Geokimyo − elementlarning yer qobig’ida tarqalishini o’rganuvchi kimyoning bo’limi. Mashhur rus olimi Vinogradov elementlarning yer qobig’ida tarqalishini o’rganib, kimyoviy elementlarning tabiatda tarqalishining taxminiy miqdorini quyidagicha ifodaladi:
Yer qobig’ida: O - 47,2%, Si - 27,6%, Al - 8,8%, Fe - 5,1%, Ca - 3,6%, Na - 2,64%, K - 2,6%, Mg - 2,1%, H - 0,15% va boshqalar tarqalgan. Bu elementlar yer qobig’idagi barcha elementlarning 99,79% ni tashkil etadi, qolgan 0,21% esa qolgan elementlarga tegishli.
Mendeleyev ta’kidlashicha yer po’stlog’ida asosan, atom massasi yengil bo’lgan elementlar ko’proq qarqalgan. Inson organizmida esa yengil elementlar: C, H, O, N ko’p tarqalgan. Koinotda esa H va He eng ko’p tarqalgan.
Havoda: N - 78%, O - 21%, 0,03% - CO2 , 0,93% - Ar hajm bo’yicha tarqalgan.
Koinotda: 73% - H, 26% - He, 1% boshqa gazlar.
Oddiy modda va kimyoviy element tushunchalarini bir-biridan farqlash kerak. Kimyoviy element tushunchasi atom tushinchasi orqali ifodalanadi yoki aytiladi. Biror bir atom haqidagi fikrlarni kimyoviy element haqidagi fikr deb qarash mumkin.
Elementga tegishli bo’lgan fikrlar:
- nomlanishi, belgisi, davriy sistemadagi o’rni, absolyut va nisbiy atom massasi;
- yadro tuzilishi, elektron qobiqlari va elektron tuzilishi, izotoplari, tarqalishi;
- NEM, bog’ turi, valentligi, oksidlanish darajasi;
- yadro zaryadi, - p, e-, n lar soni, tartib raqami kabi xossalar kiradi.
Bu xossalar bitta atomga xosdir.
1. Suv tarkibida kislorod bor .
2. Kislorod VI-guruxning A-guruxchasida joylashgan.
3. Kislorodning 3 ta izotopi bor (16, 17, 18 massali).
4. Soch tarkibida oltin bor.
5. Qon tarkibida temir bor.
Murrakkab moddalarning tarkibini oddiy moddalar emas, balki kimyoviy elementlar tashkil etadi. M-n: HCl tarkibida vodorod va xlor moddalari emas, vodorod va xlor atomlari mavjud.
Demak, kimyoviy element deganda shu elementnig davriy sistemadagi xossalarini tushinishimiz mumkin.
Topshiriq:
1. Quyida holatlarning qaysilarida kimyoviy element haqida gap bormoqda?
a. kislorodning 3 ta izotopi bor.
b. kislorod yonishga yordam beradi.
c. suv tarkibida kislorod bor.
d. kislorod -183ºC da suyuqlanadi.
A) a,c B) b,d C) a,b,c,d D) a,c,d
Dostları ilə paylaş: |