Fizikadan masalalar to’plami



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə40/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112
gupkina-2

b) ikkita proyeksiya

  1. Gorizontal aylanayotgan sirtda, aylanish o’qidan 10 sm uzoqlikda yuk yotibdi. Sirt va yuk orasidagi ishqalanih koeffitsienti 0,01 ga teng. Sirtning qanday eng kichik burchak tezligida yuk uning ustida sirg’alishni boshlaydi? g =10m/s2


  1. Avtomobil egrilik radiusi 400 m bo’lgan burumni qanday eng katta tezlik bilan o’ta oladi agar yo’l va gildiraklar orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,1 ga teng bo’lsa. g =10m/s2




  1. Radiusi 10 m bo’lgan vertikal silindirning ichida aylanayotgan mototsikilchi har doim bir gorizontal sirtda yotishi uchun kamida qanday tezlik bilan harakatlanishi kerak? Mototsikil gildiraklari va silindir sirti orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,25 ga teng. g =10m/s2


  1. Tezligi 540 km/h bo’lgan samolyot burilish paytida burchak tangensi 0,3 ga teng bo’lgan burchakka egildi. Burilish radiusi nimaga teng? g =10m/s2


  1. Kichik sharcha ipga bog’langan va shiftga mahkamlangan holda gorizontal sirtda aylanmoqda. Aylananing markazi bilan ip bog’langan nuqta orasidagi masofa 2,5 m, shar aylanishlarining burchak tezligini toping. g =10m/s2


  1. Ichi silliq va radiusi 28 sm bo’lgan sfera ichida, sfaraning eng pastki nuqtasidan 20 sm balandlikdagi gorizontal sirtda kichik sharcha aylanishi uchun uning tezligi kamida qanday bo’lishi kerak? g =10m/s2


  1. Massasi 100 g bo’lgan sharcha rezina ipga osilgan holatda gorizontal sirtda 10 rad/s burchak tezlik bilan aylanmoqda va ayni shu paytda ip vertikal bilan 600 burchak tashkil qilgan bo’lsa, rezina ipning cho’zilmagan holatdagi uzunligini toping (sm). Ipning bikirligi 40 N/m ga teng. g =10m/s2


  1. Burumning egrilik radiusi 100 m ga teng. Bunda yo’l shunday qurilganki uning sirti egrilik markazi tomonga gorizont bilan tangensi 0,4 ga teng bo’lgan burchakka burilgan. Bu burilishdan o’tish vaqtida eng optimal tezlikni toping.




  1. Yo’l sirti gorizontga nisbatdan 450 burchakka qiyalatib qurilgan burumdan mototsikilchi qanday minimal tezlik bilan o’ta oladi? Burum egrilik radiusi 30 m bo’lgan yoy shakliga ega va mototsikil shinalari va yo’l orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng. g =10m/s2


  1. Mototsikil burilishni qiyalatilgan tekislikda amalga oshmoqda. Agar yo’l gorizontga nisbatdan 450 burchak tashkil qilsa va shina va yo’l orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,75 ga teng bo’lsa, mototsikl erishishi mumkin bo’lgan eng katta tezligini uning yurishi uchun kerak bo’lgan eng kichik tezlikka nisbatini toping. Mototsikil shinalari burilish davomida sirg’almasligi lozim. g =10m/s2


  1. Radiusi 2,75 m bo’lgan sfera ichida kichkina shayba joylashgan. Sfera vertikal o’q atrofida qanaday maksimal burchak tezlik bilan aylanganda shayba sfera ichida uning markazidan 165 sm pastda joylashgan nuqtada siljimasdan turadi? Ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng. g =9,8m/s2


  1. Radiusi 12,5 sm bo’lgan sfera ichida kichkina shaybaz joylashgan. Sfera vertikal o’q atrofida qanaday maksimal burchak tezlik bilan aylanganda shayba sfera ichida uning markazida 7,5 sm masofada pastda siljimasdan turadi? Ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng. g =9,8m/s2


  1. Radiusi 48 m ga teng bo’lgan yarim sfera shaklidagi tepalikda, har doim 38,4 m blandlikda uni atrofida velosipedchi ko’pi bilan qanday maksimal tezlik bilan harakatlana oladi? Yer va gildiraklar orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,8 ga teng. g =10m/s2





Impulsning saqlanish qonuni. 19§. Impuls.



  1. Massalari 1 kg va 2 kg bo’lgan sharlar bir-biriga parallel yo’llarda 4 m/s va 6 m/s tezlik bilan bir tomonga harakatlanmoqda. Bu ikki sharlar impulslari yig’indisi nimaga teng?


  1. Massalari 2 kg dan bo’lgan sharlar bir-biri tomon harakatlanishmoqda. Birinchisining tezligi 3 m/s , ikkinchisining tezligi 7 m/s ga teng. Ikki sharning impulslari yig’indisini toping.


  1. Massalari 3 kg dan bo’lgan sharlar o’zaro perpendikulyar yo’llarda 3 m/s va 4 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Bu ikki sharning to’la impulsini toping.


  1. Massasi 2 kg bo’lgan shar 4 m/s tezlik bilan, massasi 1 kg bo’lgan shar 3 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Agar bu ikki shar tezliklari orasidagi burchak 1200 ga teng bo’lsa, sharlarning to’la impulsini toping.


  1. Massasi 0,1 kg bo’lgan shar gorizontal tekislikka urildi, agar urilish vaqtida uning tezligi 10 m/s ga teng bo’lgan bo’lsa va urilishni absolyut noelastik deb hisoblab, impulsning o’zgarishini toping. Topilgan kattalikni modulini ko’rsating.




  1. O’q devorni teshib o’tishi natijasida uning tezligi 800 m/s dan 400 m/s gacha kamaygan bo’lsa, impulsning o’zgarishini toping. O’qning massasi 10 g ga teng. Topilgan kattalikning modulini ko’rsating.


  1. Massasi 0,2 kg bo’lgan shar gorizontal tekislikka urildi, agar urilish vaqtida uning tezligi 15 m/s ga teng bo’lgan bo’lsa va urilishni absolyut elastik deb hisoblab, impulsning o’zgarishini toping. Topilgan kattalikni modulini ko’rsating.


  1. Massasi 2 kg bo’lgan jism 5 m balandlikdan boshlang’ich tezliksiz gorizontal tekislikga erkin tushdi va undan 5 m/s tezlik bilan qaytdi. Urilish vaqtida impulsning absolyut o’zgarishi nimaga teng? g =10m/s2


  1. Massasi 1 kg bo’lgan jism radiusi 1 m bo’lgan aylana bo’ylab 2 rad/s burchak tezlik bilan harakatlanmoqda. Radius-vektorning 1800 ga burilishida impulsning o’zgarishining modulini toping.


  1. Massasi 2 kg bo’lgan jism aylana bo’ylab harakatida aylananing qandaydir nuqtasida uning tezligi 4m/s bo'lgan, aylananing chorak qismini o’tgandan so’ng uning tezligi 3m/s ga teng bo’lgan bo’lsa, impulsning o’zgarishining modulini toping.


  1. Massasi 200 g bo’lgan koptok devorga 20m/s tezlik bilan urilib undan dastlabki yo’nalishiga nisbatdan to’g’ri burchak ostida 15m/s tezlik bilan qaytdi. Urilish vaqtida jism impulsi o’zgarish modulini toping.


  1. Massasi 200 g bo’lgan koptok devorga 25m/s tezlik bilan urilib undan dastlabki yo’nalishiga nisbatdan 1200 burchak ostida 15m/s tezlik bilan qaytdi. Urilish vaqtida jism impulsining o’zgarish moduli nimaga teng?




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə