Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Havo muhitining kimyoviy omillari



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə28/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Havo muhitining kimyoviy omillari

Atmosferaning kimyoviy tarkibi hajmiga ko‘ra g‘oyat bir jinsli: azot 78,8 foizni, kislorod 21 foizni, argon 0,9 foizni, karbonat an­­gidrid 0,03 foizni tashkil qiladi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, er yuzasi sharoitida havodagi kislorod va karbonat angidrid miqdori muayyan darajada cheklovchi omil hisoblanadi: o‘simliklar havodagi karbonat angidrid miqdoriga – eng past, kislorod miqdoriga – eng yuqori chidamlilik chegarasida bo‘ladi. Tuproqdagi karbonat angidrid er osti suvlari sathiga qadar 10 foizni tashkil qilib, kislorod esa ayrim aerob-redutsent organizm­lar uchun cheklovchi omilga aylanib, nobud bo‘lgan or­ganik moddalarning parchalanishini sekinlashtiradi.


Suvda kislorod atmosferaga nisbatan 20 marta kam bo‘lib, muhim cheklovchi omilga aylanadi. Kislorod suvda atmosfera havosidan shi-milish va suvo‘tlar fotosintezi hisobiga mavjud bo‘ladi, shamol va to‘lqinlar uni suvga qorishtiradi.
SHuningdek, suvda karbonat angidrid hisobiga kuchsiz ko‘mir kis-lotasi tuzlari, ya’ni karbonat va bikarbo­natlar hosil bo‘ladi. Ular tufayli suv muhitining vodorod ko‘r­satkichi (pH) neytral (kislotali yoki ishqorli bo‘lmagan) holatda saqlanib turadi.


YOng‘inlar

Quruqlik-havo muhitidagi biotaga fizik va kimyoviy ta’sir ko‘r-satadigan muhim omillardan biri yong‘in hisoblanadi. YOng‘inlar kuchi asosan shamollarga bog‘liq bo‘lib, ular azaldan iqlimning ajralmas tarkibiy qismi sifatida harorat, atmosfera yog‘inlari va tuproq kabi eng muhim ekologik omillar sirasiga kiradi.


Ekologik ta’siriga ko‘ra yuqorigi, pastki va er osti yong‘inlari farqlanadi. Ular 3 daraja: kuchsiz, o‘rtacha va kuchli yong‘in toifalari bo‘yicha tasniflanadi (2.24-rasm).
YUqorigi (tepa) yong‘inlar muayyan hudud­dagi deyarli barcha o‘simlik-lar va aksariyat hayvonlarni nobud qiladi. Bunday yong‘in sodir bo‘l­gan hududlarda biotaning qayta tiklanishi uchun bir necha o‘n yil kerak bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning Koliforniya shtatida har yili chaqmoqlar tufayli 400 dan ortiq yong‘in sodir bo‘ladi.
Pastki yong‘inlar hamda er osti yong‘inlari tirik organizmlarda olovga moslashishni vujudga keltiradi, tuproqdagi bak­teriyalar fao-liyatini (chirishni) rag‘batlantirib, o‘simliklar oziq­lanadigan mine-ral moddalar hosil bo‘lishini kuchaytiradi.





Maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, agarda havoning nisbiy namligi:

  • 60 % bo‘lsa, o‘rmonda yong‘in yuzaga kelmaydi;

  • 50 % bo‘lsa, yong‘in kamdan-kam holda uchraydi;

  • 40 % bo‘lsa, yong‘in chiqish ehtimoli ortadi;

  • 30 % bo‘lsa, yong‘in chiqish ehtimoli juda xavfli tus oladi;

  • 25 % bo‘lsa, yoppasiga yong‘in chiqish xavfi kuchayadi.

Maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, agarda tuproq qatlamining namlik darajasi:

  • 25 % va undan yuqori bo‘lsa, yong‘in chiqmaydi;

  • 17-25 % bo‘lsa, yong‘in chiqish ehtimoli juda kam bo‘ladi;

  • 10-17 % bo‘lsa, yong‘in chiqish xavfi kuchsiz kuzatiladi;

  • 10 % va undan kam bo‘lsa, xavfli darajada yong‘in chiqadi.

Odam o‘rmon va to‘qayzorlarni sun’iy kuydirib, yangi erlar ochadi. Bu tabiiy ekotizimlarning nobud bo‘lishiga olib keladi, shu bilan birga, mo‘‘tadil min­taqada o‘rmon hamda to‘qayzorlarni yangilash va sog‘lomlashtirishda o‘ziga xos ahamiyat ham kasb etadi. Keyingi yil-larda global iqlim o‘zgarishlariga bog‘liq holda dunyo miqyosida ta-biiy yong‘inlarning sodir bo‘lishi ko‘payib bormoqda.



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə