Fizikadan masalalar to’plami


(1.70) Odam harakatlanayotgan eskalator ustida harakatlanmoqda. birinchi marta u yuqoriga harakatlanayotganda n



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə20/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112
gupkina-2

20(1.70) Odam harakatlanayotgan eskalator ustida harakatlanmoqda. birinchi marta u yuqoriga harakatlanayotganda n1=50 ta zinapoya sanadi. Ikkinchi marta uch marta katta tezlik bilan harakatlanib n2=75 ta zina sanagan bo'lsa, u qimirlamay turgan eskalatorda ko'tarilganda nechta zina sanaydi?
21(1.72) Eskalatorning ikki tomonidan ikkita odam bir-biriga qarab v=2m/s tezlik bilan harakatlanishni boshladi. Ular eskalator asosidan qanday masofada uchrashishadi? Eskalatorning tezligi u=1.5m/s , uzunligi l=100m ga teng.
22(1.73) Uzunligi l=300m bo'lgan kema to'gri chiziqli tekis harakatlanmoqda. Kema yonidagi kater, kemaning orqa qismidan oldi qismiga borib yana qaytishi uchun t=37.5s vaqt sarflaydi. agar kater tezligi 90km/soat ga teng bo'lsa, kema tezligini toping. Kater burilish uchun vaqt sarflamagan deb hisoblansin.
23(1.75) Botir va Sardor uzunligi l=400m bo'lgan stadiyonning yo'lagidan yugurishmoqda. botir bir marta aylanishi uchun t1=50s , Sardor bir marta to'liq aylanishi uchun t2=60s vaqt sarflaydi. Sportsmenlar l0=4km masofaga yugurishayotgan bo'lsa, ular marragacha necha marta uchrashishadi? Sportsmenlar bir vaqtda yugurishni boshlagan va bir tomonga harakatlanaypti deb hisoblansin.
24(1.78) Yomg'ir tomchilari harakatlanmayotgan tranvay oynasidagi izlari vertikal bilan α burchak tashkil qilmoqda. Tramvay v tezlik bilan harakatlanayotgan vaqtda yomg'ir tomchilari tramvay oynasidagi izlari vertikal bo'lib qolgan bo'lsa, shamolsiz havodagi yomg'irning tezligini toping.
25(1.79) Samolyot shamolsiz havoda gorizont bilan 100 burchak hosil qilgan holatda 40m/s tezlik bilan ko'tariladi. To'satdan samolyotga qarshi tomondan 10m/s tezlik bilan shamol esishni boshlagan bo'lsa, samolyotning yerga nisbatdan keyingi tezligini va gorizont bilan hosil qilgan burchagini toping.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə