Farmonbibining so‘nggi farmoni” deb nomlangan sahna ko‘rinishi


Sotti: – Vooy oyi! Dovdir kelin



Yüklə 19,14 Kb.
səhifə6/8
tarix01.03.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#101690
1   2   3   4   5   6   7   8
Konstitutsiya sahna ko\'rinishi

Sotti: – Vooy oyi!

Dovdir kelin: – Meen gapirdimmi?

Farmonbibi hayron qolib boshini qimirlatadi.

Farmonbibi: – Tezlanib ketdi-ya! Pul nimalarga qodir-a! O‘ting!

Dovdir kelin sumkasini Sottidan olib, sahnaning narigi tomoniga ovsinlarining yoniga borib turadi. Sotti pullarni sanaydi. Farmonbibi esa sportchi keliniga qaraydi.

Farmonbibi: – O‘zimni sportchi kelinimdan o‘rgilay! Siz qayoqqa?

Sportchi kelin: – Bozorga, oyijon!

Farmonbibi: – Ha, bozordan nima olasiz?

Sportchi kelin ikkita qo‘lini yonga cho‘zib ko‘taradi.

Sportchi kelin: – Gantel olgani oyijon! Gantel!

Farmonbibi: – Gantel bor edi-ku?!

Sportchi kelin: – Unisi yengil bo‘lib qoldi. O‘g‘lingizga berib yubordim.

Farmonbibi: – O‘g‘limga?! Oxiri o‘g‘limni ham qo‘shib ko‘tarib otib yubormasangiz bo‘lgani! Haa, yengillik qilgan bo‘lsa ikkita chelak, og‘irlik qilsa bitta chelak suvni to‘ldirib olib sep! Ana senga gantel, mana senga sport!

Sportchi kelin: – Oyijon! Hech qaysi soha mamlakatni sport kabi dunyoga tezda mashhur qila olmaydi.

Farmonbibi: – Bu ham Nigoraning gapimi?

Sportchi kelin: – Yo‘q oyijon! Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov so‘zlari.

Farmonbibi: – Haa! Shundaymi? To‘g‘ri gap. Lekin chaqqon kelin mahallani dong‘ini chiqaradi.

Sportchi kelin: – Oyijon! Bu kimning gapi?
Farmonbibi: – Farmonbibining gapi!... Sotti pulni olmaysanmi?

Sotti sportchi kelinni oldiga yugurib boradi. Sportchi kelin qo‘lini beliga qo‘yib Sottiga qarab jahl bilan bir qadam tashlaydi. Sotti qo‘rqib orqaga qaytadi.

Sotti: – Vooy oyijon qo‘rqaman bunizdan!

Farmonbibi: – Qo‘rqasan? Nimaga qo‘rqasan? Tishlab oladimi seni? Pulni ber!

Sportchi kelin shahdam yurib kelib, Farmonbibiga pulni beradi va sahnaning narigi tomoniga borib turadi. Farmonbibi pulni Sotti tomonga uzatadi. Sotti kelib pullarni oladi va sanaydi. Farmonbibi kelini Lutfiga qaraydi.


Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə