Fizikadan masalalar to’plami


§. Aylana bo’ylab harakat dinamikasi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə39/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112
gupkina-2

18§. Aylana bo’ylab harakat dinamikasi.
a) bitta proyeksiya

  1. Rezina arqonning bir uchiga 50 g yuk bog’langan, ikkinchi silliq gorizontal sirtga mahkamlangan. Agar yuk 20 rad/s burchak tezlik bilan aylantirilayotgan bo’lsa, arqonning cho’zilishini toping(sm). Arqonnning dastlabki uzunligi 40 sm, bikirligi 100 N/m.


  1. Vertikal o’qqa mahkamlangan gorizontal sterjinda ishqalanishsiz harakatlana oladigan massasi 0,5 kg bo’lgan kichik yuk joylashgan. Yuk o’q bilan prujina orqali bog’langan. Sterjin vertikal o’q atrofida 3 rad/s burchak tezlik bilan harakatlanishi natijasida prujina ikki marta uzaygan bo’lsa, prujinaning bikirligini toping.


  1. Vazinsiz sterjin gorizontal sirtda 30 rad/s burchak tezlik bilan aylanmoqda. Aylanish o’qidan 0,4 va 0,3 m masofada, massalari 0,2 va 0,1 kg bo’lgan yuklar mahkamlangan. Agar aylanish o’qi yuklar orasida joylashgan bo’lsa, o’qqa tasir etayotgan gorizontal kuchni toping.


  1. Shtangani bir uchiga o’rnatilgan kabina ichida odam bor. Shtanga vaertikal o’q atrofida 0,7 rad/s aylanayapti.kabina harakat trayektoriyasining eng yuqori nuqtasida odam vazinsiz holatda bo’lishi uchun shtangani uzunlligi qanday bo’lishi kerak? g =9,8 m/s2


  1. Massasi 2000 kg bo’lgan avtomobil egrilik radiusi 100 m bo’lgan qavariq ko’prikdan talofatsiz o’tishi uchun u kamida qanday tezlik bilan harkatlanishi kerak? Ko’prikning yuk ko’tarish qobilyati 18000 N dan oshmaydi. g =10m/s2


  1. Massasi 2 т bo’lgan avtomobil egrilik radiusi 100 m bo’lgan qavariq ko’prikning ustidan 72 km/h tezlik bilan o’tmoqda. Ko’prikning o’rtasiga kelganda avtomobilning ko’prikka ko’rsatadigan bosim kuchini toping. g =10m/s2




  1. Massasi 65kg bo'lgan chang’ichi egrilik radiusi 20 m bo’gan yo’lning botiq bo’lgan qismidan o’tmoqda. Agar chang’ichining tezligi 2m/s bo’lsa, yo’lning eng past qismida chang’ining yo’lga berayotgan bosim kuchi nimaga teng? g =9,8m/s2


  1. Yoy shakliga ega bo’lgan qavariq ko’prikning eng baland nuqtasidan 90 km/h tezlik bilan o’tayotgan avtomobilning yo’lga ko’rsatayotgan bosim kuchi 2 marta kamaygan bo’lsa(yo’lning gorizontal qismiga nisbatdan), ko’prikning egrilik radiusi nimaga teng? g =10m/s2


  1. Massasi 1000kg bo’lgan avtomobil egrilik radiusi 250 m bo’lgan qavariq ko’prikning ustidan 72 km/h tezlik bilan o’tmoqda. Egrilikning markazidan avtomobil joylashgan nuqtaga o’tkazilgan to’g’ri chiziq bilan vertikal orasidagi burchak 300 ga teng bo’lgan vaqtda avtomobilning ko’prikka ko’rsatadigan bosim kuchini toping( kN). g =10m/s2 √3=1,72


  1. Egrilik radiusi 63 m ga teng bo’lgan qavariq ko’prikning eng yuqori nuqtasidan o’tayotgan paytdagi ko’prikka bosim kuchi, avtomobildan egrilikning markaziga yo’nalgan to’g’ri chiziqning vertikal bilan 300 burchak tashkil qilgan paytdagi bosim kuchidan ikki marta kichik bo’lsa, avtomobilning tezligi nimaga teng? g =10m/s2 √3=1,7


  1. Uzunligi 50 sm bo’lgan sterjinning bir uchiga 400 g massali yuk ilingan. Sterjen vertikal tekislikda tekis harakatlana oladi. Sterjinning qanday eng kichik burchak tezligida u uzuladi? Sterjin ko’pi bilan 24 N yuklanishga chidaydi. g =10m/s2


  1. Uncha katta bo’lmagan 250 g massali shar arqonga bog’langan holatda vertikal tekislikda aylanmoqda.arqonning taranglik kuchi aylananing eng pastki nuqtasida eng yuqoridagi nuqtasidagiga qaraganda necha marta katta? g =10m/s2


  1. Massasi 0,1 kg bo’lgan jism uzunligi 1 m bo’lgan ipga mahkamlangan holatda vertikal tekislikda aylanmoqda. aylanish o’qi poldan 2 m yuqorida joylashgan. Jism quyi nuqtadan o’tayotgan paytda ip uzilib ketishi natijasida 4 m uchib yerga( gorizontal yo’nalishda) tushdi. Ipning uzilish paytidagi ipning taranglik kuchini toping. g =10m/s2


  1. Uzunligi 20 sm, massasi 1 kg bo’lgan matematik mayatnik vertikal tekislikda tebranmoqda. Mayatnik ipining vertikal bilan 600 burchak tashkil qilgan paytda, mayatnik yukining tezligi 1m/s ga teng bo’lsa, shu paytda ipning tranglik kuchi nimaga teng? g =10m/s2


  1. Massasi 2kg bo’lgan jism uzunligi 1 m bo’lgan ipga bog’langan holatda vertikal tekislikda aylanmoqda. Jism yuk ilingan nuqtadan 0,5 m balandlikdan o’tganda ip uzilib ketdi va yuk osilgan dastlabki balandlikdan 4 m yuqoriga ko’tarildi. Ip uzilishdan oldin ipning tarangligi nimaga teng bo’lgan. g =10m/s2


  1. Samolyot ,,o’lik sirtmoq’’ yasamoqda. Samolyot trayektoriyaning quyi nuqtasidan o’tgan paytda o’rindiqqa beradigan bosim kuchini toping, agar uchuvchining massasi 70 kg, samolyotning tezligi 100m/s , sirtmoqning egrilik radiusi 200 m ga teng. g =10m/s2


  1. Samolyot ,,o’lik sirtmoq’’ yasamoqda. Samolyot trayektoriyaning quyi nuqtasidan o’tgan paytda o’rindiqqa beradigan bosim kuchi og’irlik kuchidan 5 marta katta. Yuqori nuqtadan o’tayotgan vaqtda uchuvchi vazinsizlik holatida bo’ladi. Samolyotning trayektoriyaning yuqori nuqtadagi tezligi quyi nuqtadagi tezligidan necha marta kichik?


  1. Qandaydir jismning vazni qutubda ekvatorga qaraganda 313,6 mN ga ko’p. Bu jismning massasi nimaga teng? Yerning o’z o’qi atrofida aylanish burchak tezligi 7·10-5 rad/s, Yerning radiusi 6400 km. yerni idial shar shaklida deb hisoblansin.


  1. Jismni qandaydir sayyora qutbidan ekvatoriga ko’chirilganda uning vazni 20% ga kamaydi. Sayyoraning o’z o’qi atrofidagi burchak tezligi 0,001 rad/s, sayyoraning radiusi 3000 km. Bu sayyoradagi erkin tushish tezlanishini toping. Sayyorani ideal shar deb hisoblansin.


  1. Massasi 2500 kg bo’lgan poyga avtomobili ekvator bo’ylab yo’nalgan yo’lda 360 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Avtomobilning yo’lga bosim kuchi, avtomobil g’arbdan sharqqa va sharqdan g’arbga harakatida qanchaga farqlanadi? Yerning o’z o’qi atrofida aylanish burchak tezligi 7·10-5 rad/s.


  1. Ingichka uzunligi 1 m va massasi 200 g bo’lgan zanjirni aylana g’ildirakka o’rab oxiri tutashtirildi. G’ildirak aylangandan so’ng zanjirning har bir qismining tezligi 5m/s ga teng bo’lsa, zanjirning tarangligini toping.


  1. Rezinadan yasalgan uzunligi 0,8m, massasi 300g bo'lgan arqon aylana shakliga ega. Halqani gorizontal sirtga qo’yib shunday aylantirildiki uning har bir nuqtasi 3m/s tezlikka erishdi. Agar rezinaning bikirligi 30 N/m bo’lsa, arqonning uzayishi nimaga teng(sm)?




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə