Farmonbibining so‘nggi farmoni” deb nomlangan sahna ko‘rinishi



Yüklə 19,14 Kb.
səhifə5/8
tarix01.03.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#101690
1   2   3   4   5   6   7   8
Konstitutsiya sahna ko\'rinishi

Maqolchi kelin: – Bor tovog‘im – kel tovog‘im, bormasang – kelmasang o‘rtada sin tovog‘im deyishgan-ku, oyijoon!

Farmonbibi: – Gap bo‘lsa qop-qop, Ish bo‘lsa Samarqanddan top bo‘lib qolibsiz kelin. Pulingizni topshiring!

Maqolchi kelin: – Oyijon! O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega” deyilgan.
Farmonbibi: – Shundaymi? Ko‘p gapirmay topshiring pulni dedim-ku!

Maqolchi kelin: – Oyijooon!

Sotti: Olib keling, olib keling ovsin.

Maqolchi kelin pulni Sottiga olib borib beradi va sahnaning boshqa tomoniga multfilm kelinning yoniga o‘tib turib oladi. Sotti pullarni sanaydi. Farmonbibi esa dovdir keliniga qaraydi.

Farmonbibi: – Do‘xtir kelinimdan o‘rgilay. Ha bundan balnitsani xidi anqiydi.

Dovdir kelin ikkita qo‘lini yon tarafga cho‘zib, birma-bir xidlab ko‘radi.

Farmonbibi: – Siz qayoqqa?

Dovdir kelin: – Boozoorga.

Farmonbibi: – Boozoorga?! Ha, bozorda nima qilasiz?

Dovdir kelin: – Akaadee…

Farmonbibi: – Tushundim!

Dovdir kelin: – Haar biir shaxs…

Farmonbibi: – Keyingisiga o‘t!

Dovdir kelin: – Boozoorgaa…

Farmonbibi: – Voy maqsadga o‘ting! Baraka topkur maqsadga!

Dovdir kelin xafa bo‘lib, sumkasini yelkasidan tushurib, Sotti tomon yuradi.

Dovdir kelin: – Bolalarimni kiyintirmoqchi edim-dee!

Farmonbibi: – Bolalaringizni o‘zimiz kiyintiramiz.

Dovdir kelin jahl bilan sumkani stolga qo‘yadi va tomoshabinlarga qarab tez gapiradi.

Dovdir kelin: – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar”.
Hamma angrayib qoladi.


Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə