Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə37/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Populyasiya soni – muayyan joyda bir turga mansub hayvonlar bosh soni yoki o‘simliklar soni. Bu son doimiy bo‘lmaydi va o‘zgarib turadi. Masalan, muayyan bir to‘qaydagi quyonlar yoki to‘ng‘izlar soni.
Populyasiya zichligi – muayyan hududda maydon birligiga to‘g‘ri keladigan individlar (zot yoki navlar) soni. Masalan, birorta viloyat yoki tuman aholisi zichligi – bir kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan odamlar soni yoki birorta suv havzasidagi gidrobiontlar (suv muhi-tida yashovchi organizmlar) zichligi – hajm (litr, kub metr) birligiga to‘g‘ri keladigan individlar soni.
Populyasiyaning tuzilmaviy ko‘rsatkichlari jinsiy (jinslar­, ya’ni erkak va urg‘ochilar nisbati), ko‘lamli (turli o‘lcham yoki vazndagi individlar nisbati) va yosh (turli yoshdagi individlar nisbati) tuzil-malari bilan farqlanadi.
Xususan, populyasiyalarning o‘sishi yosh tuzilmasiga bevosita bog‘-liq (3.3-rasm). Masalan, tez o‘sayotgan populyasiyalar (keng asosli pira-mida) yosh individlar salmog‘i, kamaygan (qirilayotgan) populyasiyalar (tor asosli piramida) o‘rta yoshli, keksa individlar salmog‘i ko‘pligi bilan tavsiflanadi. Barqaror populyasiyalarda (oraliq piramida) yosh bo‘yicha taqsimot deyarli bir xil darajada bo‘ladi.


Tabiatda populyasiyalar soni asosan tur ichidagi hamda turlararo munosabatlar orqali boshqariladi. Populyasiya soni turli metodlar bilan aniqlanadi. Masalan, muayyan hududdagi populyasiya sonini samolyot yoki vertolyotda uchib hisoblash, to‘rlar bilan tutish yoki mik-roskopda aniqlash orqali hisoblash mumkin. Xususan, muayyan mamla-katdagi odam populyasiyasi soni aholi ro‘yxatini o‘tkazish yo‘li bilan (millati, yoshi, jinsi, kasbi va sh.k.) aniqla­nadi.
Populyasiya zichligi individlarning maydon yoki hajm birligiga to‘g‘ri kela­digan o‘rtacha soni – zichlik orqali aniqlanadi. Har bir hay-von o‘z hududini saqlash va o‘ljasini tutishga sarflagan hamda oziqla-nishdan olgan energiya balan­siga rioya qiladi. Hayvonlar ozuqa miq-dori kamayganda o‘z hu­­dudini kengaytiradi (odam, masalan, «qo‘riq er» ochadi yoki boshqa hududga ko‘chib ketadi). Hayvonlarning bunday xulq-atvori hududiy xulq-atvor deyiladi. Hay­von qanchalik katta (yirik) bo‘lsa, unga shuncha katta maydon zarur bo‘­ladi. Demak, individlari-ning tana o‘lchamlari katta bo‘lgan populyasiyalarning zichligi shuncha kichik va aksincha bo‘ladi.
Populyasiyalarning hududiy chegaralari o‘zgaruvchan bo‘ladi. Mahal-liy populyasiyalar deb ataladigan ko‘chmas hayvonlar (masalan, kemi-ruvchilar, mollyuskalar va sh.k.) chegarasini aniq belgilash mum­kin. Ko‘chib yuradigan hayvonlar, masalan, sayg‘oqlar va qushlar­ning hudu-diy chegaralarini aniqlash birmuncha qiyin kechadi. «Yirtqich – o‘lja» koevolyusiyasidagi o‘zgaruvchan muvozanat doimo «yirtqich» to­monga siljib, «o‘lja» hududi torayib boradi, ya’ni bir tur ikkinchi turni hududdan siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu turlararo raqobatdir.
Populyasiya mavjudligining muhim shartlaridan biri uning muhit omillariga chidamliligi hisoblanadi. Har bir individning chidam-lilik qobiliyati (ekologik tolerantligi) turlicha, biroq populyasiya barqarorligi alohida olingan individning ekologik tolerantligiga nisbatan sezilarli darajada katta bo‘ladi.




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə