Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Tuproqning qalinligi va bo‘ylama kesimi



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə31/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Tuproqning qalinligi va bo‘ylama kesimi

Tuproqning paydo bo‘lish jarayoni yuqoridan pastga tomon jadal-ligi kamaygan va so‘ngan holda kechadi. Mo‘‘tadil mintaqada 1,5-2,0 m chuqurlikda tuproq hosil bo‘lish jarayoni to‘xtaydi. Bu ko‘rsatkich or-qali tuproq qalinligi aniqlanadi. Tuproqning qalinligi bo‘ylama kesimda namoyon bo‘ladi (2.27-rasm).


Tuproqning bo‘ylama kesimida to‘rtta shartli sath farqlanadi.
1) chirindili sathtuproqning eng unumdor ustki qatlami, unda o‘simliklarning ildiz tizimi bo‘ladi va tuproq biotasi uchun oziq bo‘ladigan chirigan organik moddalar to‘planadi; qalinligi bir necha o‘n santimetr bo‘lishi mumkin. Bu sathning yuqori qismida chim, o‘tloq va xazonli to‘shama (XT), pastki qismida gumus (CHG) joylashadi;
2) yuvilish-nurash sathi (YUN)tuproqning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, unda tez eruvchi tuzlar, gips, karbonatlar, organik kolloidlar (serbalchiq zarralar), metall oksidlari va shu kabilar yuvilib, chuqur sathga ko‘chiriladi;
3) to‘planish-cho‘kish sathi (TCH) tuproqning yuqori sathlaridan yuvib keltirilgan moddalar yig‘iladi; unda organik moddalar redu-sentlar tomonidan qayta ishlanib, mineral moddalarga aylantiri-ladi va gips, karbonatlar, gilli minerallar to‘planishi ro‘y beradi, ya’ni tuproq hosil qiluvchi jinslardan iborat bo‘ladi;
4) tub jins (TJ) – tuproq tagidagi turli xil tog‘ jinslari.



Tuproq unumdorligini chirindili sath belgilaydi. Tuproqning unumdorlik xususiyati, ya’ni hosil berish qobiliyati qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.


Tuproq unumdorligi – o‘simliklarning oziq moddalar, ha­vo, issiq-lik rejimini o‘z ichiga olgan fizik-kimyoviy omillar hamda biotik muhitga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish xususiyati, shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va yovvoyi o‘simliklarning biogen mahsuldorligi ta’minlanadi.
Tuproqlarning tabiiy va sun’iy unumdorligi farqlanadi. Tabiiy unum­dorlik (yoki oddiy tuproq unumdorligi) tuproqlarning tabiiy-ekologik omillari bilan shartlangan bo‘ladi, sun’iy unumdorlik esa odamning tuproqqa agronomik ta’sir ko‘rsatish natijasida vujudga keladi.



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə