Farmonbibining so‘nggi farmoni” deb nomlangan sahna ko‘rinishi


Sotti: – Hozir oyijon. Ha mana. 54-modda: “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi”. Farmonbibi



Yüklə 19,14 Kb.
səhifə3/8
tarix01.03.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#101690
1   2   3   4   5   6   7   8
Konstitutsiya sahna ko\'rinishi

Sotti: – Hozir oyijon. Ha mana. 54-modda: “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi”.

Farmonbibi: – Keyingisiga o‘t!

Sotti: – 33-modda, oyijon: “Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar” deyilgan.

Farmonbibi: – Sen bularni qayerdan olding?

Sotti: – Oyijon, bu meniki emas. Nigorani sumkasidan topib oldim, oyijon. Sumkasida turgan ekan, sekin bordim-da, olib qo‘ya qoldim.

Farmonbibi: – Nigora deysanmi? Bu kichkina kelinim chatoq chiqdi-da!

Sotti: – Ko‘rmaysizmi oyijon…

Barcha kelinlar yasanib, sekin bozorga ketmoqchi bo‘lib chiqib kelayotganlarida Sotti ularni ko‘rib qoladi:

Sotti: – Voy, ana oyijon! Kelinlar boshladi qo‘zg‘olonni!

Farmonbibi: – Hoy, hoy! Kelinlar! Qayoqqa?!

Kelinlar baravariga: – Bozorga oyijon.

Farmonbibi: – Bozorda nima bor? Pishirib qo‘yibdimi? Soliqni to‘lab qo‘ydinglarmi?

Kelinlar baravariga: – Qanaqa soliq?

Farmonbibi: – Sotti!

Sotti: – Labbay oyijon!

Farmonbibi gapir deganday boshi bilan kelinlarni ko‘rsatib Sottiga buyruq beradi. Sotti darrov daftarini olib ochadi.

Sotti: – Xo‘p bo‘ladi oyijon! 51-modda: “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar”.

Sotti huddi nimanidir qoyil qilganday o‘girilib ketadi. Farmonbibi multfilm keliniga qarab:

Farmonbibi: – Vooy o‘zim o‘rgilay, o‘zim o‘rgilay! Multfilm kelinimdan aylanib ketay. Eshilib-eshilib sumkani qayoqqa olib ketayapsiz?

Multfilm kelin erkalanib, eshilib turadi.

Multfilm kelin: – Bozorga oyijon.


Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə