Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Fitotsenoz (o‘simliklarning barqaror uyushmasi), zootsenoz



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə43/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Fitotsenoz (o‘simliklarning barqaror uyushmasi), zootsenoz (o‘zaro bog‘liq hayvonot turlari majmui), mikotsenoz (zamburug‘lar uyushma-si) va mikrobotsenoz (mikroorganizmlar uyushmasi) biotsenozning tar-kibiy qismlari hisoblanadi. Mazkur senozlar birgalikda bir butun biotsenozni shakllantiradi, ya’ni barcha tirik organizmlar bir-biri va tashqi muhit, ayniqsa, iqlim va tuproq muhiti bilan vositali yoki vositasiz o‘zaro munosabatda bo‘ladilar (4.2-rasm).




4.2-расм. Биоценозда организмларнинг ўзаро муносабати


To‘yingan va to‘yinmagan biotsenozlar farqlanadi. To‘yingan bio-senozda barcha ekologik maskanlar ishg‘ol qilingan va unga yangi tur kirishi uchun biron-bir tarkibiy qismi yo‘q qilinishi kerak bo‘ladi. To‘yinmagan biotsenoz esa o‘zining biron-bir tarkibiy qismini yo‘q qilmasdan, yangi turlarni kiritish imkoniyati borligi bilan tavsif-lanadi.
Odam ta’sirisiz shakllangan birlamchi biotsenozlar (masalan, qo‘-riq cho‘l yoki dasht, bokira o‘rmon) va odam faoliyati ta’sirida o‘zgargan ikkilamchi biotsenozlar (masalan, suv omboridagi tirik organizm-lar, daraxtlari kesilgan joyda paydo bo‘lgan o‘rmon) farqlanadi.
Asosiy tarkibiy qismlari odam tomonidan ongli ravishda boshqa-riladigan agrobiotsenozlar alohida toifa hisoblanadi. Birlamchi biotsenozlar bilan agrobiotsenozlar o‘rtasida uzviy uyg‘unlik mavjud. Birlamchi biotsenozlarni o‘rganish er-suv resurslaridan oqilona foy-dalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, biotsenozdagi tartibga so-linish jarayonlarini to‘g‘ri tushunish odamga uni buzmasdan yoki yo‘q qilmasdan biotsenoz mahsulotlarining bir qismini olishga imkon beradi.
Biotsenoz egallagan muhit sharoitlari, ya’ni havo, suv, tuproq va uning tagidagi tog‘ jinslari majmui yoki hududning biotsenozlar shakllanishiga mos bo‘lgan bir jinsli qismi, boshqacha aytganda, er yuzasining (quruqlik yoki suv havzasining) u yoki bu biotsenoz egalla-gan, bir xil yashash sharoitiga ega bo‘lgan bir qismi biotop (yunoncha bios – hayot, topos - joy) deb ataladi.
Biotopda biotsenozning tarkibiy qismlari: mikroor­ganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar hayot kechiradi. Biotop biotse-nozning tabiiy, etarlicha bir jinsli hayotiy makoni. Biotop tarkibi-ga bir xil iqlim, tuproq-grunt, namlik va muhit reaksiyasi (pH) sha-roitini belgilovchi klimatop (biotopda yashaydigan organizmlar uchun muhim bo‘lgan tabiiy sharoitlar majmui), edafotop (litosfera va gidrosfera bilan bog‘liq tuproq qatlamining bir qismi) va gidro-top (tuproqning ma’lum bir namligi bilan tavsiflanadigan yashash joyi) kiradi (4.3-rasm). Klimatop, edafotop va gidrotop majmui ekotop deyiladi. Ekotop – geografik muhit omillarining tirik or-ganizmlarsiz birlamchi majmuidir.
Biotsenoz va biotop o‘rtasidagi mustahkam aloqadorlik doimiy energiya, modda va axborot almashinuviga asoslanadi. SHu asosda bio-senoz va uni qurshab turgan abiotik muhitni o‘z ichiga olgan biogeo-senoz va ekotizim deb ataluvchi murakkab tizimlar shakllanadi.
O‘rni kelganda ta’kidlash lozimki, biogeotsenoz va ekotizim – o‘xshash, lekin bir xil tushunchalar emas. «Ekotizim» tushunchasi «bio-geotsenoz» tushunchasi kabi aniq bir bioxorologik (makoniy tuzilma-li) asosga (darajaga, o‘lchamga) ega emas, shu sababli u organizmlarning yashash muhiti bilan oddiy (masalan, chumoli uyasi, chirigan to‘nka), su-n’iy (masalan, akvarium, suv ombori, park) va murakkab tabiiy maj-mualariga bir xilda tatbiq etilaveradi. Demak, biogeotsenoz ekoti-zimdan hajmi, ya’ni ko‘lami aniqligi bilan farq qiladi. Agar eko-tizim har qanday ko‘lamli (mikroorganizmlari bor bo‘lgan bir tomchi hovuz suvidan to biosferaga qadar) makonni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lsa, biogeotsenoz – chegaralari o‘simlik qoplamining xususiyatlari, ya’ni muayyan fitotsenoz bilan shartlangan (belgilangan) ekotizimdir.

«Biotop - biotsenoz» kichik tizimlari dinamik (o‘zgaruvchan) muvo-zanatda bo‘lib, shu tufayli yuqori darajali tizimlar – biogeotsenoz-lar yoki ekotizimlar barqarorligi ta’minlanadi.


Biotop makon jihatidan biotsenozga muvofiq keladi. Demak, bio-senoz chegaralari biotop­ chegaralariga, shunday ekan, biogeotsenoz che-garalariga ham to‘g‘ri keladi. Biotsenozning chegaralari osonlik bilan tanib olinadigan xususiyatga ega bo‘lgan fitotsenoz bo‘yicha belgilana-di. Masalan, qarag‘ay o‘rmoni qoraqarag‘ay o‘rmonidan yaqqol, osonlik bilan ajralib turadi.
SHunday qilib, biotsenoz organizm va populyasiyalarni o‘z ichiga olgan, biroq ularga nisbatan murakkab va yuqori biologik tu­zilma hisoblanadi. Biotsenozda tur va makon tuzilmalari farqlanadi.



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə