Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


-bob. biotsenozlar - Biotik UYUSHMALAR



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə42/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

4-bob. biotsenozlar - Biotik UYUSHMALAR

Ekologik tizim nuqtai nazaridan biotik uyushma (jamoa) deganda biotsenozlar tushuniladi.





Биоценоз ҳақида тушунча
Biotsenoz  (yunoncha bios – hayot, coenosis – umu-miy) – mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘sim-liklar va hayvonlarning hudud yoki akvatoriya-ning bir jinsli qismida birgalikda yashashga moslashgan, o‘ziga xos tarkibga ega bo‘lgan, bir-biri va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabat-larga kirishadigan, tarixan shakllangan barqaror majmui.
“Biotsenoz” termini nemis biologi K. Myobius tomonidan (1877) taklif etilgan. Biotsenoz – biogeotsenozda yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish va evolyusiyaning boshqa omillari natijasida shakllangan organizmlar majmui.
Organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar juda ham murakkab bo‘lib, buni ularning miqdori nihoyatda katta ekanligi to‘la tasdiqlaydi. Tabiatshunos olim V.I. Vernadskiy ma’lumotiga ko‘ra, Er sayyora­sida tirik (jonli) organizmlar massasi 1010-1014 tonnani tashkil qiladi. O‘simliklar massasi hayvonlar massasidan bir necha yuz marta katta. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Er yuzidagi o‘sim­­lik­lar hajmi taxminan 2337 km3 ni, hayvonlarniki esa 1 km3 ni tashkil etadi.
Biotsenoz ochiq tizim bo‘lib, aniq chegaralangan maydonni egalla-maydi. Turli xil biotsenozlar ko‘p hollarda bir-biri bilan chambar-chas bog‘liq bo‘lib, ularning chegarasini belgilashning amalda imkoni yo‘q.
Biotsenozlar, ya’ni organizmlarning biotik uyushmalari ko‘lami har xil bo‘lgan, ya’ni daraxt tanasi, in (uya) yoki botqoqda o‘t qoplagan do‘nglik uyushmasidan (ular mikrouyushmalar deb ataladi) to botqoq-lik, hovuz, ko‘l, o‘tloq, to‘qay yoki o‘rmon uyushmasigacha bo‘lgan organizm-lar guruhlarini o‘z ichiga oladi. Turli ko‘lamli biotsenozlar o‘rtasida jiddiy tavofutlar yo‘q, chunki kichik uyushmalar yirik uyushmalarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Biotsenozda organizmlarning uchta guruhi farqlanadi: produtsent-lar, konsumentlar va redutsentlar (4.1-rasm).


Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə