Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə39/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Тур ҳаёти давомийлиги

Tur hayoti davomiyligi mavjud hayotiy shart-sha­roitlar va omillarga bevosita hamda bilvosita bog‘liq bo‘ladi. Bunda fiziologik va eng uzoq (ko‘p) hayot davomiyligi farqlanadi.


Fiziologik hayot davomiyligi organizmning faqat fiziologik imkoniyatlari asosida aniqlanadi. Agar orga­nizmga hayoti davomida cheklovchi omillar ta’sir ko‘rsatmaydi, deb faraz (qabul) qilinsa, fiziologik hayot davomiyligini nazariy jihatdan hisoblab chiqish mumkin.
Eng uzoq (ko‘p) hayot davomiyligi atrof-muhitdagi aniq shart-sharoitda organizmlarning faqat kichik bir qismi yashashi mumkin bo‘lgan hayot davomiyligidir. Boshqacha aytganda, eng uzoq hayot davo-miyligi ma’lum bir individning muayyan muhitdagi aniq shart-sha-roitda kam bo‘lsa-da, ma’lum vaqtgacha yashashi mumkinligini ifoda-laydi. Demak, uzoq umr ko‘rish kutilayotgan hayot davomiyligi orqali o‘lchanadi. Bu kattalik har xil vaqt o‘lchamlarini: bakteriyalarda bir necha minutni, daraxtlarda bir necha o‘n yillarni, xususan, sekvoya da-raxtida bir necha ming yilni o‘z ichiga oladi. Odatda, o‘simlik yoki hay-von tanasi qanchalik katta bo‘lsa, ularda hayot davomiyligi shuncha uzoq (ko‘p) bo‘ladi (ayrim istisnolar mavjud, masalan, ko‘rshapalaklar ta-nasi quyonlarga nisbatan ancha kichik, biroq ular quyonlarga nisbatan ancha ko‘p - 30 yilgacha yashashi mumkin).
Populyasiyalarda hayot davomiyligi hamisha murakkab bo‘ladi, buni populyasiyaning har xil yoshdagi avlodlari (guruhlari) keltirib chiqa-radi. Individlarning tug‘ilish va o‘lish ko‘rsatkichi yosh bilan bog‘liq holda jid­diy o‘zgarib turadi. Agar tug‘ilish va o‘lish miqdori populya-siyaning yosh tuzilmasi bilan bog‘lab tahlil etilsa, umumiy o‘lim miq-dori va hayot davomiyligi tuzilmasini aniqlash mumkin bo‘ladi. SHu asosda «omon qo­lish jadvali» yoki «demografik jadval» tuziladi.
Bu jadvallarda yosh bo‘yicha o‘lim taqsimoti haqidagi ma’lumotlar aks etadi. Demografiya aholining joylashishi, soni, tarkibi va o‘sish sur’atini o‘rganadi va bu jadvallardan odam hayotining kutilayotgan davomiyligini aniqlash maqsadida foydalanadi. Omon qo­lish jad-vallari dinamik (o‘zgaruvchan) yoki statik (turg‘un) bo‘lishi mumkin.
Dinamik jadvallar populyasiya to‘dalari (individlarning katta guruhlari) hayotini bevosita kuzatish ma’lumotlari asosida shakllan-tiriladi. Bunday jadvallar oylar yoki yillar davomida o‘lchab borila-digan uzoq muddatli kuzatishlarni talab qiladi. Uzoq umr ko‘radigan hayvonlar (masalan, kit, toshbaqa) yoki odam uchun bunday jadvallarni tuzishga 50 yoki 100 yildan ortiq vaqt talab etiladiki, buning amalda hech bir iloji yo‘q. SHu sababli statik jadvallardan foydalaniladi.
Statik jadvallar ayrim yosh guruhlari bo‘yicha o‘lim sonini (miq-dorini) nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida kuzatish ma’lumotlari asosi-da shakllantiriladi. Bu guruhlar sonini bilgan holda har bir yoshga xos bo‘lgan o‘lim miqdorini hisoblab chiqish mumkin (3.1-jadval).

3.1-jadval



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə