Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə33/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Ekologik indikatorlar

Tabiiy muhit turini (holatini) muayyan joyda o‘sib rivojlanayot-gan jonzotlar orqali aniqlash mumkin bo‘lgan organizmlar muhit indikatorlari (ko‘rsatkichlari) hisoblanadi. Indikator organizm-larga, ya’ni muayyan joydagi aniq ekologik sharoit bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan o‘simlik yoki hayvonlarga, ularning o‘sishi, belgi va xususiyatlari o‘zgarishiga qarab o‘sha joyga tavsif berish mumkin.


Indikator-o‘simliklar va indikator-hayvonlar farqlanadi. Ste-nobiont (aniq belgilangan yashash shart-sharoitlarini talab qiluvchi) turlar yoki organizmlar atrof-muhit holatining eng yaxshi indikator-lari hisoblanadi. Ularning yo‘q bo‘lib ketishi muayyan joyda yashash muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatilganligidan darak beradi. Masalan, katta shaharlardagi daraxtlar tanasidan li­shaynik­lar g‘oyib bo‘lishi havoda oltingugurt oksidlari miqdo­rining ko‘payishini bildiradi. O‘rmondagi eng maqbul sifat ko‘rsatkichi po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izlar hisob-lanadi. Ular juda zaif va nobud bo‘layotgan daraxtlarga joylashib yashaydi. Bunday qo‘ng‘izlar bo‘lmagan holda daraxtlarning nobud bo‘li-shi havoning antropogen ifloslanishidan darak beradi.
Galofitlar sho‘rlanishga moslasha borib, o‘zida aniq morfologik belgilar hosil qiladi va shu asosda tuproq sho‘rlanishini aniqlash mumkin. Ifloslangan va sho‘rlangan tuproqlarda yomg‘ir chuvalchanglari butunlay yo‘qolib ketadi.
YAlpiz va dala qirqbo‘g‘imituproqning ivishiq namligidan, moy-chechak va shuvoq (yovshan) – tuproqning juda quruqligidan, bug‘doyiq, er bag‘irlab o‘sadigan ayiqtovon – tuproqning o‘ta zichligidan, yantoq – er ostida chuchuk suv borligidan darak beradi. SHuningdek, o‘zida ay-rim kimyoviy elementni to‘plash xususiyatiga ega bo‘lgan indikator-o‘simliklar orqali foydali qazilma konlarini ham aniqlash mumkin.


Тирик мавжудот ресурслари - экологик омил сифатида

Tirik mavjudot resurslarini shart-li ra­vishda uch qismga ajratish mumkin:



  • orga­nizmlar tanasidagi moddalar;

  • orga­nizmlarning hayotiy faoliyati jarayoniga jalb etilgan ener­giya;

  • orga­nizmlar hayotiy davrining u yoki bu bosqichi kechadigan joy.

Organizmlar o‘rtasida modda va energiyaning qayta taqsimlanishi ozuqa resurslariga bo‘lgan o‘zaro raqobat kurashida sodir bo‘ladi. SHu-ningdek, organizmlar ko‘paya­digan, o‘sib rivojlanadigan joylar (hu-dudlar) ham ba’zi organizmlar, populyasiyalar va biotsenozlar uchun muhit resursi hisoblanadi. O‘simliklar – o‘txo‘r hayvonlarga, o‘txo‘r hay­von­­lar – yirtqichlarga, o‘txo‘r hayvonlar va yirtqichlar – parazit­larga, no­bud bo‘lganidan keyin – destruktorlarga ozuqa resursi hi­soblanadi.
Tirik mavjudot resurslarini almashtirib bo‘lmaydigan va o‘zaro almashiniladigan turlarga ajratish mumkin.

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə