Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə35/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

NAZORAT SAVOLLARI:
1. YAshash muhiti nima? Tirik organizmlar tomonidan qanday yashash mu­hitlari o‘zlashtirilgan?
2. Ekologik omil nima va uning qanday turlari farqlanadi?
3. «Simbioz», «neyral» va «antibioz» tushunchalari qaysi ekologik omilga tegishli?
4. Turlararo munosabat deganda nima tushuniladi?
5. Adaptatsiya nima?
6. Davriy va nodavriy omillarga nimalar kiradi?
7. CHeklovchi omil nima?
8. Qanday organizmlarga evribiont va stenobiont organizmlar de-yiladi? Ekologik valentlik nima?
9. Nima uchun eng past yoki eng yuqori harorat cheklovchi omil hisob-lanadi?
10. Biologik bardoshlikning umumiy qonuni qanday aloqadorlik-ning mohiyatini ochib beradi?
11. K. Raunkier o‘simliklarni hayotiy shakllariga qarab qanday gu-ruhlarga ajratgan?
12. Ko‘rinadigan yorug‘lik bilan fiziologik faol radiatsiya o‘rtasi-da, fotodavriylik bilan sutkalik davriylik o‘rtasida qanday o‘xshash-lik yoki farqlar mavjud?
13. O‘simliklar va hayvonlar suvga munosabati, ya’ni namlikka mos-lashish usullariga ko‘ra qanday ekologik guruhlarga bo‘linadi?
14. Harorat va namlikning birgalikdagi ta’siri nima?
15. Suv oqimlari va to‘lqinlar tirik organizmlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
16. Havo muhitining fizik va kimyoviy omillari nimalarni o‘z ichi-ga oladi?
17. YOng‘inlarning qanday turlari farqlanadi?
18. Qanday moddalarga biogen moddalar deyiladi?.
19. Edafik omil nima?
21. Tuproqning bo‘ylama kesimi deganda nima tushuniladi?
22. Ekologik indikator nima?
23. Nima uchun tirik mavjudot resurslari ekologik omillar sira-siga kiradi?


MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI:



  1. Tavsiya etilgan va boshqa qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib, «YAshash muhiti» mavzusini mustaqil o‘rganing.

2. Mavzu matnidagi 2.1-rasm bo‘yicha ekologik omillarning turlari-ni o‘zaro qiyosiy taqqoslang.
3. Mavzu matnidagi 2.2-rasmdan foydalanib, ekologik o‘zaro muno-sabatlarning asosiy turlarini «simbioz», «neyral», «antibioz» gu-ruhlarga ajrating.
4. Mavzu matnidagi 2.3-, 2.4-, 2.5-, 2.6-, 2.7-rasmlardan foydalanib, tur ichidagi va turlararo munosabatlarni istalgan biologik turlar misolida izohlang.
5. Mavzu matnidagi 2.8-rasm asosida organizmga xos adaptatsiyaning asosiy tuzilmalarini, ya’ni turlarini tavsiflang.
6. “Davriy va nodavriy omillar” mavzusida qisqa axborot (xabar) tayyorlang.
7. YU. Libixning minimum (eng kam miqdor), V. Vilyamsning omil-lar sarbastligi va V. SHelfordning chidamlilik qonunini istalgan ko‘rinishda (matn, chizma, model va sh.k.) isbotlang.
8. O‘zingiz yashaydigan joydagi evribiont va stenobiont organizm-lar ro‘yxatini jadvalda tuzing.
9. “Haroratning o‘simlik va hayvonlarga ta’siri” mavzusida tezis tayyorlang.
10. «Ekologik tolerantlik»» tushunchalarini aniq misollar kelti-rish asosida izohlang.
11 Poykiloterm va gomoyoterm organizmlar ro‘yxatini jadvalda keltiring.
12. Berg­man qoidasini misollar keltirish bilan asoslang.
13. «O‘simliklarning yorug‘likka munosabati» mavzusida elektron shaklda taqdimot tayyorlang.
14. A. Xopkinsning bioiqlim qonuni va “biologik soat”ni misol-lar keltirish bilan asoslang.
15. O‘zingiz yashaydigan joydagi o‘simlik va hayvonlarni suvga mu-nosabati, ya’ni namlikka moslashishi bo‘yicha ekologik guruhlarga aj-rating.
16. Harorat va namlikning birgalikdagi ta’sirini istalgan bir tirik organizm misolida tushuntiring.
17. «Suv muhiti» mavsusida qisqa axborot (xabar) tayyorlang.
18. Mavzu matnidagi 2.21- va 2.23-rasmlar asosida «anemoxora», «aeroplankton» tushunchalarini va hasharotlarning havo oqimiga mos-lashishini izohlang.
19. «YOng‘inlarning tabiatga ta’siri» mavzusida elektron shaklda taqdimot tayyorlang.
20. Nima uchun biogen makro- va mikro-elementlar ekologik omil-lar sirasiga kirishini asoslang.
21. O‘zingiz yashaydigan joydagi tuproq muhitining (rN) vodorod ko‘rsatkichini aniqlang va shunga muvofiq eng maqbul o‘simliklar ro‘y-xatini tuzing.
22. O‘zingiz yashaydigan joydagi mahalliy indikator-o‘simliklar va indikator-hayvonlar ro‘yxatini tuzing.
23. Istalgan bir o‘simlik va hayvonga xos bo‘lgan «himoya vositasi»-ni dalillar bilan isbotlang.
24. Organizm va muhitning o‘zaro munosabatiga oid o‘zbek xalq ma-qollarini to‘plang va ularni sharhlang.





Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə