G abduraxmanova


Mualliflar. 4 KIRISH



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

Mualliflar.
4


KIRISH
Parazitizm organik olam vakillari (o‘simliklar, hayvonlar) orasida 
uchraydigan o‘zaro munosabatlaming bir ko‘rinishi. Parazit so‘zi 
yunoncha bo‘lib, aniq ma’nosi para - yonida, sites - oziqa, to‘g‘ridan- 
to‘gri tekinxo‘r, bitta hayvon boshqa bir hayvon hisobiga yashashi tu- 
shuniladi. Qadimgi Rimga bu so‘z Gretsiyadan o4gan. Parazit termini- 
ning kelib chiqishi Yunonistonda, Perikl davrida, ya’ni miloddan avvalgi
V asrda mavjud bo‘lgan qonunga asosan, ko‘zga ko'ringan davlat ar- 
boblari keksalik yoshida davlat qaramog6iga o ‘tishgan. Ular uchun 
qurilgan maxsus pansionatlar parasitariya, u yerda yashovchilar esa 
parasitlar deb atalgan. Rim imperiyasi davrida parazit so‘zi o‘zgalar hi­
sobiga yashovchi ma’nosini anglatib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan. 
Shu xususiyatdan kelib chiqib, parazit qadimiy tibbiyotda, har qanday 
boshqa organizm hisobiga yashab, oziqlanuvchi organizmlar tushunil- 
gan. Parazitlami parazitologiya fani o‘rganadi.
Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari odamlarda, hay- 
vonlarda hamda o ‘simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradigan hay- 
vonlarni tuzilishi, rivojlanishi, tarqalishi, o‘ziga xos biologik va eko- 
logik xysusiyatlarini, parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni o ‘rga- 
nish hamda ularga qarshi kurash choralarini to‘g‘ri tashkil qilishdan 
iboratdir.
Tirik organizmni o ‘ziga xos xususiyati bu uni tashqi muhit bilan 
bogMiqligidir. Tirik organizmlar o‘rtasida biotik bogManishlar murak­
kab va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi va uni asosida oziqa va makon 
bogManishlari yotadi. Shu bog‘lanishlardan biri parazitizm ko‘rinishida 
namoyon bofiadi. Demak, organik olamdagi ikkita boshqa-boshqa turga 
mansub organizmlami bir-biri bilan bo‘lgan munosabatlarini bir ko‘ri- 
nishi bu parazitizm hodisasi hisoblanadi.
Parazitizm tabiatda keng tarqalgan hodisa bo-lib, uni yuzaga 
chiqish shakllari xilma-xildir. Barcha mikroorganizmlar (virus, bak- 
teriya, zamburug6) parazitlik qilib hayot kechirishga o ‘tgan.
Yuksak o‘simliklar orasida ham parazit formalami kuzatish mum- 
kin (zarpechak, pechak). Hayvonlar orasida ham bir qancha turlari pa­
razitlik qilib hayot kechiradi.
5


Umuman, parazitlami o‘rganish obyektlariga ko‘ra tibbiyot pa- 
razitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, agronomiya parazitologi- 
yasi va umumiy parazitologiyaga boMinadi.
Parazitologiya ko‘pgina biologik, tibbiyot va veterinariya sohasi- 
dagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Parazitlarning tavsifi, 
morfologiyasi, biologik va ekologik xususiyatlarini hamda rivojlanish 
sikllarini o crganish bilan zoologiya fani shug6ullansa, ular qo‘zg‘a- 
tadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini 
ocrganish bilan patologik anatomiya, patologik fiziologiya, immuno- 
logiya, virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizoo- 
tologiya, xirurgiya, biokimyo, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, 
zoogigiyena va boshqa fanlar shug‘ullanadi hamda ulardagi tadqiqot 
usullariga tayanadi.



Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə