Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə44/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Биоценознинг
тур тузилмаси

Biotsenoz vujudga kelishi uchun nafaqat orga-nizmlar soni, balki turlar xilma-xilligi ham mavjud bo‘lishi shart. Turlar xilma-xilligi bio-logik xilma-xillikning o‘ziga xos shakllaridan biridir.


Biologik xilma-xillik - tiriklik mezoni; hayot xilma-xilligi. Biologik xilma-xillik deganda o‘simliklar, hayvonlar va mikroorga-nizmlarning xilma-xil, turfa olami ko‘z oldimizga keladi. Har qan-day biogeotsenoz yoki ekotizimdagi tirik organizmlar nafaqat tur-lari xilma-xilligi, balki ko‘rinishi, katta-kichikligidan qat’iy na-zar, muayyan bir ishni (funksiyani) bajarishi, tabiiy jarayonlarda ishtirok etish imkoniyati bilan ham bir-biridan farqlanadi. Masa-lan, tuproqdagi organik qoldiqlarni parchalovchi bakteriya­lar funk-siyasini tuproqda yashovchi boshqa mikroorganizmlar, o‘txo‘r hayvonlar-ning ozuqa zanjirida tutgan o‘rnini yirtqich hayvonlar hech qachon bosa olmaydi. Demak, sayyoramizdagi hayotning asosiy xususiyatlari-dan biri uning xilma-xilligidir. Tirik organizmlar xilma-xilligi ularning evolyusiya jarayonida atrof-muhitga moslashishi natijasida yuzaga kelgan.
Biosfera yoki uning muayyan hududlarida shakllangan biologik xilma-xillikning uch darajasi farqlanadi:

  • genetik xilma-xillik – populyasiyalarning genetik belgilariga ko‘ra xilma-xilligini, bitta turga mansub individlar genotiplari-ning har xilligini, turlar ichidagi xilma-xillik yoki irsiy o‘zgaruv-chanlikni aks ettiradi. Genofond (genlar majmui) – individlar geno-tiplarining xilma-xilligi bo‘lib, ular organizmlarning atrof-mu-hitga moslashish imkoniyatini o‘zida saqlaydi, ya’ni har bir turga at-rof-muhitdagi o‘zgarishlarga (masalan, yorug‘lik, harorat, namlik, ka-sallik va sh.k.) moslashish imkonini beradi. Kamyob turlarning gene-tik xilma-xilligi kambag‘al bo‘ladi, shu sababli ular atrof-muhit sha-roitlari o‘zgarsa, tezda yo‘qolish xavfiga uchraydi. Populyasiya ichidagi individlar bir-biridan genetik farqlanadi;
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə