Fizikadan masalalar to’plami


To'g'ri chiziq bo'ylab tekis o'zgaruvchan harakat



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə22/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112
gupkina-2

To'g'ri chiziq bo'ylab tekis o'zgaruvchan harakat.
32(1.99) Betonlangan yo'lda samolyot s=790m masofa bosib o'tib havoga ko'tarildi. Yerdan ko'tarilayotgan vaqtda uning tezligi v=240km/soat ga teng edi. Samolyotning qancha vaqt tezlashganini va qanday tezlanish bilan harakatlanganini toping.
33(1.103) Muz ustiga v=5m/s tezlik bilan tashlab yuborilgan tosh otilish nuqtasidan s=25m masofada borib to'xtadi. Toshning dastlabki t1=2s da bosib o'tgan yo'lini hisoblang.
34(1.105) Moddiy nuqta dastlabki t=10s da l=60m masofa bosib o'tib o'z tezligini n=5 marta oshirgani malum. Jisim o'zgarmas tezlanish bilan harakatlangan deb hisoblansin va uning harakat davomidagi tezlanishi topilsin.
35(1.107) Troleybus stansiyadan a=0.2m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Tezligi v=36km/soat ga yetganda tezlanishdan to'xtab keyingi t=2min da o'zgarmas tezlik bilan harakatlangan. So'ngra tekis sekinlashib to'xtaguncha l=100m masofa bosib o'tdi. Butun harakat davomidagi troleybusning o'rtacha tezligini toping.
36(1.109) Boshlang'ich tezligi v0=1m/s bo'lgan jism tekis tezlanuvchan harakatlanib malum bir masofada tezligini v=7m/s gacha oshirdi. Jism bosib o'tgan yo'lning yarimini bosib o'tgan vaqtdagi tezligi nimaga teng?
37(1.111) Lift yuqoriga t1=3s vaqt davomida tekis tezlanuvchan harakatlanib v=3m/s tezlikga erishgandan so'ng yuqoriga o'zgarmas tezlik bilan t2=6s davomida ko'tarildi. So'ngra dastlabki tezlanishning moduliga teng bo'lgan tezlanish bilan sekinlanib to'xtadi. Liftning ko'tarilish balandligini toping.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə