Fizikadan masalalar to’plami


§. Ishqalanishga ega bo’lgan qiya tekislik



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə35/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112
gupkina-2

14§. Ishqalanishga ega bo’lgan qiya tekislik.

  1. Jism qiya tekislik bo’ylab tekis tushmoqda. Qiyatekislik va jism orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lsa, qiya tekislikning gorizont bilan tashkil qilgan burchak kotanginsi nimaga teng?


  1. Jism birinchi marta qiyalik burchagi 300 ga teng bo’lgan qiya tekislikka, ikkinchi marta qiyalik burchagi 600 ga teng bo’lgan qiya tekislikka joylashtirildi. Ikkala holatda ham ishqalanish koeffitsienti 0,8 ga teng bo’lsa, birinchi marta ishqalanish kuchi ikkinchi martadagidan necha foizga ko’p?


  1. Jism balandligi 3 m uzunligi 5 m bo’lgan qiya tekislikdan sirg’alib tushmoqda. Ishqalanish koeffitsienti 0,5. Jismning tezlaishini toping. g =10m/s2


  1. Jismga qiya tekislik bo’ylab yuqoriga yo’nalgan tezlik berildi. Qiya tekislikning balandligi 4 m, uzunligi 5 m ga, ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng bo’lsa, jismning tezlanishini toping. g =10m/s2


  1. Jismga qiya tekislik bo’ylab yo’nalgan tezlik berildi. Qiya tekislikning balandligi 3 m, uzunligi 5 m ga, ishqalanish koeffitsienti 0,6 ga teng. Jism yuqoriga ko’tarilayotgandagi tezlanishi, pastga tushayotgan tezlanishidan necha marta katta?


  1. Qiyalik urchagi 450 bo’lgan qiya tekislikning uchidan jism sirg’alib tushishni boshladi. Jismi qiyatekislikka ishqalanish koeffitsienti 0,19 ga teng. Jismning qiya tekislik oxiridagi tezligini toping. Qiya tekislikning uzunligi 5m. g =10m/s2




  1. Jism balandligi 5 m, uzunligi 13 m bo’lgan qiya tekislikdan sirg’alib tushmoqda. Ishqalanish koeffitsienti 0,4. Jism qiya tekislikdan qancha vaqtda tushadi? g =10m/s2


  1. Kichik shayba, qiyalik burchagi 600 ga, balandligi 2,5 m bo’lgan qiya tekislikdan qancha vaqtda tushadi, agar shayba qiyalik burchagi 300 ga teng va xuddi shunday materialdan yasalgan qiya tekislikdan tekis harakatlanib tushsa? g =10m/s2


  1. Jism asosining uzunligi va balandligi 6 m ga teng bo’lgan qiya tekislikning uchida turibdi. Jism xuddi shu qiya tekislikda, balandligi ko’pi bilan 2,5 m, asosining uzunligi avalgiday 6 m bo’lgan holatda tinch turishi mumkin bo’lsa, jism bu qiya tekislikdan qancha vaqtda tushadi? g =10m/s2


  1. Jismga qiya tekislik bo’ylab yuqoriga yo’nalga 3m/s tezlik berilidi. Qiya tekislikning qiyaligi 0,6, ishgalanish koeffitsienti 0,25 ga teng bo’lsa, jism to’xtaguncha qancha vaqt o’tadi(ms)? g =10m/s2


  1. Jismga, uqiya tekislikning tepasiga chiqishi uchun kamida qanday boshlang’ich tezlik berish kerak? Qiylikning balandligi 6 m, uzunligi 10 m ga, jism va qiyatekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng. g =9,8m/s2

  2. Kichik taxtach balandligi 10 m, uzunligi 26 m bo’lgan qiya tekislikning tepasida turibdi. Taxtacha va qiya tekislik orasidagi ishqalanih koeffitsienti 0,45 ga teng. Taxtacha qiya tekislikning asosiga yetib borishi uchun unga kamida qanday boshlang’ich tezlik berilishi kerak? g =10m/s2


  1. Qiyalik burchagi 450 ga teng bo’lganqiya tekislikdan pastdan yuqoriga qaratib shayba sirpantirib yuborildi. Qanchadir vaqtdan keyin u to’xtab pastga harakatlanishni boshladi.tekislik va shayba orasidagi ishqalanih koeffitsienti 0,8 ga teng. Shaybaning ko’tarilish vaqti tushish vaqtidan necha marta katta?


  1. Shaybaga, gorizontga nisbatan qiyalik burchagi 450 ga teng bo’lgan qiya tekislik asosidan qiya tekilik bo’ylab yuqoriga yo’nalgan 12m/s tezlik berildi. Qanchadir vaqtdan so’ng u to’xtab orqaga harakatlanishni boshladi. Shayba dastlabki nuqtadan qanday tezlik bilan o’tadi? Shayba va tekislik orasidagi ishqalanih koeffitsienti 0,8 ga teng.


  1. Balandligi 3 m, uzunligi 5 m bo’lgan qiya tekislik bo’ylab 5 kg li yuk, qiya tekislik sirtiga parallel yo’nalgan kuch yordamida tepaga tekis tortilmoqda. Agar ishqalanih koeffitsienti 0,3 ga teng bo’lsa, bu kuchning kattaligini toping. g =10m/s2


  1. Massasi 50 kg bo’lgan yuk, balandligi 3 m, uzunligi 5 m bo’lgan qiya tekislikda turibdi. Yukni 1m/s2 tezlanish bilan yuqoriga tortish uchun, qiya tekislik bo’ylab yuqoriga yo’nalgan qanday kuch qo’yish kerak?yuk va sirt orasidagi ishqalanih koeffitsienti 0,2 ga teng. g =10m/s2


  1. Balandligi 3 m, uzunligi 5 m bo’lgan qiya tekislikda turgan jismni gorizontal yo’nalgan va jismga tasir etayotgan og’irlik kuchidan ikki marta katta bo’lgan kuch bilanyuqoriga ko’tarilmoqda. Agar ishqalanih koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lsa, jismning tezlanishini toping. g =10m/s2


  1. Qiya tekislikda joylashgan, arqon bog’langan jismni gorizontal yo’nalishda, jismga tasir etayotgan og’irlik kuchining yarimiga teng kuch bilan tortsak, jism qanday tezlanish bilan harakatlanadi?qiya tekislikning balandligi 3 m, uzunligi 5 m ga teng. Ishqalanish koeffitsienti 0,8 ga teng, g =10m/s2


  1. Jismga qiya tekislik bo’ylab gorizontal yo’nalgan boshlang’ich tezlik berildi. Agar qiya tekislikning qiyaligi 0,2 va ishqalanih koeffitsienti √3/3 ga teng bo’lsa, jismning harakat boshidagi boshlang’ich tezlanishi nimaga teng?




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə