Fizikadan masalalar to’plami


§. Butun olam tortishish qonuni



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə37/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112
gupkina-2

16§. Butun olam tortishish qonuni.

  1. Bir jinsli shar va moddiy nuqta orasidagi tortishish kuchi, moddiy nuqtani shar sirtidan shar ikki sharning diametriga teng masofaga uzoqtirilsa necha marta o’zgaradi? Dastlabki vaqtda moddiy nuqta shar sirtiga tegib turgan.


  1. Ikkita bir jinsli shar dastlab bir-biriga tegib turibdi. Agar sharlardan birontasini sharlarning diametriga teng masofaga uzoqlashtirilsa, ular orasidagi tortishish kuchi necha marta o’zgaradi?


  1. Radiuslari 20 va 30 sm bolgan sharlar bir-biriga tegib turibdi. Agar ulardan birontasi 100 sm masofaga uzoqlashtirilsa ular orasidagi tortish kuchi necha marta o’zgaradi?


  1. Neptun sayyorasi va Quyosh orasidagi masofa, Yer bilan Quyosh orasidagi masofadan 30 marta katta, Neptuning massasi Yerning massasidan 15 marta katta bo’lsa, Quyosh Yerni Neptunga nisbatdan necha marta katta kuch bilan tortadi?


  1. Yer sirtidan qanday balandlikda (km) erkin tushish tezlanishi yer sirtidagidan 16 marta kichik bo’ladi? Yerning radiusi 6400 km.


  1. Raketa yer sirtiga tik ravishda uchirildi. Bunda raketaning tortish kuchi shunday tarzda kamayib boradiki, bunda uning tezlanishi o’zgarmas saqlanadi va 10m/s2 gateng. Raketaning tezligi 8 km/s ga yetganda uning massasi 10% ga kamayadi. Bu vaqtga kelib tortish kuchini necha foizga kamaytirish kerak? g =10m/s2, Yerning radiusi 6400 km.

  2. Mars sayyorasini radiusi Yer radiusini 0,5 qismiga, Marsning massasi Yer massasini 0,1 qismiga teng bo’lsa Mars sayyorasidagi erkin tushishish tezlanishi yerdagi erkin tushish tezlanishining necha foiziga teng?


  1. Qandaydir sayyoraning radiusi Yerning radiusidan √2 ga kichik, sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanishi Yer sirtidagidan 3 marta kichik bo’lsa, planetaning massasi Yerning massasidan necha marta kichik?


  1. Qandaydir sayyoraning radiusi Yerning radiusidan 10 marta katta, o’rtacha zichligi esa Yernikidan 2 marta kichik. Sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanishi Yer sirtidagidan necha marta katta?


  1. Qandaydir sayyoraning radiusi Yerning radiusidan 16 marta katta, o’rtacha zichligi esa Yernikidan 2 marta katta. Sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanishi Yer sirtidagidan necha marta katta?


  1. Qandaydir sayyora sirtiga boshlang’ich tezliksiz tushayotgan jism dastlabki 3 s ichida qanday massofa bosib o’tadi? Sayyoraning radiusi Yer radiusining 2/3 qismiga, zichligi Yer zichligidan 40% ga kam. g =10m/s2


  1. Massasi M ga va radiusi R ga teng bo’lgan shar va massasi m ga teng bo’lgan moddiy nuqta bor. Agar sharda radiusi 5R/6 ga teng bo’lgan o’yiq hosil qilinsa ular orasidagi tortish kuchi necha marta o’zgaradi? Moddiy nuqta shar va o’yiq markazlarini tutashtiruvchi to’g’ri chiziqda, shar markazidan R o’yiq markazidan 5R/6 masofada joylashgan.




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə