Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni


-bob. Mehnatni muhofaza qilish, texnik ekspluatatsiya qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
608 18.10.2022

8-bob. Mehnatni muhofaza qilish, texnik ekspluatatsiya qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha 
yo‘l-yo‘riqdan o‘tish tartibi 
73. Korxonaning barcha xodimlari, shu jumladan, rahbarlari belgilangan tartibda mehnatni 
muhofaza qilish, texnik ekspluatatsiya qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tishlari 
shart. 
74. Yo‘l-yo‘riqlar quyidagilarga bo‘linadi: 
kirish yo‘l-yo‘rig‘i; 
ish joyida birlamchi yo‘l-yo‘riq; 
takroriy (davriy) yo‘l-yo‘riq; 
rejadan tashqari yo‘l-yo‘riq; 
maqsadli (joriy) yo‘l-yo‘riq. 
75. Kirish yo‘l-yo‘rig‘ini mehnat xavfsizligi bo‘yicha muhandis yoki korxona buyrug‘iga 
binoan ushbu majburiyat topshirilgan shaxs o‘tkazadi. 


76. Kirish yo‘l-yo‘rig‘i — mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, normativ-texnik hujjatlar, 
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqarish xususiyatlari talablarini inobatga 
olgan holda korxonada ishlab chiqilgan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlan dasturga muvofiq 
o‘tkazilishi lozim. Kirish yo‘l-yo‘rig‘i dasturini tuzish uchun savollarning namunaviy ro‘yxati ushbu 
Qoidalarga 
6-ilovada 
keltirilgan. 
77. Kirish yo‘l-yo‘rig‘i ushbu kasb yoki lavozim bo‘yicha ish stajidan qat’i nazar, ishga 
yangi qabul qilingan xodimlarning barchasi, shuningdek, korxonaga xizmat safariga yuborilganlar, 
korxonaga ishlab chiqarishni o‘rganish va amaliyot o‘tash uchun kelgan o‘quvchi va talabalar bilan 
o‘tkaziladi. 
Ishga yangi qabul qilingan rahbarlar va mutaxassislar lavozimi yuqori bo‘lgan shaxslar 
tomonidan quyidagilar bilan tanishtirilishi kerak: 
unga ishonib topshirilayotgan obyektda (sex, uchastka va boshqalarda) ish sharoitlari va 
ishlab chiqarish muhitining holati; 
xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’siridan himoya qilish vositalarining 
holati; 
ishlab chiqarishdagi shikastlanish va kasb kasalliklari; 
ish sharoitlarini yaxshilash va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralar; 
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-texnik hujjatlar va lavozim majburiyatlari. 
78. Kirish yo‘l-yo‘rig‘i texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish xonasida, texnik 
o‘quv vositalaridan, shuningdek, ko‘rgazmali qurollardan (afishalar, keng ko‘lamli eksponatlar, 
maketlar, modellar va boshqalardan) foydalangan holda o‘tkazilishi kerak. 
79. Kirish yo‘l-yo‘rig‘i o‘tkazilganligi ushbu Qoidalarga 
6a-ilovadagi 
namunaga muvofiq 
jurnalda yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazuvchi va yo‘l-yo‘riqdan o‘tuvchi xodimlarning yozuvlari (imzosi) bilan 
rasmiylashtirilishi shart. 
Mazkur yo‘l-yo‘riq jurnali to‘lgandan so‘ng u arxivga topshiriladi va o‘n yil mobaynida 
saqlanadi. 
80. Ish joyida birlamchi yo‘l-yo‘riq: korxonaga yangi ishga qabul qilingan, bir bo‘linmadan 
boshqasiga o‘tkazilgan, xizmat safariga yuborilgan xodimlar, korxonaga ishlab chiqarishni o‘rganish 
yoki amaliyot o‘tash uchun kelgan talaba va o‘quvchilar, shuningdek, yangi ishlarni bajarayotgan 
barcha xodimlar bilan o‘tkaziladi. 
Faoliyatida uskunalarni ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash, qurish, montaj qilish, sozlash, 
sinovdan o‘tkazish, asboblardan foydalanish hamda xomashyo va materiallarni saqlash va qo‘llash 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan shaxslar uchun ish joyida birlamchi yo‘l-yo‘riq o‘tkazilmaydi. 
Birlamchi yo‘l-yo‘riqdan ozod qilingan xodimlar, ularning lavozimlari, mutaxassislar va 
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
81. Ish joyida birlamchi yo‘l-yo‘riq: alohida kasblar yoki ish turlari uchun ishlab chiqilgan 
dasturlar bo‘yicha mehnat xavfsizligi standartlari tizimining talablari, mehnatni muhofaza qilish 
bo‘yicha tegishli qoidalar, me’yorlar va yo‘l-yo‘riqlar, ishlab chiqarish yo‘l-yo‘riqlari va boshqa 
texnik hujjatlar talablarini inobatga olgan holda o‘tkazilishi kerak. Ish joyida birlamchi yo‘l-yo‘riq 
asosiy savollarining namunaviy ro‘yxati ushbu Qoidalarga 
7-ilovada 
keltirilgan. 
Bunday ro‘yxat korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. 
82. Ish joyida birlamchi yo‘l-yo‘riq har bir xodim bilan yakka tartibda, xavfsiz ishlash 
usullari va yo‘llarini amaliy namoyish etish orqali o‘tkaziladi. 
83. Malakasi, ma’lumoti, ish staji va bajarayotgan ishining xususiyatidan qat’i nazar, barcha 
xodimlar takroriy (davriy) yo‘l-yo‘riqdan o‘tadilar. 
84. Takroriy yo‘l-yo‘riq kalendar oyda kamida bir marta o‘tkazilishi kerak. 
85. Takroriy yo‘l-yo‘riq yakka tartibda yoki bir xil turdagi uskunalarga va umumiy ish 
doirasida xizmat ko‘rsatadigan xodimlar guruhi bilan har oyda rejalashtirilgan mehnat xavfsizligi va 
yong‘in xavfsizligi so‘rovnomalari ro‘yxatiga muvofiq o‘tkaziladi. 
86. Rejadan tashqari yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
energetika qurilmalarini xavfsiz ekspluatatsiya qilishni belgilab beruvchi texnika xavfsizligi 
qoidalari, yong‘in xavfsizligi qoidalari va boshqa hujjatlar o‘zgarganda; 


texnologik jarayon o‘zgarganda; 
energetika qurilmalarining sxemasi o‘zgarganda; 
mehnat xavfsizligiga ta’sir qiluvchi uskunalar, moslamalar va asboblar, birlamchi 
xomashyo, materiallar va omillar almashganda va modernizatsiya qilinganda; 
xodimlar tomonidan shikastlanishga, avariyaga, portlashga, yong‘inga sabab bo‘lgan yoki 
ularni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan mehnat xavfsizligi talablari buzilganda; 
ish faoliyatida bir oydan ortiq tanaffus bo‘lganda; 
“O‘zenergoinspeksiya” va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi talab etganda. 
87. Rejadan tashqari yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish yakka tartibda yoki bir xil kasbdagi xodimlar 
guruhi bilan amalga oshiriladi. Yo‘l-yo‘riqning hajmi va mazmuni har bir holat uchun uni o‘tkazishni 
taqozo etgan sabablar va holatlarga qarab alohida belgilanadi. 
88. Ish joyida birlamchi, takroriy va rejadan tashqari yo‘l-yo‘riqlar o‘tkazilganligi ish 
joyidagi yo‘l-yo‘riqlarni qayd etish jurnalida, yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazuvchi va yo‘l-yo‘riqdan o‘tuvchi 
xodimlarning imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Navbatdan tashqari yo‘l-yo‘riqni rasmiylashtirishda 
ushbu yo‘l-yo‘riqni o‘tkazish sababi ko‘rsatiladi. Jurnal shakli ushbu Qoidalarga 
7a-ilovada 
keltirilgan.
Yo‘l-yo‘riqlar jurnallari ularni o‘tkazish uchun mas’ul shaxslarda saqlanadi va to‘lganidan 
keyin bir yil o‘tib, arxivga topshiriladi. Arxivda jurnal o‘n yil mobaynida saqlanadi. 
89. Birlamchi, takroriy va rejadan tashqari yo‘l-yo‘riqlar xodimning bevosita rahbari (sex 
rahbari, uchastka rahbari, laboratoriya boshlig‘i, katta usta, smena boshlig‘i va boshqalar) tomonidan 
o‘tkaziladi. 
Boshqaruvning tashkiliy tuzilishi va mahalliy sharoitlar hisobga olingan holda yo‘l-
yo‘riqlarni tashkil etish va o‘tkazish joylari korxonaning bosh muhandisi tomonidan belgilanadi. 
90. Tarkibiy bo‘linmalarda yo‘l-yo‘riqlar o‘tkazilishi uchun javobgarlik ularning birinchi 
rahbarlariga yuklanadi. 
91. Alohida holatlarda korxonaning chekka va borish qiyin bo‘lgan hududlarida yolg‘iz 
navbatchilik qiladigan xodimlar bilan rejadan tashqari yo‘l-yo‘riq telefon orqali o‘tkazilishi mumkin. 
Bunday ish joylarining ro‘yxati korxonaning bosh muhandisi tomonidan belgilangan bo‘lishi kerak. 
92. Maqsadli (joriy) yo‘l-yo‘riq quyidagi hollarda o‘tkaziladi: 
mutaxassisligi bo‘yicha majburiyatlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan bir 
martalik ishlar (yuklash, tushirish, hududni tozalash, korxona, sex va boshqalardan tashqaridagi bir 
martalik ishlar) yoki o‘ta xavfli ishlar (elektr qurilmalarida, bug‘ va issiq suv quvurlarida, issiqlik 
kanallarida va shu kabi joylarda) bajarilganda; 
avariya, tabiiy ofat va falokatlar oqibatini bartaraf etishda; 
naryad-farmoyish rasmiylashtiriladigan og‘zaki yoki yozma farmoyish bo‘yicha ishlar 
bajarilganda; 
ekskursiyalar o‘tkazishda. 
Ish bajarish uchun topshiriq berayotgan shaxs ish rahbarini (bevosita topshiriq berilgan 
shaxsni) yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazishi kerak. 
Ish rahbari ish bajaruvchini, agar uning o‘zi ish bajaruvchining ham funksiyalarini 
bajarayotgan bo‘lsa, brigadaning har bir a’zosini yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazadi. 
Brigada a’zolarini yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, odatda, ish joyida o‘tkazilishi kerak. 
Maqsadli yo‘l-yo‘riqning o‘tkazilishi naryad-farmoyishda, tezkor jurnalda, ish joyida yo‘l-
yo‘riqdan o‘tkazish jurnalida qayd etiladi yoki ovoz yozish vositalari yordamida yozib olinadi. Bunda 
yozuv shakli ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ammo, yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazuvchining lavozimi va 
familiyasi ko‘rsatilishi shart.
Telefon yoki radio orqali o‘tkazilgan yo‘l-yo‘riqni qayd etish uchun yo‘l-yo‘riq o‘tkazuvchi 
farmoyishlar jurnalidan yo‘l-yo‘riqdan o‘tuvchiga tezkor jurnaldan foydalanishiga ruxsat beradi. 
Bunday hollarda ikkala jurnalda ham yo‘l-yo‘riqning qisqacha mazmuni yoritilishi kerak. 
93. Ish joyidagi yo‘l-yo‘riqlar (birlamchi, takroriy, rejadan tashqari va maqsadli) og‘zaki 
yoki texnik o‘quv vositalaridan foydalangan holda savol berish, shuningdek, ishlashning xavfsiz 


usullari bo‘yicha olingan ko‘nikmalarni tekshirish orqali yakunlanishi kerak. Bilimlarni yo‘l-yo‘riq 
o‘tkazuvchi xodim tekshiradi. 
Bunda qoniqarsiz baho olgan shaxslarning mustaqil ravishda ishlashiga yoki amaliy 
mashg‘ulotlarga qatnashishiga ruxsat berilmaydi. Bunday xodimlarning qaytadan yo‘l-yo‘riqdan 
o‘tishi talab etiladi. Shunda ham xodimning bilimi qoniqarsiz deb topilsa, u holda ushbu xodim 
navbatdan tashqari bilimlar sinovidan o‘tishi kerak. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə