|
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhityilda Kanada ayol aholisining statik demografik jadvali
|
səhifə | 40/142 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 39,43 Mb. | | #138119 |
| Авазов Ш Экология lotin1980 yilda Kanada ayol aholisining statik demografik jadvali
(Krebs bo‘yicha, 1985)
YOsh
guruhi
|
Har bir yosh guruhidagi odam soni
|
Har bir yosh guruhida o‘lganlar soni
|
1000 kishi hisobiga o‘lim miqdori
|
0-1
|
173 400
|
1 651
|
9,52
|
1-4
|
685 900
|
340
|
0,50
|
5-9
|
876 600
|
218
|
0,25
|
10-14
|
980 300
|
234
|
0,24
|
15-19
|
1 164 100
|
568
|
0,49
|
20-24
|
1 136 100
|
619
|
0,54
|
25-29
|
1 029 300
|
578
|
0,56
|
30-34
|
933 000
|
662
|
0,71
|
35-39
|
739 200
|
818
|
1,11
|
40-44
|
627 000
|
1 039
|
1,66
|
45-49
|
622 400
|
1 664
|
2,67
|
50-54
|
615 100
|
2 574
|
4,18
|
55-59
|
596 000
|
3 878
|
6,51
|
60-64
|
481 200
|
4 853
|
10,09
|
65-69
|
413400
|
6 803
|
16,07
|
70-74
|
325 600
|
8 421
|
25,86
|
75-79
|
235 100
|
10 029
|
42,66
|
80-84
|
149 300
|
10 854
|
72,50
|
85 va katta
|
199 200
|
18 085
|
151,70
|
Bunday jadvallar populyasiya rivojlanishining vaqtinchalik qir-qimi, ya’ni ma’lum bir paytini aks ettiradi. Agar muayyan populyasiya-ning o‘lish va tug‘ilish miqdorida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmasa, statik va dinamik jadvallar bir-biriga to‘g‘ri keladi.
Omon qolish jadvali ma’lumotlari muayyan yoshgacha umr ko‘rgan in-dividlar sonining organizmlar tug‘ilganidan boshlab bu oraliq davo-miyligiga bog‘liqligini aks ettiruvchi omon qolish egri chizig‘i yoki qolgan umr egri chizig‘ini tuzishga imkon beradi (3.4-rasm).
Omon qolish egri chizig‘ining uch turi farqlanadi:
birinchi (I) turdagi egri chiziq – butun hayoti davomida o‘lim miqdori taxminan doimiy (o‘zgarmas) bo‘lib qoladigan turlarga xos bo‘lib, bunga sudralib yuruvchilar, qushlar va ko‘p yillik o‘t o‘simlik- lari hayoti misol bo‘ladi. Birinchi turdagi egri chiziq gidralarga eng xos bo‘lganligi uchun ko‘pincha «gidra egri chizig‘i» deb ham ataladi;
ikkinchi (II) turdagi egri chiziq – individlar hayotining bosh-lang‘ich davridagi ommaviy o‘lim holatini ifodalaydi. Nasli haqida qayg‘urmaydigan gidrobiontlar va boshqa ayrim organizmlar juda ko‘p miqdorda lichinka, uvildiriq va urug‘ qo‘yish hisobiga yashab qoladi. Masalan, mollyuskalar planktonda o‘z rivojlanishining lichinka bos-qichini o‘taydiki, bunda juda katta miqdordagi lichinkalar nobud bo‘ladi, shu sababli ikkinchi turdagi egri chiziq ko‘pincha «ustritsa egri chizig‘i» deb ham ataladi;
uchinchi (III) turdagi egri chiziq – odatda tuxum qo‘yganidan ke-yin nobud bo‘ladigan hasharotlarga xos bo‘lib, o‘lim miqdori butun hayoti davomida juda kam bo‘ladi, biroq hayoti oxirida birdan oshib (ko‘tarilib) ketadi. Odam va ayrim yirik sut emizuvchi hayvonlarning omon qolish egri chizig‘i ham shunga yaqin. Uchinchi turdagi egri chiziq ko‘pincha «drozofila egri chizig‘i» deb ham ataladi.
Umurtqali hayvonlar populyasiyalarida eng uzoq hayot davomiyligi turlicha shakllangan: grenlandiya kiti - 211 yil, galapagos toshbaqasi - 177 yil, ko‘l balig‘i - 152 yil, ot - 67 yil, qoramol - 40 yil, qo‘y - 21 yil va odam - 122,5 yil yashashi mumkinligi qayd etilgan. Odam bu rey-tingda 11 o‘rinni egallaydi. Odam hayoti davomiyligining o‘rtacha ko‘r-satkichi YAponiyada - 83,7 yilni, SHveysariyada - 83,4 yilni, O‘zbekis-tonda - 69,2 yilni tashkil qiladi.
YAshashning ekologik mohiyati organizmlarning omon qolib, yashash
ga intilishini ifodalaydi. Har bir populyasiyada yashash – omon qo-lishning o‘ziga xos strategiyasi mavjud bo‘ladi. Masalan, o‘simlik po-pulyasiyalari o‘rtasida omon qolish ehtimolligini oshirishga, o‘zidan keyin nasl qoldirishga yo‘naltirilgan quyidagi strategiyalar farq-lanadi:
|
|
|