Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə36/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

3-bob. PopulYAsiyalar

Популяция ҳақида тушунча
Populyasiya – uzoq vaqt mobaynida (bir necha o‘nlab avlodlar davomida) ma’lum bir joy (may-don) yoki akvatoriyada yashaydigan yoki arealning ma’lum qismini egallab turgan, o‘zaro erkin chatishib, naslini barqa-ror saqlab turishga qodir bo‘lgan bir turga mansub individlar (zot-lar, navlar) guruhi (yig‘indisi). Boshqacha aytganda, populyasiya – ma’-lum bir hududni egallagan va umumiy genofondga ega bo‘lgan bir turga mansub individlar majmui.
Tabiatda bitta turga tegishli bo‘lgan individlar ma’lum bir hu­dudni egal­laydi, bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, o‘zlarining sonini eng maqbul miqdorda saqlab turadi va natijada populyasiya tizimi vujud-ga keladi. Populyasiya guruh holida muhit shart-sharoitiga moslashish-ning o‘ziga xos xusu­siyatini namoyon etadiki, ular organizm tizimidan ustun turadi. Populyasiya ma’lum bir turning tuzilmaviy birligi, ayni paytda, evolyusiya birligi hisoblanadi.
Ingliz ekologi CH. Elton o‘zining «Hayvonlar ekologiyasi» (1927) va «Hayvon va o‘simliklarning tajovuzkor yangi turlari ekologiyasi» (1958) asarlarida ayrim organizmlar ekologiyasini o‘rganishdan po-pulyasiyalar ekologiyasini o‘rganishga o‘tishning amaliy ahamiyatini, populyasiya – hayvonlarning asosiy yashash shakli ekanligi asoslab ber-gan.
Hozirgi kunda ko‘plab ekolog olimlar tomonidan xilma-xil tur-larga mansub populyasiya tizimlari (tuzilmalari) turli jihatdan faol o‘rganilmoqda. Populyasiyalarni o‘rganish kamyob va yo‘qolib ke-tayotgan turlarni muhofaza qilishga, ularni qayta tiklash tadbirla-rini ilmiy asosda amalga oshirishga imkon beradi. Zero, populyasiya-lar doimo o‘zgarishda bo‘ladi, shu sababli ular miqdoriy va o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi (3.1-, 3.2-rasm).






Популяциянинг миқдорий кўрсаткичлари

Miqdoriy ko‘rsatkichlar populyasiyaning hozirgi paytdagi holatini tavsiflaydi. Miq-doriy ko‘rsatkichlarga populyasiyaning soni, zich-ligi va tuzilmaviy ko‘rsatkichlari kiradi.



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə