Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


- ilova BBB texnikasi qoidasi



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə137/147
tarix29.05.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#113881
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   147
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI

2- ilova
BBB texnikasi qoidasi



1. "Insert" texnikasidan foydalangan holda matnni o`qib chiqing.
2. Olingan ma`lumotlarni individual sohalarga ajrating. Qalam bilan har bir qatorga quyidagi belgilar asosida BBB jadvani to`ldiring.

"BBB" (B - bilardim; B - bilmoqchiman; B - bilib oldim) jadvalini to`ldirish taklif etiladi.





Mavzu savollari

B - bilardim

B - bilmoqchiman

B –
bilib oldim

1

2

3

4

5

1.

Qoraxoniylar davri adabiy mu?iti namoyandalari










2.

Yusuf Xos Hojib tarjimai holi haqida ma`lumotlar










3.

"Qutadg’u bilig"ning qo`lyozma nusxalari haqida ma`lumotlar










4

Dostonda qo`llangan she`riy shakllar










5

Doston vazni xususiyatlari










6

Kuntug’di timsoli










7

Oyto`ldi timsoli










8

O`gdulmish timsoli










9

O`zg’urmish timsoli










10

Dostonda ijtimoiy-axloqiy masalalar













Mustaqil o`rganish uchun mavzular

  • “Qutqdg’u bilig” dostonida odil hukmdor konsepsiyasi.

  • “Qutqdg’u bilig” dostonida tasavvufiy g’oyalar.

  • “Qutqdg’u bilig” dostonida oyat va hadislarning badiiy ifodasi.

  • “Qutqdg’u bilig” dostoni va xalq og’zaki ijodi.

  • “Qutqdg’u bilig” dostonida hayvonlar va qushlar timsollarining ramziy xususiyatlari



2-МАВЗУ

АЛИШЕР НАВОИЙ ВА ТАСАВВУФ, “ЛИСОН УТ-ТАЙР” ДОСТОНИ







    1. Маърузани олиб бориш технологияси

Талабалар сони: 50-55 та

Вақт - 2 соат

Машғулот шакли

Диққатни жалб қилувчи саволлар, БББ техникасига асосланган маъруза

Маъруза режаси

1. Navoiy va naqshbandiya tariqati.
2. Navoiyning tasavvufga oid asarlari
3. "Nasoyim ul-muhabbat" tasavvuf ahli haqidagi tazkira
4. "Lison ut-tayr"ning yozilish tarixi, sabablari va taxallus masalasi.
5. Dostonning o’ziga xos xususiyatlari (masal, qush, tasavvuf g’oyalari)
6. Dostonning mavzu, obrazlari, badiiyati.

Ўқув машғулотининг мақсад: Alisher Navoiy ijodining tasavvufga aloqadorligi haqida ma`lumotga ega bo’lish, tasavvufiy asarlarni tahlil qilish ko’nikmasini hosil qilish.

Педагогик вазифалар:

Ўқув фаолияти натижалари:

Navoiyning tasavvufga oid asarlari haqida umumiy tushuncha berish, manbalar bilan ishlashga yo’naltirish



Navoiyning tasavvufga oid asarlari haqida umumiy tushunchaga ega bo’ladi, manbalar bilan ishlash ko’nikmasini hosil qiladi



"Nasoyim ul-muhabbat" tazkirasining yaratilish omillari, tarkibi haqida ma’lumot berish, tazkira bilan yaqindan tanishish uchun yo’naltirish

"Nasoyim ul-muhabbat" tazkirasining yaratilish omillari, tarkibi haqida ma’lumotga ega bo’ladi.

"Lison ut-tayr"ning yozilish tarixi, sabablari va taxallus masalasiga doir boblar bilan tanishtirish.

"Lison ut-tayr"ning yozilish tarixi, sabablari va taxallus masalasiga doir boblar bilan tanishadi, mustaqil o’qish uchun yo’llanma oladi

Dostonning mavzusi, obrazlari va badiiy xususiyatlarini aniqlashda yordam beradigan holatlarni izohlash.

Dostonning mavzusi, obrazlari va badiiy xususiyatlarini mustaqil aniqlash ko’nikmasini hosil qiladi.

Doston timsollari va detallarini birgalikda tahlil qilish



Dostondagi timsollar (asosiy va ikkinchi darajali) va detallarini tahlil qila oladi



  • Ўқитиш усуллари

Маъруза, намойиш, блиц-сўров, ақлий хужум.

  • Ўқитиш воситалари

Маъруза матни, asosiy adabiyotlar ko’rgazmali vositalar, слайдлар.

  • Ўқитиш шакллари

Фронтал, коллектив иш

  • Ўқитиш шароити

Техник воситалар билан таъминланган ўқув хона.

  • Мониторинг ва бахолаш

Оғзаки назорат: диққатни жалб қилувчи саволлар, ўқув топшириқ

МАЪРУЗАНИНГ ТЕХНОЛОГИК ХАРИТАСИ



Иш жараёни босқичлари вақти

Фаолиятнинг мазмуни

ўқитувчи

талаба

1 босқич.
Ўқув машгулотига кириш
(15 дақиқа)

1.1. Ўқув дарсининг мавзуси ва режасини айтади.
1.2. Маъруза дарсининг мақсади ва ўқув фаолияти натижаларини айтади. Талабаларни ақлий хужумга тортиш учун жонлантирувчи саволлар беради. (1 – илова)

Тинглайди ва ёзади

Саволларга бирламчи жавоб берадилар.





2 босқич.
Ахборот босқичи
(55 дақиқа)

2.1. Мавзу юзасидан таянч сўз ва иборалар билан таништиради. (2-илова)
2.2. Маъруза режасининг барча саволлари бўйича визуал материални намойиш қилади. (3- илова)
Мавзунинг асосий жойларини ёзиб олишларини сўрайди.
2.3. Билимларни фаоллаштириш учун диққатни жалб қилиш саволлари беради.

Тинглайди, ўрганади,
Ёзади, аниқлайди,
саволлар беради.

Асосий жойларини ёзади

Саволларга жавоб беради



3 босқич.
Якунловчи босқич
(10 дақиқа)

    1. Мавзу бўйича умумий хулоса қилади.

    2. Талабаларни бахолайди.

3.6. Мустақил ишлаш учун мавзулар беради. (4 – илова)

тинглайди

Вазифани ёзиб оладилар




1 – илова (2.1)




2-илова (2.1)
2 – Слайд.
“Навоий ва тасаввуф” мавзуси бўйича таянч тушунча ва иборалар



шеърият


“Хамса”

“Насойим ул-мућаббат”

“Лисон ут-тайр”





Аттор
“Мантиќ ут-тайр



Рамал бари

Семурѓ

Ћудћуд



Ќушлар



Водийлар

Ћикоят

Фоний


3-илова (2.1)
3 – Слайд.



Талаб


Ишќ

Маърифат

Истиѓно



Тавћид



Ћайрат

Фаќру фано

4-илова (2.1)


4 – Слайд.




«O’ZBЕK MUMTОZ АDАBIYOTI TАRIХI (eng qadimgi davrlardan
XIX asr birinchi yarmi)» FАNIDАN TЕST SАVОLLАRI
I MAVZU

1. "O’zbek adabiyoti tarixi" ilmi:


A. "Adabiyotshunoslik" ilmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri.
B. "Adabiyotshunoslik" ilmining qo’shimcha tarkibiy qismlaridan biri.
S. "Adabiyot nazariyasi" ilmining tarkibiy qismlaridan biri.
D. "Adabiyotshunoslik"ni ham qamrab oluvchi adabiyot haqidagi ilmdir.
2. O’zbek adabiyoti tarixining uchta asosiy bosqichini to’g’ri tartibda aniqlang.
A. O’zbek adabiyoti tarixi, hozirgi zamon o’zbek adabiyoti, istiqlol davri o’zbek adabiyoti.
B. O’zbek mumtoz adabiyoti, milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti, yangi o’zbek adabiyoti.
S. Islomgacha bo’lgan davr adabiyoti, islom ta`siridagi davr adabiyoti, yangi o’zbek adabiyoti.
D. O’zbek mumtoz adabiyoti, XX asr adabiyoti, mustaqillik davri adabiyoti.
3. O’zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish bo’yicha ilk izlanishlar muallifini belgilang.
A. Abdurauf Fitrat. B. Sadriddin Ayniy.
S. Abdurahmon Sa`diy. D. Olim Sharafuddinov.
4. Uch qismdan iborat "O’zbek adabiyoti tarixi" darslik kitoblarining mualliflarini to’g’ri tartibda belgilang.
A. N.Mallaev, V.Abdullaev, R.Vohidov.
B. G’. Karimov, N.Mallaev, V.Abdullaev
S. B.Valixo’jaev, R.Orzibekov, R.Vohidov.
D. N.Mallaev, V.Abdullaev, G’.Karimov.
5. 1976-1980 yillarda nashr ettirilgan "O’zbek adabiyoti tarixi" akademnashr darslik kitobi necha tomdan iborat?
A. 3. B. 4. S. 5. D. 6.
6. "Mumtoz" so’zini qanday tushunasiz?
A. Eski, qadimiy B. Namuna, ajralib turadigan
S. Tarbiyaviy, didaktik D. Qimmatbaho, bebaho
7. O’zbek adabiyoti tarixining qaysi davrida didaktika-pand nasihat ruhi ustunlik qiladi?
A. Islomgacha bo’lgan davr adabiyotida
B. Qoraxoniylar davri adabiyotida
S. Mug’ullar hukmronligi davri adabiyotida
D. Temuriylar davri adabiyotida
8. Adabiyot tarixini o’rganishda qimmatli manba hisoblangan shoirlar haqida muxtasar ma`lumot beruvchi asarlar qanday nomlanadi?
A. Manoqib B. Risola S. Tazkira D. Debochа
9. Turkiy xalqlar madaniyatida tub burilish yasagan tarixiy hodisani belgilang
A. Markaziy Osiyoning arab xalifaligi tarkibiga qo’shilishi
B. Mug’ullar istilosi
S. Temuriylar davlatining shakllanishi
D. Xonliklarning yuzaga kelishi.
II MAVZU
1."To’maris", "Shiroq", "Zariadr va Odatida", "Zarina va Striangey" afsonalarining barchasiga xos bo’lgan jihatni toping:
1. Ishq-muhabbat mavzusi, 2. Og’zaki tarzda yetib kelgan, 3. Vatanparvarlik mavzusi 4. Yunon tarixchilarining asarlari orqali yetib kelgan, 5. Eron va Turon munosabatlari ifodalangan.
A) 1,4 B) 3,4 C) 2,3 D) 4,5
2. Turkiy adabiyotdagi ilk tarjima asar va uning muallifini belgilang
A) "Bilga xoqon", Yo’llug’ Tegin, B) "Oltin qon", Mahmud Qoshg’ariy
C) "Oltin yoruq" Mahmud qoshg’ariy, D) "Oltin yoruq" Sengqu Seli Tutung
3. Ushbu she`riy parchaning janri va muallifini belgilang:
Uzik meni qumitti,
Sag’inch manga yumitti,
Ko’nglum angar emitti,
Yuzim maning sarg’ayur.
A) Lirik qo’shiq, Mahmud Qoshg’ariy,
B) Marosim qo’shig’i, xalq ijodi
C) Mehnat qo’shig’i, Mahmud Qoshg’ariy,
D) Lirik qo’shiq, xalq ijodi
4. She`riy parchaning vaznini belgilang:
Uzik meni qumitti,
Sag’inch manga yumitti,
Ko’nglum angar emitti,
Yuzim maning sarg’ayur.
A) Barmoq, 3+4 =7, B) Barmoq, 4+3=7,
C) Aruz, hazaj bahri D) Aruz, ramal bahri
5. She`rning qofiyalanish tartibi va qofiyalarini belgilang:
Uzik meni qumitti,
Sag’inch manga yumitti,
Ko’nglum angar emitti,
Yuzim maning sarg’ayur.
A) a.a.b.a- qumitti, yumitti, emitti, B) a.a.a.b- qumitti, yumitti, sarg’ayur
C) a.b.a.b-qumitti, emitti, D) a.a.a.b-qumitti, yumitti, emitti
6. Uyg’ur yozuvida bitilgan va bizgacha yozma tarzda etib kelgan qadimiy afsonani toping:
A) "O’g’uznoma". B) "Oltin yoruq",
C) "Zariadr va Odatida". D) "Gershaspnoma"
7. Tarixchi Juvayniy va rumin sayyohi Nikolos Melesko qaysi tarixiy-adabiy yodgorliklar haqida xabar bergan?
A) Qadimgi afsonalar, B) "Avesto" kitobi,
C) O’rxun -Enasoy yodgorliklari, D) Qadimgi qo’shiqlar
8. Al-Muqtado kim?
A) Buxoro tarixini yozgan tarixchi,
B) "Devonu lug’otit turk" asari bag’ishlangan hukmdor
C) Muhaddis,
D) Qadimgi afsonalarni yozib qoldirgan tarixchi
9. "Qish va Yoz munozarasi" tasvirlangan she`rlar qaysi asarda keltirilgan.
A) Mahmud Koshqariyning "Devonu lug’atit turk",
B) Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul - haqoyiq"
C) Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig",
D) Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston"
10. Bo’yi jo’yi Mo’liyon oyad hame,
Yodi yori mehrubon oyad hame… deb boshlanuvchi mashhur qasida muallifi:
A) Firdavsiy. B) Ro’dakiy. C) Nosir Xusrav. D) Umar Xayyom
11. Fors-tojik tilida yozilgan ilk tazkira muallifini belgilang
A) As-Saolibiy, B) Muhammad Avfiy,
C) Davlatshoh Samarqandiy, D) Alisher Navoiy
12. "Al adab al- mufrad":
A) Al-Buxoriyning odob-axloq haqidagi asari,
B) At-Termiziyning hadislar to’plami
C) Shoirlar haqidagi tazkira,
D) Al-Buxoriyning hadislar to’plami
13. Musulmon kishi bir teshikdan ikki marta chaqtirmaydi degan hadisning ma`nosi:
A) Musulmon birovga ozor bermaydi,
B) Musulmon birovning haqiga xiyonat qilmaydi
C) Musulmon bir joyga ikki marta bormaydi,
D) Musulmon bir xatoni ikkinchi marta takrorlamaydi
14. She`rning muallifini toping:
Shu oddiy ko’z bilan boqmagil, balki,
Bilim ko’zi bilan boqqil jahonga.
Jahon daryo erur, yaxshi otingla,
Kema yasab o’tgin nari qirg’oqqa.
A) Firdavsiy. B) Ro’dakiy. C) Nosir Xusrav. D) Sa`diy
15. Unsuriy, Farruxiy va Asjadiy kabi mashhur shoirlar tomonidan imtihon qilingan va bu imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan shoirni toping:
A) Firdavsiy. B) Ro’dakiy. C) Nosir Xusrav. D) Sa`diy
16. Ushbu hikmat muallifini aniqlang:
Ki dono turo dushmani jon buvad,
Beh az do’st marde ki nodon buvad.
A) Firdavsiy. B) Ro’dakiy. C) Nosir Xusrav. D) Sa`diy
17. Mashhur fors-tojik shoiri Ro’dakiy qanday nom bilan sharaflanadi
A) Malik ul-kalom. B) Ustodi avval.
C) Odam ush-shuaro. D) Muallim us-soni.
18. Firdavsiyning "Shohnoma" epopeyasi syujetlari asosida yaratilgan asarlarni toping:
1. "Xusrav va Shirin". 2. "Layli va Majnun". 3. "Iskandarnoma". 4. "Haft paykar". 5. "Yusuf va Zulayho" 6. "Rustam va Suhrob".
A) 1, 3, 4, 6. B) 1, 2, 3, 6. C) 3, 4, 5, 6. D) 1, 3, 5, 6.
19. Isfahon rasadxonasini boshqarib, falakiyot ilmiga oid tadqiqotlar olib borgan shoirni belgilang:
A) Ibn Sino. B) Umar Xayyom. C) Nosir Xusrav. D) As`adi Tusiy.
20. "Fors-tojik adabiyoti klassiklari" nomli risola muallifini toping:
A) Sh.Shomuhammedov. B) J.Kamol. C) T.Jalolov. D) N.Komilov.
21. "Zod ul-musofirin, "Vajhi din", "Safarnoma" kabi asarlar muallifini toping:
A. As`adi Tusiy. B. Sobir Termiziy. C. Nosir Xusrav. D. Umar Xayyom.
III MAVZU
1."Qutudg’u bilig" dostonining arab yozuvida ko’chirilgan nusxasi:
A) "Hirot" yoki "Vena", B) "Qohira", C) "Namangan", D) B va C
2. "Qutudg’u bilig" dostonining uyg’ur yozuvida ko’chirilgan nusxasi:
A) "Hirot" yoki "Vena", B) "Qohira", C) "Namangan", D) B va C
3. Qozon universisteti talabasi Valizoda Muhammad Hoji Eshon Lolaresh uyida bir qo’lyozma asar saqlanishi haqida ma`lumot beradi. Bu:
A) "Hibat ul -haqoyiq" dostonning nusxasi.,
B) "Muhabbatnoma" dostonining nusxasi.
C) "Qutadg’u bilig"ning "Hirot" nusxasi,
D) "Qutadg’u bilig" dostonining "Namangan" nusxasi.
4. "Qutadg’u bilig" dostonining o’zbek tilida ilk tanqidiy nashri qachon va kim tomonidan amalga oshirilgan.
A) 1970 – yilda Ergash Fozilov, B) 1971 - yilda Qozoqboy Mahmudov
C) 1972 - yilda Aziz Qayumov, D) 1971 - yilda Qayum Karimov
5. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" dostoni bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan olimni belgilang.
A) H.Boltaboev B) B.To’xliev C) N.Jumaxo’jaev D) A.Qayumov
6. "Qutadg’u bilig" dostoniga tegishli bo’lgan nomlarini belgilang.
1. "Adabul muluk" 2. "Pandnomai muluk" 3. "Anisul qalb" 4. "Shohnomai turkiy" 5. "Padnomai turkiy" 6. "Oinul mamlakat" 7. "Ziynatul umaro". 8. "Nizomul muluk"
A) 1, 2, 4, 6, 7. B) 1, 4, 5, 6, 7. C) 1, 2, 4, 5, 6. D) 2, 3, 4, 7, 8.
7. "Qutadg’u bilig" dostonidagi ushbu bayt bilan boshlanuvchi bob mazmuniga ko’ra qaysi an`anaviy qismga tegishli:
O’kush o’gdi birla tuman ming sano,
Ug’an bir bayatqa angar yo’q fano…
A) Hamd B) Na`t C) Madhiya D) Kitobning yozilishi sababi
8. Ushbu bayt "Qutag’qu bilig" dostonning qaysi bobi xotimasida berilganq
Qiyamatda ko’rgit to’lunteg yuzin.
Ilig tutmachi qil ilaha o’zin.
A) Hamd B) Na`t C) Alqob D) Madhiya
9. "Qutadg’u bilig" dostonidagi ushbu bayt kimga qarata aytilgan:
Ey ezgu qiling’ asli ezgu urug’,
Ajun qalmasuni sizingsiz qurug’.
A) Muhammad (a.s.)ga, B) Tavg’ach Bug’roxonga,
C) Kuntug’di Eligga, D) Insonlarga
10."Qutadg’u bilig" dostonidan olingan ushbu baytning vaznini aniqlang:
Turayi barayi ajunug’ kezayi.
Vafolig’ kim erkin ajunda tilayi.
A) Mutaqoribi musammani mahzuf B) Mutaqoribi musaddasi solim
C) Mutaqoribi musammani solim. D) Mutaqoribi musaddasi mahzuf
11. "Didaktika" so’zining ma`nosi nima?
A) Pand-nasihat, tarbiya, B) Ilm olish,
C) Qadimgi afsonalar, D) Tarixiy mavzuda asar yozish
12. Turkiy adabiyotda aruz vaznida yozilgan ilk asarni belgilang:
A) "Devonu lug’otit turk" dagi qo’shiqlar, B) "Qutadg’u bilig"
C) "Hibat ul-haqoyiq", D) "Devoni hikmat"
13. "Qutadg’u bilig" dostonida qaysi she`riy shakllar mavjud.
A) Masnaviy va to’rtlik,, B) Masnaviy va qasida,
C) To’rtlik va qasida, D) Barchasi to’g’ri.
14. "Qutadg’u bilig" dagi qaysi timsollar vafot etadi.
A) Kuntu’g’di va Oyto’ldi, B) Oyto’ldi va O’gdulmish
C) Kuntug’di va O’zg’urmish, D) Oyto’ldi va O’zg’urmish
15. Abdurazzoq Baxshi kim?
A) "Qutadg’u bilig" dostonini topgan,
B) "Hibat ul-haqoyiq" dostonini ko’chirgan
C) "Qutadg’u bilig" dostonini ko’chirgan,
D) "Hibat ul-qaqoyiq" dostonini topgan
16. "Qutadg’u bilig" va "Hibat ul - haqoyiq" dostonlarida madh etilgan hukmdorlarni toping.
A) Tavg’ach Bug’roxon, Dod Spohsolorbek,
B) Kuntug’di Elig, Dod Spohsolorbek
C) Tavg’ach Bug’raxon, Abdurazzoq baxshi,
D) Tavg’ach Bug’roxon, Arslonxo’ja Tarxon
17. Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" tazkirasida qaysi shoirlar tilga olingan:
A) Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy,
B) Ahamd Yugnakiy, Ahmad Yassaviy
C) Ahmad Yassaviy, Mahmud Qoshg’ariy,
D) Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy
18. Alisher Navoiy o’z tazkirasida Ahmad Yugnakiyning qaysi baytini alohida ajratib ko’rsatgan.
A) Baholik dinor ul biliklik kishi,
Bu johil biliksiz bahosiz bishi
B) Eshitgil ulug’lar neku teb ayur,
Adablar bashi til kudazmak turur.
C) Ulug’lar ne bersa yemasman dema,
Ilik sun og’iz ur yemasang yema.
D) Bilikdin ayurman so’zumga ula,
Biliklikka, yo do’st, o’zingni ula.
19. "Hibat ul-haqoyiq" dostonini ilk bora fanga ma`lum etgan olim nomini aniqlang
A. Rashid Rahmati Arat, B. Hammer Purgshtal,
C. Najib Osim, D. Abdurauf Fitrat
20. "Hibat ul-haqoyiq" dostonining tanqidiy matni necha baytdan iborat?
A. 235 B. 254 C. 256 D. 258
21. O’zbekistonda "Hibat ul-haqoyiq" dostonining to’liq nashri ilk bora qaysi olim tomonidan amalga oshirilgan?
A. Q.Karimov, B. Q.Mahmudov,
C. A.Qayumov, D. B.To’xliev
22. Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" dostoni haqida" nomli monografiya muallifini aniqlang.
A. B.Valixo’jaev, B. B.To’xliev,
S. Q.Karimov, D. Q.Mahmudov
23. "Ilk badiiy doston" nomli monografiya muallifini aniqlang
A. B.Valixo’jaev, B. B.To’xliev,
C. Q.Karimov, D. Q.Mahmudov
24. Quyidagi sifatlar orasidan Alisher Navoiyning Adib Ahmadga nisbatan bergan ta`riflarini aniqlang
1. Hakim 2. Zakiy 3. Porso 4.Ziyrak 5. Darveshvash 7. Zohid
8. Shayx ul- mashoyix 9. Muttaqiy 10. Pokxilqat
A. 1,2,4,7. B. 2,4,5,9. C. 2,4,7,9. D. 2,4,8,10
25. Navoiy bergan ma`lumotga ko’ra Ahmad Yugankiy kimlar bilan birga o’qigan?
A. Imom Yusuf va Imom Muhammad, B. Imom Ahmad va Imom Yusuf
C. Imom A`zam va Imom Muhammad, D. Bunday ma`lumot yo’q
26. "Hibat ul-haqoyiq" dostonining dastlabki boblari qaysi she`riy shaklda yozilgan
A. Masnaviy, B. Qasida,
C. To’rtlik, D. Murabba`.
27. Ahmad Yugnakiy VIII asrda yashagan degan yanglish fikrning yuzaga kelishiga nima sabab bo’lgan?
. Dod Spohsolarbek ismli hukmdorning shu davrda yashab o’tganligi
B. Yugnakiyning Imom A`zamdan dars olganligi haqidagi Navooiy ma`lumoti
C. Doston tilining o’sha davrga xosligi
D. "Hibat ul-haqoyiq" dostonida Imom A`zamning tilga olinishi
28. Abdurazzoq Baxshi "Hibat ul-haqoyiq" dostonini qaysi yozuvda ko’chirgan?
A. Arab, B. Arab va uyg’ur yozuvlarida alohida
C. Uyg’ur, D. Yarmini arab, yarmini uyg’ur yozuvidа
29. "Hibat ul-haqoyiq" dostoni muqaddimasida Siddiq, Foruq, Zinnurayn va Murtazo ismlari tilga olinadi. Bular kimlar?
A. Payg’ambarlar, B. Muhammad (a.s)ga nisbat berilgan ismlar
C. Muhammad (a.s) xalifalari, D. Payg’ambarning oila a`zolari

30. "Ulug’sinma zinhor, ulug’ bir bayot" ("Hibat ul-haqoyiq") misrasini qanday tushunasiz?


A. Ulug’lik sinmaydi, u abadiy,
B. Ulug’ (yoshi katta) kishilarni e`zozlash lozim
C. Ulug’likka intilsang Tangri madadkor bo’ladi,
D. Ulug’likka intilma, ulug’lik Tangrigagina xos
31. Ahmad Yugnakiyning fikriga ko’ra yoru do’stiga oshu nonini edirmagan odamning holi nima bo’ladi
A. Odamlar orasida hurmatini yo’qotadi,
B. Xudoning g’azabiga uchraydi,
C. O’zi o’lib, yiqqan narsasi dushmaniga qoladi,
D. Tejamkorlik qilib boylik orttiradi.
32. " Hibat ul-haqoyiq" dostonining asosiy qismi qanday she`riy shaklda yozilgan?
A. Masnaviy, B. Qasida, C. To’rtlik, D. Murabba`
33. Musulmong’a mushfiq bo’lub mehrubon,
Sanga sondug’ingni musulmong’a son - ikkinchi misrani qanday tushunasiz?
A. Senga berilgan mol-dunyodan boshqalarga qam xayru ehson qil
B. O’zingga ravo ko’rgan narsani boshqa musulmonlarga ham ravo ko’r
C. Shafqatli va mehru oqibatli bo’lish musulmonlkning birlamchi shartidir
D. Senga nisbatan shafqatli bo’lishlarini istasang, sen qam shafqatli bo’l
34. " Hibat ul-haqoyiq"da aytilishicha doston necha bobdan iborat bo’lgan
A. 10 B. 11 C. 14 D. 15
35. "Hibat ul-haqoyiq" dostonining asosiy qismi qanday mavzu bilan boshlanadi?
A. Tilni tiyish, odob-axloq masalasi, B. Baxillik va saxiylik mavzusi
C. Bilim va jaholat masalasi, D. Dunyoning o’zgaruvchan va foniyligi
36. "Yemishsiz yig’ach", "Iliksiz so’ngak", "Bahosiz bishi" kabi iboralar "Hibat ul-haqoyiq"da qanday kishilarga nisbatan qo’llangan?
A. Xasis kishilarga, B. Takabbur kishilarga
C. Bilimsiz kishilarga, D. Haris (dunyoga hirs qo’ygan) kishilarga
IV MAVZU
1. "Turk elining shayxul mashoyixi" kim va bu kimning ta`rifi.
A) Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, B) Ahmad Yassaviy, Amir Temur
C) Ahmad Yugnakiy, Amir Temur, D) Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy
2. Nafsga qashi kurash g’oyalari kimning asarlarida ko’p tilga olinadi.
A) Ahmad Yassaviy, B) Ahmad Yugnakiy,
C) Yusuf Xos Hojib, D) Mahmud Qoshg’ariy
3. Ahmad Yassaviyning ustozlari kimlar?
A) Arslonbob, Abduxoliq G’ijduvoniy,
B) Yusuf Hamadoniy, Imom A`zam
C) Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G’ijduvoniy,
D) Arslonbob, Yusuf Hamadoniy
4. Ahmad Yassaviy hikmatlari qaysi vazn va she`riy shaklda yozilgan.
A) Aruz vazni, murabba`, B) Barmoq vazni, to’rtlik
C) Erkin vazn, masnaviy, D) Barmoq vazni, masnaviy
5. "Faylasuf" so’zining ikkinchi qismi qanday ma`noni bildiradi:
A) Jundan to’qilgan mato, B) Donishmandlik, C) So’fiy, D) Ko’ngli toza
6. Ibrohim Adham, Abdulloh ibn Muborak:
A) Tasavvufning zohidlik davri namoyandalari, B) Muhaddislar
C) Tasavvufning oriflik davri namoyandalari, D) Qadimgi tarixchilar
7. "Karomoti oliy va nomaqsur" deb ta`riflangan insonni aniqlang.
A. Ahmad Yugnakiy, B. Sulaymon Boqirg’oniy,
C. Ahmad Yassaviy, D. Alisher Navoiy
8. XX asr o’zbek adabiyotshunosligida Ahmad yassaviy ijodini o’rganishga doir ilk tadqiqot muallifi
A. Abdurauf Fitrat, B. A.Sa`diy, C. I.Haqqul, D. N.Mallaev
9. O’zbekistonda Yassaviy hikmatlarini ilk bora yaxlit holda nashr ettirgan olimni belgilang
A. S.Raf`iddinov, B. A.Fitrat, C. M.Hasaniy, D. I.Haqqul
10. Alisher Navoiyning bergan ma`lumotiga ko’ra Sulaymon Boqirg’oniyga Hakim Ota taxallusini kim bergan?
A. Xizr payg’ambar, B. Ahmad Yassaviy,
C. Otasi, D. Xorazm hukmdori
11. Qaysi manbada Hakim Ota va Sulaymon Boqirg’oniy ikki shaxs sifatida noto’g’ ri ko’rsatilgan.
A. "Nasoyim ul-muhabbat", B. "Rashahoti aynil hayot"
C. "Hakim ota kitobi", D. Mallaev N. "O’zbek adabiyoti tarixi"
12. Ahmad Yassaviy bilan bir murshid tarbiyasini olgan mashhur shayx va tariqat asoschisini belgilang
A. Yusuf Hamadoniy, B. Abduxoliq G’ijduvoniy,
C. Bahovaddin Naqshband, D. Hakim Ota.
13. "Oxir zamon muxammasi", "Bibi Maryam kitobi" kabi asarlar muallifi
A. Ahmad Yassaviy, B. Sulaymon Boqirg’oniy, C. Hakim Ota, D. B Va C
14 "Boqirg’on kitobi" ni kim nashrga tayyorladi
A. I.Haqqulov, B. S.Raf`iddinov, C. M.Hasaniy, D. A va B
15. Baytning muallifini toping:
Har kim ko’rsang Xizr bil,
Har tun ko’rsang Qadr bil.
A. Ahmad Yassaviy, B. Sulaymon Boqirg’oniy, C. Alisher Navoiy, D. Atoyi.
16. Bismilloh deb bayon aylab, hikmat aytib,
Toliblarga duru guhar sochtim mano.
Riyozatni mahkam tutib qonlar yutib… - damom ettiring:
A. Ko’ngli qattiq xaloyiqdin qochtim mano,
B. G’ariblarning izin izlab tushdim mano,
C. Man daftari soniy so’zin ochtim mano,
D. Haqdin eshtib bu so’zlarni aydim mano.
17. "Riyozat" so’zini qanday tushunasiz?
A. Shariat qoidalari, B. Nafsga qarshi kurash yo’lidagi mashaqqat
C. Luqma halolligini saqlash. D. Riyokorlikka qarshi kurashish.
V MAVZU
1. "Faxruz zamon" unvoniga sazovor bo’lgan shoirni belgilang
A. Abu Abdullo Ro’dakiy, B. Abulqosim Firdavsiy,
C. Badriddin Chochiy, D. Muhammad Avfiy.
2. Shamsiddin Somiyning tazkirasida qayd qilinishicha Movarounnahrda yashagan paytlarida turkiy tilda ham ijod qilgan mashhur fors-tojik shoiri kim?
A. Xusrav Dehlaviy B. Muhammad Avfiy
C. Pahlavon Mahmud D. Badriddin Chochiy
3. "Kashf ul-asror" (Sirlarning kashf etilishi) asari kimning she`rlarini sharhlash maqsadida yozilgаn
A. Pahlavon Mahmud, B. Muhammad Avfiy,
C. Sa`di Sheroziy, D. Badr Chochiy
4. "Javome` ul-hikoyot" asarining muallifini belgilang
A. Muhammad Avfiy, B. Sa`di Sheroziy,
C. Badr Chochiy, D.Nizomiy Aruziy Samarqandiy,
5. To’rt qismdan iborat bo’lib, har bir qismi 25 bobga ajratilgan hamda ikki mingdan ortiq hikoyat keltirilgan asarni belgilang
A. "Guliston", B. "Latoyif at-tavoyif",
C. "Javome` ul-hikoyot", D. "Lubob ul-albob"
6. "Kanz ul- haqoyiq" nomli falsafiy tasavvufiy masnaviy yozganligi qayd qilingan shoir kim?
A. Badr Chochiy, B. Pahlavon Mahmud,
C. Muhammad Avfiy, D. Nosir Xisrav
7. Alisher Navoiy "Pakkayor" taxallusi bilan qaysi shoirni tilga olgan
A. Pahlavon Mahmud, B. Xusrav Dehlaviy,
C. Pahlavon Muhammad, D. Muhammad Avfiy
8. Pahlavon Mahmudning "Qitoliy" taxallusi bilan yozgan g’azali qaysi manbada keltirilgan?
A. "Majolis ul-ushshoq", B. "Nasoyim ul-muhabbat",
C. "Otashkadai Ozariy", D. "Qomus ul-alam"
9. Uch yuz Ko’hi Qofni kelida tuymoq,
Dil qonidan bermoq falakka bo’yoq,
Yoinki bir asr zindonda yotmoq….
Keyingi misrani to’g’ri belgilang.
A.Hijron azobidan ko’ra yaxshiroq, B. Yorning jafosidan ko’ra yaxshiroq
C.Nodon suhbatidan ko’ra yaxshiroq, D.Nafsning kulfatidan ko’ra yaxshiroq
10. Nosiriddin Rabg’uziyning otasi kim bo’lgan?
A. Raboti o’g’uzning hokimi, B. Raboti o’g’uzning shayxi
C. Raboti o’g’uzning qozisi, D. Otasi haqida aniq ma`lumot yo’q
11. Nosiriddin To’qbug’aning "Iltimos yanglig’ ishorati" bilan yozilgan asarni belgilang
A. "Guliston bit- turkiy", B. "Muhabbatnoma"
C. "Xusrav va Shirin" (Qutb), D. "Qisas ul-anbiyo" (Rabg’uziy)

12. Rabg’uziyning "Qisas ul-anbiyo" asari nechta qadimiy qo’lyozma nusxaga ega, ular qayerda saqlanadi?


A. 2 ta, London va Sankt-Peterburgda,
B. 2 ta, Parij kutubxonasi va Istanbulda
C. 3 ta, Britaniya (London), Leyden (Gollandiya), Sankt- Peterburg,
D. 2 ta, London va Istanbulda
13. Rabg’uziyning "Qisas ul-anbiyo" asarini O’zbekistonda ilk bora kim nashr ettirdi?
A. E.Fozilov, A.Yunusov, H.Dadaboev, B. I.Haqqulov, S.Raf`iddinov
C. Q.Mahmudov, D. Q.Karimov
14. "Yalavoch" so’zi "Qisas ul-anbiyo"da kim yoki kimlarga nisbatan qo’lllangan?
A. Nosiriddin To’qbug’aga, B. Podshohlarga,
C. Payg’ambarlarga, D. Sipohiylarga
15. Yeti yuz o’n erdi yilg’akim bitildi bu kitob,
Tug’mish erdi ul o’g’urda hut saodat yulduzi.
Ushbu baytda qaysi asarning yozilish tarixi ko’rsatilgan?
A. "Muhabbatnoma", B. "Guliston bit turkiy",
C. "Qisas ul-anbiyo", D. "Xusrav va Shirin"
16. "…to`at yo’linda tizgan, ma`siyat yobonin kezgan, oz ozuqluq, ko’p yozuqluq" shoir kim?
A. Ahmad Yassaviy, B. Ahmad Yugnakiy,
C. Sayfi Saroyi, D. Nosiriddin Rabg’o’ziy
17. 1948 yilda H.Gronbek tomonidan Kopengagenda nashr ettirilgan asarni belgilang
A. "Qutudg’u bilig", B. "Muhabbatnoma",
C. "Qisas ul-anbiyo", D. "Hibat ul-haqoyiq"
18. "Qisas ul-anbiyo"dagi Nosiriddin To’qbug’a madhiyasi qaysi she`riy shaklda yozilgan?
A. Masnaviy, B. To’rtlik, C. Musallas, D. Qasida
19. Kun hamalg’a kirdi ersa keldi olam navro’zi,
Kechdi Bahman zamharir qish, qolmadi qori bo’zi…
Turkiy adabiyotdagi ilk lirik g’azal deb baholanuvchi ushbu she`r "Qisas ul-anbiyo"dagi qaysi payg’ambar qissasidan olingan?
A. Nuh (a.s.), B. Sulaymon (a.s.), C. Yusuf (a.s.), D. Muso (a.s.)
20. Qirq kun baliq (nahang) qornida omon qolgan payg’ambarni belgilang
A. Yunus (a.s.), B. Solih (a.s.), C. Yusuf (a.s.), D. Ilyos (a.s.).
21. "Qisas ul-anbiyo"ga ko’ra Parvardigor Odamni qaysi kunda yaratgan?
A. Chorshanba, B. Payshanba, C. Juma, D. Yakshanba
22. Qaysi payg’ambar qissasi "Qissalar go’zali" deb nomlanadi?
A. Dovud (a.s.), B. Muso (a.s.), C. Yusuf (a.s.), D. Iso (a.s.)
23. Jamoling partavidin sham` o’ti gar gulsiton ermas,
Nedin parvona o’t ichra o’zin solur Xaliloso? (Navoiy)
Ushbu baytda qaysi payg’ambar qissasiga ishora qilingan?
A. Dovud (a.s.), B. Muso (a.s.),
C. Yusuf (a.s.), D. Ibrohim (a.s.)

24. Xizr (a.s.) bilan hamroh bo’lib, undan ta`lim olmoqchi bo’lgan, ammo uning g’ayritabiiy ishlariga toqat qila olmagan payg’ambarni belgilang


A. Zulqarnayn, B. Muso (a.s.),
C. Sulaymon (a.s.), D. Idris (a.s.).
25. Zolim shoh Daqyanus zulmidan qochib g’orga yashiringan va uch yuz yil uxlagan imonli kishilar sarguzashti "Qisas ul-anbiyo"ning qaysi bobida keltirilgan
A. "As’hobi kaf" qissasi, B. "As’hobi fil" qissasi,
C. "Zulqarnayn" qissasi, D. "Idris" qissasi
26. "Qisasi Rabqo’ziy" kitobining (Toshkent, 1990) I kitobi qaysi payg’ambar qissasi bilan yakunlanadi?
A. Muso (a.s.) qissasi, B. Sulaymon (a.s.) qissasi,
C. Yusuf (a.s.) qissasi, D. Dovud (a.s.) qissasi
27. Rabg’o’ziyning "Qisas ul-anbiyo" asaridagi she`riy parchalar qaysi tilda yozilgan?
A. Turkiy tilda, B. Turkiy va fors-tojik tilida,
C. Turkiy va arab tilida, D. Barchasi to’g’ri.
28. Rabg’o’ziyning "Qisas ul-anbiyo" asarida necha payg’ambar tarixi bayon etilgan?
A. 20 B. 23. C. 30 D. 35

VI MAVZU
1. O’zbek adabiyotida noma janrida yozilgan ilk asarni belgilang:


A. "Latofatnoma", B. "Muhabbatnoma",
C. "Taashshuqnoma", D. "Dahnoma"
2. Quyidagi asarlar orasidan noma janrida yozilganlarini belgilang:
1. "Shohnoma", 2. "Muhabbatnoma", 3. "Siyosatnoma", 4. "Latofatnoma", 5. "Taashshuqnoma", 6. "Dahnoma", 7. "Zafarnoma", 8. "Saodatnoma"
A. 2, 3, 4, 5, 7. B. 2, 4, 5, 6.
C. 1, 2, 4, 5, 8. D. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8.
3. Noma janrida yozilgan quyidagi asarlarning mualliflarini to’g’ri tartibda joylashtiring: 1. "Muhabbatnoma", 2. "Latofatnoma", 3. "Taashshuqnoma", 4. "Dahnoma", 5. "Haqiqatnoma"
A. Xorazmiy, Xo’jandiy, Said Ahmad, Yusuf Amiriy, Said Qosimiy.
B. Xorazmiy, Said Ahmad, Xo’jandiy, Yusuf Amiriy, Said Qosimiy.
C. Xo’jandiy, Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Said Ahmad, Said Qosimiy.
D. Xorazmiy, Xo’jandiy, Yusuf Amiriy, Said Qosimiy, Said Ahmad.
4. Muhammaddin muhabbat bo’ldi paydo,
Meni bunday muhabbat qildi shaydo.
Ushbu bayt qaysi asar muqaddimasidan olingan?
A. Xo’jandiyning "Latofatnoma", B. Xorazmiyning "Muhabbatnoma"
C. Durbekning "Yusuf va Zulayho", D. Said Qosimiyning "Haqiqatnoma"
5. Ushbu bayt haqida bildirilgan to’g’ri fikrlarni belgilang:
Tahammul yaxshi ishdur pesha qilmoq,
Taxayyul birla ham andesha qilmoq
1. Xorazmiy qalamiga mansub, 2. Xo’jandiy qalamiga mansub, 3. Said Ahmad qalamiga mansub, 4. Asar shu bayt bilan boshlanadi, 5. Bu bayt asarda bir necha marotaba takrorlangan, 6. Bu bayt Xorazmiyga nazira tarzida yozilgan, 7. Asar shu bayt bilan yakunlanadi, 8. Bu bayt Alisher Navoiyning nazariga tushgan
A. 3, 5, 6. B. 1, 5, 8. C. 2, 4, 6. D. 1, 7, 8.
6. Ushbu baytda qaysi asarning yozilish tarixi ko’rsatilgan va bu qaysi yilga to’g’ri keladi?
Bitidik emdi tarixini kotib,
Erur tarixi uchun "zabti vojib".
A. "Latofatnoma", 823. B. "Taashshuqnoma", 812.
C. "Muhabbatnoma", 754. D. "Dahnoma", 823.
7. Sekiz yuz o’ttuzu to’qquzda erdi,
Ki so’z poyona yetmak dast berdi - baytida ko’rsatilgan sana (melod.) va uning muallifini toping
A. 1435, "Taashshuqnoma". B. 1353, "Muhabbatnoma".
C. 1435, "Latofatnoma". D. 1430, "Dahnoma".
8. Muhabbat jomidin ichsang sharobe,
"Muhabbatnoma"ga aysang javobe… "Muhabbatnoma"ga javob aytmoqchi bo’lgan shoirni toping
A. Xo’jandiy. B. Said Ahmad. C. Yusuf Amiriy. D. Xorazmiy.
9. Xorazmiy "Muhabbatnoma"sining uyg’ur yozuvidagi nusxasini ko’chirgan kotib nomini aniqlang
A. Abdurazzoq Baxshi. B. Boqi Mansur.
C. Abduljamil kotib. D. Zaynulobiddin.
10. "Muhabbatnoma" tarkibidagi shoir hayotiga oid ba`zi ma`lumotlar berilgan bobni aniqlang
A. "Avval ko’rishganin aytur". B. "Bayoni voqein aytur".
C. "Forsiy hikoyat". D. Barchasi to’g’ri.

11. Xorazmiy "Muhabbatnoma"si qaysi janrdagi she`r bilan yakunlanadi?


A. Masnaviy. B. Munojot.
C. Fard. D. G’azal.
12. Ko’ngul bahrinda ko’p gavharlaring bor,
Ochunda forsiy daftarlaring bor… ushbu bayt:
A. Shoir (Xorazmiy)ning o’z-o’ziga qaratilgan nutqi.
B. Shoirning hukmdorga qaratilgan nutqi..
C. Hukmdorning shoirga qaratilgan nutqi.
D. Hukmdor (Xo’jabek)ning o’z-o’ziga qaratilgan nutqi.
13. Xorazmiy taxallusi bilan yozilgan g’azal qaysi manbada uchraydi?
A. Sayfi Saroyi asarlari qo’lyozmasida.
B. Navoiyning "Majolis un-nafoyis" tazkirasida
C. Lutfiy devonining qo’lyozma nusxasida.
D. "Yodgornoma" deb nomlangan tarixiy manbada.
14. Ushbu matla` muallifini belgilang;
Soldi niqob chehratin ul turki xovari,
Bo’ldi jahon yuzi yana oynadek ari.
A. Sayfi Saroyi. B. Rabg’o’ziy.
C. Xorazmiy. D. Atoyi.
15. Fariduddin Attor asarlarining turkiy tildagi ilk badiiy tarjimalaridan bo’lgan asarni belgilang:
A. Lutfiy - "Zafarnoma" asari. B. Sayfi Saroyi - "Guliston bit-turkiy.
C. Said Qosimiy - "Haqiqatnoma" D. Haydar Xorazmiy - "Gulshan ul-asror"
16. Noma janri uchun aruzning qaysi vazni xos?
A. Hazaji musammani mahzuf, B. Ramali musaddasi mahzuf,
C. Hazaji musaddasi mahzuf, D. Ramali musammani mahzuf.
17. Qilur Ayyubni dardu g’am bila yor,
Ham ul o’t ichra Ozar o’g’lin asror… - baytning ikkinchi misrasi kim haqida?
A. Muso payg’ambar, B. Nuh payg’ambar,
C. Yunus payg’ambar, D. Ibrohim payg’ambar.
18. Alisher Navoiy "Muhokamat ul-lug’atayn"da Xorazmiyning qaysi baytini keltirgan?
A. Ayo, ko’rk ichra olam podshohi,
Jahon tutti sening mulking sipohi.
B. Saburdin yaxshi yo’qtur pesha qilsam,
Bu yo’lda sabr yo’q andesha qilsam.
C. Bo’yung sarvu sanubardek, beling qil,
Vafo qilg’on kishilarg’a vafo qil.
D. Aningkim ol enginda meng yaratti,
Bo’yi birla sochini teng yaratti.
19. Qaysi shoir noma janriga epik xususiyat berib, nomalarni kichik bir voqea bilan qoliplagan?
A. Yusuf Amiriy, B. Xo’jandiy, C. Said Ahmad, D. Said Qosimiy.
20. Qaysi shoir o’z asarini "Misr qandi" deb ta`riflagan?
A. Sayfi Saroyi, B. Durbek, C. Haydar Xorazmiy, D. Xorazmiy.

VII MAVZU


1. "Panj ganj" tarkibidagi dostonlarning turkiy tildagi ilk badiiy tarjimasini belgilang
A. Haydar Xorazmiyning "Maxzan ul-asror",
B. Qutbning "Xusrav va Shirin"
C. Sayfi Saroyining "Guliston bit-turkiy",
D. Lutfiyning "Zafarnoma" dostoni.
2. Qutbning "Xusrav va Shirin" dostoni qaysi hukmdor nomiga bitilgan?
A. Jonibekxon, B. Tinibekxon, C.Tavg’ach Bug’raxon, D. Arslonxo’ja Tarxon
3. Ushbu bayt qaysi asarga tegishli?
Qozontek qaynab-ush savdo pishirdim,
Nizomiy bolidin halvo pishirdim.
A. Haydar Xorazmiy, "Maxzan ul-asror", B. Qutb, "Xusrav va Shirin"
C. Navoiy, "Farhod va Shirin", D. Xorazmiy, "Muhabbatnoma"

4. Nizomiy Ganjaviyning 102 bobdan iborat bo’lgan "Xusrav va Shirin" dostoni Qutbning badiiy tarjimasida necha bobdan iborat?


A. 91 B. 96 C. 98 D. 102.
5. Qutbning "Xusrav va Shirin" dostoni qaysi kotib tomonidan ko’chirilgan?
A. Abdurazzoq Baxshi, B. Zaynulobiddin,
C. Hasan qora Sayl Shams, D. Barka Faqih.
6. Sayfi Saroyi asarlarining yagona qo’lyozma nusxasi qaerda saqlanadi?
A. Sankt-Peterburgda, B. Venadagi qirollik kutubxonasida
C. Gollandiyaning Leyden universitetida, D. Londondagi Britaniya muzeyida
7. Sayfi Saroyi she`rlari va "Guliston" asarini ilk bora O’zbekistonda nashr ettirgan olimni belgilan?
A. E.Fozilov B. H. Dadaboev C. B.To’xliev D. P.Shamsiev
8. Mavlono Qozi Muhsin, Mavlono Ishoq, Xorazmiy, Abdulmajid kabi shoirlarning g’azallariga nazira yozgan shoirni belgilang
A. Sayfi Saroyi B. Lutfiy C. Haydar Xorazmiy D. Atoyi
9. Muddati hijrat edi yuz to’qson uch,
Yil edikim, oz edi olamda kuch.
Ushbu baytda qaysi asarning yozilish tarixi ko’rsatilgan?
A. "Qisas ul-anbiyo", B. "Muhabbatnoma"
C. "Guliston bit-turkiy", D. Suhayl va Guldursun".
10. Yoz kuni bir bo’stonda olimlar davrasida bir ulug’ olimning bayt vazniga doir qiyin savoliga javob bergach, o’sha olim bir mashhur asarni turkiy tilga tarjima qilishni taklif qiladi. Buning natijasi o’laroq yaratilgan asarni belgilang:
A. Sayfi Saroyi "Suhayl va Guldursun",
B. Haydar Xorazmiy "Gulshan ul-asror"
C. Qutb "Xusrav va Shirin",
D. Sayfi Saroyi "Guliston bit-turkiy"
11. Amir Batxasbek (ba`zi manbalarda Tayxosbek) nomiga bitilgan asarni toping
A. Sayfi Saroyi "Suhayl va Guldursun",
B. Haydar Xorazmiy "Gulshan ul-asror"
C. Qutb "Xusrav va Shirin",
D. Sayfi Saroyi "Guliston bit-turkiy"
12. "Guliston bit-turkiy" necha bobdan iborat?
A. Olti bob. B. Etti bob. C. Sakkiz bob. D. To’qqiz bob.
13. Amir Temurning Xorazmga qilgan yurishi tasviri bilan boshlanuvchi asarni belgilang
A. "Gul va Navro’z", B. "Yusuf va Zulayho",
C. "Suhayl va Guldursun", D. "Gulshan ul-asror".
14. Sayfi Saroyi nazmi husnung sifoti birla
Doim bu el tilinda xush dilsiton ko’rinur
Ushbu bayt mazmuniga mos atamani toping?
A. Hasbu hol. B. Mav`iza. C. Faxriya. D. Madhiya
15. "Guliston bit-turkiy" asari qaysi to’plam tarkibida nashr ettirilgan?
A. "Navoiyning nigohi tushgan", B. "Hayot vasfi",
C. "Uch bulbul gulshani", D. "Muborak maktublar"

16. Baytning manbaini aniqlang:


Menki pishirdim bu laziz oshni,
Shayx nizomiydin olib choshni.
A. "Xusrav va Shirin" (Qutb). B. "Gulshan ul-asror".
C. "Hayrat ul-abror". D. "Farhod va Shirin".
17. "Qorun bilan Bahlul" hikoyati qaysi asarda keltirilgan?
A. "Qisas ul-anbiyo" B. "Gulshan ul-asror".
C. "Hayrat ul-abror". D. "Sab`ayi sayyor".
18. Alisher Navoiy kimni Sulton Iskandar zamonida shuhrat qozongan shoir sifatida tilga oladi?
A. Mavlono Atoyi. B. Mavlono Sakkokiy.
C. Mavlono Lutfiy. D. Mavlono Haydar (Xorazmiy).
19. "Gul va Navro’z" dostonidagi Chin Xoqonining chegaralarini himoya qilgan zangi (qora tanli) shafqatsiz odam timsolini toping.
A. Bahman. B. Yaldo.
C. Shayx Najdiy. D. Javhar.
20. Nasr edi, bu qissa dog’i porsi,
Erdi anga jon ko’zi nazzorasi.
Bor edi ko’ngulda burundin bu azm,
Turki tili birlamu qilsam bu nazm.
Ushbu baytlar qaysi asarning yozilish tarixi haqida?
A. "Gul va Navro’z". B. "Suhayl va Guldursun".
C. "Yusuf va Zulayho". D. "Guliston bit-turkiy".
21. Qaysi asarning yozilish tarixi "zod", "he" va "dol" harflari bilan berilgan?
A. "Gul va Navro’z". B. "Suhayl va Guldursun".
C. "Yusuf va Zulayho". D. "Guliston bit-turkiy".
22. Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog’a" asari topilgach, qaysi doston muallifi masalasiga bir qadar oydinlik kiritildi?
A. "Yusuf va Zulayho". B. "Gulshan ul-asror".
C. "Gul va Navro’z". D. "Suhayl va Guldursun".
23. "Yusuf va Zulayho" dostoni qaysi bahrda yozilgan?
A. Hazaj. B. Ramal. C. Sari`. D. Mutaqorib.
24. Kichik davlatlarni birlashtirib, katta, mustahkam davlat tuzish g’oyasi qaysi asar xotimasida bor?
A. "Gul va Navro’z". B. Suhayl va Guldursun".
C. "Yusuf va Zulayho". D. "Gulshan ul-asror".
25. Balx shahri qamali qaysi asar muqaddimasida tasvirlangan?
A. "Gul va Navro’z". B. Suhayl va Guldursun".
C. "Yusuf va Zulayho". D. "Gulshan ul-asror".
26. "Yusuf va Zulayho" dostonidagi ushbu nutq qaysi timsolga tegishli?
Meni bu o’g’lonlaring ushbu zamon,
Tuttilaru qildilar og’zimni qon.
Ushbu jamoat bori osiy erur,
Yusufingga barchasi joniy erur.
A. Yusuf. B. Tujjor (savdogar). C. Kiyik. D. Bo’ri.
27. "Zod" edi tarix taqi “he”yu “dol”,
Muddati hijratdin o’tub mohu sol-
bayti qaysi asardan olingan va u qachon yozilgan?
A. "Gul va Navruz" dostonidan , 1417 yil.
B. "Yusuf va Zulayho" dostonidan, 1409 yil.
C. "Hayrat ul-abror" dostonidan, 1483 yil.
D. Atoyining devonidan, 1438 yil.

28. Dedi: "Ayo, ikki ko’zim ravshani,


Boshdin ayoq, o’rtading o’g’lim mani.
Bu ne alam, bu ne qazodur sanga?
Bu ne sitam, bu ne jafodur sanga?
Ona tilidan aytilgan ushbu iztirobli baytlar qaysi asar qahramoniga tegishli?
A. "Gul va Navro’z". B. "Xusrav va Shirin".
C. "Suhayl va Guldursun". D. "Yusuf va Zulayho".
29. "Gul va Navro’z" dostonidagi Javhar kim?
A. Gulni suvdan qutqarib olgvan g’avvos.
B. Gul va Navro’z suzgan kema xo’jayini.
C. Adan davlatining pahlavon jangchisi.
D. Gul va Navro’zga Chindagi butxonadan qochishga ko’maklashgan kishi.
30. Ushbu hikmatli bayt qaysi shoir qalamiga tegishli?
Har neki sotsang bu kun, ey hushyor,
Ham senga-o’q sotqay ani ro’zgor.
A. Navoiy. B. Atoyi.
C. Haydar Xorazmiy. D. Sayfi Saroyi.
31. Qaysi manbada Haydar xorazmiyning ikki dostoni xamsanavislik an`analarining namunasi sifatida (vazniga ko’ra) tilga olingan.
A. "Majolis un-nafoyis". B. "Muxtasar".
C. "Mezon ul-avzon". D. "Boburnoma".

VIII MAVZU


1. Alisher Navoiy tomonidan "darveshvash, xushxulq va munbasit" deya ta`riflangan shoirni aniqlang?.
A. Atoyi. B. Sakkokiy. C. Gadoyi. D. Lutfiy.
2. Atoyi devonini aniqlagan va ilk bora uning 17 ta g’azalini e`lon qilgan olimni aniqlang.
A. A.Samoylovich. B. N.Ilminskiy. C. A.Fitrat. D. V.Radlov.
3. Otoyi. "Tanlangan asarlar" nomi bilan shoir g’azallarini 1958 yilda nashr ettirgan olimni belgilang?
A. E.Fozilov. B. E.Rustamov. C. S.Raf`iddinov. D. E.Ahmadxo’jaev.
4. Atoyi g’azallari "O’zbek adabiyoti bo’stoni" seriyasidagi qaysi to’plamga kiritilgan?
A. Qadimiy hikmatlar". B. "Uch bulbul gulshani".
C. Muborak maktublar". D. "Hayot vasfi".

5. "Majoz va haqiqat" monografiyasining muallifini toping.


A. I.Haqqulov. B. S.Raf`iddinov. C. N.Komilov. D. E.Rustamov.
6 Atoyi devonida nechta g’azal mavjud?
A. 300 ta. B. 280 ta. C. 270 ta. D. 260 ta.
7. Navoiy bergan ma`lumotga ko’ra Atoyi qabri qayerda joylashgan?
A. Hirot yaqinida. B. Samarqand yaqinida.
C. Balxda. D. Mashhadda.
8. Turkiy adabiyotdagi ilk mustazod qaysi shoir adabiy merosida uchraydi?
A. Atoyi. B. Gadoyi. C. Lutfiy. D.Navoiy.
9. Navoiy nazariga tushgan ushbu bayt muallifini belgilang.
Ul sanamkim suv yaqosinda paridek o’lturur,
G’oyati nozukligidin suv bila yutsa bo’lur.
A. Atoyi. B. Gadoyi. C. Lutfiy. D. Sakkokiy.
10. Navoiy ushbu baytda qanday "aybg’ina" borligini qayd etgan?
Ul sanamkim suv yaqosinda paridek o’lturur,
G’oyati nozukligidin suv bila yutsa bo’lur.
A. Vaznda xato. B. Qofiyada nuqson.
C. Mantiqiy mutanosiblik yo’q. D. Tasvir o’ta mubolag’ali
11. Atoyi g’azallarida eng ko’p uchraydigan vaznni belgilang.
A. Hazaji musaddasi mahzuf. B. Ramali musaddasi mahzuf.
C. Hazaji musammanim mahzuf. D. Ramali musammani mahzuf.
12. Ushbu bayt bilan boshlanuvchi she`rning janri va muallifini toping:
Jahondin ketti tashvishu, mabodoyi amon keldi,
Xaloyiq aysh eting, bu kun sururi jovidon keldi.
A. G’azal, Atoyi. B. Masnaviy, Gadoyi.
C. G’azal, Lutfiy. D. Qasida, Sakkoiy.
13. Taxallusi Pichoqchi degan ma`noni bildirvuvchi shoirni aniqlang.
A. Atoyi. B. Sakkokiy.
C. Gadoyi. D. Suhayliy.
14. Quyida keltirilgan shoirlardan qaysilari "Majolis un-nafoyis"da tilga olingan:
1. Sayfi Saroyi. 2. Haydar Xorazmiy. 3. Xorazmiy. 4. Atoyi. 5. Durbek. 6. Gadoyi. 7. Lutfiy.
A. 2, 4, 6, 7. B. 2, 3, 4, 7. C. 1, 4, 5, 7. D. 4, 5, 6, 7.
15.Gadoiy devonida qanday janrdagi she`rlar mavjud?
A. g’azal, qasida, mustazod, tuyuq. B. g’azal, qasida, masnaviy, ruboiy.
C. g’azal, ruboiy, mustazod, to’rtlik. D. g’azal, qit`a, to’rtlik, fard.
16. Gadoiy devonida to’rtlik deb berilgan she`rlar aslida qaysi janrga mansub?
A. Ruboiy. B. Qit`a.
C. Tuyuq. D. Murabba`.
17. "Man arafa nafsahu faqad arafa robbah". Ko’pchilik shoirlarning asarlarida eslatib o’tiladigan ushbu hadisi sharif ma`nosi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A. Nafsni tiymoq saodat belgisi.
B. O’z nafsini tanigan robbisini qam taniydi.
C. Robbini tanish nafsni tanishdan boshlanadi.
D. Nafs insonning dushmani.
18. Turkiy adabiyotda qasidani alohida janr darajasiga ko’targan shoirni aniqlang.
A. Atoyi. B. Sakkokiy.
C. Gadoyi. D. Lutfiy.
19. Navoiyning bergan ma`lumotiga ko’ra Samarqandda Sakkokiy va Lutfiy qaqida qanday noto’g’ri fikr mavjud edi?
A. Lutfiyning barcha yaxshi she`rlari aslida Sakkokiy qalamiga mansub.
B. Sakkokiy Lutfiy she`rlarini o’qirlagan.
C. Sakkokiy Lutfiyni hajv qilib she`rlar yozgan.
D. Lutfiy Sakkokiyni hajv qilib she`rlar yozgan.
20. Alisher Navoiy Atoyini kimning avlodidan deb ta`riflaydi?
A. Ahmad Yassaviy. B. Zangi Ota. C. Ismoil Ota. D. Hakim Ota.

IX MAVZU
1. "Zafarnoma" asarini turkiyga tarjima qilgan shoirni toping.


A. Atoyi. B. Lutfiy. C. Sayfi Saroyi. D. Haydar Xorazmiy.
2. Lutfiyning tariqat yo’lidagi ustozi kim edi?
A. Xo’ja Ahrori Vali. B. Said Qosimi Anvor.
C. Sa`duddin Koshg’ariy. D. Shahobiddin Xiyoboniy.
3. Qaysi manbada Lutfiy Shoshiy (Toshkentlik) nisbasi bilan tilga olingan?
A. "Muxtasar". B. "Majolis un-nafoyis".
C. "Boburnoma". D. "Funun ul-balog’a".
4. Alisher Navoiy Lutfiy haqida "mutaazzirul javob matla`lari bor" deganda nimani nazarda tutgan?
A. Mashhur shoirlarning she`rlariga javob tarzida yozilgan matla`.
B. Ko’p shoirlar javob yozishga harakat qilgan matla`.
C. Javob aytib bo’lmaydigan yoki juda qiyin bo’lgan matla`.
D. Savol-javob tarzida yozilgan matla`.
5. Umrining oxirlarida "oftob" radifli forscha qazal yozgan shoirni belgilang.
A. Lutfiy. B. Jomiy. C. Atoyi. D. Navoiy.
6. Ushbu faxriya baytda Lutfiy o’zini qaysi mashhur fors-tojik shoiriga qiyoslaydi?
Ulug’bekxon bilar Lutfiy kamolin,
Ki rangin she`ri …din qolishmas.
A. Sa`diy (Sheroziy). B. Hofiz (Sheroziy).
C. Salmon (Sovajiy). D. Xusrav (Dehlaviy).
7. Ushbu she`r janri va muallifini toping.
Ey avji malohat ustida oy yuzluk,
Gulzori latofat oro nargis ko’zluk,
Qoshingda agarchi egrilik bor vale,
Ul sarv kibi qaddingg’a bordur tuzluk.
A. Lutfiy, to’rtlik. B. Gadoyi, ruboiy. C. Gadoyi, tuyuq. D. Lutfiy, ruboiy.
8. Ayoqingg’a tushar har lahza gesu,
Masaldurkim, chiroq tubi qorong’u… - matla`i bilan boshlanuvchi g’azal uchun xarakterli bo’lgan tasvir vositasini toping.
A. Munozara usulida yozilgan. B. Irsoli masal san`ati asosida yozilgan.
C. Raddul-matla` usuli qo’llangan. D. Portret san`ati yetakchilik qiladi.
9. Navoiyning ma`lumotiga ko’ra Lutfiy umrining so’ngida yozgan bir bayt forscha she`rini kimga vasiyat qilib qoldirgan?
A. Navoiyga. B. Husayn Boyqaroga. C. Shayxim Suhayliyga. D. Jomiyga.
10. "Malik ul-kalom - Mavlono Lutfiy" (lotin yozuvida) nomli qo’llanma (1999) muallifini aniqlang.
A. S.Erkinov. B. B.Valixo’jaev. C. E.Ahmadxo’jaev. D. A.Haitmetov.
11. “Turkiy nazm sehrgari” (Lutfiy) ta’rifining muallifini aniqlang.
A. S.Erkinov. B. B.Valixo’jaev. C. E.Ahmadxo’jaev. D. A.Haitmetov.
12. Lutfiy devonini O’zbekistonda ilk bora nashr ettirgan olimni aniqlang
A. S.Erkinov. B. B.Valixo’jaev. C. E.Ahmadxo’jaev. D. A.Haitmetov.
13. "Humeyai hulal" asari muallifi, mavzusi
A. Fariduddin Attor, diniy, B. Xo’ja Ahror, axloqiy,
C. Jomiy, ilmiy, D. Navoiy, ilmiy
14. Abdurahmon Jomiyning devonini belgilang.
A. "Fotehat ush-shabob", B. "Bahoriston", C. "Sharhi Jomiy", D."Xiradnoma"
15. Abdurahmon Jomiy nechta she`riy devon tuzgan?
A. 4 ta, B. 3 ta, C. 7 ta, D. 8 ta
16. Sa`diyning "Guliston" asariga o’xshatma sifatida yaratilgan asar.
A. Jomiy, "Bahoriston", B. Navoiy, "Lison ut-tayr",
C. Husayniy "Risola", D. Suhayliy "Layli va Majnun"
17. Navoiy tomonidan "Yori aziz" deb e`zozlangan shoir.
A. Shayximbek Suhayliy, B. Ahmad Hojibek,
C. Said Hasan Ardasher, D. Mirzobek Samarqandiy
18. "Layli va Majnun" nomida asarlar yaratgan ijodkorlarni toping.
A. Shayximbek Suhayliy, Navoiy, B. Xusrav Dehlaviy, Nizomiy
C. Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, D. Barcha javoblar to’g’ri
19. Musiqa sohasida asarlar yaratgan ijodkorlarni belgilang.
A. Abdurahmon Jomiy, B. Darveshali Changiy,
C. Husayn Udiy, D. Barcha javoblar to’g’ri
X-XI MAVZU

1. Alisher Navoiy Samarqandga jo’nashdan oldin kimga maktub yozgan:


A. Abdurahmon Jomiyga, B. Husayn Boyqaroga,
C. Xoja Ahrori Valiga, D. Said Hasan Ardasherga
2. Navoiy haqida ma`lumot beruvchi asarni belgilang.
A. Xondamirning "Makorim ul-axloq", B. Jomiyning "Bahoriston"
C. H.Boyqaroning "Risola"si, D. Barcha javoblar to’g’ri
3. "Alisherbek naziri yo’q kishi erdi. Turkiy til bila to she`r aytibturlar, hech kim oncha ko’p va xo’b aytqon emas"-Navoiy haqidagi ushbu ta`rif muallifi.
A. A.Jomiy, B. V.Dog’istoniy, C. Z.M.Bobur, D. G.Vamberi.
4. "Majolsi un-nafois"da qayd qilinishicha Navoiyning birinchi yod olgan bayti qaysi shoir qalamiga mansub?
A. Said Qosimi Anvor. B. Xusrav Dehlaviy.
C. Shayx Sa`diy. D. Mavlono Lutfiy.

5. Navoiyning Kamol Turbatiy bilan uchrashuvi qaerda voqe bo’lgan va bu qaysi manbada qayd etiladi?


A. Mashhadda, "Makorim ul-axloq"da.
B. Hirotda, "Badoye` ul-bidoya"da.
C. Mashhadda, "Majolis un-nafois".
D. Samarqandda, "Makorim ul-axloq"
6. Alisher Navoiyga maxsus atab yozilgan asarni belgilang.
A. "Badoye` ul-vaqoye`". B. "Makorim ul-axloq".
C. "Ravzat us-safo". D. "Risola".
7. 1987 yilda boshlanib 2003 yilda nihoyasiga etkazilgan Alisher Navoiyning Mukammal asarlar to’plami necha tomdan iborat.
A. 15. B. 20. C. 4. D. 22.
8. "Majolis un-nafois"da qayd qilinganiga ko’ra Navoiy aruz ilmini dastlab kimdan o’rgangan?
A. Xo’ja Yusuf Burhon. B. Abdurahmon Jomiy.
C. Darvesh Mangsur. D. Fazlulloh Abulaysiy.

9. Chi charx ofarinho bar on kilk bod,


Ki on naqshi matbu` az on kilk zod.
Ushbu baytlar bilan boshlanuvchi tarif kimga qaratilgan va qaysi asardan olingan?
A. Navoiyga, "Xiradnoma"dan, B. Jomiyga, "Devoni Foniy"dan.
C. Navoiyga, "Bahoriston", D. Navoiyga, "Layli va Majnun".

10. "Majolis un-nafois"da qayd qilinishicha Navoiyning musiqa ilmidagi birinchi ustozi kim?


A. Xo’ja Yusuf Burhon. B. Abdurahmon Jomiy.
C. Darvesh Mansur. D. Fazlulloh Abulaysiy.
11. O’tmish o’zbek epik poeziyasini yaxlit tadqiq etgan olim:
A. R.Muqumov, B.Xolid Rasul,
C. S.Erkinov, D. B.Valixo’jaev
XII MAVZU
1. Alisher Navoiyning g’azalchilikdagi ustozlari haqidagi qit`asida qaysi shoirlar tilga olingan:
A. Fariduddin Attor, Lutfiy, Jomiy. B. Sa`diy, Lutfiy, Jomiy
C. Nizomiy, Amir Xusrav, Jomiy. D. Hofiz Sheroziy, Amir Xusrav, Jomiy
2. Navoiyning turkiy va forsiy devonlarini umumlashtirganda lirikaning necha xil janrida ijod qilgan bo’ladi?
A. 12, B. 14, C. 16, D. 18
3. Ko’zing ne balo qaro bo’lubtur,
Kim jonga qaro balo bo’lubtur.-
Ushbu bayt bilan boshlangan Navoiy g’azali kimning baytiga tazmin qilingan?
A. Husayniy, B. Mirzobek, C. Shayxim Suhayliy, D. Kavkabiy,

4. "Xazoyin ul-maoniy" da necha xil janrdagi she`rlar o’rin olgan?


A. 16 xil, B. 19 xil, C. 7 xil, D. 14 xil
5. Alisher Navoiyning "Nazm ul-javohir" asari…
A. Nasriy debocha, 266 ruboiydan iborat, B. 260 ruboiydan iborat,
C. She`riy debocha, 88 qit`adan iborat, D. G’azallardan iborat
6. Navoiyning forsiy qasidalarini belgilang.
A."Hiloliya", B."Siroj ul-muslimiyn",
C."Sittai zaruriya", D."Risolai muammo"
7. Qaysi asarning qo’lyozma nusxasida Navoiyning dastxati va muhri mavjud?
A. Badoe` ul-bidoya. B. "Navodir un-nihoya".
C. "Xamsa". D. "Xazoyin ul-ma`oniy".
8. Hazrat Aliga nisbat beriladigan "Nasr ul-laoliy" hikmatlar to’plamining badiiy tarjimasi deya baholanuvchi asarni belgilang.
A. "Siroj ul-muslimin". B. "Nazm ul-javohir".
C. "Arba`in". D. "Tuhfat ul-afkor"
9. Quyidagi janrlardan qaysilari "Xazoyin ul-ma`oniy"ning faqat bitta qismigagina kiritilgan?
A. Qit`a, muxammas, ruboiy, tuyuq, muammo, fard.
B. Muxammas, ruboiy, tuyuq, muammo, fard.
C. Ruboiy, tuyuq, muammo, fard.
D. Tuyuq, muammo, fard.
10. Quyidagi janrlardan qaysilari "Xazoyin ul-ma`oniy"ning barcha qismlariga kiritilgan?
A. G’azal, ruboiy, qit`a, qasida B. G’azal, ruboiy, qit`a,
C. G’azal, qit`a D. Faqat g’azal.
11. Birinchi bayti yo’lda, ot ustida yozilgan asarni belgilang?
A. "Hiloliya". B. Tuhfat ul-afkor".
C. Said Hasan Ardasherga maktub. D. "Xamsa".
12. Ushbu she`rning janrini belgilang:
Kamol et kasbkim, olam uyidin,
Sanga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o’tmak biaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
A. To’rtlik. B. Qit`a. C. Ruboiy. D. Murabba`.
13. "Xazoyin ul-ma`oniy"ning o’ndan ortiq nusxalarini qiyosan o’rganib ilk bora to’liq holda nashrga tayyorlagan olimni belgilang.
A. P.Shamsiev. B. H. Sulaymonov.
C. A. Rustamov. D. A.Haitmetov.
14. Asosan ijtimoiy va axloqiy mavzulardagi she`rlar bitiladigan janrni belgilang
A. G’azal. B. Ruboiy. C. Qit`a. D. Tuyuq

XIII-XIV MAVZU


1. "Saddi Iskandariy" dostonining so’nggi bobida Navoiyning xayoliy jannatmisol bog’da shoirlar davrasida paydo bo’lganligi tasvirlanadi. Shunda Navoiyni duo qilish vazifasini qaysi mashhur shoir o’z zimmasiga oladi?
A. Nizomiy Ganjaviy. B. Jomiy.
C. Jaloliddin Rumiy. D. Xusrav Dehlaviy.
2. Muni bilkim, jahon fonirydur asru,
Haqiqat ahli zindoniydur asru.
Ushbu bayt bilan boshlanadigan monolog "Farhod va Shirin" dostonidagi kimga tegishli?
A. Mulkoro. B. Xoqon. C. Suhaylo. D. Suqrot
3. "Hayrat ul-abror"dagi bir hikoyatda Anushervon qaysi insoniy fazilat timsoli sifatida keltirilgan?
A. Adolat. B. Sabr-toqat. C. Hayo, adab. D. To’g’ri so’zlik.
4. "Muhokamat ul-lug’atayn"dagi ma`lumotlarga ko’ra "Xamsa" tarkibidagi "Layli va Majnun" dostonining yozilishida qaysi manba asos vazifasini bajargan?
A. Nizomiyning "Layli va Majnun" dostoni.
B. Suhayliyning "Layli va Majnun" dostoni.
C. Jomiyning "Layli va Majnun" dostoni.
D. Hoju Kirmoniyning "Gavharnoma" dostoni.
5. Bog’ini riyozi xurram etsam,
Shahrini savodi a’zam etsam. Ushbu bayt qaysi doston rejasiga tegishli?
A. "Farhod va Shirin". B. "Layli va Majnun.
C. "Sab`ayi sayyor". D. "Saddi Iskandariy".
6. Gulchehra timsoli "Sab`ayi sayyor" dostonidagi qaysi hikoyatda mavjud?
A. "Farrux va Axiy". B. "Jo’na va Mas`ud".
C. "Mehr va Suhayl". D. "Shahzoda Sa`d".
7. Xusrav Dehlaviyning "Xamsa"sida Nizomiy an`analariga nisbatan qanday o’zgarish yaqqol ko’zga tashlanadi?
A. Dostonlarning mavzusida. B. Dostonlarning vaznida.
C. Dostonlarning tartibida. D. Yaqqol o’zgarish yo’q.
8. Besh yasamish tangri taborak ani,
Desa bo’lur "Xamsi muborak" ani.
Baytda tilga olingan "Xamsi muborak" (Muborak beshlik) nima ekanligini belgilang.
A. "Xamsa"dagi beshta doston. B. Insondagi beshta sezgi.
C. Islomdagi beshta rukn. D. Besh mahal namoz.
9. "Layli va Majnun" dostonini tasavvufiy ruhda o’rganishga bag’ishlangan ilk tadqiqotlardan biri "Ishq otashining samandari" nomli maqola muallifini belgilang.
A. I.Haqqulov. B. N.Komilov. C. B. Valixo’jaev. D. R.Vohidov.
10. "Farhod va Shirin" dostonida qaysi temuriyzodalar haqida alohida bob mavjud?
A. Husayn Boyqaro. B. Badiuzzamon.
C. Shoh G’arib Mirzo. D. B va C
11. Navoiyning ushbu mashhur baytlari "Hayrat ul-abror"ning qaysi maqolatidan olingan?
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a.
Tun kunungga aylagali nur fosh,
Birisin Oy angla birisin Quyosh.
A. Islom haqidagi birinchi maqolat. B. Karam haqidagi beshinchi maqolat.
C. Adab haqidagi oltinchi maqolat. D. Baytlar doston xotimasida berilgan.
12. Ushbu baytda tushirib qoldirilgan taxalluslarni aniqlang.
Agar pil o’lsa …………. ham …………,
Erur yuz pil yanglig’ pil ……………
A. Xusrav, Nizomiy, Jomiy. B. Xusrav, Jomiy, Navoiy.
C. Nizomiy, Jomiy, Navoiy. D. Sa`diy, Nizomiy, Jomiy.
13. Quyidagi asarlar orasidan bitta syujet asosida yozilganlarini aniqlang:
1. "Haft avrang", 2. "Haft paykar", 3. "Hasht bihisht", 4. "Saddi Iskandariy", 5. "Sab`ayi sayyor", 6. "Bahrom va Gulandom"
A. 1, 2, 3, 5, 6. B. 1, 3, 5, 6. C. 5, 6. D. 2, 3, 5, 6
14. Syujetida Farrux obrazi ishtirok etadigan asarlarni toping
A. "Gul va Navro’z", "Suhayl va Guldursun".
B. "Yusuf va Zulayho", "Farhod va Shirin"
C. "Sab`ayi sayyor", "Suhayl va Guldursun".
D. "Sab`ayi sayyor", "Gul va Navro’z"
15. Syujeti Amir Temur bilan bog’liq bo’lgan asarlarni belgilang
A. "Ikki vafoli yor", "Suhayl va Guldursun", "Zafarnoma"
B. "Ikki vafoli yor", "Gul va Navro’z", "Suhayl va Guldursun"
C. "Ikki vafoli yor", "Bang va Chog’ir", "Zafarnoma"
D. "Gul va Navro’z", "Suhayl va Guldursun", "Zafarnoma"
16. Quyidagi asarlar orasidan bir xil vaznda yozilgan dostonlarni belgilang:
1. "Gul va Navro’z", 2. "Yusuf va Zulayho", 3. "Farhod va Shirin", 4. "Vasf ush-shuaro", 5. "Gulshan ul-asror", 6. "Muhabbatnoma", 7. "Suhayl va Guldursun", 8. "Hibat ul-haqoyiq".
A. 1, 2, 3, 6, 7. B. 1, 3, 4, 6, 7. C. 1, 3, 6, 7. D. 2, 5, 8
17. Hunarni asrabon netgumdur oxir
Olib tufroqqamu ketgumdur oxir-
bayti Alisher Navoiyning qaysi dostonida uchraydi?
A. "Sab`ai sayyor", B. "Farhod va Shirin",
C. "Lison ut- tayr", D. "Saddi Iskandariy"
18. Navoiyning qaysi dostoni "Xazaji musaddasi mahzuf" vaznida yozilgan.
A. "Layli va Majnun", B. "Farhod va Shirin",
C. "Sab`ai sayyor", D. "Saddi Iskandari"
19."Haft avrang" dostonlar turkumining muallifini aniqlang:
A. Hotifiy, B Abdurahmon Jomiy, C. Alisher Navoiy, D. Xondamir
20 ."Farrux va Axiy" hikoyasi
A. "Sab`ai sayyor" dostonidagi shanba (qora),
B. "Sab`ai sayyor" dostonidagi juma (oq),
C. "Sab`ai sayyor" dostonidagi payshanba (sandal),
D. "Sab`ai sayyor" dostonidagi seshanba (qizil)
21. Navoiyning qaysi asarida Shoh G’arib Mirzoga alohida bob ajratilgan?
A. "Farhod va Shirin", B. "Lison ut-tayr",
C. "Mahbub ul-qulub", D. "Hayrat ul-abror"

22. "Xamsa" yozmagan ijodkorni belgilang.


A. Salmon Sovajiy, B. Xusrav Dehlaviy, C. Kavkabiy, D. Mirzo Bedil
23. "Xamsa" tarkibidagi falsafiy-axloqiy nazariy dastur sifatidagi o’ziga xos qurilmaga ega dostonni belgilang.
A. Birinchi doston, B. Ikkinchi doston,
C. "Layli va Majnun", D. "Bahrom haqidagi doston"
24. XIV asrda yaratilgan "Farhodnoma" asarining muallifi.
A. Kotibiy, V. Ashraf, S. Orif Ardabeliy, D. Salmon Sovajiy
25. Muhammad Xorazmshoh va Qays Roziyning hammomdagi uchrashuvi haqidagi hikoyat Navoiyning qaysi asarida keltirilgan?.
A. "Hayrat ul-abror"da. B. "Saddi Iskandariy" da.
C. "Sab`ayi sayyor"da. D. "Lison ut-tayr"da.

XV-XIV MAVZU


1. Navoiyning manoqib yoki holot asarlarini sanab bering
A. "Makorim ul axloq", "Badoe` ul-vaqoe`", "Xamsat ul-mutahayyirin"
B. "Vaqfiya", "Holoti Pahlavon Muhammad", "Nasoyim ul-muhabbat"
C. "Holoti Said Hasan Ardasher", "Xamsat ul-mutahayyirin", "Holoti Pahlavon Muhammad"
D. "Holoti Pahlavon Mahmud", "Holoti Said Hasan Ardasher", "Munshaot"
2. Alisher Navoiy qaysi asarida Adib Ahmadga yuksak baho bergan?
A. "Majolis un-nafois", B. "Muhokamat ul-lug’atayn"
C. "Nasoyim ul muhabbat", D. "Munshaot"
3.Alisher Navoiyning qaysi asarida Husayn Boyqaro she`riyatini tahlil- tadqiq etgan:
A. "Munshaot", B. "Majolis un-nafois",
C. "Nasoyim ul-muhabbat", D "Tarixi muluki Ajam"da
4. Ilmiy asarni belgilang.
A. Koshifiyning "Anvori Suhayliy", B. Navoiyning "Mezon ul avzon"
C. Jomiyning "Nafohat ul-uns", D. Jomiyning "Haft avrang"
5. Alisher Navoiyning tarixiy asarlarini belgilang.
A. "Lison ut-tayr", "Arbain", B. "Tarixi muluki Ajam"
C. "Muhokamat ul-lug’atayn", D. "Munojot", "Tavorix"
6. Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asari yozilgan yil va mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A. 1500, axloqiy-ijtimoiy mavzu, B. 1499, tarixiy mavzu
C. 1500, ilmiy mavzu, D. 1499, diniy-tasavvufiy mavzu
7. Alisher Navoiyning nasriy asarlarini belgilang
A. "Vaqfiya", B. "Mahbub ul-qulub", C. "Arba`in hadis", D. A, B
8. Alisher Navoiyning xat-maktublaridan iborat asari.
A. "Munojot", B. "Vaqfiya",
C. "Munshaot", D. "Nazm ul-javohir"

9. Alisher Navoiyning Abdurahmon Jomiy haqidagi ta`rifi va unga bag’ishlangan asarini toping.


A. "Nasoyim ul-muhabbat", "Yori aziz",
B. "Xamsat ul-mutahayyirin", "Nuran maxdum"
C. "Arbain hadis", "Orifi Jom",
D. "Siroj ul-muslimin" "Musohibi joniy"
10. Navoiyning qaysi turkiy asarida "Foniy" taxallusi qo’llangan?
A. "Badoye` ul-bidoya", B. "Lison ut-tayr",
C. "Navodir un-nihoya", D. "G’aroyib us-sig’ar"
11. "Mahbub ul-qulub"da qaysi kasb egalarining "Isoyi ruhullohg’a nisbati" (o’xshashligi) borligi qayd qilingan?
A. Ustoz-muallimlar. B. Tabiblar. C. Dehqonlar. D. Shoirlar.
12. Turkiy she`riyatga xos bo’lgan chinga, aruzvoriy, turkiy, mustazod kabi janrlar Navoiyning qaysi asarida tahlil qilingan.
A. Muhokamat ul-lug’atayn". B. "Xazoyin ul-ma`oniy" debochasi.
C. Mezon ul-avzon". D. "Badoe` ul-bidoya" debochasi.
13. "Majolis un-nafois"ning birinchi ikkinchi va uchinchi majlislarida shoirlar qanday mezon asosida joylashtirilgan?
A. Xronologik mezon, ya`ni yashagan davriga ko’ra.
B.Geografik mezon, ya`ni yashagan joyiga ko’ra.
S. Tabaqaviy mezon, ya`ni ijtimoiy kelib chiqishiga ko’ra.
D. Bu majlislarda alohida mezon yo’q.
14. Navoiyning ushbu mashhur bayti "Tarixi Anbiyo va hukamo"da qaysi hakim tilidan keltirilgan?
Yigitlikda yig’ ilmning maxzanin,
Qarilik chog’i xarj qilg’il ani.
A. Luqmon hakim. B. Suqrot hakim. S. Aflotun. D. Buzrugmehr.
15. "Tarixi Anbiyo va hukamo" asarini ilk bora to’liq holda hozirgi o’zbek tilidagi bayoni bilan birga nashrga tayyorlagan olimlarni belgilang.
A. A. Haitmetov, I. Haqqulov. B. S. G’anieva, T. G’afurjonova.
C. B. Valixo’jaev, Q.Tohirov. D. I. Haqqulov, S. Raf`iddinov.

XVII MAVZU


1. Alisher Navoiyning qaysi asarida "Foniy" taxallusi qo’llangan?
A. "Layli va Majnun", B. "Hayrpat ul - abror",
C. "Lison ut - tayr", D."Farhod va Shirin"
2. "Lison ut-tayr"dagi "Shayx San`on" qissasida tarso qizining "ishqning shukronasi", "to’rt takbiri fano" deya ta`riflangan shartlarini belgilang.
A. May ichmoq, zunnor bog’lamoq, Qur`onni kuydirmoq, butparast bo’lmoq.
B. May ichmoq, zunnor bog’lamoq, Qur`onni kuydirmoq, cho’chqa boqmoq.
C. May ichmoq, Qur`onni kuydirmoq, cho’chqa boqmoq, butxonada olov yoquvchi bo’lmoq.
D. May ichmoq, zunnor bog’lamoq, cho’chqa boqmoq, butxonada olov yoquvchi bo’lmoq.
3. Mutasavvuf shaxslar haqida ma`lumot beruvchi tazkirani belgilang.
A. "Nasoyim ul-muhabbat", B. "Nafohat ul-uns",
C. "Majolis un-nafois", D. A, B.
4. "Mahbub ul-qulub"dagi shoirlar tasnifiga ko’ra Fariduddin Attor qaysi guruhga mansub?
A. Birinchi, haqiqiy ishqni kuylovchi.
B. Ikkinchi, majoziy ishqni kuylovchi.
C. Uchinchi, h?aqiqiy ishqni majoz vositasida kuylovchi.
D. Attor biror guruhga kiritilmagan.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə