Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Almashtirib bo‘lmaydigan resurslar



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə34/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Almashtirib bo‘lmaydigan resurslar deganda bir re­sursni bosh-
qasiga almashtirish imkoni mavjud emasligi tushu­niladi va bu ho-latda ular qattiq cheklovchi omilga aylanadi.
Almashtirib bo‘lmaydigan resurslarning ekologik aha­miyati juda katta. Masalan, yashil o‘simliklar uchun almashtirib bo‘lmaydigan yago-na energiya resursi quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. SHu tufayli land-shaftlarda oftobsevar va soyasevar o‘simliklarni o‘z ichiga olgan bir necha pog‘onalar hosil bo‘ladi. SHuningdek, karbonat angidrid – foto-sintez jarayonida almashtirib bo‘lmaydigan resurs hisoblanadi, bi-roq uning taqchilligi bo‘yicha muammo yo‘q. Suv – nafaqat fotosintez-ning, balki hujayra protoplazmasi­ning ham almashtirib bo‘lmaydi-gan tarkibiy qismi hisoblanadi. Suv tuproqda o‘simliklar uchun etar-li miqdorda bo‘lmasa, cheklovchi omilga aylanadi. Kislorod – suv mu-hitidagi cheklovchi omil; anaerob­lardan boshqa barcha jonzotlar uchun almashtirib bo‘lmay­digan resurs.
O‘zaro almashiniladigan resurslar deganda ikkita resursdan bit-tasini boshqasiga almashtirish imkoniyatiga egalik tushuniladi. Bun-day resurslar bir-birini o‘zaro to‘ldiradi. Masalan, yirtqich hayvon-lar ozuqasini (o‘ljasini) shu hajmdagi istalgan o‘xshash ozuqaga, ya’ni bitta kiyikni – bir necha quyonga, bitta quyonni – bir necha kichik kemi-ruvchiga almashtirishi mumkin.
«Iste’molchi – ozuqa» munosabati jarayonida ayrim organizmlar-ning boshqa organizmlarga tadrijiy (evolyusion) bosimi vujudga ke-ladi va ba’zi organizmlar evolyusiyasi boshqa organizmlar evolyusiya-si bilan qisman bog‘­liq bo‘ladi. Bu hodisaga bog‘langan (birgalikdagi) evolyusiya yoki koevolyusiya deyiladi. Boshqacha aytganda, koekolyusiya – ekotizimda o‘zaro hamkorlik qiluvchi turlarning birgalikdagi evol-yusiyasidir.
Organizmlarning o‘zi ham oziq-ovqat resurslari bo‘lib, ular ozu-qa zanjirida ishtirok etadi va avtotrof organizmlar geterotrof or-ganizmlar uchun ozuqa resursi hisoblanadi. Iste’molchi (yirtqich) o‘z o‘ljasini izlab topadi, ushlaydi, o‘l­­­diradi va eb qo‘yadi. Biroq bu ish oson emas, chunki ozuqa resurslari, ko‘pincha, iste’molchidan himoyalan-gan bo‘ladi.
Har qanday tirik organizm o‘zini o‘z iste’molchisidan saqlashga intiladi. Bunday «himoya vositasi» o‘simliklarga ham, hayvonlarga ham xos. Ularni shartli ravishda mexanik, kimyoviy, morfologik va xulqiy himoya vositalariga ajratish mumkin.
O‘simliklar o‘rtasida koevolyusiya bo‘lmaydi. SHu sa­babli, ularda mexanik himoya vositalari (masalan, tikan, tikanak, po‘choq, po‘st, chan-gal va sh.k.) yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ona o‘simlikda joy­lashgan urug‘lar ko‘pincha yaxshi himoyalanmagan bo‘ladi; agar ular uvalanib so-chilib ketsa, saqlanishi yaxshi ta’minlanadi. YOvvoyi tabiatda urug‘lar saqlanishining bu usuli ancha keng tarqalgan.
Ba’zi organizmlarda kimyoviy himoya shakllangan bo‘ladi. Biror organizmda ishlab chiqilgan zaharli modda ikkinchi organizmni za-rarlashi (masalan, bo‘g‘ishi, o‘ldirishi), qo‘rqitishi yoki ozuqani hazm qilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Ayrim hayvonlarga «aldamchi» hatti-harakatlar, ya’ni ularni mu-hitdan ajratib bo‘lmaydigan shakl va tusga kirishi kabi morfologik himoya vositalari ham xos. Mimikriya – ba’zi o‘simlik va hayvonlar-ning jonsiz va jonli tabiatdagi muayyan narsalar yoki atrof-muhitga o‘xshashligidir. Masalan, kapalaklarning aksariyati gullarga, barg-larga o‘xshaydi.
Hayvonlarda xulqiy ximoya usuli ham etarlicha shakllangan: uyasiga yashirinishi, o‘likka o‘xshab yotishi, joyidan qo‘zg‘alib qo‘yishi, o‘zini «qo‘rqinchli» ko‘rsatishi va sh.k. Hayvonlarning eng oddiy xulqiy hi-moyasiga yirtqichdan qochishi misol bo‘ladi.



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə