteti – tuproq unumdorligi-ning xususiyati va darajasi bo‘lib, uni baholashda eng yuqori hosil-dorlik – 100 ball bilan belgilanadigan daraja ko‘rsatkichidan foyda-laniladi (100 ball – toza qora tuproqli erlar). Tuproqdagi chirindi miqdori ko‘pi bilan 20-22 % bo‘lishi mumkin. Qora tuproqlar chirin-diga eng boy (Rossiya, Ukraina, Xitoy va Evropadagi ba’zi davlatlar hududlarida) bo‘lib, ular eng unumdor hisoblanadi. O‘zbekiston tup-roqlarida chirindi (gumus) miqdori nisbatan kam bo‘lib, sug‘oriladi-gan o‘tloqi-soz tuproqlarda ko‘pi bilan 6 % atrofida bo‘lishi mumkin.
Tuproqda suv erkin, bog‘langan, kapillyar va bug‘simon holatda bo‘-lishi mumkin. Tuproqdagi erkin suv og‘irlik kuchi ta’sirida fursati bilan o‘z joyini egallaydi; bog‘langan suv tuproq zarrachalari yuzasida yupqa qatlam hosil qilib, shimiladi; kapillar suv ayirish kuchi ta’si-rida tuproqning nozik, ingichka kovakchalarida ushlab qolinadi; bug‘-simon suv tuproq kovakchalarining suvdan xoli bo‘lgan orqa tomonida joylashadi.
O‘simliklarning ildiz tizimi asosan er­kin va kapillar shakldagi suvdan foydalanadi. Bog‘langan va bug‘­simon suvlarning ahamiyati kat-ta emas. Tuproqdagi barcha shakl­dagi suv miqdorining qattiq tarkibiy qismlar miqdoriga nisbati tuproq namligi deyiladi va u foiz­larda ifodalanadi.
Tuproqning suyuq tarkibiy qismi tuproq eritmasi deb ataladi. Tuproq eritmasi nitratlar, bikarbonatlar, fosfatlar, sulfatlar va boshqa tuzlardan hamda suvda eruvchi organik kislotalar, ularning tuzlari va shakardan iborat bo‘lishi mumkin.
Tuproq eritmasining tarkibi va miqdori mu­hit reaksiyasi yoki vodorod ko‘rsatkichi (pH) bilan aniqlanadi. Vodorod ko‘rsatkich yoki biror bir suyuqlikning pH ko‘rsatkichi undagi vodorod ionlari so-nidan kelib chiqilgan holda mazkur suyuqlikning mohiyatan kislota yoxud asos ekanligini aniqlovchi ko‘rsatkichdir. Distillangan (sof) suvda vodorod (H+) va gidroksil (OH) ionlari konsentratsiyasi, ya’ni vodorod yoki gidroksil ko‘rsatkichi 7 ga teng bo‘ladi. Vodorod ko‘rsat-kich (pH) barcha o‘simliklarning rivojlanishi, ularda kechadigan kimyo-viy va biokimyoviy jarayonlarning tezligi va yo‘nalishiga katta ta’-sir ko‘rsatuvchi tuproq muhitini belgilaydi. O‘simliklarning ozu-qa moddalarni o‘zlashtirish darajasi, tuproqdagi barcha mikroorga-nizmlar faoliyati va boshqa fizik-kimyoviy jarayonlar tuproq muhiti-ga bog‘liq bo‘ladi.
Vodorod ko‘rsatkichi (rN) kattaligi bo‘yicha tuproq eritmasi quyi-dagi muhitlarga ajratiladi:

  • kuchli nordon muhit – rN = 3-4;

  • nordon muhit – rN = 4-5;

  • kuchsiz nordon muhit – rN = 5-6;

  • neytral muhit – rN = 7;

  • kuchsiz ishqorli muhit – rN = 7-8;

  • ishqorli muhit – rN = 8-9;

  • kuchli ishqorli muhit – rN > 9.

Har qanday tuproqda nordon, ishqorli yoki neytral muhitlardan biri mavjud bo‘ladi (2.26-rasm).
O‘simliklar va hayvonlar uchun neytral muhit (pH=7) eng maqbul muhit hisoblanadi.

Tuproq tuzilmasi va g‘ovakligi o‘simlik va hayvon­larga oziq mod-dalarning etib borishini ta’minlaydi. Tabiatning mo­lekulyar kuchla-ri ta’sirida bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan tup­roq zarra­chalari tuproq tuzilmasini hosil qiladi. Tuproq zarrachalari orasida ko-vakcha deb ataluvchi bo‘shliqlar bo‘ladi. G‘ovaklik tuproqdagi kovakcha-lar hajmining ulushi bo‘lib, u 50 % va undan yuqori bo‘lishi mumkin. Tuproq tarkibining fizik yoki kimyoviy emirilishi tufayli undagi bo‘sh kovakchalar hajmining kamayishi natijasida tuproq zichlanishi ro‘y beradi.





Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə