Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə23/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Fotodavriylik – organizmlarning kun uzunligiga (sutkalik yori-tilganlik ritmi, yorug‘ kun davomiyligi, sutkaning yorug‘ va qorong‘i davri o‘rtasidagi nisbatga, ya’ni fotodavrga) javobi yoki shu tufayli paydo bo‘ladigan mavsumiy o‘zgarishlardan ta’sirlanishidir.
Muay­yan joyda yilning muayyan davrida kun uzunligi hamisha bir xil bo‘ladi, bu esa o‘simlik va hayvonlarga muayyan kenglikda yil davo-mida shakllanish (masalan, gullash, meva tugish, pishib etilish) imko-nini beradi.
SHu jihatdan qisqa kunli o‘simliklar (masalan, g‘o‘za, kungaboqar, soya, mosh, makkajo‘xori, sholi, marjumak, tariq va sh.k.), uzun kunli o‘simliklar (masalan, arpa, bug‘doy, piyoz, sabzi, yasmiq, burchoq va sh.k.) va kun uzunligiga neytral o‘simliklar (masalan, tok, siren, loviya, no‘xat, pomidor va sh.k.) farqlanadi. Qisqa kunli o‘simliklarning vege-tatsiya davri shimoliy kengliklarda, uzun kunli o‘simliklarniki esa ja-nubiy kengliklarda uzayadi.
Fotodavriylikni kun-tun almashinuvi bilan kechadigan sutkalik ritmlar, ya’ni Erning o‘z o‘qi atrofida harakatlanishi tufayli paydo bo‘ladigan mikroiqlim sha­roitlarining davriy almashinib turishiga javoban organizmlar­ning moslashuvi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.
YOrug‘­lik omili mavsumiy ritmlarda bo‘lgani kabi sutkalik ritm-larda ham asosiy signal – ogohlantirish vazifasini o‘taydi.
Sutkalik dav­riylik mobaynida tinch holat va faol faoliyat dav-ri o‘zaro almashinib turadi. Sutkalik davriylik hayvonlar hayoti va odam faoliyatida tabiiy xossaga, ya’ni ichki ritmga aylanadi. Orga­nizmlarda ichki ritmlarning davom etish vaqti aniq son (24 soat) bilan ustma-ust tushmasligi mumkin. Bu ritmlar organizmga vaqtni his etishga yordam beradi.
Tirik organizmlarning vaqtni his etish qobiliyatiga «biologik soat» deyiladi. U hayvonlarga to‘g‘ri mo‘ljal olishga yordam beradi, ya’ni har bir organizm o‘zi yashab turgan joyning yorug‘lik omiliga asoslanib, vaqtni his qiladi. Masalan, ayrim qushlar va xo‘rozlar muayyan vaqtda uyg‘onadi – sayraydi, qichqiradi. SHuningdek, ayrim o‘simliklarning gullari sutkaning muayyan vaqtlarida ochiladi.
Fotodavriylik irsiy mustahkam bo‘lsa ham, boshqa ekologik omil-lar, xususan, harorat bilan birgalikda namoyon bo‘ladi: agar X kun so-vuq bo‘lsa, o‘simlik keyin gullaydi; agar sovuq X kun­dan oldin bosh-lansa, hosil kam bo‘ladi va sh.k. Fotodavriylik sub­tropik va tropik mintaqalarda muhim ekologik omil hisoblanmaydi; uning o‘rnini qu-ruq va yomg‘irli mavsumlar bosadi. Baland tog‘larda esa asosiy ogohlan-tiruvchi omil harorat hisoblanadi.
Amerikalik entomolog A. Xopkins SHimoliy Amerikaning mo‘‘ta-dil iqlim mintaqasi sharoitida shimolga, sharqqa va tog‘ tepasiga ko‘tarilgan sari organizmlar hayotiy faoliyatida davriy hodisalar-ning boshlanish vaqti (masalan, gullashning boshlanishi) har 10 keng-lik, 50 uzoqlik va taxminan 100 m balandlikda to‘rt kunga kechikishini aniqlagan. Tirik tabiatda yil fasllari bo‘yicha rivojlanish, ya’ni turli mavsumiy hodisalarning boshlanish vaqti joyning geografik kengligi va uzoqligiga, uning dengiz sathidan balandligiga bog‘liq holda ro‘y beradi. Bubioiqlim qonunidir. Demak, joy qanchalik shi-molda, sharqda va balandda joylashsa, bahor shun­chalik kech, kuz esa erta kirib keladi.
Evrosiyo materigining mo‘‘tadil iqlim mintaqasidagi O‘zbekiston hududi juda shimolda yoki sharqda joylashgan emas; uning dengiz sat-hidan balandligi ham nisbatan yuqori emas. SHu sababli, O‘zbekiston-da barcha yil fasllari me’yorida shakllangan va bunday tabiiy shart-sharoit (imkoniyat) barcha o‘lkalarda (mamlakatlarda) mavjud emas.
Demak, fotodavriylik asosida biologik ritmlar tabiat hodisa-lari yoki organizmdagi biologik jarayonlar jadalligining davriy takrorlanib, o‘zgarib turishi sodir bo‘ladi. Biologik ritmlar fizio-logik (yurak urishi, nafas olish, garmonlar sekretsiyasi va sh.k.) va eko-logik (sutkalik, mavsumiy va yillik ritmlar) bo‘lishi mumkin. Masa-lan, odamda nafas olish tez­ligi, arterial qon bosimi va shunga o‘xshash jarayonlar sutka davomida ritmik o‘zgarib turadi. SHuningdek, sun’iy yorug‘lik – chiroqdan haddan ziyod foydalanish odamning ko‘rish qobi-liyatini zaiflashtiradi, tungi osoyishtaligini buzadi, umumiy lo-haslik, ruhiy ezilish va kuchli asabiylik holatiga olib keladi. Sun’iy yorug‘lik flora va faunadagi biologik ritmini ham buzadi.



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə