Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə20/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Организмлар ҳаётида
муҳитдаги физик ва кимёвий омилларнинг аҳамияти


Organizmlarga haroratning
ta’siri
Harorat – eng muhim chek-lovchi omil. Har bir tur uchun eng past va eng yuqori harorat bardosh berish (chidamlilik) chegarasi hisobla-nadi; undan tashqarida o‘lim sodir bo‘ladi, ya’ni o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq harorat organizmni qattiq shikast­lab, nobud qiladi. Deyarli barcha tirik mavjudotlar hujayra protoplazmasi xossasiga muvofiq 0-50°C oralig‘idagi haroratda yashash qobi­liyatiga ega.
2.10-rasmda eng muhim cheklovchi omil­lar, xususan, harorat o‘zgari-shi bo‘yicha bio­logik barqarorlikning umumiy qonuni keltirilgan. «Eng qulay oraliq»da cheklovchi omil, ya’ni harorat me’yorida bo‘ladi, organizmlar o‘zlarini yaxshi his qiladi, faol ko‘payadi va populyasiya-lar soni o‘sib, ularning ko‘pligi ta’minlanadi.




Bardoshlikning Bardoshlikning
quyi chegarasi Eng qulay oraliq yuqori chegarasi



Eng past O‘zgaruvchan kattalik (miqdor, qiymat) Eng yuqori
yo‘nalishi
2.10-rasm. Biologik barqarorlikning umumiy qonuni

CHeklovchi omil, ya’ni haroratning har ikkala chetki qismi – quyi va yuqori chegarasida – «zaif (susaygan) hayotiy faoliyat» sodir bo‘ladi va organizmlar o‘zlarini «g‘amgin», ezilgandek his qiladi.


Bardoshlikning eng quyi chegarasida omil yanada cheklanadi, ya’ni harorat tushib (sovib) ketadi, eng yuqori chegarasida ham yanada chekla-nadi, ya’ni harorat ko‘tarilib (isib) ketadi, oxir-oqibatda, organizm-lar «o‘lish (o‘lim) doirasi»ga tushib qoladi va nobud bo‘ladi. Demak, bardoshlikning quyi va yuqori chegarasida organizm hayotiy faoliyati-ning susayishi kuzatilib, haroratning yanada pasayishi yoki ko‘tarili-shi uni «o‘lim doirasi»ga tushiradi.
Biologik bardoshlikning umumiy qonuni organizmning u yoki bu ekologik omilga (masalan, haroratga) bardosh (chidam) berishi, ya’ni «eko­logik qobiliyati»ni ifodalaydi. SHu ma’noda, ekologik tole-rantlik – atrof-muhitning noqulay (salbiy) ta’siriga organizm-ning bardosh bera olish qobiliyatidir.
Har xil turlarga mansub organizmlar bir-biridan «ekologik qo-bi­liyati» yoki «ekologik tolerantligi» bilan ajralib turadi. Masa-lan, Arktikada uchraydigan suvo‘ti, ya’ni sferillaning hayoti harorat –34°C sovuq bo‘l­­ganda ham da­vom etadi. Ba’zi bir zamburug‘larning sporalari –190°C sovuqda ham o‘sish qobiliyatini saqlab qoladi. Ko‘p-chilik o‘t o‘simlik­lari­ning quruq urug‘lari –80°C sovuq yoki 120°C issiqqa bardosh bera oladi.
Amerikalik taniqli ekolog YU.Odum (1975) tolerantlik qonuni haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:
1) organizmlar bir ekologik omilga keng tolerantli bo‘lsa, boshqa omillarga tor tolerantli bo‘lishi mumkin;
2) barcha ekologik omillarga keng tolerantli bo‘lgan organizmlar keng tarqalish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
3) agar ma’lum bir tur uchun qandaydir bitta ekologik omilning ta’siri optimal bo‘lsa, shu turning boshqa ekologik omillarga tole-rantligi kamayib boradi;
4) organizm hayot faoliyatining nozik davrlarida (masalan, tug‘i-lish paytida) aksariyat muhit omillari cheklovchi bo‘lib qoladi, chunki yangi tug‘ilgan individ o‘ta sezuvchan, nozik bo‘lganligi uchun ularning
tolerantligi ham cheklangan bo‘ladi.
Hayvonlarning haroratga moslashishi jarayonida poykiloterm va gomoyoterm organizmlar shakllangan.
Ko‘p hayvonlar poykiloterm (sovuqqonli) bo‘lib, ularda tana ha-rorati tashqi muhit haroratiga qarab o‘zgaradi (masalan, suvda va qu-ruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar va sh.k.).
Hayvonlarning nisbatan kam qismi gomoyoterm (issiqqonli) bo‘lib, ularda tashqi muhit harorati o‘zga­rishidan qat’iy nazar doi-miy tana harorati deyarli bir xil saqlanadi (masalan, qushlarda 40°C, odamda 36-37°C doimiy tana ha-rorati mavjud). Faqat gomoyoterm organizmlar nol darajadan past sovuq haroratda faol hayot kechira oladi. Poykiloterm organizmlar ham nol darajadan past haroratga bardosh bera oladi, biroq ularda hara­kat­chanlik xususiyati yo‘qoladi.
Harorat o‘simliklar hayotida ham muhim o‘rin tutadi. 10°C dan 30-35°C gacha bo‘lgan haroratda fotosintez jarayonining jadal­ligi ikki marta oshadi, keyin sekin-asta pasayib, 40-45°C haroratda umuman to‘xtaydi. Quruqlikdagi o‘simliklarning aksariyati nafas olish ja-dalligiga bog‘liq holda 50-60°C haroratda nobud bo‘la boshlaydi.
O‘simliklarning past haroratga morfologik moslashishi, ya’ni no-qulay sharoitda kurtaklari yoki novdalarining tuproq va qor qatlami, xazonli to‘shama va shu kabilarga nisbatan joylashishi bo‘yicha bir necha hayotiy shakllari farqlanadi.
Daniyalik olim K. Raunkier barcha o‘simliklarni hayotiy shakllari-ga ko‘ra bir necha guruhlarga ajratgan (2.11- va 2.12-rasmlar):
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə