Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


epifitlar – tuproqda ildizi bo‘lmaydi va boshqa o‘simliklar tanasida o‘sadi (2-raqam); fanerofitlar



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə21/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

epifitlar – tuproqda ildizi bo‘lmaydi va boshqa o‘simliklar tanasida o‘sadi (2-raqam);

  • fanerofitlar (daraxtlar, butalar) – kurtaklari erdan ancha balandda joylashadi, ular tangachasimon qoplama bilan qoplanadi, novdalari qishda sovuqdan nobud bo‘lmaydi (1- va 3-raqamlar);

  • xamefitlar (butacha, chala butachalar) – kurtaklari erga yaqin joylashadi, qishda qor bilan qoplanadi va novdalarini sovuq urmay-di (4- va 5-raqamlar);

  • kriptofitlar (ko‘p yillik o‘tlar) – qurib qoladi, kurtaklari tuproq yoki suv osti­dagi tugunak, piyozbosh yoki ildizpoyada joylashadi (6-, 7-, 8-, 9-, 10- va 11-raqamlar);

  • terofitlar (bir yillik o‘simliklar) – mavsum noqulay kelishi bilan nobud bo‘ladi, har yili faqat urug‘idan unib chiqadi (12-raqam).



    2.11-rasm. O‘simliklarning hayotiy shakllari:


    epifitlar, fanerofitlar va xamefitlar



    2.12-rasm. O‘simliklarning hayotiy shakllari:


    kriptofitlar va terofitlar
    Iqlim sharoitlariga, xususan, haroratga morfologik mos­lashish hayvonlarda ham kuzatiladi. Bir turga mansub hayvon­larning hayotiy shakllari turli darajali, masalan, –20°C dan –40°C gacha bo‘lgan past ha­roratda ham shakllanishi mumkin. Xususan, yo‘lbarslar ichida eng kattasi birmuncha shimolda – sovuq iqlim sharoitida yashay­digan Amur yo‘lbarsi hisoblanadi. Issiqqonli hayvonlarda tanasining o‘lchami populyasiya­­ning o‘rtacha ko‘rsatkichidan katta bo‘ladigan individlar tur tarqalgan areal­ning birmuncha sovuq qismida yashaydi. Bu qonuniyat Berg­man qoidasi deyiladi.
    Organizmlar hayotida haroratga fiziologik moslashish katta aha-
    miyat kasb etadi. Ulardan eng oddiysi – iqlimga moslashish (iqlim-lashtirish), ya’ni o‘simlik, hayvon va odam organizmining o‘zgaruvchan geografik (yoki iqlimiy) sharoitda yashashga moslashishi, boshqacha ayt-ganda, issiq yoki sovuqni o‘tkazishga fiziologik mos­lashishi hisobla-nadi. Masalan, ba’zi hayvonlar o‘z tanasidan suv bug‘lanishini ko‘pay-tirish orqali ortiqcha qizib ketishdan saqlanadi, poykilo­term hay-vonlar esa o‘z tanasidan qisman suv (nam) yo‘qotish (qochirish) yo‘li bi-lan sovib ketishdan saqlanadi va sh.k.
    Haroratga munosabat, issiq yoki sovuqdan saqlanishning boshqa shakllari ham mav­jud. Masalan, hayvonlar migratsiyasi, ya’ni hayvon-larning yashash shart-sharoiti yoki rivojlanish jarayonlari o‘zgarishi bilan yoppasiga ko‘chishi (masalan, qushlarning issiq o‘lkalarga uchib ketishi), hayvonlarning qishlashi, ya’ni qishki sovuq davrda uzoq vaqt karaxt bo‘lib, uyquga ketishi (masalan, sug‘ur, olmaxon, ko‘rshapa-lak kabi jonivorlar o‘z tanasida metabolizm jarayonini susaytirib, shu orqali oziq moddalar sarfini kamaytirib, tana haroratini deyar-li nol darajagacha tushirish qobiliyatiga ega). Ko‘pchilik hayvonlarda (masalan, hasharotlarda) qishqi tinim davri kuzatiladi, ya’ni ri-vojlanishning turli bosqichida (urug‘, qurt yoki g‘um­bak) muhitning noqulay shart-sharoitida vaqtinchalik fiziologik to‘xtash jarayoni boshdan kechiriladi.
    Iqlimga moslashish jarayoni odatda uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
    1) introduksiya (muayyan o‘simlik yoki hayvonning tabiiy arealidan tashqaridagi yangi hududda maqsadli yoki tasodifan tarqalishi);
    2) adaptatsiya (organizmning yangi hudud (muhit) shart-sharoitlari-ga moslashishi);
    3) mahalliylashish (biror hududda yangi turning to‘la moslashishi, ya’ni muayyan uyushmadagi ekologik maskanda o‘z o‘rni topishi).
    SHunday qilib, akklimatizatsiya organizmning hududiy, sun’iy yoki tabiiy ko‘chishidan, ya’ni yashash joyini o‘zgartirganidan so‘ng yangi yashash sharoitiga moslashishi, boshqacha aytganda, uning muhitdagi o‘zgarishlarga (almashinuvlarga) fiziologik va xulqiy moslashishi bo‘lib, bunda harorat quruqlik-havo muhitida yashaydigan orga­nizmlar va populyasiyalarning moslashish jarayoniga faol ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim cheklovchi omillardan biri hisoblanadi.



    Yüklə 39,43 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   142




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə