Farmonbibining so‘nggi farmoni” deb nomlangan sahna ko‘rinishi



Yüklə 19,14 Kb.
səhifə4/8
tarix01.03.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#101690
1   2   3   4   5   6   7   8
Konstitutsiya sahna ko\'rinishi

Farmonbibi: – Bozorgamish! Ha, bu qo‘lingizdagi og‘irlik qilmayaptimi?

Multfilm kelin: – Yo‘q, og‘ir emas! Og‘irmas, oyijon!

Farmonbibi: – Sotti ol!

Sotti yugurib kelib multfilm kelinning sumkasini tortib oladi.

Multfilm kelin: – Oyijooon! Bozordan poshnasi baland tufli olmoqchiydim-de!

Sotti sumkadan pulni oladi va sumkani qaytib beradi. Sotti pullarni sanay boshlaydi.

Sotti: – Hm! Poshnasi baland tufli kiyarmish!

Farmonbibi: – Poshnasi baland tuflini nima qilasiz? Shippakda zo‘rg‘a yurasiz-ku!

Multfilm kelin: – O‘g‘lizga chiroyli ko‘rinmoqchi edimda!

Farmonbibi: – O‘g‘limga chiroyli ko‘rinar emish! Ha meni ko‘zim bilan ko‘rsin, o‘g‘lim, chiroyli ko‘rinadi.

Multfilm kelin: – Oyijon! O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli” deb qo‘yilibdi.

Farmonbibi: – Hooo! “Mulkdor bo‘lishga” emish. Meni xonadonimda kelinlar supurgi bilan xokondozga mulkdor! O‘ting!

Multfilm kelin: – Oyijooon!

Multfilm kelin sahnaning boshqa tomoniga o‘tib turib oladi. Farmonbibi maqolchi keliniga qaraydi.

Farmonbibi: – O‘zimni maqolchi kelinimdan aylanay. Sizam bozorgami?

Maqolchi kelin: – Haa!

Farmonbibi: – Bozorda nima qilasiz?

Maqolchi kelin: Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim deganlaridek, qudam tug‘ilgan kunimda jemfer sovg‘a qilgan edilar, shuning uchun men ham qudamning tug‘ilgan kuniga kaattakoon sovg‘a olmoqchiman oyijoon!

Farmonbibi: – Haa! Yemog‘ni qusmog‘i bor deganlaridek, ko‘rpangizga qarab oyog‘ uzatsangiz bo‘lmaydimi?

Sotti stulda o‘tirib olib, yelpig‘ichini yelpib, gapni tasdiqlaydi.

Sotti: – Yashang oyijon!


Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə