G abduraxmanova


 4ZBEK IST0N D A PARAZITOLOGIYA FANINING QISQACHA



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

0 4ZBEK IST0N D A PARAZITOLOGIYA FANINING QISQACHA
RIVOJLANISH TARIXI
0 ‘rta Osiyoda, shu jumladan, 0 ‘zbekistonda 
parazit organizmlar to ‘g‘risidagi dastlabki ma’lu­
motlar 980-1037-yillarda yashab ijod etgan vatando- 
shimiz buyuk tabib va mutafakkir Abu Ali ibn Sino 
asarlarida uchraydi.
Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan 
ibn Ali 980-yil avgust oyida Buxoroning Afshona 
qishlogMda tug‘ilgan.
Ibn Sino 17 yoshidayoq Buxoro xalqi orasida 
mohir tabib sifatida taniladi. Abu Ali ibn Sino o ‘sha 
zamonlardagi taxt uchun kurashlar, davlatlar o ‘rtasidagi urush va moja- 
rolar orqasidan shaharma-shahar, davlatma-davlat darbadarlikda, sarso- 
nu-sargardonlikda yurib, juda ko‘p azobu-uqubatlami boshidan kechiradi.
Ibn Sino 1012-1014-yillarda Jurjonda yashab «Tib qonunlari» ning 
dastlabki qismlarini shu yerda yaratadi. Jurjondagi notinchliklar tufayli 
Ibn Sino Rayga keladi va u yerdan Hamadonga o‘tadi. Hamadonda «Tib 
qonunulari» ning birinchi kitobini tugatib, o ‘zining mashhur falsafiy 
qomusi «Kitob ash-shifo» ni ham shu yerda yozishga kirishadi. «Tib 
qonunlari» ning qolgan qismlarini ham Hamadonda yozib bitiradi.
Abu Ali ibn Sino o‘zining «Kitob ash-shifo» asarida odamlarning 
ichagida parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglar (sestodalar), 
askarida, ostritsa, rishta to‘g crisida yozib, ularni tuzilishi, ko‘payishi, 
keltirib chiqaradigan kasalliklari, diyetasi, davosi, oldini olish chora- 
tadbirlari to ‘g4risida ko‘plab m a’lumotlar keltirgan. Alloma parazitlarga 
qarshi qo‘llaniladigan dori-darmonlar haqida ham yozib qoldirgan.
Ko4p asrlar davomida olimlar faqat ko‘zga ko‘rinadigan parazit 
chuvalchanglar va tashqi parazitlami ta ’riflash bilan chegaralanib 
kelganlar. Ko‘zga ko‘rinmas parazitlar to‘g‘risidagi ilk ma’lumotlar 
bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. Abu Ali ibn Sino 
o ‘zining «Kitob ash-shifo» asarida odamlarning ichagida va jigarida 
parazitlik qiladigan chuvalchanglar (parazitlami) ni yirik va uzun, 
yumaloq, yassi, mayda guruhlarga bo‘lib, ular xom go‘sht, sut, baliq 
go^hti, yaxshi yuvilmagan sabzavot va ho‘l mevalar, iflos va
14


qaynatilmagan suvlami iste’mol qilganda, shuningdek, ariq va 
hovuzlarda cho‘milganda suv og‘iz orqali oshqozon-ichakka ketib 
qolganda yuqishi mumkinligini ko‘rsatib o ‘tgan.
Ibn Sino odamlarda parazitlik qiladigan har bir gijja turiga alohida 
tavsif bergan. Misol uchun odam ichagida parazitlik qiladigan qoramol 
va cho4chqa tasmasimon chuvalchanglari hamda serbar tasmasimon 
chuvalchanglarga?- «katta va uzun quit», jigar va o4t yoMlarida parazitlik 
qiladigan jigar qurtiga- «qovoq urug‘iga 6‘xshash qurt» odamning, 
xususan yosh bolalaming ichagida parazitlik qiladigan pakana gijja yoki 
kichik zanjirsimon gijjaga - «mitti quit» va boshqa gijjalar to‘g*risida 
ham tavsiflar berib, ular keltirib chiqaradigan kasalliklami davolash 
haqida ham ko‘plab ma’lumotlar qoldirgan. Uning ushbu asari XV asrda 
16 marta, XVI asrda 20 marta qayta nashr qilingan, o ‘sha davrda bibliya 
bilan raqobat qila olgan yagona asar hisoblangan.
Ibn Sino Hamadonda 1023-yilgacha istiqomat qiladi va ayrim 
siyosiy sabablarga ko‘ra 1023-yilda Hamadondan Isfaxonga jo ‘nab 
ketadi va umrining qolgan 14 yilini Isfaxonda o‘tkazadi. Buyuk qomusiy 
olim ibn Sino 1037-yil 18 iyunda 57 yoshida vafot etadi va Hamadonda 
dafh etiladi.
Turli manbalarda ibn Sino 450 dan ortiq asar 
bizgacha 241 tasi yetib kelganligi ta’kidlanadi.
Keyinchalik 0 ‘rta Osiyoda, shu jumladan 
parazitologiya faniga oid ma’lumotlar XIX asrning 
ikkinchi yarmida Turkiston o clkasi bo‘ylab sayohat 
qilgan mashhur rus tabiatshunos olimi A.P. Fedchen- 
ko asarlarida ham uchraydi.
Aleksey Pavlovich Fedchenko (1844-1873) rus 
tabiatshunosi, 0 ‘rta Osiyoni tadqiq qilgan olim.
Moskva universitetini tugatgan. U zoologiyaga oid 
to4p!amlar va gerbariylar to ‘plagan. Antropologiya va 
etnografiya bilan shug‘ullangan.
A.P. Fedchenko 1868-1871-yillarda Oloy vodiysiga sayohat qilgan 
va Oloy orti tizmasini o ‘rgangan. Hisor-OIoy tog4 sistemasining 1-oro- 
grafik sxemasini tuzgan.
U Alp tog4laridagi Monblan cho4qqisiga chiqishda halok bo4lgan.
A.P. Fedchenkoning to4plagan materiallari geograf olimlar tomonidan 
qayta ishlanib, «А.Р. Fedchenkoning Turkistonga sayohati» nomli rus 
tilidagi kitobi nashr qilingan. Pomir tog‘idagi muzlik Fedchenko nomi 
bilan atalgan. A.P. Fedchenko Oloy va Zarafshon vodiysiga uyushtiril-
yozganligi, lekin 
, O 4zbekistonda
is


gan ekspeditsiya davrida 4 mingga yaqin hayvon turlari (asosan 
hasharotlar) ni o‘z ichiga olgan 20 mingga yaqin kolleksiyalar to‘plagan.
U Buxoro, Samarqand, Toshkentda har xil hayvonlaming parazit 
chuvalchanglarini yig‘adi. Yig'ilgan materiallami daniyalik olim Krabb 
va nemis olimi Linstov yordamida aniqlaydi. Shuning bilan bir qatorda,
A.P. Fedchenko 0 ‘zbekistonda birinchi marta Buxoro va Samarqandda 
odamlar terisi ostida parazitlik qiladigan nematoda-rishtaning biologi- 
yasini o'rganadi.
Turkiston aholisni ipakchilik bilan shug'ullanishi olimni e ’tiborini 
tortadi. Moskvaga olib keltirgan ipak qurti tuxumlaridan pebrina 
kasalligini qo‘zg‘atuvchisi nozema bombikus aniqlanadi. Toshkentda, 
Samarqandda ipak qurti boquvchilari bilan kengashib, kasallikni tugatish 
to‘g ‘risida takliflar kiritadi.
XX asrning boshlarida 0 ‘zbekistonda parazitologiya sohasida 
ilmiy tekshirish ishlari Skryabin, Pavlovskiy, Dogel, Yershov, Badanin, 
Isayev va boshqa olimlarning nomlari bilan bog‘lq. Bu olimlar 0 ‘rta 
Osiyoda, Qozog‘istonda va shu jumladan, 0 ‘zbekistonda odam va 
hayvonlarda uchrovchi parazitlarning tur tarkibi, tuzilishi, sistematikasi, 
bio-ekologik xususiyatlari borasida ko‘plab tadqiqot ishlarini olib bo- 
rishgan. Ular Respublikamizning turli mintaqalarida uchraydigan para- 
zitlarai o‘rganish bilan bir qatorda, mahalliy kadrlar tayyorlash ishlariga 
ham katta e’tibor qaratishgan.
Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekistonda ham parazitologiya fanining quyi- 
dagi 4 ta yo‘nalishi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda 
hamda nazariy va amaliy muammolar hal etib kelinmoqda:
1. Umumiy parazitologiya. 2. Tibbiyot parazitologiyasi. 3. Veteri­
nariya parazitologiyasi. 4. Agronomiya parazitologiyasi.
0 ‘zbekistonda umumiy parazitologiya yo‘nalishida tadqiqot ish­
larini olib borgan va hozirgi kunda ham fidokorona ijod qilayotgan yirik 
parazitolog olimlar qatoriga: akademik J.A. Azimov; 0 ‘zbekiston FA 
muxbir a ’zosi M.A. Sultonov; professorlar S.O. Osmanov, V.M. Sodiqov, 
O'.Y a. Uzoqov, S.D. Dadayev, B.A. Allamuratov, S.A. Muhammadiyev, 
M .0 ‘. 0 ‘ralov; fan doktorlari E.I. Gan, T.Q. Qobilov, M.Q. Qodirova,
B.G.Gariyev, 
O.D.Davronov, 
N.X.Enileyeva, 
A.E.Kuchboyev, 
E.B.Shakarboyev, F.D. Akramova; uzoq yillar ishlagan va katta tajriba- 
ga ega bo‘lgan fan nomzodlari A.A. Abidjanov, V.I. Gextin, V.P. Sher- 
bak, Z.P. Sherban, A.N. Urazbayev, D.U. Ermatova, A.Q. Qulmamatov, 
E.N. Qulmamatov, P.A. Mo'minov, A.G. Gadoyev, N.D. Davlatov, 
E. • Ikramov, T.V. Kataytseva, M.F. Nazrullayeva, N.I. Lebedeva,
16


Q.A. Saparov va ulaming ko‘plab shogirdlari tomonidan olib borilgan 
tadqiqot ishlarining natijalari asosida 0 ‘zbekistonning turli mintaqalari- 
da, turli fasllarda umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda uchrovchi 
parazitlarning tur tarkibi, sistematik holati, tarqalishi, keng tarqalgan 
parazitar kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining bio-ekologik xususiyatlari 
hamda shakllanish qonuniyatlarini, mahsuldor hayvonlarga ziyon kelti- 
ruvchi va kasalliklar qo‘zg‘atuvchi vakillarining oldini olish choralari 
to‘g‘risida keng qamrovli ma’lumotlar to‘plangan va chop etilgan.
0 ‘zbekistonda umumiy parazitologiya yo‘nalishi bo'yicha o4zlari- 
ning maktabiga ega boMgan yirik olimlar qatoriga akademik J.A. Azi­
mov va 0 ‘zbekiston FA muxbir a ’zosi M.A. Sultonov kiradi.
J.A. Azimov 1938-yilning 10-martida Andijon shahrida tug‘ilgan.
U 1959-yili Samarqanddagi O‘zbekiston qish­
loq xo‘jalik institutining veterinariya fakultetini 
muvaffaqiyatli 
bitirib, 
0 4zbekiston veterinariya 
ilmiy-tadqiqot institutida faoliyat ko‘rsata boshladi. 
m & m
1961-yilda Moskvadagi akademik K.I. Skryabin no­
midagi Butunittifoq gelmintologiya instituti kunduz- 
gi aspiranturasiga o ‘qishga kirib, 1963-yilda «Гель­
минта овец юга Узбекистана и динамика глав­
нейших гельминтозов» mavzusida nomzodlik dis- 
sertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
J.A. Azimov 1986-yilda esa Moskvadagi akademik K.I. Skryabin 
nomidagi Butunittifoq gelmintologiya instituti ilmiy kengashida «Schis- 
tosomatida (Skijabin et Schulz, 1937) (Azimov, 1970) turkumiga 
mansub trematodalaming ekologo-taksonomik tavsifi va qishloq xo'jalik 
hay-vonlari orientobilgarsiozining oldini olishning biologik asoslari» 
mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qilgan. 
1987-yilda professorlik ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. J.A. Azimov 
1989-1991 -yillarda 0 ‘zbekiston Milliy universiteti professori, 1991— 
2009-yillarda 0 ‘zR FA Zoologiya instituti direktori lavozimlarida 
ishladi.
J.A. Azimov 1994-yilda O lzR FA muxbir a ’zosi, 2000-yilda esa 
O'zRFA akademigi etib saylangan.
J.A. Azimov dunyo olimlari tomonidan tan olingan yetakchi 
zoolog, gelmintolog olim. U inson va hayvonlar organizmida yashovchi 
parazit organizmlaming morfologiyasi, biologiyasi va ekologiyasini 
tadqiq etish asosida, mazkur organizmlaming evolvutsivasi. filoeenivasi 
va sistematikasi bo'yicha dunyo ilm-fanida katta qiziqishga' sab'ab
17
INV
A X B O f t O T f f E S U R S M A R K A 7 I


bo‘lgan o ‘ziga xos nazariy konsepsiyalarni ishlab chiqib, o'zining 
maktabini yaratdi.
Akademik J.A. Azimovning serqirra ilmiy faoliyati 600 dan ortiq 
ilmiy maqolalarida o ‘z aksini topgan. 35 dan ziyod monografiya va 
o‘quv qoMlanmalar muallifi, jumladan, « 0 ‘zbekistonning sutemizuvchi 
uy hayvonlari gelmintlari» (1975), «Odam va hayvonlar shistoso- 
matidlari» (1975), «Trematodalar - odam va hayvonlarning parazitlari» 
(1986), « 0 ‘zbekistonning tog‘ ekosistemalarida umurtqali hayvonlarning 
gelmintlari» (1994), « 0 ‘zbekiston va unga chegaradosh hududlaming 
quruqlik mollyuskalari» (2003); «Qiziqarli biologiya» (2004); «Para­
zitologiya terminlarining izohli lug‘ati» (2007) va boshqalar mamla- 
katimiz zoolog va parazitologlari tomonidan alohida qadrlanadi.
J.A. Azimovning xalq xo‘jaligi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi 
inobatga olinib, «Mehnat faxriysi» medali bilan mukofotlangan, 
Zoologiya fanining nazariy va amaliy sohalarini rivojlanitirishda olib 
borgan tadqiqotlari uchun akademik K.I. Skryabin medali (Rossiya), 
Ben-Gurion universiteti medali (Isroil), Butunjahon tabiatni muhofaza 
qilish xalqaro fondining sertifikati (Pokiston), « 0 ‘zR FA 50 yilligi» 
medali bilan taqdiriangan. Biologik xavfsizlikni ta ’minlashdagi xizmat- 
lari uchun 2005-yilda AQSh (USA, CTR) sertifikati bilan taqdiriangan. 
Umum insoniy qadriyatlar rivojiga qo'shgan ulkan hissasi uchun 
«Metsenato4 stoletiya» Xalqaro jamoatchilik fondining laureati va «Bo 
имя жизни на земле » medali bilan (Rossiya, 2007) mukofatlangan.
Sultonov Muhammad Alievich (1915—1980) gelmintolog olim, 
O czbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a ’zosi, biologiya fanlari 
doktori.
U 1915-yilda Toshkent shahrida tug(ilgan.
1937-yili 0 ‘rta Osiyo universitetining biologiya 
fakultetini tugatgan. M.A. Sultonov 1941-yilda 
«Toshkent viloyatida yirtqich qushlarda uchrovchi 
parazit nematodalar» mavzusida nomzodlik dis- 
sertatsiyasini himoya qilgan va unga biologiya 
fanlari nonzodi ilmiy darajasi berilgan. 1961-yilda 
esa « 0 ‘zbekistonda uy va ov-xo*jalik qushlari 
gelmintlari» mavzusida doktori ik dissertatsiyasini 
muvaffaqiyatli yoqlab biologiya fanlari doktori 
ilmiy darajasini oldi. Unga 1968-yilda 0 ‘zbekiston Fanlar Akademiyasi 
muxbir a ’zosi ilmiy unvoni berilgan.
18


M.A. Sultonov ilmiy faoliyatining boshlanishidan umrining oxiri- 
gacha 0 ‘zbekiston Fanlar Akademiyasining zoologiya va parazitologiya 
institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, shu institutning ilmiy 
ishlar bo‘yicha direktor o ‘rinbosari, direktori va gelmintologiya 
laboratoriyasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
M.A. Sultonovning ilmiy ishlari 0 ‘zbekistonning uy va ov-xo‘jalik 
ahamiyatiga ega bo‘lgan parrandalar gelmintlari, ot oshqozon bo‘kasi 
hamda boshqa yow oyi hayvonlar parazitfaunasini o‘rganishga hamda 
ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga bag4 ishlangan.
M.A. Sultonov tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan. 
Asosiy ishlariga: Гельминты домашних и охотниче-промисловы 
птиц Узбекистана (Т.: «FAN», 1963, монография), Гелминтоз 
животних Каракалпакской А.Р (Т.: «FAN», 1969, монография), 
Паразитичес-кие черви животных Ферганской долини (Т.: «FAN», 
монография), Гелминты домашних мелкопитающих Узбекистана 
(Т.: «FAN», 1975, монография) va boshqalar kiradi.
Respublikamizda veterinariya parazitologiyasi yo‘nalishida tad­
qiqot ishlarini olib borgan va hozirgi kunda ham faol tadqiqot ishlarini 
olib borayotgan yirik olimlar qatoriga - akademik: E.H. Ergashev; 
professorlar: N.V. Badanin, R.H. Haitov, Sh.A. Azimov, N.X. Shev­
chenko, N.M. Matchonov, T.X. Rahimov, B.S. Salimov, A.O. Oripov, 
A.R. Ro‘zimurodov, M.A. Aminjonov; fan doktorlari: A.G4. G ‘ofurov,
I.H. Rasulov, G.S. PoMatov, R.B. Davlatov va ulaming ko‘plab shogird- 
larini ta ’kidlab o 6tish joiz.
Yuqorida keltirilgan olimlar uzoq yillar davomida tadqiqot ishlari 
natijalari bo‘yicha xonaki, ov qilinadigan va yow oyi hayvonlarda uch- 
raydigan parazitlar, ular qo‘zg‘atadigan kasalliklar va bu kasalliklarga 
qarshi kurash choralari to‘g‘risida tadqiqot ishlari natijalarini qator 
tavsiyalar, ilmiy maqolalar, monografiyalar, darsliklar, o ‘quv va meto- 
dik qo‘llanmalar sifatida chop ettirishgan va amaliyotga tadbiq qilishgan.
Veterinariya parazitologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha 0 ‘zbekistonda 
o ‘z maktabiga ega bo‘lgan yirik olimlar qatoriga akademik E.H. Erga­
shev va professor N.V. Badaninlar kiradi.
N.V. Badanin (1895-1965) 0 ‘zbekistonda gelmintologiya makta- 
bining asoschisi, 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1956), 
Respublikada xizmat ko‘rsatgan veterinariya vrachi hisoblanadi.
N.V. Badanin Leningrad veterinariya institutida student boMib yur- 
gan vaqtlaridayoq gelmintologiya faniga qiziqadi. U 1926-yili Solvi- 
chevodsk shahrida ishlab chiqarish amaliyotini o ‘tab turib, prof.
19


K.I. Skryabin rahbarlik qilgan Butunittifoq gelmin- 
tologik ekspeditsiyasida ham ishtirok 
etadi.
N.V. Badanin institutni tugatishi bilan (1928) prof.
K.I. Skryabin taklifiga muvofiq Qozog‘istondagi 
veterinariya-bakteriologiya ilmiy tekshirish institu- 
tining gelmintologiya bo‘limiga rahbarlik lavozi- 
miga tayinlanadi va bu vazifada 5 yil ishladi.
N.V. Badanin 0 ‘rta Osiyoga 1928-yilda kel- 
gan va butun umrini shu o ‘lkaning qishloq xo‘jaligi 
. j |
va yow oyi hayvonlari gelmintlarini o'rganishga 
hamda ularga qarshi kurash chora-tadbirlami ishlab chiqishga bag‘ish­
lagan. U har xil turdagi hayvonlarning parazitar kasalliklarini o‘rganish 
maqsadida tashkil etilgan 12 ta ekspeditsiyada ishtirok etdi va 6 tasiga 
o ‘zi rahbarlik qildi.
N.V. Badanin 1932-yildan 1939-yilgacha Ashxaboddagi qishloq 
xo‘jalik institutida va 1939-1960-yillarda Samarqand qishloq xo'jalik 
institutida parazitologiya kafedrasi mudiri Iavozimida ishladi. U 1940- 
yili Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda O ‘zbekiston Res- 
publikalarida tuyalarda tarqalgan gelmintoz kasalliklami, gelmintlar 
qo‘zg‘atadigan gelmintoz kasalliklaming epizootologiyasi, diagnostikasi 
va davolash uchun o'tkazilgan tajribalari natijasini umumlashtirib 
monografiya yozdi. Uning bu ishi veterinariya fanlari doktori degan 
ilmiy darajaga sazovor bo‘ldi.
N.V. Badanin 70 dan ortiq ilmiy asarlar yozdi, ulardan 3 tasi 
monografiya hisoblanadi. Prof. N.V. Badanin oliy o ‘quv yurtlarida 32 
yil ishlab, bir necha yuzlab yuqori malakali mutaxassis-parazitolog kadr- 
lar tayyorladi. Hozirgi vaqtda respublikamizning deyarli barcha tuman 
va viloyat chorvachilik xo'jaliklarida N.V. Badaninning shogirdlari 
xizmat qilmoqda.
N.V. Badanin yosh olimlami tayyorlashga ham katta ahamiyat 
bergan. U 20 dan ortiq yosh mutaxassis kadrlami tarbiyalab etishtirdi. 
Akademik E.X. Ergashev; professorlar N.M. Matchonov, R.X. Hayitov, 
T.X. Xoshimov, V.M. Sodiqov, B.S. Salimov va boshqa yirik gelminto­
log olimlar prof. N.V. Badaninning shogirdlari hisoblanadi.
Erkin Hamidovich Ergashev (1933-2004) 1933-yil 1-noyabrda 
Samarqand shahrida tavallud topgan. U 1953-yilda 0 ‘zbekiston qishloq 
xo'jalik instituti (hozirgi Samarqand qishloq xo‘jalik instituti)ning 
veterinariya fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
20


E.H. Ergashevning ilm-fanga moyilligi inobatga 
olinib, mazkur yilda «Gelmintologiya» ixtisosligi 
bo‘yicha aspiranturaga o ‘qishga qabul qilingan va
1956-yilda «Go‘shtxo‘r hayvonlarning gelmintlari va 
gelmintozlari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini 
muddatidan oldin himoya qilgan va veterinariya 
fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
E.H. Ergashev 1964-yilning yanvarida (30 yoshi- 
da) akademik K.I. Skryabin rahbarligida « 0 ‘zbekiston 
sharoitida mayda shoxli mollarning gelmintoz kasalliklari» mavzusidagi 
doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va birinchi 
bo‘lib o'zbek veterinariya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
1964-yilda yosh fan doktori E.H. Ergashev 0 ‘zbekiston veteri­
nariya ilmiy tadqiqot instituti ( 0 ‘zVITI) direktori lavozimiga tayin- 
langan. U 1965-yilda «Professor» ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan va 
«Parazitologiya» kafedrasiga mudir etib saylangan (har ikkala joyda 
ishlagan).
E.H. Ergashev 1968-yilda jahon parazitologiya fani sohasidagi 
ulkan hissasi uchun 0 ‘zR FA ning muxbir a ’zoligiga saylangan. 
1969-yilda esa biologiya sohasidagi xalqaro mukofot - K.I. Skryabin 
nomidagi «oltin medal» bilan taqdiriangan. Shuningdek, mazkur yilda 
unga «Xalqaro ixtirochi» unvoni berilgan.
1983-yiIda biologiya va qishloq xo‘jaligiga qo‘shgan ulkan hissasi 
uchun unga « 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» 
unvoni berilgan.
Akademik Ergashev Erkin Hamidovich tomonidan jahondagi 
salohiyatli parazitologiya maktablaridan biri - o‘zbek parazitologlar 
maktabi yaratilgan. Tolmas va iqtidorli ijodkor E.H. Ergashev o ‘z hayoti 
davomida barakali ijod qilib, 750 dan ortiq ilmiy ishlar, darslik va o'quv 
qo‘llanmalami chop ettirgan.
E.H. Ergashevning asosiy ilmiy yo‘nalishlari-tabiatdagi organizm- 
larning o ‘zaro munosabatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, gel­
mintlar faunasi, epizootologiyasi, biologiyasi, patogenezi, immuniteti, 
parazitotsenoz, zooantroponozlar, chorva mollari va parrandalaming in­
vazion kasalliklarini oldini olish, davolash va qarshi kurashishning sa- 
marali usullarini ishlab chiqish kabilar uning tarkibiy qismi hisoblanadi.
E.H. Ergashev tomonidan 1996-yilda «Biologiya va tibbiyot 
muammolari» xalqaro jumali ta’sis etilib, unga umrining oxirigacha 
bosh muharrirlik qilgan.
21


Akademik Ergashev Erkin Hamidovich ilmiy-pedagogik va 
amaliyotdagi tashkilotchilik faoliyati hukumatimiz tomonidan munosib 
e ’tirof etilib, qator orden, medal, unvon va yorliqlar bilan muko- 
fotlangan. Xususan, E.H. Ergashev o ‘zining 70 yillik yubileyi arafasida 
(2003-yilda) davlatimizning «Do‘stlik» ordeniga sazovor bo'lgan.
Akademik E.H.Ergashev umrining oxirigacha Samarqand qishloq 
xo'jalik instituti «Parazitologiya» kafedrasida mudirlik qildi.
0 ‘zbekistonda tibbiyot parazitologiyasi yo'nalishida ijod qilgan va 
hozirgi kunda ham tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlar qatoriga 
professorlardan L.I. Isayev, P.F. Borovskiy, E.I. Martsinovskiy, N.I. Xo- 
dukin, N.A. Mirzoyan, R.R. Magdiev, A.N. Burdastov, N.A. Dehqon- 
xo‘jaeva, S.N. Bobojonov, B.R. Rustamov; katta ilmiy xodimlardan 
L.N. Krasnonos, P.M. Lemer, V.R. Lemelev, Sh.M. Jaxongirov, 
M.S. M o‘minov, Sh.A. Razzoqov va boshqalami ko'rsatib o ‘tish lozim.
0 ‘zbekistonda tibbiyot parazitologiyasi yo‘- 
nalishi bo‘yicha o‘z maktabiga ega bo‘lgan olimlar 
qatoriga prof. L.M. Isayev kiradi. Isayev Leonid 
Mixaylovich (1868-1964) 1868-yil I6-avgustda 
Pe-terburg gubemiyasida tug‘ilgan. U Peterburg 
har-biy tibbiyot akademiyasini tugatgan.
0 ‘zbekistonda odamlarda tichraydigan parazi- 
tar kasalliklami o'rganishni boshlab bergan ms 
olimlari qatoriga E.I. Martsinovskiy, K.I. Skryabin,
E.N. Pavlovskiy, L.M. Isayev va boshqalar kiradi va 
bu olimlar Turkiston Respublikasida odamlarda uchraydigan parazitar 
kasalliklami o ‘rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish 
uchun qator ekspeditsiyalar uyushtirganlar. Jumladan, L.M. Isayev 1922- 
1923 yillarda Buxoro Xalq Respublikasida parazitar kasalliklarga qarshi 
kurashish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. 
U 1923 yildan umrining oxirigacha, ya’ni 40 yildan ortiq vaqt davomida 
tropik kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti direktori lavozimini bajargan. 
Shuningdek, L.M. Isayev bir vaqtning to‘zida 1936-1949-yiIlarda Sa­
marqand tibbiyot institutida tropik kasalliklar kafedrasi mudiri lavozimi- 
da ham ishlagan.
Tropik kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti 1933-yili Buxorodan 
Samarqand shahriga ko‘chiriIgan (hozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston tibbiyot 
parazitologiyasi ilmiy tadqiqot institut deb nomlanadi). Ushbu institutga 
va u joylashgan ko‘chaga 1968 yildan boshlab prof. L.M. Isayev nomi 
berilgan.
22


Prof. L.M. Isayev 0 ‘zbekistonda bezgak, leyshmanioz, rishta, anki- 
lostomoz va boshqa parazitar kasalliklami tarqalishini o‘rganish hamda 
ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish borasida tadqiqot ishlarini 
olib borgan va bevosita rahbarlik qilgan. Aynan, prof. L.M. Isayev ta- 
shabbusi bilan 0 ‘zbekistonda bezgakka qarshi kurash olib boradigan 
stantsiyalar va tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tekshirish instituti tashkil 
etilgan.
L.M. Isayev Respublikamizda bezgak chivini, boshqa tur chivinlar 
va kanalami hamda kemiruvchilami biologiyasi va ekologiyasini o ‘r- 
ganish bo‘yicha uzoq yillar davomida tadqiqot ishlarini olib borgan. U 
ayniqsa, bezgak kasalligini yo‘qotish uchun bezgak chivinlarini har to- 
monlama chuqur o‘rganib, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chi­
qish borasida katta tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Bezgak kasaliga 
qarshi qoMlagan tavsiyalari uchun u Davlat mukofotiga sazovor boMgan.
L.M. Isayevga 1944-yili 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 
arbobi unvoni berilgan.
Agronomiya (fitogelmintologiya) parazitologiyasi yo‘nalishi bo‘yi- 
cha tadqiqot ishlarini olib borgan va hozirgi kunda ham ijod qilayotgan 
olimlar qatoriga 0 ‘zbekiston Respublikasi FA muxbir a’zosi A.T. To‘- 
laganov; professorlar E.S. Kiryanova, Z.N. Norboyev, O.M. Mavlonov, 
Sh.X. Xurramov; fan nomzodlari, dotsentlar O.Z. Usmanova, E.P. Azizo­
va, 
A.I. 
Zemlyanskaya, 
X.S. 
Eshova, 
G.A. 
Abdurahmanova, 
J.T. Sidiqov va ulaming qator shogirdlarini sanab o ‘tish kerak.
0 ‘zbekistonda agronomiya parazitologiyasi yo‘nalishidagi tadqiqot 
ishlarini asosan, XX asming 30-yillarida prof. E.S. Kiryanova boshlab 
bergan. Keyinchalik fitogelmintologiya deb atala boshlangan bu fanning 
rivojlanishida A.T. ToMaganov va uning shogirdlarining xizmatlari katta 
bo‘ldi.
Fitogelmintlar o ‘simliklaming yer usti va yer osti qismidagi turli 
organlarida parazitlik qilib, zararlangan o‘simliklar o‘sishdan qoladi, 
so‘liydi, zararlangan o ‘rganlarida har xil bo‘rtmalar (shishlar) hosil 
bo‘ladi, to‘qimalari yemirilib, nekrozga uchraydi.
0 ‘zbekistonda fitogelmintolog olimlar olib borgan tadqiqot ishlari 
natijalari bo‘yicha Respublikamizdagi eng muhim qishloq xo‘jaligi 
ekinlari (g‘o‘za, kanop, sabzavot-poliz va mevali bog‘ ekinlari, kartosh- 
ka poya nematodasi, subtropik o ‘simliklari) va mahsuldor hayvonlarning 
to ‘yimli oziqasi bo‘lmish yem-xashak ekinlari nematodalarining tur 
tarkibi, biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishi, zarari o‘rganildi va ularga
23


qarshi kurash choralari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilgan va 
etilmoqda.
0 ‘zbekistonda fitogelmintologiya maktabiga asos solgan olimlar 
qatoriga 0 ‘zbekiston Respublikasi FA muxbir a ’zosi A.T. To‘laganov 
va professor E.S. Kiryanovalar kiradi.
ToMaganov Ahror To‘laganovich (1908- 
1990) 1908-yil 23-sentyabrda Toshkent shahrida 
tugcilgan. U 1927-yilda Samarqand shahridagi 
0 ‘zbek pedagogika instituti(hozirgi Samarqand 
davlat universiteti)ga o ‘qishga kirib, uni 1931- 
yilda tugatadi va mazkur institutda umurtqasizlar 
zoologiyasi kafedrasida assistent bo‘lib ishlay 
boshlaydi.
A.T. ToMaganov 1931-1935-yillarda 0 ‘zbe- 
kiston davlat universiteti va Leningraddagi Zoo- 
logiya institutida aspiranturada o ‘qidi. U yirik 
fitogelmntolog olima E.S. Kiryanova rahbarligida endi rivojlanib 
kelayotgan fitogelmintologiya fanining sirlarini o ‘rgana boshladi.
0 ‘zbekistonda fitogelmintologiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlari 
30-yillarda boshlangan boMib, 0 ‘zbekistonda fitogelmintologiya fani va 
ilmiy maktabi prof. A.T. To‘laganov nomi bilan bevosita bog‘liq. 
A.T. To‘laganov fitonematodalaming turli-tumanligi, biologik xususyat- 
lari, ekologik guruhlari, tarqalishi, ulaming tuproqda va o ‘simliklarda 
biotsenotik kompleksining shakillanish qonunyatlari hamda parazit 
nematodalarga qarshi kurash usullariga doir ilmiy tadqiqotlar bilan 
shug‘ullangan.
1936-yilda A.T. ToMaganov o ‘zbek olimlari orasida birinchilardan 
bo‘lib, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun «Pomidor 
o ‘simligi va uning tuprog‘i nematodalari» mavzusida nomzodlik disser­
tatsiyasini himoya qilgan. Uning pomidor o ‘simligi va tuprog‘i nema- 
todalarini o ‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy ishi o‘sha davrda ko‘pchi- 
likka noma’lum bo‘lgan o ‘simlik gelmintlari bo‘yicha olib borilgan 
tadqiqotlardan biri edi.
A.T. To‘laganovning ilm-fan tashkilotchisi sifatidagi qobiliyati, 
ayniqsa, u 0 ‘rta Osiyo davlat universitetida ishlay boshlaganidan so‘ng 
yorqin namoyon bo‘la boshladi. Ulug‘ vatan urushi davom etayotgan 
og‘ir 1944-yilda uning tashabbusi bilan 0 ‘zR FA Zoologiya va 
parazitologiya instituti qoshida fitogelmintologiya ilmiy laboratoriyasi 
tashkil etiladi va bu laboratoriyaga u 1958-yilgacha rahbarlik qiladi.
24


A.T. ToMaganov hayotning har qanday og‘ir sharoitlariga qaramas- 
dan o ‘zining fitogelmintologiya sohasidagi tadqiqotlarini bir daqiqa 
bo‘lsa ham to‘xtatmadi. Uning « 0 ‘zbekistonning o‘simlikxo‘r va tuproq 
nematodalari» mavzusida 1947-yilda biologiya fanlari doktori ilmiy 
darajasi uchun himoya qilgan dissertatsiyasi Ulug‘ Vatan urushining 
mashaqqatli yillarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning natijasi bo‘ldi. 
1948-yilda unga professorlik unvoni berildi.
Uning rahbarligida qariyib 50 yil davomida Respublikamizning de- 
yarli barcha hududlariga 40 dan ortiq ilmiy ekspeditsiyalar uyushti- 
rilgan. Mazkur ekspeditsiyalarda yigMlgan materallar asosida professor 
A.T. To‘laganov va uning shogirdlari tomonidan bir qancha yirik asarlar 
yaratilgan. «Amudaryo quyi oqimi chap qirg‘og‘i o ‘simliklari nemato­
dalari» (1954), « 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ekinlari nematodalari» 
(1958), « 0 ‘zbekiston o ‘simliklari nematodalari» (1972) asarlari shular 
jumlasidandir.
1966-yilda professor A.T. To‘laganov O ‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar Akademiyasi muxbir a’zoligiga saylangan.
A.T. ToMaganov yozgan « 0 ‘zbekiston o‘simliklari va tuproqlari 
nematodalari» monografiyasi 1974-yilda Beruniy nomidagi Davlat 
mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Professor A.T. ToMaganov ilmiy tadqiqotlar bilan bir qatorda 
jam oat ishlarida ham faol ishtirok etgan. Uning tashkilotchilik qobiliyati
1957-1962-yilIarda Samarqand davlat universiteti rektori lavozimida 
ishlagan yillar ayniqsa, yorqin namoyon boMgan, uning tashabbusi bilan 
Sobiq ittifoqda birinchi bo‘lib fitogelmintologiya muammolarini o‘rga- 
nuvchi laboratoriya tashkil etilgan.
Ahror ToMaganovich To‘laganovning biologiya fani va oliy 
ta’Iimning rivojlantirish sohasidagi xizmatlari Davlatimiz tomonidan 
yuksak mukofotlar bilan taqdiriangan. 0 ‘zR FA muxbir a’zosi, 0 ‘zbe- 
kistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, 0 ‘zbekiston halq 
maorifi va ilm fani tashkilotchisi, atoqli fitogelmintolog olim, Beruniy 
nomidagi davlat mukofoti laureati Ahror ToMaganovich To‘laganovning 
100 dan ortiq ilmiy asarlari va 6 ta yirik monografiyalari fitogel­
mintologiya sohasida shug‘ullanib kelayotgan yosh mutaxassislar uchun 
qimmatli meros va assosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.
0 ‘zbekistonda parazitologiyaning turli yonalishlari bo‘yicha ilmiy 
tadqiqot ishlari hozirgi vaqtda ham 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasiga qarashli Zoologiya ilmiy tekshirish institutida, 0 ‘zR FA 
Qoraqalpog‘iston 
bo‘limi 
bioekologiya 
institutida, 
0 ‘zbekiston
25


veterinariya ilmiy tekshirish institutida, 0 ‘zbekiston tibbiyot parazito­
logiyasi hamda 0 ‘rta Osiyo fitopatologiya institutlarida, Samarqand 
qishloq xo‘jalik institutida, 0 ‘zbekiston Milliy universitetida, Samar­
qand, Termiz, Qoraqalpoq va Guliston davlat universitetlarida, Toshkent 
davlat pedagogika universiteti va Nukus davlat pedagogika institutida 
hamda Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlarida olib borilmoqda.
XX 
asr oxiri va XXI asr boshlarida biologiyaning barcha soha- 
larida, shu jumladan, parazitologiya sohasida ham asosiy e’tibor para- 
zitlaming bioekologik xususiyatlarini va biokimyosini chuqur o ‘rga- 
nishga hamda boshqa eksperimental tadqiqot ishlarini olib borishga 
qaratilgan. Parazitologiya tadqiqotlarida molekulyar biologiya, fizio- 
logiya, immunologiya, sitologiya va boshqa fanlar bilan bogMiq bo‘lgan 
izlanishlarga hamda parazitlarga qarshi kurashda ekologik jihatdan 
zararsiz vositalami ishlab chiqishga alohida e ’tibor berilmoqda. Shu­
ningdek, parazitlar bilan ular xo‘jayinlari o ‘rtasidagi parazit-xo‘jayin va 
filogenetik munosabatlartadqiq qilinmoqda.
26



Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə