Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Популяциянинг ўзгарувчан кўрсаткичлари



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə38/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Популяциянинг ўзгарувчан кўрсаткичлари
O‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar qandaydir vaqt oralig‘ida populyasiyada kechadigan jarayon­larni tavsiflaydi. Tug‘ilish, o‘lish va ko‘payish tezligi populyasiyalarning asosiy o‘zgaruvchan ko‘rsatkich-lari hisoblanadi.
Tug‘ilish yoki tug‘ilish tezligi – muayyan populyasiyada vaqt birligi ichida yangi tug‘ilgan individlar soni. Populyasiyalarda organizmlar-ning tug‘ilish jadalligi tur­licha bo‘lib, bakteriyalar – soat, fito-planktonlar – sutka, hasha­rotlar – hafta yoki oy, yirik sut emizuvchi-lar – yil davomida tug‘ilishi mumkin. Serpushtlik ozuqa moddalarga bog‘liqdir. Agar populyasiyada serpushtlik yuqori bo‘lsa, nobud bo‘lish miqdori ham katta, ya’ni umumiy ko‘payish kam bo‘ladi.
O‘lish yoki o‘lim tezligi – muayyan populyasiyada vaqt birligi ichida o‘lgan (nobud bo‘lgan) individlar soni. Populyasiyalarda organizmlar-ning o‘lish jadalligi turlicha bo‘lib, bu xilma-xil ekologik omillar ta’siriga bog‘liq holda kechadi.
Populyasiyada individlarning ko‘payish yoki kamayish tezligi na­faqat tug‘ilish yoki o‘lish jadalligiga, balki ularning vaqt birligi ichida ko‘chib kelish va ko‘chib ketish tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masa-lan, Ustyurtda sayg‘oq populyasiyasining soni Qozog‘iston hududiga ko‘chib ketish yoki u erdan ko‘chib kelish hisobiga doimo o‘zgarib turadi. Demak, populyasiya sonining ko‘payishi (ortishi) muayyan vaqt davomi-da yangi tug‘ilgan va ko‘chib kelgan individlar yig‘indisi, kamayishi (qisqarishi) esa muayyan vaqt davomida o‘lgan (nobud bo‘lgan) va ko‘chib ketgan individlar yig‘indisi bilan tavsiflanadi.
Har qanday populyasiyada son o‘zgarishining oniy tezligi (a) oniy solishtirma tug‘ilish (b) va o‘lish (d) ko‘rsatkichlarining nisbati orqa-li aniqlanadi:
a = b – d

Son o‘zgarishining oniy tezligini aniqlash asosida populyasiya sonining holati, ko‘payishi yoki kamayishi, hayotchanligi to‘g‘risida xulo­salar chiqariladi. Masalan, O‘zbekiston hududida aksariyat hasha-rotlar bir yilda bir necha marta nasl qoldiradi, ya’ni avlod beradi. Jumladan, makkajo‘xori, beda, sabzavot va poliz ekinlariga katta za-rar etkazadigan kuzgi tunlam bir yozning o‘zida 4-5 marta avlod qol-diradi. G‘o‘za tunlami ham bir yozda o‘zidan bir necha avlod qoldirish qobiliyatiga ega.


SHuningdek, odam populyasiyasining yashirin, ammo yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan o‘sishini o‘smirlar yoki qariyalar emas, balki 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan individlar (ayollar) soni ta’minlaydi. Masalan, O‘zbekistonda aholining o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi past ekanligi hisobga olinsa, mamlakatda odam populyasiyasining o‘sish istiqbollari katta ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə