Biogen moddalar ekologik omil sifatida
Biosferada tirik (jonli) va o‘lik (jonsiz) moddalar singari biogen moddalar ham farqlanadi.
Biogen modda – organizmlarning hayotiy faoliyati natijasida vu-judga kelgan kimyoviy birikmalardir. Nobud bo‘lgan organizmlarning qoldiqlaridan paydo bo‘lgan organik cho‘kindi moddalar yoki asosan qirilib ketgan hayvonlar (zoogen), o‘simliklar (fitogen) va ularning hayotiy faoliyati mahsulotlaridan tarkib topgan tog‘ jinslariga biogen jinslar deyiladi. Toshko‘mir, neft, yonuvchi slanets, torf, chi-g‘anoqli jinslar, ohaktosh, ko‘l balchig‘i (sapropel), atmosfera gazla-ri va sh.k. biogen moddalar hisoblanadi (2.25-rasm).
Tirik organizmlar tarkibiga shaksiz (qat’iy) kiradigan kimyoviy elementlarga biogen elementlar deyiladi. Ular tirik organizmdagi hayotiy jarayonlarda bevosita ishtirok etuvchi yoki shunday moddalar tarkibiga kirgan biologik faol elementlardir. Biogen elementlar tirik organizmlar uchun muhitning eng muhim cheklovchi omillari va resurslari sirasiga kiradi. Bu elementlardan ayrimlari organizm-larga nisbatan ko‘p miqdorda talab etiladi va shuning uchun ularga biogen makroelementlar deyiladi, boshqalari ham organizmlarga hayo-tiy zarur, biroq juda kam miqdorda – ularga biogen mikroelementlar deyiladi. O‘simliklar ularni tuproq va suvdan, hayvonlar va odamlar ozuqa (oziq-oaqat) mahsulotlaridan oladi.
Biogen makroelementlar ichida fosfor va azot muhim ahamiyatga ega. Fosfor – hujayra protoplazmasiga eng zarur element, azot esa oqsil molekulalari tarkibiga kiradi. Azotning asosiy manbasi – at-mosfera havosi, fosforniki – nobud bo‘lgan tirik organizmlarning qoldiqlari, qisman tog‘ jinslari hisoblanadi. Azot aksariyat o‘sim-liklar va geterotrof organizmlar tomonidan to‘planadi hamda modda-larning biologik aylanma harakatiga qo‘shiladi. Fosfor salmog‘i bo‘yicha organizmlarda ko‘proq to‘planadi.
Keyingi o‘rinlarda, o‘z ahamiyatiga ko‘ra kaliy, kalsiy, oltingu-gurt va magniy turadi. Kaliy hujayra tarkibiga kirib, osmos ja-rayonida, hayvonlar va odamning asab tizimida muhim o‘rin tutadi hamda o‘simliklarning o‘sishiga yordam beradi. Kalsiy hayvonlar suya-gi va chig‘anog‘ining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘simliklarga eng zarur elemetlardan biri hisoblanadi. Oltingugurt ayrim aminokislota-lar, kofermentlar, vitaminlar tarkibiga kiradi va xemosintez ja-rayonida ishtirok etadi. Magniy xlorofill molekulasining zaruriy qismi bo‘lib, o‘simlik va hayvonlarning ribosomalari tarkibiga ki-radi.
Dostları ilə paylaş: |