Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə45/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

turlar xilma-xilligi – muayyan ekotizim, biogeotsenoz yoki bio-senozdagi tirik organizmlar (o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar va mikroorganizmlar) xilma-xilligini, har xil turlar to‘plamini (miq-dorini) aks ettiradi. Agar ekotizim, biogeotsenoz yoki biotsenoz turlar xilma-xilligiga boy bo‘lsa, ularning har xil noqulay sharoitlarga barqarorligi yuqori bo‘ladi;

  • ekotizimlar xilma-xilligi – yashash (hayot) muhitlari (biotop-lar), biotik uyushmalar (biotsenozlar) va ekotizimlarning turlari o‘rtasidagi tafovutlar, har xilliklarni aks ettiradi. Masalan, cho‘l, dasht yoki o‘rmon ekotizimlarining xilma-xilligi.

    Demak, turlar xilma-xilligi genetik va ekotizimlar xilma-xil-ligi kabi tirik tabiatdagi bio­logik xilma-xillikning asosiy dara-jalaridan biri hisoblanadi.
    Biolog olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, Er sayyorasida tirik mavju-dotlarning taxminan 8,7 mln turi (hayvonlarning 7,8 mln, o‘simlik-larning 300 ming, zamburug‘larning 611 ming turi) yashaydi. Oxirgi 250 yil ichida hayvonlarning 1 millionga yaqin (12 foizi), o‘simlik-larning 215 mingga yaqin (72 foizi), zamburug‘larning 43 mingdan or-tiq (7 foizi) turi ro‘yxatga olingan, xolos; qolgan (85 foiz) tirik mavjudotlar turlarini topishga yana bir necha o‘nlab yoki yuzlab yillar kerak bo‘lishi mumkin. Bu raqamlar doimiy emas, chunki har yili ko‘p-lab yangi turlar aniqlanadi yoki ayrim turlar qirilib ketadi (masa-lan, dunyoda har bir soatda hayvonlarning uch turi yo‘qoladi).
    O‘zbekistonda nabotot va hayvonot olamining tarkibi, ya’ni biolo-gik xilma-xilligi 26300 dan ortiq turni o‘z ichiga qamrab olgan. Xu-susan, respublikamizda viruslarning 300 ga yaqin, bakteriyalarning 2000 ga yaqin, sianobakteriyalarning 820 dan ortiq, lishayniklarning 560 dan ortiq, suvo‘tlarning 2550 ga yaqin, yovvoyi o‘simliklarning 4510 ga yaqin va hayvonlarning 15600 dan ortiq turi qayd etilgan.
    Turlar xilma-xilligi geografik zonallik qonuniyatiga muvofiq tabiat mintaqalari bo‘yicha ekvatordan qutblarga tomon, vertikal zo-nallik qonuniyatiga asosan balandlik oshgan sari tog‘ etagidan cho‘qqi-siga qadar, chuqurlik oshgan sari okean (dengiz) sathidan tubiga qadar notekis taqsimlangan bo‘lib, tirik organizmlar xilma-xilligi kama-yib boradi. Masalan, SHimoliy Amerika materigining nam tropik o‘rmonlarida 1 ga maydonda daraxtlarning 40-100 turi uchrasa, mo‘‘ta-dil mintaqasi sharqiy qismida 10-30 turga mansub daraxtlar uchray-di.
    Tur ichidagi xilma-xillik populyasiyalar rivojlanishining asosi, tur va populyasiyalar o‘rtasidagi xilma-xillik esa ekologik tizim yoki biogeotsenozning tarkibiy qismi bo‘lgan biotsenoz mavjudligining asosi hisoblanadi.
    Biotsenozning tur tuzilmasi turlarning xilma-xilligi va ular-ning bir qator omillarga bog‘liq bo‘lgan o‘zaro nisbati bilan tavsif-lanadi. Biotsenozda harorat, namlik va oziq re­surslari etishmasligi asosiy cheklovchi omillar hisoblanadi. SHu sababli, tropik o‘r­monlar biotsenozi turlarga eng boy, aksincha, shimoliy keng­liklar, cho‘llar va baland tog‘lar ekotizimlarning biotsenozlari turlarga nisbatan kam-bag‘al bo‘ladi.
    Doimiy antropogen ta’sirlar doirasida joylashgan biotsenoz-larda turlar xilma-xilligi yuqori bo‘lmaydi. Masalan, er haydash, pestitsidlarlardan foydalanish va kishilar tomonidan ko‘rsatila-digan boshqa ta’sirlar tufayli turlarning tarkibi kambag‘allashadi. SHuningdek, odam tomonidan yaratilgan madaniy agrobiotsenozlarda (masalan, dala, bog‘, polizda) turlar soni tabiiy biotsenozlarga (masa-lan, o‘rmon, yaylov va shu kabilarga) nis­batan ancha kam bo‘ladi.
    Biotsenoz tarkibidagi ayrim turni baholashda har xil mezonlar-dan foydalaniladi; bunda ularning miqdoriga alohida e’tibor beri-ladi. Biotsenozlar tur tarkibining mo‘lligi muayyan hududda bir tur-ga mansub individlar (zot yoki navlar) soni yoxud ular ishg‘ol qilgan maydoni bilan belgilanadi. Ayrim vaqtda turlarning mo‘lligini baholashda ularning umumiy massasi ham hisobga olinadi. Turlar soni va ularning uchrash tezligi bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘langan emas: tur ko‘p bo‘lishi, lekin juda kam uchrashi mumkin. Har xillikning umu-miy tavsiflarini solishtirish orqali biotsenoz tur tarkibining o‘ziga xos­ligi haqida xulosa chiqariladi.

    Yüklə 39,43 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə