8-Mavzu. SHartnomalar nazariyasi
Reja:
1. SHartnoma tushunchasi
2. Sotish to’g’risidagi shartnoma va yollash to’g’risidagi shartnoma
3. SHartnomalarning turlari
1.
Tashkilot va institutlarni bir biri bilan taqqoslash
5.Tashkilot tushunchasi va institut bilan tashkilot o’rtasidagi chegara
6. Qishloq xo’jaligida shartnoma munosabatlari
1. SHartnoma tushunchasi
SHaxslar o‟zaro hamkorligining umumiy doiralari institutlar tomonidan
belgilanadi. Bitimlarni tuzish shartlarining muayyan doiralari esa o‟zaro
hamkorlikning turli ishtirokchilari o‟rtasida qayd etiladi. O‟zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining 9-bobi (101-112-moddalar) bitimlarga bag‟ishlangan. Agar
mulkchilik huquqlari nazariyasining atamalaridan foydalansak,
mulkchilik
huquqlari bilan almashish va ularni himoyalash to‟g‟risidagi har qanday kelishuvni
shartnoma, deb atash mumkin. SHartnomani tuzishda shaxslar rasmiy va norasmiy
me‟yorlarni muayyan bitim ehtiyojlari uchun qo‟llagan holda, ulardan
foydalanishadi. Boshqacha aytganda, shartnoma
belgalangan institutsional
doiralarda amalga oshiriladigan almashuv maqsadlari va shartlarining shaxslar
tomonidan ongli ravishda va erkin tanlanishini aks ettiradi.
SHartnoma
– belgalangan institutsional doiralarda shaxslarning ongli
ravishda va erkin tanlashi natijasi hisoblangan
mulkchilik huquqlari bilan
almashish va ularni himoyalash to‟g‟risidagi kelishuv.
SHunday qilib, institutsional tahlil oqilona tanlov modelining umumiy emas,
balki xususiy holatini ko‟rib chiqish uchun zamin yaratadi. Ushbu model universal
emas, u alohida institutsional doiralarda shaxslarning xatti-harakatni yoritish bilan
chegaralanadi, bunda shaxslar ushbu doiralarga cheklangan darajada ta‟sir
ko‟rsatadi. Oqilona tanlov modelini institutsional doiralarga joylashtirish «doira
samarasi» deb nom oldi. Biroq oqilona tanlov institutsional doiralarini faqat
chegaralash (giyohvondlik moddalari, qurol-aslaha, boshqa ijtimoiy xavfli tovarlar
va xizmatlar oldi-sotdisi to‟g‟risida shartnomalar tuzish uchun qonuniy taqiq)
sifatida talqin etish noto‟g‟ri bo‟ladi. Institutsional doiralar nafaqat cheklaydi, balki
oqilona tanlovni amalga oshirish uchun zamin yaratishi mumkin.
SHu tariqa,
ishonchning norasmiy me‟yori ham, tomonlarning shartnomadan kelib chiquvchi
majburiyatlarining
paydo bo‟lishi to‟g‟risidagi rasmiy qoida ham, hatto shartnoma
tuzish va uni bajarish lahzasi o‟rtasida ancha vaqt o‟tgan taqdirda ham huquqlar
bilan almashish imkonini beradi. Bunday institutsional
doiralarda amal qiluvchi
«munosabatli» odam, o‟z xususiyatlariga ko‟ra „omo oeconomicusdan farq qiladi –
birinchi tushuncha ikkinchisiga qaraganda ancha keng.
«Munosabatli» odam oqilona maqsadli harakat me‟yoriga amal qiladi, lekin
shu bilan birga u o‟z xatti-harakatini ishonch, empatiya va bozor konstitutsiyasini
tashkil qiluvchi boshqa me‟yorlar asosida ham quradi.
Uni tuzish va bajarish lahzalarining vaqt bo‟yicha mos kelmasligini nazarda
tutuvchi shartnoma odatiy holatni o‟zida namoyon etadi.
Bozor konstitutsiyasiga ko‟ra, shaxs xatti-harakatiga «tabiiy» omillarning ta‟sirini
aniq oldindan aytishning iloji yo‟q. CHunki bozor konstitutsiyasi
shaxs
va
«tabiat»
o‟rtasidagi emas, balki
shaxslar o’rtasidagi
o‟zaro hamkorlikni
tartibga soluvchi
me‟yorlar yig‟indisini o‟zida namoyon etadi. SHaxslar o‟rtasidagi o‟zaro hamkorlik
natijalariga «Tabiat» ta‟sirining uchta varianti mavjud.
1.
«Tabiat» o‟zaro hamkorlik natijalariga ta‟sir ko‟rsatmaydi, shaxslar ushbu
holatda
aniqlik
sharoitida bo‟ladi
2.
«Tabiat» o‟zaro hamkorlik natijalariga ta‟sir ko‟rsatadi, lekin uning ta‟sirini
oldindan aytish mumkin. SHaxs tomonidan qabul
qilinadigan qarorni muqobil
natijalarning paydo bo‟lishi ehtimoli ma‟lum bo‟lganida «hisoblab chiqish» mumkin.
3.
«Tabiat» o‟zaro hamkorlik natijalariga ta‟sir ko‟rsatadi, lekin uning ta‟sirini
oldindan aytib bo‟lmaydi. Qaror qabul qilish natijalarini «hisoblab chiqish» mumkin
emas, chunki qarorni qabul qilish vaqtida ularning paydo bo‟lishi ehtimoli emas, balki
faqat uning muqobil yakunlari ma‟lum.
Xatar va noaniqlik sharoitida hamma shaxslar ham bir xil harakat qilmaydi.
Insonlarning xatarga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan ularning uchta xili
mavjud: xatarga
qarshi
insonlar; xatarga
betaraf
munosabatda bo‟ladigan insonlar
va xatarga
moyil
insonlar.